О`збекистон республикаси
Ovqatlanish buyumlari va anjomlar. Chinni va fayans idishlar. Metal va yog’ochdan qilingan idishlar. Billurdan yasalgan idishlar. Shishadan yasalgan idishlar
Download 364.5 Kb.
|
Ishchi o\'quv dastur 8 mart Xoliqulova Dilobar
6.1.8 Ovqatlanish buyumlari va anjomlar. Chinni va fayans idishlar. Metal va yog’ochdan qilingan idishlar. Billurdan yasalgan idishlar. Shishadan yasalgan idishlar
Temir idishlarning turg'unligi kuchli emas, oksidlanishga tez beriluvchan bo'ladi, oqsid taomdagi oz miqdordagi kislotada ham eruvchan bo'ladi. Oqsidlanish natijasida temir tuzi taornning rangini qoraytirib yuborishi mumkin. Temir tuzi vitaminlarni ham emirishi mumkin. Shuning uchun temir idishlardan, agar sirlanmagan bo'lsa, oziq-ovqatda foydalanish mumkin emas. Taom sirtidagi yog' qatlami havodagi kislorod ta'sirini to'sadi, metallning zanglashini cheklaydi. Melxior va neyzilber idishlar asosan stol bezatishda ishlatiladi. Melxior (niqel va mis eritmasi) silliq va mustaxqamligi bilan farq qiladi. Neyzilber (mis va qalayi qushilmasi) sifati jixatidan melxiorga o'xshaydi. Bularning xar ikkalasi ham o'z xususiyatlari bo'yicha yumshoq shiles berishga qulay, bulardan chiroyli shakldagi idishlar yasash mumkin. Sirlanrnagan idishlar faqat manzarali bezatishlar uchungina ishlatiladi. Buyumlarning ichki va tashqi qismi qumush suvi yoki nike\ bilan qoplanadi. Tirnalishlarga yul qo'ymaslik uchun bu idishlarni po'lat buyumlar bilan birga saqlash tavsiya qilinmaydi. Emallangan idishlar - bu po'lat, temir, cho'yandan yasalgan ichki va sirtqi tomonidan emallangan kastryulkalar, chelak, choynaqlar, togora va boshqalar. Emal mustaxqam, issiqbardosh, yuqori xaroratga chidamli, yorilmaydigan, ko'chib ketmaydigan bo'lishi kerak. U zararsiz, taomga biron ziyon etqazadigan bo'lishi mumkin emas. Keyingi yillarda ishlab chiqarilayotgan emallar kimyoviy, mexanik, termik ta'sirlarga oliy darajada chidamliligi bilan aj-ralib turadi. Bu turdagi emallar bilan qoplangan idishlar yaxshi gigieniq sifatlarga ega: U organik kislota, tuzlar, ishqor ta'siriga chidamli, yuvilishi oson, taomlar tayyorlash va ularni uzoq muddat saqlash mumkin. Ammo ularda ikkinchi taomlar pishirish tavsiya etilmaydi, chunki shavla pishirilganda tagi kuyib ketishi va emal ishdan chiqishi mumkin. Emalli idishlarni yuvishda osh sodasidan, sovundan foydalanish yaxshi natija beradi. Emal idishlarni qattiq poroshoklar bilan yuvish, metall cho'tka bilan tozalash yaramaydi, emali ko.chib ketadi. Qozon tagiga olsa, uni ivitib qO'yiladi va yuviladi. Kulolchilik idishlari ko'polroq, (sopol, loydan) va yupqa, noziqroq (chinni, mayoliq) bo'ladi. Bunday idishlar namni ko'p tortmasligi uchun bo'yoq beriladi, natijada sirti oynasimon yaltiroq, bo'ladi. Suriladigan glazur moddasi oynaga yaqinroq turadi. Uning xususiyati resepturaga bog'liqligi uchun o'zgaruvchandir. Chinni idishlar tayyorlash uchun qattiq, qiyin eriydigan loy kaolin ishlatiladi. Bunday chinni idishlar erishi qiyin, kimyoviy chidamli shishasimon glazur bilan (kuydirish darajasi 13000 S) qoplanadi. Download 364.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling