172
Uzoq muddatli ijara - ijaraga beruvchi ijarachiga haq evaziga mol-
mulkni 12 oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanish yoki
foydalanish huquqini beradigan kеlishuv.
Yalpi foyda - mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi va
sof tushum va sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi
farq sifatida
aniqlanadi.
Yalpi ijtimoiy mahsulot - moddiy
ishlab chiqarish barcha
tarmoqlarining iqtisodiy rivojlanishini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkichlar.
Yalpi mahsulot - tarkibiga tovar mahsuloti qo‘shuv
tugallanmagan
ishlab chiqarishning qoldig‘i qo‘shuv korxonaning o‘zida tayyorlangan
yarim-fabrikatlar va asbob-uskunalar kiradi.
Zanjirli almashtirish usuli - natija o‘zgarishiga uchta va undan ko‘p
omillar ta’sir ko‘rsatsa, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik funksional bo‘lganda
qo‘llaniladigan usul.
Do'stlaringiz bilan baham: