O‘zbekiston respublikasi valyuta siyosati tahlili mundarija kirish I bob o‘zbekiston respublikasi valyuta siyosatining jihatlari


Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi


Download 82.44 Kb.
bet6/16
Sana02.12.2023
Hajmi82.44 Kb.
#1780167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’r-www.fayllar.org

Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta'sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta interventsiyasidan ko’zlangan maqsad - valyuta kursining qisqa vaqt oralig’ida, kutil-maganda yuzaga keladigan keskin tebranishlarga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o’zgartirish imkoniyatiga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat kila olmaydilar. Shu sababli, valyuta interventsiyasidan maqsad valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi.
Valyuta interventsiyasi rasmiy oltin-valyuta zahiralari yoki Markaziy banklarning banklararo «SVOP» bitimlari hisobiga amalga oshiriladi.
Valyuta interventsiyasi XLX asrdan boshlab qo’llanila boshladi. Masalan, Gollandiya Markaziy banki, Avstriya-Venger banki milliy valyuta kursini barqaror tarzda ushlash uchun undan foydalanishgan. Oltin monometallizmi bekor qilingandan so’ng, valyuta interventsiyasidan foydalanish keng tarqaldi. 1929-1933 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi yuzaga kelgan sharoitda, Markaziy banklar valyuta dempingiga ko’mak berish uchun o’z valyutalari kursini tushirish maqsadida valyuta interventsiyasidan foydalandilar.
Valyuta interventsiyasi o’tkazishning moddiy bazasi vazifasini, 1930-yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda tashkil qilingan, maqsadli valyuta fondlari - oltin, chet el va milliy valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o’tadi. Hozirgi sharoitda bu fondlarning roli va yo’nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir. Masalan, Frantsiyada bu maqsadli valyuta fondi mamlakat rasmiy oltin-valyuta zahiralarining summasi miqdorida ajratilgan fonddir. Frantsiya Markaziy banki o’zining interventsiya operatsiyalari hajmini va xarakterini oshkor kilmaslik uchun uning ulchov ko’rsatkichlarini matbuotda e'lon kilmaydi. AQSHda maqsadli valyuta fondi haqiqiy ahamiyati va zaruratini yo’qotdi (uning hajmi 2 mlrd. AQSH dollari bo’lib, u 1934 yil tashkil topgan vaqtdan beri o’zgarmasdan qolmoqda). Chunki, Federal Zaxira banklari valyuta interventsiyasini, asosan, chet el Markaziy banklarining «SVOP» bitimlari asosidagi kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda.
Valyutaviy cheklashlar mamlakatlar hududidan oltin va valyuta qimmatliklari chiqib ketishining oldini olishda, shu asosda, chet el valyutalariga bo’lgan talabni tartibga solish maqsadida qo’llaniladi.



Download 82.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling