O„zbekiston respublikasi
J.M.Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o„rtasidagi ayrim farqlar
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
J.M.Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o„rtasidagi ayrim farqlar
11.1-jadval Monetarizm ham, keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash zarurligidan kelib chiqadi. Ularning nazariy tavsiyalari muayyan bir davrda qo‗l kelsa, boshqa davrda ish bermaydi. Shu bois iqtisodiy vaziyat va sharoitlarga qarab ulardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Muhokama uchun savollar 1. Monetarizm asosiy qoidalarining o‗ziga xosligi nimada? 2. Ayirboshlash tenglamasining mohiyatini tushuntirib bering. 3. M.Fridmen bo‗yicha pulga bo‗lgan talab qanday omillar bilan aniqlanadi? 4. Pul taklifi, deganda nimani tushunasiz? 5. J.M.Keyns va M.Fridmen bo‗yicha pul massasi bilan YaIM o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik qanday mexanizmlar orqali tushuntirib beriladi? 6. M.Fridmenning pul qoidasining mohiyati nima? 7. Monetarizm va keynschilik nazariyalarining o‗xshashligi va o‗ziga xosligini tushuntirib bering. Keyns Fridmen Davlatning bozor xo‗jaligiga aralashuvi zarur Bozor o‗zini o‗zi tartiblashga qodir Ish bilan bandlik yalpi talabga bog‗liq Iqtisodiyot o‗zi ishlab chiqarish va ish bilan bandlik darajasini o‗rnatadi Pul massasi ishlab chiqarishga nisbatan xolis (yomon ham, yaxshi ham ta‘sir etmaydi) Pul massasi – baholarning o‗sishi va konyunkturaning o‗zgarishi sababchisidir Asosiy muammo - ishsizlik Asosiy muammo – inflyatsiya O‗zgaruvchan pul siyosati lozim Barqaror pul siyosati zarur Byudjet kamomadi – talabni rag‗batlantirish vositasi Byudjet kamomadi – inflyatsiya sababchisi 251 XII BOB. INSTITUTSIONALIZM 12.1.Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar Menger, Jevon, Valras va Marshallar taqsimot va qiymat nazariyasiga doir tahlillarni amalga oshira boshlashgan davrlarda ham ortodoks (umumiy hamma qabul qilgan) klassik nazariyasi nemis anti-ijtimoiy yozuvchilari tomonidan tanqid qilinar edi. Ushbu yozuvchilar qarashlarida ko‗zga ko‗rinadigan farqlar mavjud bo‗lib, ularning nemis tarixiy maktablariga umumiy jihatlari ko‗p edi. Germaniyada bu maktablar ta‘siri 1840-yillardan boshlandi va yigirmanchi asrgacha davom etdi. Ba‘zi tarixchilar nuqtayi nazarlari xilma-xilligi sababli buni Germaniyada muammolar o‗zgarishining katta ta‘siri, deb atashdi. Avvalgi va keyingi yozuvchilar o‗rtasidagi ortodoksal nazariyaga qarshiliklarni inobatga olib, eski va yangi tarixiy maktablarga taqsimlashdi. Tarixiy metodni qo‗llab-quvvatlovchi inglizlarni alohida bog‗langan guruhini shakllantirishmadi va shu sababli uni ingliz tarixiy maktabi, deyish nojoiz bo‗ldi. Ushbu ingliz va nemis yozuvchilari ma‘lum neoklassik iqtisodiyotga ko‗rsatgan ta‘sirlari sababli diqqatga sazovor bo‗lishdi (ayniqsa, Alfred Marshall). A.Marshall Germaniya va Qo‗shma Shtatlar iqtisodiy nazariyasi va siyosati yuksalishiga ham sezilarli hissa qo‗shdi (Germaniyada ko‗plab amerikalik iqtisodchilar ta‘lim olishgan). Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling