O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 261-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida


Download 22.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi22.53 Kb.
#1770659
  1   2   3
Bog'liq
307-10-0-Q 23 (1)



e-qaror.gov.uz
307-10-0-Q/23
1
2023 - yil 7 - iyul
307-10-0-Q/23
Toshkent viloyati hokimiligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 26-iyundagi 261-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi
“Respublika chegara oldi shahar va tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” klublari faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 261-sonli qaror ijrosini ta’minlash
maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi qonunning 6, 25-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26- iyundagi
261-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yuqoridagi qaror bilan:
“Yosh chegarachilar” klubi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o‘tkazish tartibi
to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha
respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 3-ilovaga;
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha
viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va tuman (shahar) qo‘mitalarining
namunaviy tarkiblari 4-4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o‘tkazish
bo‘yicha viloyat tashkiliy qo‘mitasining tarkibi 1-ilovaga;


e-qaror.gov.uz
307-10-0-Q/23
2
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha
tuman (shahar) tashkiliy qo‘mitasining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
4. Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o‘tkazish
bo‘yicha viloyat tashkiliy qo‘mitasi (H.Dadaxo‘jayev), viloyat Yoshlar ishlari
boshqarmasi (M.Mirsultonov), viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
(I.Akbarov) bilan birgalikda:
“Yosh chegarachilar” klublarida mashg‘ulotlar o‘tkazilishi uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish;
musobaqaning barcha bosqichlarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, sport
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish choralarini ko‘rish;
musobaqaning viloyat bosqichiga viloyatdagi sport turlari bo‘yicha xalqaro
musobaqalar g‘oliblarini jalb etish, ular ishtirokida davra suhbatlar hamda
uchrashuvlar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari
O.Sultanbekov zimmasiga yuklansin.

Download 22.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling