О`збекистон республикаси
Umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya me’yorlari. Tibbiy yordam ko‘rsatish
Download 364.5 Kb.
|
Ishchi o\'quv dastur 8 mart Xoliqulova Dilobar
6.1.5 Umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya me’yorlari. Tibbiy yordam ko‘rsatish
Taom iste’molchining nafaqat fiziologik talabini qondirishi, unga yaxshi kayfiyat ham baxsh etishi kerak. Shuning uchun ham taomlar iste’mol qilinganda ta’mi va hidi maksimal seziladigan haroratlarda taqsimlanib, uzatiladi. Issiq taomlarni (birinchi taomlar, souslar va issiq ichimliklar) suzib uzatish harorati 75°C, ikkinchi taom va garnirlar harorati 65°C, sovuq taomlar va ichimliklar harorati 14°C dan past bo‘lmasligi kerak. Taomlarni taqsimlab, suzib uzatish xonalarida o‘rnatiladigan jihozlar (marmitlar, vitrinalar) aynan ko‘rsatilgan haroratlarda realizatsiya qilish davrida ta’minlashga qaratilgan. Tayyor taomlarni suzib uzatish korxonalariga taomlar qaynoq suvda chayqab olingan, qopqog‘i mahkam yopiladigan termoslarda yoki boshqa idishlarda maxsus transport bilan keltirilishi kerak. Keltirilgan issiq taomlar va ichimliklarni saqlash va realizatsiya qilish muddati 3 soatdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Souslar bilan beriladigan ikkinchi taomlarni bufetlarda realizatsiya qilish har bir korxona uchun joylardagi SESlar ijozati bilan amalga oshiriladi. Ovqatlanish korxonalarida tayyor mahsulotlar realizatsiya qilinmasdan ertangi kunga qoldirilmasligi kerak. Ilojsiz hollarda ertangi kunga qoldiriladigan taom avval sovitilishi, keyin sovitkichlarda 2–6°C da 12 soat, –2+4°C gacha 18 soatgacha saqlanadi. Birinchi yordam – inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar yig‘indisidir. Baxtsiz hodisa, kasallikning favqulodda xuruj qilishi va ovqatdan zaharlanish – mana shu kabi holatlarda kishi qanday qilib birinchi yordamni samarali ko‘rsatishni bilmog‘i zarur. Qoidaga ko‘ra, birinchi yordam tibbiyot xodimlari yetib kelguniga yoki bemorni shifoxonaga yetkizgunga qadar ko‘rsatiladi. Birinchi yordamni vaziyat yuz berganda bemor yonida kim bo‘lsa, o‘sha ko‘rsatishi mumkin. Biroq shunday kasblar borki, ular birinchi yordam ko‘rsatishi majburiyat hisoblanadi. Gap ishki ishlar, favqulodda vaziyatlar xodimlari, harbiylar va o‘t o‘chiruvchilar haqida ketmoqda. Download 364.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling