O'zbekiston Respublikasi va komunikatsiyalarni rivijlantirish vazirligi


Download 216.12 Kb.
Sana19.12.2022
Hajmi216.12 Kb.
#1033341
Bog'liq
Elektronika va sxemalar


O'zbekiston Respublikasi va komunikatsiyalarni rivijlantirish vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Elektronika va Sxemalar fanidan 2-mustaqil ish
Bajardi : Qosimov Said
Guruh : CAE015
O’qituvchi : Sabirova Ulibibi
MAVZU : Tiristor va boshqariluvchi to‘g‘rilagich
xarakteristikalari
REJA :
  • Tiristor bu -
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Tiristor — elektrik ventil xossasiga ega boʻlgan kremniy monokristall asosidagi yarimoʻtkazgich qurilma. Yarimoʻtkazgich elementi kremniy monokristall disk (plastinka)dan tayyorlanadi. Ishlash prinsipi kremniy monokristallning elektronteshikli oʻtish (elektron p oʻtkazuvchanlikdan teshikli r oʻtkazuvchanlikka oʻtish) xossasiga asoslanadi. Bu xossa qurilmaning ventilli oʻtkazuvchanligini taʼminlaydi.
Tiristor bu
Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bolishi mumkin. Berk holatda tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi.
Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa qurilmalarida, avtomatikada manfiy o’tkazuvchanlikka ega yarimo’tkazgich asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o’zgartgichlarning bo’sag’aviy elementlari sifatida yoki boshlang’ich holatda energiya iste’mol qilmaydigan qurilma - triggerlar sifatida keng ishlatiladi.
Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli tiristorlarga bo’linadi va to’rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda chiqarilgan ikki, uch va to’rt chiqishga ega bo’ladi. Tuzilma chekkasidagi p qatlam anod (A), n qatlam esa katod (K) deb nomlanadi. Anod va katod orasidagi n- va p- sohalar baza deb ataladi, ularga o’rnatilgan elektrodlar esa boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi
1-rasm
Boshqaruvchi elektrod (BE) joylashgan sohasiga mos ravishda tiristorlar katod bilan va anod bilan boshqaruvchilaiga ajratiladi. BE laming joylashishi va tiristorlarning shartli belgilanishi quyidagi rasmda keltirilgan
2-rasm
Tiristorning ulanish sxemasi va VAXsi 3-rasmda keltirilgan. Tiristorning dinistordan farqi shunda-ki, ulanish kuchlanishi BE zanjiridagi tokni o’zgartirib rostlanadi. Shunday qilib, tiristor ulanish kuchlanishi boshqariladigan dinistorga ekvivalent
Xulosa
Tiristor (TIRatron + TransISTOR dan) - uch yoki undan ortiq p-n o'tishlari bo'lgan va ikkita barqaror holatga ega bo'lgan yarim o'tkazgichli monokristal asosida yaratilgan yarim o'tkazgichli qurilma:
"yopiq" holat - past o'tkazuvchanlik holati;
"ochiq" holat - yuqori o'tkazuvchanlik holati .
Tiristorlarning har xil turlari mavjud, ular asosan quyidagilarga bo'linadi: boshqaruv uslubiga ko'ra; o'tkazuvchanlik bo'yicha:
*oqimni bir yo'nalishda o'tkazadigan tiristorlar ;
*ikki yo'nalishda oqim o'tkazadigan tiristorlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • http://www.Wikipedia.org
  • http://www.hozir.org
  • http://www.fayllar.org

Download 216.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling