6.1.6 Restoranlarda ishlatiladigan dasturxonlar. Stol ustiga dasturxon yozish. Salfetka taxlashning usullari
Zalni xizmat ko'rsatishga tayyorlashda ofisiantlar dasturxonlar xajmi stollar yuzi xajmiga to'g'ri kelishini hisobga oladilar. Quyidagi qoidani qo'llashlari kerak: dasturxon chetlari stol chetidan 25-35 srn pastga osilib turishi lozim, ammo stul kursisidan pastga tushib ketmasligi nazarda tutiladi. Agar dasturxonning cheti kam tushirilsa, xunuk bo'lib qoladi, estetik qurinish yuqoladi, agar uzun tushirilsa, mijoz uchun noqulay bo'ladi. Dasturxonning o'rta qismi yaxshi dazmollangan bo'lishi, burchaklari stol oyoqlari ustiga tushishi mumkin. G'ijim, yaxshi dazmollanmagan dasturxon bo'lsa, ofisiant dazmollab kelishi yoki almashtirib boshqasini solishi kerak. Restoranga mijozlar kirmasdan avval dasturxon solinib qo'yiladi. Tartib quyidagicha: dasturxonlar qanday olingan bo'lsa, stollar ustiga Shunday quyib chiqiladi, so'ngra ulami stol ustiga yoziladi. Uning ungi, teskarisini bilib solish kerak. Dasturxonning ikki chetidan qo'l bilan tutib yoyiladi va stol ustiga solinadi. Dasturxonni o'rtasidagi dazmollangan taxt chiziqlari tutashgan joy stol markazida bo'lishi shart. Gulli dasturxonlar bo'lganda uning gulli qismlari ham bir-biriga mos qilib solinishi lozim. Xar bir ofisiant stol ustiga dasturxon yozishni bilishi kerak. Ba'zi xollarda mijozlar ko'z oldida dasturxonlami almashtirishga extiyoj tug'iladi. Aytaylik, taom iste'mol qilish jarayonida dasturxonga biron bir narsa to'kilib ketdi, dasturxon ifloslandi, xo' 1 bo' Idi. Bunday xollarda albatta dasturxon almashtiriladi. Ofisiant tezlik bilan xarakat qilib, dasturxonni almashtirishi kerak.
6.1.7 Salfetkalar bilan ishlash qoidalari. Har xil turdagi salfetkalami taxlashning texnik qoidalari. Stol choyshablari: asosiy turlari va o’chamlari.
Salfetka-sochiqlar - Tushlik, kechki taomlarda, qabul marosimlari, banketlar, tuylar va boshqa tantanali kechalarda polotnodan tayyorlangan salfetkalar ishlatiladi. U stolni bezaydi, chiroyli ko'rinish hosil bo'ladi. Salfetkalar tanlashning turli usullari bor. Shunday tamoyil bor: ofisiantning qo'li salfetkaga qancha kam tegsa, shuncha gigienik qoidali bo'ladi. Salfetkani kamay qilib berilsa, mijoz uchun ancha qulay. Salfetkalami taxlash xizmat turiga bog'liq. Xar bir zal uchun salfetkalar bir xilda taxlanadi. Nonushta uchun salfetkalar to'rtga buklanib, uchburchak, konvert, kamay shaklida oddiy qilib qo'yiladi. Tushlik va kechki taomda salfetkalar qalpoqli, kosmos, toj, shapochka shaklida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |