Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar:
1. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan tanishish asosida kichik guruhlar nikoh tuzish tartibi va shartlari (3-bob; 13-17-moddalar) va bolalarning nasl-nasabini belgilash (10-bob; 60-64-moddalar) masalalarining huquqiy asoslarini alohida-alohida o‘rganib chiqadilar. Har bir guruh o‘zi o‘rgangan masalaning mohiyati bilan navbatdagi guruhni tanishtiradi.
2. Ota-onalar hamda farzandlarning huquq va burchlarini yoritishda ikkita diagrammasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1-diagrammada ota-onalarning huquq va majburiyatlari, 2-diagrammada esa farzandlarning huquq va majburiyatlari bayon etiladi. O‘qituvchi talabalar faoliyatini osonlashtirish uchun ularni ikki guruhga ajratib, quyidagi topshiriqlarni beradi: 1-guruhga “Ota-onalarning huquq va majburiyatlari”ni yorituvchi diagrammani shakllantirish; 2-guruhga “Farzandlarning huquq va majburiyatlari”ni yorituvchi diagrammani shakllantirish. Diagrammalarni shakllantirishda guruhlar quyidagi sxemadan foydalanishlari mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |