O’zbekistоn respublikаsi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

zaman dämimni alajїn, hav (o‘g‘uz) yuklamalari, -yu, -ku 
yuklamalariga ekvivalent bo‘ladigan –ғу ~ γu ta’kid yuklamasi 


43 
uchraydi: bordi-ku ~ бардь-ғу ~ bardї-γu, keldi-ku ~ кəдъ-ғу ~ kädi-
γu (Turkiston). -ғу ~ γu yuklamasi bir variantli bo‘lib, singarmonizmga 
bo‘ysynmaydi. Shuningdek, birt-chirt ~ бьрт-чьрт ~ bїrt-čїrt
(Turkiston) kabi adabiy tilda uchramaydigan taqlidiy so‘zlar ham bor. 
Fe’l (tuslаnishi).
O‘zbek shevаlаridа ham tuslоvchi аffikslаrning (shахs-sоn 
аffikslаrining) uch tipi bor va ular bir necha shаkllаrgа egа bo‘ladi: 
I tip tuslоvchilаr 
Bu tipdagi tuslovchilar to‘liq tuslovchilar deb ham yuritiladi. 
I shахs birligida -мəн/ман ~ män/mаn affiksi qatnashadi: kelaman 
~ келəмəн ~ kelämän, o‘qiyman ~ оқъймəн ~ oqijmän (Toshkent), 
o‘ynayman ~ ойнайман ~ ojnajman (qipchoq). Ayrim o‘g‘uz va 
shimoliy o‘zbek shevalarida bu affiksdagi n undoshi talaffuz 
qilinmasligi mumkin: boraman ~ барама barama, kelaman ~ гәләмә 
gälämä. 
I shaxs ko‘pligida -мъз(ə)/мьз/с/пъз/пьз/с~ miz(ä)/mїz/s/piz/pїz/s,
-вуз/вузə ~ vuz/vuzä affikslari qatnashadi. Singarmonizmli shevalarda 
affiksdagi з ~ z undoshi
jarangsizlashadi. -мъз(ə) ~ miz(ä) varianti, 
deyarli, barcha shevalarda qayd qilinadi: ketyapmiz ~ кeтв
ɔммъз
ketvāmmiz, boryapmiz ~ б
ɔрвɔммъзə ~ bārvāmmizä (Toshkent),
-вуз/вузə ~ vuz/vuzә varianti Toshkent, Qarshi shevalarida qo‘llanadi: 
ishlajmiz ~ ъшлъйвуз(ə) ~ išlijvuz(ä), qilamiz ~ қъл
ɔвуз ~ qilāvuz, -
пъз/пьз/с ~
 
piz/pїьz/s varianti (aslida u assimilativ variant) 
singarmonizmli shevalarda uchraydi: kelyapmiz ~ кəйəппъз/с
käjäppiz/s, qarabmiz ~ қараппьз/с ~ qarappїz/s (Turkiston).
-мъз ~ miz, -вуз(ə) ~ vuz(ä) affikslari Toshkent shevasida -дъ ~ di, 
-сə ~ affiksli so‘z shakllariga qo‘shila olgan: oldik ~ 
ɔлдъмъз/ɔлдъвуз(ə) ~ āldimiz/āldivuz(ä), aytsak ~ əйтсəмъз/ 
əйтсəвуз(ə) ~ äjtsämiz/äjtsävuz(ä), berdik ~ бeрдъмъз/бeрдъвуз(ə) ~ 
berdimiz/berdivuz(ä), yursak ~ йурсəмъз/йурсəвуз(ə) ~ jursämiz/ 
jursävuz(ä).
II shахs birligida singarmonizmli shevalarda -сəн/сан ~ sän/sаn 
affiksi qatnashadi: ekasan ~ егəсəн ~ egäsän, borasan ~ барасан ~
barasan (qipchoq). Singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda faqat -сəн


44 
sän varianti qo‘shiladi: kelasan ~ кeлəсəн ~ kelәsәn, oqiysan
oқъйсəн ~ oqijsän (Toshkent). Bu shaklda ham ayrim o‘g‘uz va 
shimoliy o‘zbek shevalarida n undoshi talaffuz qilinmaydi: borasan ~ 
бaрaсa ~ barasa, kelasan ~ гəлəсə ~ gäläsä. 
II shaxs ko‘pligida -съз/сьз/с +лə(р)/ла(р) ~ siz/sïz/s +lä(r)/lа(r),
-с ~ s, -сълə ~ silä affiksi ishtirok etadi. Bu shaxsda ham 
singarmonizmli shevalarda affiksdagi undoshi jarangsizlashadi. 
-съз siz varianti, deyarli, barcha shevalarda qo‘llanadi: boryapsiz 
б
ɔрвɔссъз bārvāssiz (Toshkent), ketyаpsiz ~ кeтйəпсъz ~ ketjäpsiz 
(Marg‘ilon). 
-съз/сьз/с + лə(р)/ла(р) ~
siz/siz/s + lä(r)/lа(r) varianti 
singarmonizmli shevalarda qo‘llanadi: baribsьz ~ барьпсьз/с ~ 
barїpsїz/s, ushlabsiz ~ ушлапсьз/с ~ ušlapsїz/s, ko‘ribsizlar
көръпсъзлəр ~ köripsizlär, oqibsizlаr ~ оқьпсьз/слар ~ oqїpsїz/slаr. 
-с, -сълə ~ s, silä varianti esa Toshkent, Qarshi kabi shevalarida 
qo‘llanadi: ishlaysiz ~ ъшлъйс/ъшлəйс ~ išlijs/ išläjs, kelasizlar
кeләсълә ~ keläsilä.
III shахsda affiks qatnashmaydi, lekin -a/ə ~ a/ä, -й ~ j, -б ~ b 
affiksli ravishdoshlar ishtirok etgan fe’llarda va boshqa ayrim fe’llarda
-дъ/дь/тъ/ть ~ di/dї/ti/tї affiksi va uning ko‘pligida ba’zan -лə(р)/ла(p) 
~ lä(r)/lа(r) affiksi qo‘shilishi mumkin. Singarmonizmni yo‘qotgan 
shevalarda faqat -дъ/тъ ~ di/ti varianti qo‘llanadi: ishlaydi ~ ъшлъйдъ ~ 
išlijdi, kelyapti ~ кeв
ɔттъ ~ kevāttї, singarmonizmli shevalarda
esa  
-дъ/дь/тъ/ть ~ di/dї/ti/tї
variantlarining barchasi qo‘llanadi: boradi ~ 
барадь ~ baradї, ichadi ~ и:чəдъ ~ i:čädi. Tojikistonning janubiy 
o‘zbek shevalarida -ту ~ tu varianti ham qayd qilinadi: sochyapti ~ 
ч
ɔчɔ
п
ту ~ čāčāptu. 
Samarqand va Navoiy viloyatining ayrim shevalarida -a/ə ~ a/ä 
affiksli so‘zlarning III saxsida tuslovchi affiks qatnashmaydi: мен 
бараман ~ men baramanсен барасан ~ sen barasanо бара ~ о bara
II tip tuslоvchilаr 
Bu tipdagi tuslovchilar qisqargan tuslovchilar deb ham yuritiladi va 
ular -дъ/дь/тъ/ть ~ di/dї/ti/tї va -сә/са ~ sä/sa affikslari bilan 
shakllangan fe’llarga qo‘shiladi. 


45 
I shахs birligida faqat -м ~ affiksi qatnashadi: aldim ~ aлдьм ~ 
aldїm, aytsam ~ aйтсaм ~ ajtsam, berdim бeрдъм ~ berdim, yursam 
йүрсəм ~ jürsäm. Shevalardagi көрдүм ~ kördüm, қoйдум ~ qojdum 
tuslanishida ikkinchi bo‘g‘indagi lablangan unlilarning qatnashishi labial 
singarmonizmga amal qilishi tufayli yuz bergan, y’ani ikkinchi 
bo‘g‘indagi ү/у ~ ü/u unlilari o‘tgan zamon fe’lini hosil qiluvchi -дъ/дь 
~ di/dï affiksidagi unlining lab garmoniyasiga bo‘ysunishidir, lekin 
tuslovchi affiks qo‘shilmasa, u unlisi singarmonozmga bo‘ysunmaydi. 
I shaxs ko‘pligida -к/қ ~ k/q, -u:й ~ i:j, -в/вуз/вузə ~ v/vuz/vuzä 
affikslari qatnashadi.
~ k affiksi singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda qo‘llanadi: 
ko‘rdik ~ кoрдък ~ kordik, bordik ~ б
ɔрдък ~ bārdik. Toshkent 
shevasida shart maylidagina qayd qilinadi: bоrsаk ~ б
ɔрсoк ~ bārsok, 
оlsаk ~ 
ɔлсoк ~ ālsok. Shuningdek, Toshkent shevasida -к ~ k affiksini 
o‘tgan zamon fe’lida -з ~ z affiksi almashtiradi va bunda qisman fonetik 
o‘zgarish yuz beradi: bordik ~ б
ɔрдуз ~ bārduz, keldik ~ келдуз
kelduz. 
-к/қ ~ k/q oppozitiv variantlari singarmonizmli shevalarning asosiy 
xususiyati hisoblanadi: keldik ~ келдък ~ keldik, bordik ~ бaрдьқ ~ 
bardїq
-в/вуз/вузə ~ v/vuz/vuzä affiksi bilan shakllangan fe’llar Toshkent 
shevasida kengroq: borsak ~ б
ɔрсовуз(ə) ~ bārsovuz(ä). Bu affiks 
qo‘shilishi bilan so‘zda sifat o‘zgarishi yuz beradi, ya’ni -sә ~  affiksi 
tarkibidagi ә/ä unlisi o unlisiga o‘tadi.
 -u:й ~ i:j affiksi Toshkent va Qarshi shevalarida iste’molda bor: 
urdik ~ урди:й ~ urdi:j, bildik ~ бълди:й ~ bildi:j.
II shахs birligida -ң ~ η affiksi qatnashadi (bu affiksni buyruq-istak 
maylidagi ~ η affiksi bilan qorishtirmaslik kerak). Uning qo‘llanish 
qonuniyatlari I shaxsdagi -м ~ m affiksi bilan aynandir: оlding ~ aлдьң 
~ aldїη, aytsang ~ aйтсaң ~ ajtsaη, berding ~ бeрдъң ~ berdiη, yursang 
~ йүрсəң ~ jürsäη. Bu shaxsdagi affiksni Xo‘jand shevasida -й ~
affiksi almashtiradi: ketayotgan eding ~ кетв
ɔткəн едъй ~ ketvātkәn 
edij. Bu o‘zgarish o‘sha sheva uchungina xarakterlidir. 
II shaxs ko‘pligida quyidagi affikslar qatnashadi: 


46 
-ңъз/ңьз ~ ηiz/ηїz affiksi aksariyat shevalarda iste’molda bor: 
bordingiz ~ бардьңьз ~ bardїηїz, kettingiz ~ кеттъңъз ~ kettiηiz. 
Shundan -ңъз ~ ηiz varianti singarmonizmni yo‘qotgan shevalardagina 
mavjud, faqat Toshkent va Qarshi shevalarida bu affiks uchramaydi; 
-ңуз/ңүз ~ ηuz/ηüz affiksi labial singarmonizm amal qiladigan 
shevalarda qo‘llanadi: buyurdingiz ~ буйурдуңуз ~ bujurduηuz, 
kuttingiz ~ күттүңүз ~ küttüηüz
-йъз ~ jiz affiksi Toshkent va Qarshi shevalarida-злə ~ zlä affiksi 
esa faqat Qarshi shevasida iste’molda bor: bajardingiz ~ бəджəрдъйъз 
bäžärdijiz, bordingiz ~ б
ɔрдъзлə ~ bārdizlä
-йлə ~ jlä affiksi ham Toshkent va Qarshi shevalariga ko‘proq 
xarakterli: oldinglar ~ 
ɔлдъйлə ~ āldijlä, ishladinglar ~ ъшлəдъйлə
išlädijlä
-ңлə/ңла ~ ηlä/ηla o‘g‘uz lahjasi shevalari uchun xarakterlidir: 
keldinglar ~ гəлдъңлə ~ gäldiηlä, bordinglar ~ бардьңла ~ bardїηla. 
III shахsda tuslovchi affiks ishtirok etmaydi.  
 
III tip tuslоvchilаr 
Bu tipdagi tuslovchilar buyruq-istak maylida qayd qilinadi va o‘ziga 
xos tuslanishga ega. 
I shахs birligida quyidagi affikslar qatnashadi va istak ma’nosini 
ifodalaydi: 
-(ə)й/(a)й ~ (ä)j/(a)j affiksi barcha singarmonizmli shevalarda bor: 
boray ~ барай ~ baraj, ketay ~ кетəй ~ ketäj, qo‘llay ~ қоллай
qollaj. Ko‘rinadiki, unli bilan tugagan so‘zlarga affiksning  ~ j varianti 
qo‘shiladi. Bu Qarnoq, Qorabuloq, Mankent shevalarida qayd qilinadi; 
-ъй ~ ij affiksi singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda ishlatiladi: 
ishlay ~ ъшлъй ~ išlij, ketay ~ кетъй ~ ketij, so‘ray ~ сoръй ~ sorij. 
Bunda unli bilan tugagan so‘zlardagi ә ~ ä unlisi ъ ~ i unlisiga 
o‘zgaradi: boray ~ барьй ~ barїj, oylay ~ ойльй ~ оjlїj, ko‘ray ~ көръй 
körij 
 -ъйън/ьйьn ~ ijin/їjїn affiksi Xorazm va shimoliy o‘zbek 
shevalarida uchraydi: olib borayin ~ aппaрьйьн ~ apparїjїn, olib 


47 
kelayin ~ əккəлъйън ~ äkkälijin. Uning qisqargan shakli ham bor: 
aппaры:н ~ apparї:n, əккəли:н ~ äkkäli:n
I shaxs ko‘pligida quyidagi affikslar qatnashadi va ular ham istak 
ma’nosini ifodalaydi: 
 -əйнy ~ äjnu, -ъйлy ~ ijlu, -əйнук ~ äjnuk affikslari 
singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda qo‘llanadi: ishlaylik ~ ъшлəйну 
išläjnu (Namangan), 
ɔлъйлy ~ ālijlu (Toshkent), boraylik ~ бɔрəйнук ~ 
bāräjnuk (Namangan, Xo‘jand); 
-əйлък/айльқ ~ äjlik/ajlїq affiksi aksariyat singarmonizmli 
shevalarda talaffuzda mavjud: tushaylik ~ чүшəйлък ~ čüšäjlik, qaraylik 
~ қарайльқ ~ qarajlїq. Bu affiksning -əйлък ~ äjlik varianti 
singarmonizmni yo‘qatgan shevalargagina xos: qo‘llaylik ~ қоллайлък ~ 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling