О`збекистон республикаси
Ofitsiant va batler faoliyatining texnika xavfsizligi qoidalari
Download 364.5 Kb.
|
Ishchi o\'quv dastur 8 mart Xoliqulova Dilobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1.7 Ofitsiant va batler ishini tashkil etish usullari. Ofitsiant va batlerning ish uslubi
6.1.6 Ofitsiant va batler faoliyatining texnika xavfsizligi qoidalari
Taomlar tayyorlash va xo‘randalarni oziq-ovqat bilan ta’minlash jarayonida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasining belgilangan qoida talablariga rioya qilinishi ofitsiantlar zimmasiga tushadi: – zallardagi va ovqat tarqatiladigan joylardagi pollarni singan, notekis holatini sezgan zahoti ofitsiantlar ularni ta’mirlashni talab qilishlari kerak; – polga to‘kilgan yog‘, suyuqlik, ovqat bo‘laklari va boshqalarni tezlik bilan artib, yig‘ishtirib olish; – eshiklar, kirish yo‘laklarida e’tiborli bo‘lish; – konserva bankalarini maxsus ochqichlar bilan ochish; – issiq taomlar solingan idishlarni patnislarda olib borish; – ovqat ko‘tarib zinapoyalardan yurganda ehtiyot bo‘lish; – raqsga tushilayotganda patnis ko‘tarib zal bo‘ylab yurmaslik; – cheti uchgan, siri ko‘chgan, yorilgan idishlarni ishlatmaslik; – xo‘randalarga xizmat ko‘rsatilayotgan vaqtda ovqat tarqatish joyida navbat tartibini saqlash; – pichoq, sanchqilarni o‘tkir tomonini oldinga qilib olib yurmaslik, ularni likopchalarda olib borish; – shishalarni maxsus ochqich bilan ochish; 6 – kiyimlarga to‘g‘nag‘ich taqmaslik, cho‘ntaklarga sinadigan, kesadigan, o‘tkir buyumlar solmaslik. 6.1.7 Ofitsiant va batler ishini tashkil etish usullari. Ofitsiant va batlerning ish uslubi Restoranda xizmat ko‘rsatish darajasi moddiy-texnik baza va yaxshi xizmat qilishdangina iborat bo‘lmay, xizmat qiluvchi xodimlarning xushmuomalaligi, tashqi ko‘rinishi, ayniqsa, bosh ofitsiant va boshqa ofitsiantlarning yuksak mahoratlariga bog‘liq. Mijozlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish ham alohida ahamiyatga ega: uylariga ovqat olib borib berish, tantanalarda – uylarda bo‘ladigan to‘y, yubileylarda xizmat qilish, qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun buyurtmalar qabul qilish, taksi chaqirib berish, stollarni band qilib qo‘yish va boshqalar. Ofitsiant mijozlarga xizmat ko‘rsatishda quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi kerak: Mehmonlarga shovqinsiz, tez xizmat qilishlari kerak. Xizmat uchun kutish vaqti 15–20 daqiqadan oshmasligi zarur (sovuq taomlar tortiladigan paytdan boshlab); Ofitsiant shovqinsiz, silliq harakatlar bilan va ma’lum tartibda taomlarni qo‘yib, mehmon oldiga sanchqilar joylashtirishi lozim; Ofitsiant oziq-ovqat va ichimliklar tortish ketma-ketligini bilishi kerak; Oziq-ovqat va ichimliklar tortishda mehmon o‘ng tomonida o‘ng qo‘li bilan xizmat qilish kerak; Har bir keyingi taom ishlatilgan idishlar stoldan olib tashlangandan keyingina beriladi. Oziq-ovqat qoldiqlari bo‘lgan idishlarni faqat mehmonning roziligi bilan tozalash mumkin; Ofitsiant buyurtma qilingan taom va ichimliklarni salfetka bilan qoplangan patnisda zalga olib kelishi, uni chap qo‘lda ko‘tarib, kerak bo‘lsa, o‘ng tomondan ushlab turishi kerak; Taom qo‘yilgan patnisni yelkadan yuqoriga ko‘tarmaslik kerak; Patnisdagi taom va ichimliklar faqat bir qatorga joylashtiriladi. 6.1.8 Batler kasbining rivojlanishi. Batlerning vazifalari va majburiyartlari Mijozlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish ham alohida ahamiyatga ega: uylariga ovqat olib borib berish, tantanalarda – uylarda bo‘ladigan to‘y, yubileylarda xizmat qilish, qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun buyurtmalar qabul qilish, taksi chaqirib berish, stollarni band qilib qo‘yish va boshqalar. Ofitsiant mijozlarga xizmat ko‘rsatishda quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi kerak: Mehmonlarga shovqinsiz, tez xizmat qilishlari kerak. Xizmat uchun kutish vaqti 15–20 daqiqadan oshmasligi zarur (sovuq taomlar tortiladigan paytdan boshlab); Ofitsiant shovqinsiz, silliq harakatlar bilan va ma’lum tartibda taomlarni qo‘yib, mehmon oldiga sanchqilar joylashtirishi lozim; Ofitsiant oziq-ovqat va ichimliklar tortish ketma-ketligini bilishi kerak; Oziq-ovqat va ichimliklar tortishda mehmon o‘ng tomonida o‘ng qo‘li bilan xizmat qilish kerak; Har bir keyingi taom ishlatilgan idishlar stoldan olib tashlangandan keyingina beriladi. Oziq-ovqat qoldiqlari bo‘lgan idishlarni faqat mehmonning roziligi bilan tozalash mumkin; Ofitsiant buyurtma qilingan taom va ichimliklarni salfetka bilan qoplangan patnisda zalga olib kelishi, uni chap qo‘lda ko‘tarib, kerak bo‘lsa, o‘ng tomondan ushlab turishi kerak; Taom qo‘yilgan patnisni yelkadan yuqoriga ko‘tarmaslik kerak; Patnisdagi taom va ichimliklar faqat bir qatorga joylashtiriladi. Download 364.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling