6.1.11 Muomala odobi (etikasi) va psixologiyasi. Nutq madaniyati
Har bir tarixiy davrning o‘ziga xos muomala odobi, qonun-qoida normalari mavjud bo‘lganidek, erkaklar va ayollar, ota-onalar va farzandlar, yigit va qizlar o‘rtasidagi muloqotga ham ehtiyoj paydo bo‘ldi.
Muloqot orqali kishilar quyidagi holatda bo‘ladilar:
Muloqot qiladilar.
Psixologik ta’sir etadilar.
Axborot almashadilar.
Harakatga chorlaydilar.
O‘z fikrlarini bayon etadilar.
Har bir ofitsiant nutq madaniyatini kuzatib borishi talab etiladi. Ofitsiantning nutqi muassasa darajasiga muvofiq aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Mehmon siz juda yumshoq yoki noaniq gapirayotganingiz sababli so‘zlarni qayta takrorlashingizni so‘ramasligi kerak.
6.1.12 Muloqot: tana harakatlari orqali ifodalash, imo- ishoralar, tabassum orqali o‘zgaga ijobiy ta’sir qilish. Xodimlarni boshqarish uchun imo-ishoralar
Tabassum har bir restoranda xizmatning majburiy elementi hisoblanadi.
Har bir ofitsiant mehmonlarga tabassum qilishi shart. Ofitsiant, styuardessa, barmen, menejer yuzidagi «sovuq» ifoda xizmat vazifalarining qo‘pol buzilishini va sizning professional qobiliyatingiz past darajada ekanligini ko‘rsatadi. Kishi har doim ham o‘zining imo-ishoralari, yuz ifodalarini va ovoz ohangini nazorat qila olmaydi. So‘zlar ba’zan haqiqiy his-tuyg‘ular va fikrlarni oshkor qilavermaydi. Suhbatdoshni yaxshi tushunish uchun nafaqat tinglash, balki odamlarning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatish, imo-ishoralar tilini tushunish ko‘nikmasini egallash kerak.
6.1.13Ogohlantirish va xizmat ziddiyatlarni oldini olish va hal etish
Mojaro bosqichlarini ko‘rib chiqishdan oldin restoranda mojaroning oldini olishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Har bir xodim vakolatli bo‘lishi kerak. Styuardessa menyu ma’lumotlaridan xabardor bo‘lishi lozim. Ofitsiant retsept va ishlab chiqarish imkoniyatlarini biladi. Barmen buyurtma olish va ofitsiant darajasida xizmat qilish uchun vakolatli hisoblanadi. Agar ko‘proq ma’lumot bo‘lsa, ko‘proq ishonch hissi paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |