О‘zbekiston respublikasi


-MAVZU:ATTIKA VA ELLIMIZM DAVRI YUNON ADABIYOTI


Download 417.5 Kb.
bet4/35
Sana05.01.2022
Hajmi417.5 Kb.
#215377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Αzbek filologiyasi fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi jahon a

4-MAVZU:ATTIKA VA ELLIMIZM DAVRI YUNON ADABIYOTI.

Reja:

1.Dramaning paydo bo’lishi.

2.Yunon teatrining xususiyatlari.

3.Esxil – jahon tragediyasining otasi.

4.Sofokl va jahon dramaturgiyasi

Adabiyotlar:

1. 1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kkuch. T., Ma`naviyat, 2008.

2. Sulaymonova F. “SHarq va G’arb”. Toshkent. “O’zbekiston”. 1997 yil.

3.Esxil. “Zanjirband Prometey”. Toshkent.G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1978 yil.

4.Rahimjonov N. Mustaqillik davri o’zbek she‘riyati. Toshkent. “Fan”. 2007 yil.

5. Kun N.A. Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari. Jahon adabiyoti jurnali. 2005 yil may.


Drama so’zining mazmuni “harakat” demakdir. Bu ibora tom ma‘nosi bilan mazkur janrning harakatdan va odamlarning o’zaro suhbatlari – diologidan tarkib topganligidan dalolat beradi. Dramaning kelib chiqish tarixini qadimgi zamon olimlari va hozirgi davr ilm ahli xalq diniy marosimlari bilan bog’laydilar.

Aristotel ham o’zining “Poetika” asarining to’rtinchi bobida qat‘iy fikrlar aytadi. Ulug’ faylasufning izohiga qaraganda, hatto “Tragediya” iborasining o’zi ham Dionis shaxsi bilan mahkam bog’liqdir. Bu atama “trago la oide” degan ikki so’zdan tarkib topgan bo’lib, “echki qo’shig’i” degan ma‘noni anglatadi.

Dramaning barcha turlari diniy marosimlardan tug’ilganligi vajidan qadimgi yunonlar bularning hammasiga chuqur e‘tiqod bilan qaraganlar. Binobarin, teatr tomoshalari davlat qaramog’idagi muhim siyosiy va tarbiyaviy tadbir va choralardan biri hisoblangan. Ikkinchidan, dramaning yuzaga kelishi bevosita Dionis marosimlari bilan bog’liq bo’lganligi tufayli bu tomoshalar shu ma‘budning sharafiga yil sayin uch marotaba o’tkazilgan va bir necha kun davom etadigan bayram paytlarida namoyish qilingan. Yunonlar mazkur tomoshalarga, shunchaki bir ermak deb emas, balki muhim diniy bayram deb qaraganlar va bu bayramlarni mumkin qadar tantanali o’tkazishga tayyorlanib, deyarli hammalari teatr tomoshalariga kelishga oshiqqanlar. Dastlabki davrlarda teatr tomoshalari bepul ko’rsatilgan. Qadimgi Yunonistonda barcha o’yinlar singari, teatr tomoshalari ham musobaqa yo’sinda o’tkazilgan. Bu musobaqalarga qatnashmoqchi bo’lgan shoir, hukumat ixtiyoriga mazmun jihatdan bir-biri bilan bog’liq uchta tragediya va bitta satirlar dramasini topshirgan. Komediyanavis shoirlar esa faqat bitta-bitta asar bilan qatnashganlar. Yunon teatri hozirgi zamon teatriga mutlaqo o’xshamaydi. Avvalo, uning hajmi benihoyat katta, tomoshalar kunduz kuni va ochiq havoda ko’rsatilgan. Afina teatriga 17 ming odam sig’ar ekan, keyinchalik 30-50 ming kishilik teatrlar ham barpo qilingan.

“Teatr” so’zining asl ma‘nosi “ko’rish”, “kuzatish” demakdir. Dastlabki davrlarda tomoshabin o’tiradigan yerni shu nom bilan ataganlar. Bu iborani butun teatr binosiga nisbatan ishlatish meloddan ancha keyin, taxminan V asrlarda iste‘molga kiritilgan. Yunon xalqining ma‘naviy taraqqiyoti tarixida teatrning tutgan o’rni g’oyat buyukdir.

Eramizdan oldingi V asrning dastlabki yillarida boshlangan qizg’in ijtimoiy va siyosiy voqealar – yunon elining eski tuzumdan asta-sekin sinfiy davlatga aylanib borishi, mamlakatda demokratik harakatning toboro mustahkamlanishi Eron-Yunon urushi yillaridagi mislsiz milliy birdamlik va dushman ustidan g’alaba qozonish ishtiyoqi, nihoyat, urushdan keyingi ijtimoiy va madaniy ko’tarilish – o’z ifodasini hammadan ko’ra ko’proq Esxil ijodida topadi. Shoir taxminan 525-524 yillarda Elivsin shahrida aslzoda aristokrat oilasida tug’iladi. Esxil 456 yilda Gela shahrida vafot etgan. Esxil yigirma yoshida birinchi marta dramatik shoirlar musobaqasida qatnashadi, biroq g’alaba qozonish unga qirq yoshida nasib etadi, shundan keyin uning asarlari shoirga yana o’n uch marta g’alaba keltiradi.

Qadimgi olimlarning ma‘lumotlariga qaraganda Esxil nihoyatda mahsuldor yozuvchi bo’lgan. Biroq uning 90 ga yaqin tragediyasidan iborat boy adabiy merosidan bizga qadar faqat yettitasi yetib kelgan. Bular tubandagilardir: “Ertiylar”, “Fivaning yetti dushmani”, “Iltijogo’ylar”, “Zanjirband Prometey” va “Oresteya” trilogiyasiga kiradigan “Agamemnon”, “Xoeforlar” hamda “Evmenidalar” tragediyalari.

Odam bolasining og’ir qismatiga yer yuzidagi zulm va adolatsizliklariga qarshi hayqiriq isyon “Zanjirband Prometey” tragediyasida ayniqsa kuchli jaranglaydi. Bu asar yolg’iz Esxilninggina emas, balki butun jahon adabiyotining ozodlik va insonparvarlik sha‘niga tiklangan buyuk yodgorlikdir. “Zanjirband Prometey” tragediyasi, “Xalos etilgan Prometey” hamda “Otashbardor Prometey” tragediyalari bilan birga qo’shidib yaxlit bir trilogiyani tashkil qiladi, ammo keyingi ikki qismi bizga qadar yetib kelgan emas. Esxil chindan ham tragediyaning otasidir. U asarlarida xorning rolini qisqartirib, ikkinchi aktyorni olib kiradi va diologlar sonini oshiradi. Yunon tragediyasining shakllanishida tutgan o’rni, o’zining poetik mahorati va asarlarida ifoda etilgan ajoyib zamonaviy g’oyalar bilan Esxil butun antik dunyo adabiyotiga kuchli ta‘sir ko’rsatgan.


Download 417.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling