O’zbеkistоn rеspublikаsi
Download 0.58 Mb.
|
O’zbåkistîn råspublikàsi
Aristotel (mil. av. 384-322 yy.) – qadimgi Yunonistonda o‘ziga xos falsafiy-pedagogik ta’limot yaratgan mashhur mutafakkir. Uning oila tarbiyasi bilan bog‘liq fikrlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Allomaning fikricha, jamiyatni davlatdan ajratib bo‘lmaydi. Aristotel jamiyat a’zolarini quyidagi uch toifaga ajratadi:
boylar; o‘rta hollar; kambag‘allar. Faylasuf boy hamda kambag‘allar toifasini xush ko‘rmaydi. Zero, uning fikricha, jamiyatdagi barcha noxushliklar, siyosiy beqarorlik, turli tahdidlar aynan shu toifa kishilarining xatti-harakatlari evaziga yuzaga keladi. Aholining eng ideal toifasi – o‘rta hol kishilar sanaladi. Ular tufayli jamiyat rivoj topadi, yurtda tinchlik o‘rnatiladi, vaziyat barqarorlashadi. O‘z asarlarida oila va oilaviy munosabatlar masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan, faylasuf oila muhitida shaxsda tarkib topadigan ezgu fazilatlarni ham uch guruhga ajratadi. Ular: dianoetikaga asoslangan (intellektual) fazilatlar (ular, asosan, ta’lim-tarbiya jarayonida uning natijasi sifatida shakllanadi); aqlga asoslangan fazilatlar; axloqiy irodaga asoslangan fazilatlar (ular urf-odatlar ta’sirida shakllanadi). Insonning baxt-saodati haqida fikr-yuritib, mutafakkir uni umrning kuch-g‘ayrati, energiyasi deya ta’riflaydi. Har qanday shaxs ezgu fazilatlar hamda bu bilan bog‘liq ravishda baxt-saodat sohibi bo‘la olmaydi. Ezgu fazilatlarni o‘zida namoyon qila olgan insongina baxtli, saodatli bo‘lishni da’vo qila oladi. Allomaning fikriga ko‘ra, ezgulik ijtimoiy sub’ektlarning tabiatiga xos degan fikr noto‘g‘ridir. Tabiat ularga faqatgina ezgu fazilatlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Ularning sohibiga aylanish esa kishilarning o‘ziga, ularning xohish-irodasiga, faolligiga bog‘liq. Aristotel tarbiya maqsadini inson ruhiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq holda belgilaydi. Allomaning yondashuviga ko‘ra, aql va irodaning rivojlanishi shaxs rivojining yuqori darajasidir. Shu sababli Aristotel bolalarni tarbiyalashda tabiiylik, tabiat bilan o‘zaro uyg‘unlik, jismoniy kamolot, axloqiy еtuklik va aqliy salohiyatni, qolaversa, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligini uqtiradi. Xalqning hafta davomiyligini еtti kunga bo‘lishiga tayangan holda oila tarbiyasi davrini yigirma bir yil deb belgilaydi. Bu davrni quyidagi uch bosqichga ajratadi: 1-bosqich – tug‘ilgandan boshlab еtti yoshgacha; 2-bosqich – еtti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha; 3-bosqich – o‘n to‘rt yoshdan yigirma bir yoshgacha. E’tiborli jihati shundaki, alloma oila tarbiyasini tashkil etishda har bir yosh bosqichi negizida tarbiya maqsadini aniq belgilashni, mazmunini shakllantirishni hamda metodlarni tanlash oqiolna yondashuv ekanligini qayd etadi. Aristotel birinchi bosqichda bolalarning tarbiyasida oila muhim o‘rin egallashiga alohida e’tibor qaratadi. Shaxs hayoti davomida nimalarni o‘rganishi zarur bo‘lsa, go‘dakligidan boshlab o‘shalarni o‘rgatish kerakligi to‘g‘risidagi g‘oya allomaning oila tarbiyasiga doir qarashlari asosini belgilab beradi. Allomaning fikricha, bolalarning axloqiy tarbiyasi axloqiy mazmundagi xatti-harakatlarni mashq qilish (harakatlarni tez-tez ixtiyoriy takrorlash)ga asoslanadi. Bolalarning axloqiy tarbiyasida asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida ekanligini ta’kidlar ekan, Aristotel ularning o‘zlari ham axloq borasida farzandlarga o‘rnak, ibrat bo‘lishga chaqiradi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling