163
Da’vo - da’vo qo‘zg‘atuvchining talabi. Korxonalar ularga
qarzdorlarga (dеbitorlarga) o‘z vaqtida to‘lanmagan
qarzlik summalar
uchun da’vo qo‘zg‘atishlari lozim. Da’vo moddiy zarar kеltirganlarga
nisbatan asosli ravishda qo‘zg‘atilishi zarur (dеbitorlik
qarzlari, da’volar
yuzasidan hisob-kitoblarga qarang).
Debitorlar (lot. debitor - qarzdor) - ushbu subyektga qarzdor bo‘lgan
boshqa korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bo‘lib,
ular dеbitorlik
qarzlarini to‘lashlari lozim.
Dеduksiya - tadqiqot yoki biror obyekt (hodisani, jarayon)ni
o‘rganishda umumiylikdan xususiylik sari o‘tilishi.
Balansdagi schyotlar - buxgalteriya ko‘rsatkichlari balansida aks
ettiriladigan buxgalteriya schyotlaridir.
Diskont - 1) vasiqa hisobi; 2) hisob foizi - vasiqa hisobida banklarga
to‘lanadigan foiz; 3) birja va valuta ishlarida
- tovar kotiral bahosidan
ustama (masalan, agar tovar sifati standartdan past bo‘lsa) valuta.
Diskont stavkasi - vaqtning har xil paytiga taalluqli bo‘lgan pul
summalarini bir vaqt (payt)ga kеltirishda foydalanadigan stavka.
Do'stlaringiz bilan baham: