O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Ijtimoiy masalalar. Ko‗pchilik klassiklarning konsepsiyasida 
mehnatning qiymati ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo‗lgan 
narsalarning qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga 


141 
bog‗liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu qonunning 
amal qilishi kishilarning xohishiga bog‗liq bo‗lmaydi va shuning uchun 
yollanma ishchilarning ahvolini yaxshilash uchun yo‗naltirilgan har 
qanday ijtimoiy chora-tadbirlar befoyda. Ishchilarning ahvolini 
yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo‗yilmasini kengaytirish (mehnatga 
talab oshadi) yoki aholi o‗sishini kamaytirish (mehnat taklifi qisqaradi) 
bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu tamoyillarni 
yoqlab chiqqan bo‗lsada, ammo keyinchalik undan voz kechadi. 
Sotsialistlar g‗oyasining ta‘siri va taqsimot qonunlarining tarixiy 
xarakterini tan olishi (tarixiy bo‗lganidan ularni o‗zgartirish mumkin) 
ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz 
kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlarning keng dasturini ilgari 
surdi va o‗z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo‗li bilan 
yollanma mehnatni tugatish J.S.Mill fikricha, mehnatga bo‗lgan 
qiziqishni yo‗qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o‗rniga 
kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning 
o‗zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba uyushmalarining 
rivojlanishi, 
kapitalistik 
korxonalarning 
foydasini 
taqsimlashda 
ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo‗lgan. 
2. Yer rentasini yer solig‗i yordamida umumlashtirish. Renta 
yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid. Renta yer 
egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha 
jamiyatga tegishli bo‗lishi kerak. 
3. J.S. Mill mayda yer egalarini qo‗llab-quvvatlaydi. Uning 
fikricha, o‗z yerida ishlovchi ko‗pchilik dehqonlar renta to‗lashdan 
ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma ishchilardan 
farqli ravishda haddan tashqari o‗z oilasini kengaytirishga moyil emas. 
J.S. Mill o‗zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi 
individual erkinlik bilan Yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik 
qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar 
ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go‗yoki bir-
biriga qarshi ikki yo‗nalish: iqtisodiy erkinlik prinsipi bilan ijtimoiy 
adolat prinsipini birlashtirmoqchi bo‗lgandek tuyuladi. Ijtimoiy 
yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini 
ko‗rsatib berdi. 


142 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling