O’zbеkistоn rеspublikаsi


-mavzu: Oila portfoliosini tayyorlash. Muhammad Quronovning “Bolam baxtli bo`lsin desangiz” asaridagi bola tarbiyasiga munosabat


Download 0.58 Mb.
bet96/134
Sana09.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#264633
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134
Bog'liq
O’zbåkistîn råspublikàsi

7-mavzu: Oila portfoliosini tayyorlash. Muhammad Quronovning “Bolam baxtli bo`lsin desangiz” asaridagi bola tarbiyasiga munosabat.


1. Quyidagi matnlar bilan tanishib chiqing va ularda oilaga xos qanday xususiyatlar aks etganligini aniqlang.
A. Oilaviy kitobxonlik shaxsning madaniy saviyasini oshirishda yo‘lga qo‘yish mumkin va lozim bo‘lgan faoliyat turidir. Buning uchun ota-ona yoki oiladagi yoshi va ta’siri ulug‘ kishi tashabbus ko‘rsatib, oila a’zolarining umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda biror kitobni tanlab kechki ovqatdan so‘ng qiroat bilan o‘qib berishi kerak bo‘ladi. Oilaviy kitobxonlik har kuni yoxud haftaning ma’lum kunlari qat’iy tartibda yo‘lga qo‘yilsa, bolalarda badiiy kitobga qiziqish o‘z vaqtida va qat’iy tarzda shakllanadi.
V. Ota-boblarimiz farzandlarga hamisha bir-birlari bilan inoq, totuv, hamdard, hamfikr bo‘lib yashash inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtirib kelganlar... Oilada tinchlik-totuvlik, halovat ko‘p jihatdan aka-ukalarning ahilliklariga bog‘liq. Odatda og‘alar o‘z inilariga yaqin do‘st, maslahatchi bo‘ladilar, ukalar o‘z yo‘lini topib olguncha, ularga moddiy va ma’naviy yordam berib turadilar. O‘zbek odatlariga ko‘ra, katta o‘g‘illar o‘z kiyim-kechaklarini, asbob-anjomlarini, qalam-dovot, kitob-daftar va b. buyumlarini avaylab tutadilar. Chunki bu buyumlar o‘zlaridan keyin ukalarga o‘tadi.
S. Oilaviy an’analar – oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, oila a’zolari ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa. Oilaviy an’ana ... oila a’zolari e’tirof etgan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi. Oila ichidagi yaxshi munosabatlar shaxsning har tomonlama shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy an’analar bu munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling