O„zbekiston respublikasi
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Raimboyeva Ma\'mura OTO\'M kurs ishi
Qish keldi. Mana qish ham keldi. Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi. Uyning tomlari ham oppoq bo`ldi. Bolalar palto va qo`lqop kiyib qorda o`ynaydilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan mazza qilib chana uchdilar. Malik juda saxiy bola. U chanasini o`rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so`z.) Diktant matnini o`qib, ayrim tushunarsiz so`zlarni yo`l - yo`lakay tushuntirib boriladi, o`quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan yozdiriladi. O`qituvchi matnni yana bir marta sekin o`qiydi, o`quvchilar yozganlarni tekshiradilar. O`qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib o`qib berishi zarur. O`quvchilarni ishlari yig`ib olinib tekshiriladi. Tekshirilishi lozim bo`lgan BKM elementlari nomi va soni: 1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so`zlarni aniqlash. 2. Xat boshidan yozish. 3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi. 4. Ko`plik qo`shimchalarini to`gri yozish. 5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish. 6. Chiroyli yozuv. Diktant o`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jihatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt - besh gapli bo`ladi. O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib yozdiradi. Har bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi gap bosh harflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi. O`qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling