O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Download 0.77 Mb.
|
187 06.04.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining vazifalari
- 1. Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi A1
- 2. Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi A1
- 3. Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi A1
- 4. Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi A1
- 5. Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompitensiyasi A1
- Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi A1
- Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi A1
- Ta’lim bosqichi Bitiruvchilar Fanni o‘zlashtirish darajasi
- 1. Oila psixologiyasiga oid tushunchalarni bilish kompetensiyasi A1
- 2. Oilaviy hayotga tayyorlik kompetensiyasi A1
- 3. Oiladagi shaxslararo munosabatlarni tahlil eta olish kompetensiyasi A1
- Ta’lim bosqichi Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsad va vazifalari Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsadi: O‘quvchilarga Vatan himoyasi borasida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining vazifalari: O‘quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga ishonib topshirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to‘g‘ri foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, shuningdek yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi A1 Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglay oladi, burchini sidqidildan ado etadi; Oldingi tahrirga qarang. Vatanga qasamyod, harbiy intizom, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini tushunadi; (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son) O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarining asosiy talablarini biladi, harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalar haqida tushunchaga ega bo‘ladi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining asosiy talablarini biladi va ularga amal qiladi; Qurolli Kuchlarning vazifasi, tarkibi, tuzilish tamoyillarini biladi; harbiy boshqaruv organlari, shuningdek harbiy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘ladi; qurolli to‘qnashuvlar huquqiga (xalqaro gumanitar huquqqa) doir asosiy talablarning mohiyatini tushunadi va ularga amal qiladi. A1+ Bo‘lajak harbiy shaxs sifatida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglaydi, o‘z burchini sidqidildan ado etish maqsadida o‘zida harbiy kasbga oid qadriyat va tuyg‘ularni tarbiyalaydi; Oldingi tahrirga qarang. Vatanga qasamyod, harbiy intizom, harbiy sha’n-sharaf, harbiy odob-axloq, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini tushunadi; (1-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son) O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarining asosiy talablarini o‘zlashtiradi, xizmatni o‘tashga doir va harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalar haqida tushunchaga ega bo‘ladi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining asosiy talablarini o‘zlashtiradi va ularga amal qiladi; Qurolli Kuchlar qo‘shin turlari va xillarining vazifasi, tarkibi, tuzilishi tamoyillarini o‘zlashtiradi; harbiy boshqaruv organlari, shuningdek harbiy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega. qurolli to‘qnashuvlar huquqiga (xalqaro gumanitar huquq asoslariga) doir asosiy talablarning mohiyatini tushunadi va ularga ongli ravishda, qat’iy amal qiladi. 2. Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi A1 zamonaviy jang turlari va ularning tavsifini biladi. Askarning majburiyati, uning jangdagi harakatlanish tartibi va usullarini biladi hamda ularga amal qiladi; askarga biriktirilgan shaxsiy qurol va jangovar texnikalardan foydalana biladi hamda ularni asray oladi; harbiy ishga doir boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi; axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida tushunchaga ega; chet el armiyalari o‘qotar qurol va jangovar texnikalari namunalarining vazifasi, tuzilishi haqida tushunchalarga ega. A1+ umumqo‘shin jang turlari va ularning tavsifini biladi. Jangda harakatlanish tartibi va usullarini to‘liq o‘zlashtiradi; shaxsiy qurol va jangovar texnikalardan foydalana biladi hamda ularni asray oladi; portlovchi uskunalarni qo‘llash, o‘rnatish, niqoblash va zararsizlantirish tartibini biladi; axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida to‘liq tushunchaga ega; chet el armiyalari o‘qotar qurol va jangovar texnikalarining vazifasi, tuzilishi, jangovar imkoniyatlarini biladi; jang olib borishning zamonaviy vositalari imkoniyatlari haqida bilimga ega; muhandislik himoya vositalarini jihozlash va niqoblashni tashkil etish tartibini biladi. 3. Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi A1 harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini egallaydi; to‘siqlarni yengib o‘ta oladi; qo‘l jangi usullarni bajara oladi; gimnastik snaryadlarda belgilangan me’yorlarni bajara oladi; qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini egallaydi va unga amal qiladi. A1+ harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini to‘liq egallaydi; to‘siqlarni yengib o‘tish malakasini egallaydi; qo‘l jangi usullarni to‘liq o‘zlashtiradi; gimnastik snaryadlarda belgilangan me’yorlarni bajaradi; qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini mukammal egallaydi va unga to‘liq amal qiladi. 4. Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi A1 O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimlari haqidagi bilimga ega. favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida biladi hamda bunday holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutadi va oqilona tashabbus ko‘rsata oladi; ommaviy va oddiy qirg‘in qurollaridan himoyalanish usullari va vositalari haqida biladi; Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘zlashtiradi, o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa yordamni ko‘rsata oladi. A1+ O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimlari haqidagi to‘liq bilimga ega. favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida biladi hamda bunday holatlarda to‘g‘ri va tezkor yo‘l tutadi hamda oqilona tashabbus ko‘rsata oladi; ommaviy va oddiy qirg‘in qurollari jangovar xususiyatlarini hamda ulardan himoyalanish usullari va vositalarini biladi hamda ulardan foydalana oladi; favqulodda vaziyatlarda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zarur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega; favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanishni tashkil qila oladi. 5. Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompitensiyasi A1 yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini tushunadi; vatanparvarlik tadbirlarining faol ishtirokchisi bo‘la oladi; o‘zida harbiy xizmatchiga xos sifatlarni shakllantiradi; buyuk ajdodlarimiz merosini, Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini qadrlaydi. A1+ yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini biladi va unga qat’iy amal qiladi; vatanparvarlik tadbirlarining faol tashkilotchisi bo‘la oladi; harbiy xizmatchiga xos sifat va fazilatlarga ega; buyuk ajdodlarimiz merosini, Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini qadrlaydi va ularga munosib bo‘lishga harakat qiladi. Qo‘shimcha izoh: o‘g‘il bolalar alohida guruhda harbiy tayyorgarlik fanini o‘rganish davrida qiz bolalar uchun alohida guruhda (faqat o‘g‘il va faqat qizlardan shakllangan guruhlar) “Tibbiy bilim asoslari”, “Hayot va turmush odobi (Oilashunoslik)” bo‘limlari o‘qitiladi. Unda, “Tibbiy bilim asoslari”: Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi A1 birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalarini biladi; turli jarohatlanish, shikastlanish, epidemiologik kasalliklarning oldini olish tushunchalariga ega bo‘ladi; jarohatlanganda, kuyganda, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, epidemiologik kasalliklar tarqalganda va nurlanishdan shikastlanganlarga, favqulodda vaziyatlarda ruhiy zo‘riqish holatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi. Hayot va turmush odobi (Oilashunoslik)”: Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi A1 Milliy urf-odatlar, marosim va an’analarning shaxsning kamolotidagi o‘rnini, farzandlik burchi va uni ado etishni, ota-onani hurmat qilish, odob-axloq va reproduktiv salomatlik, hayo, ibo tushunchalariga ega bo‘ladi; muloqot qoidalari, kun tartibini rejalashtirish, etiket me’yorlari va ko‘rkamlik sirlarini, kiyinish odobi va ozodalik, gigiyena qoidalari, uy-ro‘zg‘or yumushlari, kelinlik odobi hamda farzand tarbiyasini biladi. 21-§. Oila psixologiyasi fani O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oila psixologiyasi fanini o‘rganish bosqichlari
Oila psixologiyasi o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi: O‘quvchilarga oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli ko‘nikma va malakalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida kompetenlilikni ta’minlash. Fanning vazifalari: “Oila psixologiyasi” fani, uning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish; oilaning ma’naviy, huquqiy, ijtimoiy va psixologik asoslari bilan tanishtirish; o‘quvchi yoshlarni oilani muqaddas bilishga o‘rgatish orqali ularni ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash; oilaning ijtimoiy kelib chiqishi tarixi, uning turlari bilan tanishtirish; oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari bo‘yicha tushunchalar hosil qilish; o‘quvchilarda shaxsning shakllanishida oilaning roli haqida tasavvur hosil qilish; yoshlarni oiladagi shaxslararo muloqotga, xususan ota-ona va bola munosabatlariga tayyorlash; yoshlarni oilaviy hayotda kuzatiladigan o‘zgarishlar haqidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish; yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan nizolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo‘nalishlardan saqlanishga o‘rgatish; yoshlarda muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini shakllantirish; yoshlarni reproduktiv xulq asoslari bilan tanishtirishdan iborat. Oila psixologiyasi fani bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Oila psixologiyasiga oid tushunchalarni bilish kompetensiyasi A1 Oila psixologiyasi faniga oid atamalarni biladi, ularni to‘g‘ri talqin qila oladi; oilaning huquqiy asoslari bilan tanishadi. Nikoh-oila munosabatlarining kelib chiqishi tarixini, sharq allomalarining nikoh-oila munosabatlari haqidagi qarashlari, oila turlari va vazifalari haqidagi ma’lumotga ega; o‘smirlik va ilk o‘spirinlik davridagi o‘g‘il-qizlarning yosh-psixologik xususiyatlarini farqlaydi; oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi, oilaviy nizolar psixologiyasi va ajralish, uning sabab, oqibatlari haqida xulosa chiqara oladi; reproduktiv xulqning psixologik asoslari haqida tasavvurlarini kengaytirishni, erta oila qurishning salbiy oqibatlarini tasavvur qiladi va mohiyatini tushunadi; psixodiagnostik testlardan foydalana olishni biladi. 2. Oilaviy hayotga tayyorlik kompetensiyasi A1 Oilaning ma’naviy qadriyat ekanligini tushunadi; turli mijozli xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslarda sevgi-muhabbat tuyg‘ularining kechishini tahlil qila oladi; nikoh oldi omillari va ularning oila mustahkamligiga ta’sirini anglash, kerakli ma’lumotlarni saralash, oilaviy muloqotga tayyorlilik, oilaga moslashuvchanlik, oilada sog‘lom turmush tarzini olib borish, nikoh shartnomasini tuzish bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladi; oila budjetini to‘g‘ri taqsimlash va amalda qo‘llash tajribasiga ega; 3. Oiladagi shaxslararo munosabatlarni tahlil eta olish kompetensiyasi A1 Oila turlarining oila barqarorligiga ta’sirini tahlil qila oladi; oilada shaxslararo munosabatlarning shaxs psixologiyasiga ta’sirini tushunadi; oilaviy hayotda yuzaga keladigan nizoli, muammoli vaziyatlarning oldini olish, ulardan oqilona chiqib ketish yo‘llarini tahlil qila oladi. 22-§. Falsafa fanlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida falsafa (estetika, dinshunoslik asoslari, shaxs va jamiyat) fanlarini o‘rganish bosqichlari
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling