O’zbеkistоn rеspublikаsi


Download 0.58 Mb.
bet87/134
Sana09.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#264633
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   134
Bog'liq
O’zbåkistîn råspublikàsi

B/BX/B JADVALI


Bilaman

Bilishni xohlayman


Bilib oldim

Mavzu bo’yicha nimalarni bilaman?








3-Mavzu : Oila qonunchiligining takomillashuvi mustahkam oila garovidir. Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” asaridagi oilaviy munosabatlarning ahamiyati.

Reja :

1.Oila qonunchiligining takomillashuvi mustahkam oila garovi.

2.Oilaviy tarbiyada ota-onaning ahamiyati.

3. Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” asaridagi oilaviy munosabatlarning ahamiyati.


“Oʻtkan kunlar” romanining maʼno-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin, el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosiy pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yoʻlida hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar qiyofasida tasvirlanadi. “Oʻtkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantiriladi. Romandagi uchlik – oshiq, maʼshuqa va agʻyor, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zoʻr mahorat bilan tasvir etiladi. Asardagi juda kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” – ishq-muhabbat tuygʻusiga doir inja tafsilotlar kitobxonni hayajonga soladi; Otabek bilan Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojeaviy sahnalar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Abdulla Qodiriy Otabek bilan Kumushning ishq tarixini yozar ekan, ayni damda oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir, degan fikrni gʻoyat ustalik bilan asarning mazmun-mohiyatiga singdiradi.

Adib Yusufbek hoji zimmasiga katta yuk yuklaydi. U oʻzaro mahalliy ziddiyatlarning zararini yaxshi biladi, qipchoqni qirish ishini qoralaydi, aksincha, bir millatning ikki qavmini ularni “chin yovgʻa beriladigan kuch” uchun ittifoqchi sanaydi.

Abdulla Qodiriy romanida oʻzbekning sokin oilaviy hayot tarzini ham, kundosh kelinlar orasidagi oʻzaro nizolar va ularning еchimini ham juda ishonarli, bagʻoyat mahorat bilan tasvirlaydi. Romandagi tasvirlarga koʻra, Yusufbek hoji agar ikki kelin oʻrtasida “soʻz chiqqanini goho eshitsa, ikkala kelinni oʻz oldiga chaqirib” nasihat qiladi. “Avvalo Kumushdan oʻpka qilib: “Oyim, har nima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim, mundogʻ yaxshi emas!” degan gaplarni aytadi. Soʻngra Zaynabga nasihatlar berib, “keyin ikkisini duo qilib, bir-biriga salom” berdiradi. Qaynona-kelin munosabatlari ham Yusufbek hojidek dono-donishmand oila rahbari nazaridan chetda qolmaydi. Romandagi juda tabiiy obrazlardan biri boʻlgan Oʻzbek oyim bilan Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor bilan Oftob oyim munosabatlari ham butun salobati bilan oʻquvchi tasavvuriga muhrlanadi.

Romandagi har bir qahramonda joziba bor; ularning koʻngli, koʻzi, maʼnaviy qiyofasi koʻzga koʻrinib turadi; yurak urishlari eshitiladi. Asosiy, ikkinchi darajali va hatto epizodik qahramonlarning fikrlari teran, mulohazalari hikmatlar bilan toʻyingandir. Rahmat, Akram hoji, Oysha buvi, Oybodoq, Ali va boshqa qator epizodik obrazlar oʻzining yorqin qiyofasi hamda latif soʻzlari bilan esda qoladi.

Asar avvalidagi bir yigʻinda majlis ahli Turkistonning oʻsha paytdagi holatini tahlil qiladi. Ziyo shohichi: “Bizning shu holga tushishimiz oʻz feʼli-xuyimizdan”, deydi. Otabek esa ijtimoiy tubanlikning sababini ittifoqsizlikda, oʻzaro nizolarning avj olganida, “buzgʻunchi va nizochi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuquriga qarab tortishidan”, deb biladi. Abdulla Qodiriy XIX asr oxiridagi Turkistonda kechayotgan ahvoldagi “chuvalgan ipning uchini topib bergandek” boʻladi. Darhaqiqat, xalqning obod va ozod turmushini dil-dildan istagan Abdulla Qodiriydek bir insonning maʼnaviy-estetik dunyosiga ham bunday fikr-mulohazalar begona emas, albatta.

Tarixiy-biografik romanlarda zamon va makon chegaralari tanlangan tarixiy shaxs-qahramon hayoti solnomasiga koʻp jihatdan muvofiq keladi. Bu tabiiy hol. Ammo adabiyot olamidagi tarixiy asarlar turli asoslar ustiga quriladi. Abdulla Qodiriy oʻzining kamtarona taʼbiri bilan aytganda, “havas”lanib roman yozishga kirishar ekan, moziyga nazar tashlaydi. Moziy esa zamon va makon jihatdan cheksiz hamda mavhumdir. Adib “moziy”ga aniqlik kiritaroq “yaqin oʻtgan kunlar”, “xon zamonlari” birikmalarini ilova qiladi. Zero, birinchi oʻzbek romani “Oʻtkan kunlar”ning nomlanishida zamon-vaqt ifodasi mavjud.

Aslida inson aqli bilan chegaralangan zamon-vaqt eralar, asrlar, yillar, fasllar, oylar, haftalar, kunlar, soatlar… kabi butunlikni, astronomik qatorni tashkil etadi. Ijod ahli tasvirlayotgan voqea-hodisalarining ishonchlilik quvvatini oshirish uchun shu astronomik vaqtdan turli yoʻsinda oʻz dunyoqarashi, mahorati, aql-idrokiga qarab foydalanadi. Boshqacharoq aytganda, badiiy asarda zamon-vaqt fizikaviy mazmundan adabiy-falsafiy mohiyatiga koʻchadi.

Abdulla Qodiriy vaqtdagi “Oʻtkan kunlar” mavhumotini romanning birinchi satrlaridayoq parchalaydi. Voqealar sahnaga chiqayotgan zamon alomatini aniq bitib qoʻyadi: “1264-nchi hijriya, dalv oyining oʻn еttinchi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…”. Romanning boshlanishi shunday, ayni chogʻda, adibning asar ichidagi vaqtni ifodalash tamoyillari ham ushbu jumlada mujassam topgan.




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling