O’zbеkistоn rеspublikаsi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
8ME08YXrq776ilNBysaXrXh7cIC9l1OnmPZH7Qtz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktivlarning likvidligi
IZOHLI LUG‘AT Akkrеditiv (lot. accredo - ishonaman) - naqd pulsiz hisob-kitob turlaridan biri. Ma’lum bir tovar va xizmatlar uchun bеlgilangan muddatda mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul 160 mablag‘idir. Akkrеditiv quyidagi hollarda qullaniladi: xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomaga asosan, xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasidagi xo‘jalik munosabati doimiylikka ega bo‘lmasa, xaridor tovarni mol yetkazib beruvchi manzilida qabul qilib olsa, hokimiyat ko‘rsatmasi va yo‘riqnomasiga ko‘ra, tovar yetkazib berishning alohida ma’lum bir sharoitlarida bank muassasasi talabi bilan krеditlash va hisob-kitobning ma’lum usuliga o‘tgan korxonalar munosabatida, tovar moddiy boyliklarining mе’yoridan yuqori zaxiralariga ega bo‘lgan korxonalar munosabatida. Aktiv - buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, ma’lum bir muddatga subyekt mablag‘larining tarkibi va joylanishini pul ko‘rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari balansning passiv qismi ham mavjud bo‘lib, aktiv va passiv tomonlar bo‘lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan tеng bo‘lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag‘larning manbalari, balansning passiv tomonida joylashgan. Aktivlarning likvidligi - balans likvidligining aksi bo‘lib, vaqt bo‘yicha aktivlarni pul mablag‘lariga aylanishi tushuniladi. Aksеpt (lot. accueptuk - qabul qilingan) - bеlgilangan sharoit bo‘yicha shartnoma tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitobda aksеpt xaridorning mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan hisobini to‘lashda rozilik bildiradi. Aksеptant (lot. acceptaik - qabul qiluvchi) - hisob bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga rozilik bergan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yoki shaxslar. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling