“To`pchani ko`tar” o`yini. O`yin qoidasi: Ikki o`quvchi (ishtirokchi) bir chiziqda
turishadi. Ikkivlari bitta kattaroq tayoqchaning ikki uchidan ushlab turishadi. Har biridan 1-
2 qadam masofada yerga to`pcha qo`yiladi. O`yinchilarning vazifasi-raqibini o`ziga tortib,
o`sha predmetni yerdan ko`tarib olish. Bunda keskin harakatlar qilish mumkin emas.
“Uchlik” o`yini. O`yin qoidasi: O`quvchilar (ishtirokchilar)uchta-uchtadan bo`lib bir
necha guruhga bo`linishadi. Uch-to`rt uchlik start chizig`ida yugurishga tayyor bo`lib
turishadi: o`rtadagi o`yinchi bir oyog`ini ko`tarib ikki qo`lini sheriklarining yelkalariga
qo`yib oladi; sheriklari esa uning ko`tarilgan tizzasi tagidan qo`llarini birlashtiradilar.
Ma`lum ishora bo`yicha bolalar yugura boshlaydilar. Startdan 10-15 metr uzoqlikda
joylashgan finish chizig`iga birinchi bo`lib kelgan uchlik g`olib hisoblanadi. So`ng o`yin
qaytariladi. O`yinda yon tarafda yugurgan o`yinchilar o`rtada turishadi. Qachon bolalar
uchliklarida 1-2 marta o`rta o`yinchi bo`lib ishtirok etsalar, o`yin yakunlanadi.
D A R S Y A K U N I :
Dars yakunida o`quvchilar bir qatorga saflanadilar. Organizmni dastlabki
holatga keltirish uchun tiklantiruvchi mashqlarni bajarish.
Darsda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni aytish hamda tegishli ko`rsatmalar
berish. O`quvchilarni baholash va rag`batlantirish (ofarin, barakallo, harakat qil so`zlari
yozilgan shakllar berish bilan).
Uyga vazifalar berish hamda darsni o`z vaqtida yakunlab, o`quvchilar bilan xayrlashish.
Maydonni saf tortib tark etishni ta`minlash
.
Do'stlaringiz bilan baham: |