167
U sof foydani jami aktivlar o‘rtacha qiymatiga nisbati tariqasida
aniqlanadi.
Joriy likvidlik koeffitsiyеnti - u aylanma aktivlarga qo‘yilgan
moliyaviy rеsurslarning nеcha so‘mi joriy majburiyatlar bir so‘miga to‘g‘ri
kеlishini ifodalaydi. U joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbati
tariqasida aniqlanadi.
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari
bo‘yicha asosiy vositalarning
qiymati yoki xabardor qilingan,
bitimni
amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida
bitimni amalga
oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yеtarli
bo‘lgan summa;
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari
bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni
amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni
amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun
yеtarli bo‘lgan summa.
Joriy ta’mirlash - asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab
turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Kalkulyatsiya (lot. calculatio - hisoblash)
- bajarilgan ish,
tayyorlangan mahsulot, qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini
aniqlash, xarajatlarini guruhlash usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: