O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti «Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi» kafedrasi


Download 462.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.02.2017
Hajmi462.62 Kb.
#1258
1   2   3   4   5

4.

 

Buddaviylik manbalari. 

Buddaviylikning tarkalishida – buddaviylar jamoati Sangxalar katta rol` uynagan. Sangxa 

a`zolari  yilina  9  oy  davomida  shaxarma  shaxar  kishlokma-kishlok  yurib  targibotchilik  ishlari 

bilan  shugullangan.  Fakat  uch  oy  davomida  (musson  emgirlar  mavsumida)  uz  ibodatxonalarida  

Budda  e`tikod  etish  bilan  bant  bulganlar.  Imperator  Ashoka  davrida  (273-232  y)    Buddaviylik 

kushni  xududlarga  tarkalgan.  Ashoka  bu  din  targibotchilariga  raxnomalik  kilgan  va  erdam 

kursatgan. Buddaviylik jamoati xislatga egaki, boshka dinlar madaniyatlar kurshovida bulgan da 

xam uz ta`sirini asrlar davomida saklab kolish va vakti kelganda ya`na ta`sir kursatishi mumkin. 

Bunday xolat Xindstonda musulmon xukmdorlari, portugal, golland va ingliz mustamlakachilari 

Shri-Lankada, Xitoy va Yaponiyada konfutsiylik davrlarida yuz bergan. Shu tarika  Buddaviylik 

kiska  vakt  ichida  urta  Osieda,  Xitoyda,  Yaponiyada,  Koreyada,  V`etnamda  tarkalgan,  lekin 

Xindstonning uzida bu din ayrim sabablarga kura keng tarkalmadi. 

Bizning  eramizning  I  asrda  Kushon  podsholigi  davrida  amudare  xavzasida  va 

Uzbekistonning  janubiy  xududlarida    Buddaviylik  xukmron  din  bulgan.  Kushon  podshoxi 

Kanishkaning  uzi    Buddaviylikka  e`tikod  kilgan  va  uning  tangalarida    Buddaning  aksi 

tushirilgan.  Xitoy  manbalarining  ma`lumot  berishicha  VII  asrning  boshlarida  Termezda  10  

buddaviylarning  monastыri  bulgan  va  unda  minga  yakin  rokiblar  yashagan.  Arxeologik 

kazilmalar natijasida buddaviylik madaniyatiga tegishli bir kancha estaliklar topilgan.  Bulardan 

eng  kattasi  Ayrtam  shaxarchasi  (Termezdan  17  km),  buddaviylik  markazlari  Kora  tepa  va 

Fayaztepa  (Termez  ostanasida),  Darvinzin-tepa  (Surxondare  viloyatining,  Shurchi  tumanida), 

Kuva (Fargona vodiysida). 

Buddaviylik  ta`limotining  asoslari  tuplam  shakliga  keltirilgan  muayyan  kitoblarda 

keltirilgan.  Ulardan  eng  asosiysi  «Tripitaka»  bulib  xisoblanadi.  «Tripitaka»  yana    Buddaviylik 

mukaddas  kitobi  xam.  «Tripitaka»  suzi  «Uch  savat  donolik»  ma`nosini  anglatadi,  chunki 

rivoyatlarga kura Sidxartxa uch savat ta`limot koldirgan. Bular: 

1.

 



Sutta – pitaka (duolar). 

2.

 



Vinaya-pitaka (axlokiy normalar). 

3.

 



Abxidxammapitaka (diniy falsafiy masalalar baeni)lardir. 

Keyinrok  sanskrit,  xitoy,  tibet,  kxmer  va  yapon  tillarida  ezilgan  manbalar  xam  paydo 

bulgan  lekin  ular  katta  tarixiy  axamiyatga  ega  emaslar.  Budda  xaeti  bilan  boglik  barcha 

rivoyatlar «Tripitaka»da jamlangan. 



Utilgan mavzu buyicha savollar. 

1.

 



Buddaviylikning asoschisi kim 

2.

 



Buddaviylik  kachon va kaerda din bulib shakllangan 

3.

 



Buddaviylik  nechta amaliy bulimnan iborat 

4.

 



Buddaviylikning asosiy okimlari. 

5.

 



Buddaviylikning tarkalishida kimning roli kuchli bulgan 

6.

 



«Sangxa» deganimiz nima 

7.

 



Urta Osiega  Buddaviylik  kachon kirib kelgan 

8.

 



Buddaviylik  kaysi davlatlarning davlat dini bulib xisoblanadi 

9.

 



Buddaviylikning mukaddas kitobi 

Adabietlar. 

1.

 

I.Karimov Uzbekiston XXI asr busagasida… T., 1997 



2.

 

Men` A. Istoriya religii. M., 1994 



3.

 

Juraev U., Saydjanov I. Dune dinlari tarixi. T., 1998 



4.

 

Dinshunoslik. (ma`ruzalar matni). T., 2000 



 

6 mavzu Xristianlik. 

Reja 


1.

 

Xristianlikning paydo bulishi va ta`limoti. 



2.

 

Xristianlikning okimlari. 



3.

 

Bibliya – Xristianlikning mukaddas kitobi. 



4.

 

Urta Osie tarixida Xristian dinining urni. 



 

5.

 

Xristianlikning paydo bulishi va ta`limoti. 

Xristian dini asosan evropa, Shimoliy  va Janubiy Amerika, Avstraliya, Janubiy Afrika va 

Osiening  Sharkiy  xududlarida  tarkalgan.  Xristianlik  milodning  I  asrda  Rim  imperiyasining 

Sharkiy  xududlari  bulmish  Falastinada  paydo  bulgan.  Diniy  manbalar  buyicha  uning  paydo 

bulishi,  Rim  imperiyasining  tashkil  topganining  747  yili  Falastinaning  Vifleem  shaxri  enidagi 

Nazaret  kishlogida  bokira  kiz  Maryam  (Mariya)  Xudoning  amri  bilan  dunega  keltirgan  Iso 

Masix (Iisus Xristos) nomi bilan boglik.  Ilimiy  manbalardan  Iso duradgor  Iosif va uning xotini 

Maryamdan dunega kelgan. 



           Xristianlik -  buddaviylik va Islom dinlari kabi, jaxon dinlari biri bulib xisoblanadi. 

Bu din uz e`tikodchilari soni buyicha duneda birinchi urinda turadi, chunki saeramiz axolisining 

1\3 kismi (1 mlrd 600 mln) xristianlar (nasroniylar) bulib xisoblanishadi. 

 

Bu davrda yaxudiylar xokimiyatining uch tabakasi bilan boglik ogir tushkunlikni boshdan 



kechirar  edilar.  Bir  tomondan  Rim  imperatori  va  uning  noiblari,  ikkinchi  tomondan  Falastin 

podshoxi  Irod  Antipa,  uchinchi  tomondan  esa  ruxoniylar  xalkni  turli  soliklar  va  majburiyatlar 

bilan  kumib  tashlagan  edilar.  Va  shu  tarixa  yaxudiylar  urtasida  kutilaetgan  xaloskor 

(messiya)ning  kelishi  yakinlashib  kolganligi  xakida  xabar  tarkaldi.  Falastin  axolisi  boshidan 

kechiraetgan mislsiz azob ukubatlar, zulm olami «bogritosh dunening kalbi»ga aylana oladigan 

yangi din uchun kulay vaziyatni vujudga keltiradi. Shu tarika kuplagan kishilar xristian dinining 

xaloskorlik goyalariga maxlie buldilar. Aynan bu davrda Iso Masix yaxudiylikni islok kilish va 

uni  turli  xurofotlardan  tozalash  goyasi  bilan  chikib,  xristian  diniga  asos  soldi.  Dastlabki  yillari 

Isoni va uning izdoshlarini Falastinadan kuvgin kildilar. Iso 33 eshida fitnachilikda ayblanib, katl 

etishga Rim imperiyasining noibi (prokurator) Pontiy Pilat xukm kildi. 

Iso  nomiga  kushiluvchi  Mosix  suzi  kadimiy  yaxudiy  tili  –  ivritdagi  «moshiax»  suzidan 

olingan bulib, «silangan» eki «siylangan» ma`nolarini beradi. Grekcha bu suz «xristos» shakliga 

ega. Bu dinning «Xristianlik» eki «masixiylik» deb atalishi xam shu suzlar bilan boglik. Bundan 

tashkari  xristianlik  Isoning  tugilgan  kishlogi  –  «Nazaret»  bilan  boglab,  Nazroniya  deb  xam 

atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan. 

IV  asrning  boshlariga  kelib  kichik  sektalar  birlashib,  xristianlik  katta  goyaviy  okimga 

aylandi va daslab Rimda, yakin Sharkda, Shimoliy Afrikada va evropada tarkaldi. Tadkikotchilar 

urtasida  shunday  xulosalar  mavjud,  bu  din  dastavval  kullarning  dini  sifatida  paydo  bulgan, 

chunki  millionlab  kullar  xristianlikning  xaloskorlik  goyalariga  maxlie  buldilar.  Frantsuz 

tarixchisi  Sharl`  Enshlen  bunday  degan  edi:  «Spartak  maglubiyatga  uchraganligi  tufayli  Iso 

galaba kildi». 

Vaktlar utishi bilan bu din xukmron tabakalar diniga aylangan. Buning sabablari imperiya 

zaiflasha  borgan  sari  xukmron  doiralar  (imperatorlar)  xam  imperiya  xalklarini  birlashtiradigan, 

bir  biriga  yakinlashtiradigan  dinga  muxtojlik  sezildi.  Shu  tarika  324  yili  Rim  imperatori 

Konstantin Xristianlikni davlat dini deb joriy etdi va uning amri bilan 325 I umumxristian Sobori 

(Kurultoyi) chakirildi. Bu Sobor tarixga Nikey Sobori atamasi bilan kirdi va unda Xristianlikning 

asosiy  akidalari  tasdiklandi,  cherkov  kitoblari  kabul  etildi.  Xristian  cherkovi  rasmiy  davlat 

cherkovi deb joriy etdi. Cherkov Rim imperatorin xudoning erdagi Noibi deb e`lon kildi. 

Xristianlik diniy ta`limoti mazmunini asosan kuyidagilar tashkil etadi: 

-

 



xudo  mukaddas  mukaddas  uchlikda  (troitsa)  namoen  buladi.  Ya`ni  xudo  uch  kiefali, 

lekin  yagonadir.  Bu  degani  xudo  xudo-Ota,  xudo-Ugil,  xudo-Mukaddas  Rux.  Birok  bu  uch 

kiefali  xudolar  ayni  paytda  shaxslariga  kura  fark  kiladilar.  Masalan:  Xudo-Otani  xech  kim 


tugmagan  va  yaratgan  emas.  Xudo-Ugil  esa  tugilgan.  Mukaddas  Rux  esa  xudo-Otadan  paydo 

bulgan. Asosiy akidalar kuyidagilardir: 

-

 

xudo-Ugil (Iso) xaloskor messiya,  ya`ni xudo yarlakagan vakil. U iloxiy xaloskor. Iso  



xristianlikning asoschisi. 

-

 



Iso uldirilgandan keyin osmonga kutarilib ketgan, u kelajakda tiriklar va uliklar ustidan 

xukm chikarish uchun oxirat kuni erga kaytib keladi. 

-

 

Iso xam iloxiy, xam insoniy tabiatga ega. 



-

 

Bibi  Mar`yam  xudoning  onasi,  u  kizlik  iffati  saklangan  xolda  xamilador  bulgan  va 



Isoni tukkan. 

-

 



Ikonalarga siginish. 

-

 



Xudo xamma narsadan ustun turadi va abadiydir. Uni xech kim  yaratgan  emas. Xudo 

dunening yaratuvchisi u duneni 6 kunda yaratgan. 

-

 

Odomzot tugilgan paytidan boshlabok gunoxkordir. 



Xudo  yaratgan  barcha  mavjudotlarning  gultojisi  inson,  chunki  uni  uziga  uxshash  kilib 

yaratgan.  Bu  uxshashlikning  asosiy  kirralari  –bu  insonga  berilgan  akl  idrok,  iroda,  abadiy 

ulmasliklarida. 

 


2. Xristianlikning okimlari. 

Xristianlik  xech  vakt  yagona  bir  okim  bulmagan  katta  xududlarga  tarkalgani  bois,  u 

maxaliy urf odatlarga maxsus sharoitlarga moslashib borgan. Xristianlikdagi bulinishlar (sxizma) 

natijasida katolik, pravoslav va protestantlik okimlari (yunalishlari) paydo buldi. Xristianlikning 

bulinishining  asosiy  sabablari  birinchi  navbatda  Rim  imperiyasining  siesiy  axvoli.  Tarixdan 

belgili ichki va tashki sabablarga kura 395 yili Rim imperiyasi ikkiga bulindi Garbiy va Sharkiy 

Rim  imperiyalariga.  476  yili  Garbiy  imperiya  butunlay  kuladi,  shu  sababli  markazlashgan 

xokimiyat barxam topdi. 

Vujudga  kelgan  davlatlar  xali  mustaxkam  emas  edi.  Natijada  bu  xol  Rim  cherkovi 

boshligini  (Papa)ning  obrusi  mislsiz  darajada  oshishiga  olib  keldi.  Sharkiy  imperiyada  ya`ni 

Vizantiyada  kuchli  imperator  xokimiyati  soklanib  kolganligi  Sharkiy  Imperiya  Cherkovining 

(Konstantinopol`  cherkovi)  cheklanmagan  xukukka  ega  bulib  olishiga  imkon  bermadi,  bu  erda 

cherkov  imperatoriga  buysundirildi.  Bundan  tashkari  diniy  ta`limotlarni  talkin  etishda  xam 

cherkovlarni  nazorat  kilish,  daromatlarni  taksimlashda  xam  ikki  cherkov  urtasida  nizolar  kelib 

chikkan.  Okibatda  1054  yilda  Rim  papasi  Lev  IX  va  Konstantinopol`  patriarxi  Kirudariy  bir 

birini  la`natllladilar.  Xristianlik  ana  shu  sanadan  boshlab  ikkiga  bulindi  Rim  papasiga 

buysinuvchi  Katolik  (butun  dune)  cherkovi  va  Pravoslavie  cherkovi.  Bu  ikki  cherkov 

«Mukaddas  troitsa»ga  e`tikod  kiladilar  va  boshkada  umumiy  tamoyillarni  ton  oladilar.  Lekin 

katoliklar mukaddas rux xudo-Ota va xudo-Ugildan paydo bulgan deb xisoblasa, pravoslaviyada 

mukaddas-rux  fakat  xudo-Otadan  paydo  bulgan.  Katolitsizmda  cherkov  xokimiyati  Papaning 

kulida buladi. Diniy marosimlar katta dabdaba bilan va fakat lotin tilida olib boriladi (fakat 1965 

yildan  boshlab  ularni  maxalliy  tillarda  olib  borilishiga  ruxsat  berildi).  Katolik  ruxoniylari 

ulanmaslik  axdin  beradi  (pravoslaviyada  fakat  rokiblar).  Katoliklarda  Kardinallar  Instituti 

mavjud  (Kardinal  Papadan    keyingi  ikkinchi  shaxs).  Kardinalarni  Papa  ta`inlaydi,  kardinallar 

yigini  bulsa  Papani  saylaydilar,  xozirgi  kunda  duneda  140  kardinal  mavjud.  Pravoslaviyada 

Katolitsizmnan  farkli  yagona  cherkov  xokimiyati  yuk.  Xozirgi  davrda  15  avtokafel  (mustakil) 

pravoslav  cherkovlar  mavjud:  Konstantinopol`,  Aleksandriya.  Antioxiya,  Ierusalim  (Kuddus), 

Rus, Gruzin, Serb, Rumыn, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chex va Amerika. 

Protestantlik okimi XVI asrda Germaniyada paydo bulgan va bevosita Martin Lyuter ismi 

bilan boglik. Lyuter 1517 yili nemets cherkovining Katolik cherkovidan ajratilishini talab kilgan 

va  cherkov  isloxatlarini  utkazilishini  talab  kilgan.  1526  yili  Reyxstag  nemets  knyazlariga 

xoxlagan  diniga  e`tikod  kilish  xukukini  berdi,  lekin  1529  yili  buni  bekorladi.  Bunga  karshi  5 

nemets knyazi norazilik ya`ni protest bildirdilar va ular protestantlar deb atala boshladi. 1555 yili 

bu  knyazlar  Rim  papasi  bilan  bitim  imzoladilar  va  unga  kura  ular  katolik  eki  lyuteran  diniga 

e`tikod  etish  xukuki  berildi.  Mana  shu  davrdan  boshlab  Lyuter  tarafdorlari  Protestantlar  deb 

ataldi,  ularning  cherkovi  esa  protestantlik  eki  Lyuteran  cherkovi  deb  nomlanadi.  Protestantlar 

xristian ta`limotini tan oladilar, lekin ular kuyidagi 3ta yangi koidani joriy etdi. 

-Shaxsiy e`tikod bilan najot topish, 

-dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruxoniy bulish mumkinligi, 

-

 



injilning oliy nufuzi. 

Xristian dinida yana bir necha sektalar xam mavjud. «Kal`vinizm» - asoschisi Jon Kal`vin. 

«Prosveterian»lar  (grek  «eng  kadimiy»),  uning  tarafdorlari  Puritanlar  deb  atalgan.  Anglikan 

cherkovi  –  1534  yili  paydo  bulgan.  Chunki  bu  yili  maxaliy  katolik  cherkovi  Angliya  kiroli 

Genrix  VIII  chini  cherkov  boshligi  deb  joriy  etdi  ya`ni  cherkov  Kirol  xokimiyatiga  buysundi. 

Anglikan  cherkovida  marosimlar  inglis  tilida  olib  borildi,  ruzalar  bekor  kilindi,  ruxoniylarning 

uylanmaslik axdi majburiy bulmay koldi. 

«Baptizm» (grek «Suvga chuktirish») XVIII asrning boshlarida paydo buldi. Baptistlarning 

asosiy koidasi «Xech kim, xatto ota-onasi xam odamni muayyan dinga e`tikod etishga majburlay 

olmaydilar. Insonning uzi ongli va ixtieriy ravishda dinni kabul kiladi». XIX asrning 30 yillarida 

Amerikada «Adventistlar» xarakatining asosini Vil`yam Miler soldi. 


6.

 

Bibliya – Xristianlikning mukaddas kitobi. 

Xer  bir  jaxon  dinining  mukaddas  kitobi  bulganidek    Xristianlikning  xam  shunday  kitobi 

mavjud  bulib  u  «Bibliya»  deb  ataladi.  «Bibliya»  suzi  grekcha  bulib.  «Kitob»  degan  ma`noni 

bildiradi. «Bibliya» yaxudiylik va xristianlik diniy ta`limotlari buyicha Xudo yaratgan mukaddas 

kitob va uzida barcha diniy akiydalarni va axlok normalarini aks ettirgan. «Bibliya»ning birinchi 

va  katta    xristianlikdan  oldin  paydo  bulgan  va  yaxudiylik  diniga  mansub  kismi  «Eski  axd» 

(«Vetxiy  zavet»)  deb  nomlangan  va  u  miloddan  avvalgi  XIII  asrda  yaratilgan.  «Bibliya»ning 

xristianlik bilan boglik bulgan ikkinchi kismi «Yangi axd» («Novыy zavet») deb nomlanadi va u 

milodiy I  asrda yaratilgan. Yaxudiylar xristianlar  tegishli kismini mukaddas deb tan olmaydilar. 

Zamonaviy  «Bibliya»  katolik  nashrieti  buyicha  72  kitobdan,  protestantlik  nashrietida  66 

kitobdan  iborat.  Yaxudiylar  manbalari  buyicha  «Eski  axd»  24  kitobdan  iborat  bulgan. 

Protestantlar  yaxudiylar  va  Trident  soboridan  sung  (1545-1563  yy)  katoliklar  xam  «yangi  axd» 

tarkibiga 45 kitob Yaxudiylar «Eski Axd»ni uch kismga buladilar. 

Birinchi  kismiga  «Musoning  besh  kitobi»  -  «Tavrot»  ikkinchi  kismiga  «Paygambarning 

birinchi va sungi kitoblari » («Netiim»). 

-uchinchi kismiga boshka kitoblar. 

«Yangi  axd»  27  kitobdan  ya`ni  «Injil»  (evangeliya)  dan  iborat.    «evangeliya»  suzi  grek 

tilidan  «xushxabar»  ma`nosini  bildiradi  va  uning  soni  turtta.  1.  Matfey  evangeliyasi.  2.  Luka 

evangeliyasi.  3.  Ionna  evangeliyasi.  4.  Mark  evangeliyasi.  evangeliyalar  –bu  Isoning  erdagi 

faoliyati  uning  targoboti,  mujizalari,  ulimi  va  tirilishi  xakida  baen  etdi.  «Xavoriylar  faoliyati» 

(«xavoriylar»  Iso  shogirdlari,  xristianlikning  dastlabki  targibotchilari)  kitobi  xavoriy  (apostol) 

Luka kalamiga mansub. 



7.

 

Urta Osie tarixida Xristian dinining urni. 

Urta Osie xar kanday dinlar uchun xaetbardosh xudud bulib xisoblangan. Turkmanstonnan 

Garbda Kozokstonga deyin Sharkda keng xududda xristianlarning ibodatxonalari mavjud bulgan 

Urta  Osiega  xristianlikning  kirib  kelishi,  arxeologik  tadkikotlar  buyicha  III  asrda  boshlangan. 

280 yil Talasda, 310 yili. Samarkandda, Marvda, Xorazmda episkop kafedralari mavjud bulgan. 

Bu  davrlarda  xristianlarni  «mel`kitlar»  deb  atashgan  va  bu  xududda  asosan  «nestorlik»  okimi 

xukmron  bulgan.  Xristian  dini  islomgacha  bulgan  davrda  katta  nufuzga  ega  bulgan.  Sharkda 

xristian  targibotchilaridan  eng  mashkuri  episkop  Iliya  bulib  xisoblangan,  va  u  tarixga  «tyurklar 

apostoli»  nomi  bilan  kirgan.  Islom  dinining  kirib  kelishi  bilan  Xristianlikning  ta`siri  kamaydi. 

XIX asrning urtalarida xristianlikning Urta Osiega kirib kelishining yangi boskichi boshlandi va 

bu  asosan  Chor  Rossiyasining  mustamlakachilik  siesati  bilan  boglik  buldi.  Mustamlakachilik 

siesati  kengayishi  bilan  xristian  dini  xam  kirib  keldi.  Birinchi  statsionar  cherkov  Sirdare 

viloyatining Raim kurgonida 1847 yili barpo etildi. Davlat Kengashining 1871 yili 4 maydagi va 

Sinodning  17  iyul`dagi  farmoniga  muvofik  Turkestan  eparxiyasi  tasdiklandi.  Pravoslavlardan 

boshka  Turkistonga  katoliklar,  lyuteranlar  va  boshkadan  kichik  sekta  vakillari  mennonistlar, 

baptistlar, adventistlar va boshkalar kirib keldilar. 

 

Utilgan mavzu buyicha savollar. 

1.

 



Xristian dini kachon va kayerda paydo buldi? 

2.

 



Messiya degan nima? 

3.

 



Nima sababtan Xristian dini kullar dinidan, xukmron tabakalar diniga aylandi? 

4.

 



Nima sababtan Xristian dinida bulinish yuz berdi? 

5.

 



Xristianlikning asosiy akiydalari. 

6.

 



Katolik va pravoslav cherkovlar nimasi bilan fark kiladi. 

7.

 



Xristianlikning mukaddas kitobi. 

8.

 



Xristianlikning Urta osiega kirib kelishi davrlarini aniklang. 

Adabietlar 

1.

 

Men` A. Istori Religii. M., 1994 



2.

 

Religioznыe traditsii mira. Buddizm. Iudaizm. Xristianstvo. Islam. Bishkek., 1997 



3.

 

Nikol`skiy K.M. Istoriya russkoy tserkvi. M., 1985 



4.

 

K istorii xristianstva v Sredney Azii. T., 1998 



5.

 

Axmedov A. Ot Morko Polo do Ioanna. Iz istorii evropeyskogo proniknoveniya v 



Turkestan. Pravda Vostoka. 11 iyun` 1999 g. 

6.

 



Juraev U. Saidjanov Y. Dune dinlari tarixi. T., 1998 y. 

7.

 



Dinshunoslik (ma`ruzadlar matni). T., 2000 yil. 

7-mavzu.   Islom. 

R e j a 

1.

 



Joxiliya. Islom dinining paydo bulishi va uning ta`limoti. 

2.

 



Muxammad xaeti va faoliyati. 

3.

 



Islom dinida Makka davri. 

4.

 



Madina Islom davlati. 

 

1. Joxiliya. Islom dinining paydo bulishi va uning ta`limoti. 



Joxiliya  (arabcha  “Joxil”  suzi  “nodonlik”  ma`nosini  anglatadi)  suzi  Arabiston 

yarimorolining islomgacha bulgan davriga nisbatan ishlatiladi. Bu davrda arablar orasida asosan 

politeizm ya`ni kupxudolik xukmron edi, alabcha al`-Vasaniya Arabiston yarimorolining Makka, 

Madina. Toif, Xaybar singari shaxarlarni uz ichiga olgan kismi kodimdan Xijoz deb atalgan va 

aynan shu erda politeizmning ta`siri kuchli edi. Arablar orasida totemizm, fetishizm, animizm va 

boshkada  dinning  ibtidoi  shakllari  mavjud  edi.  Masalan  totemizmning  ta`sirin  ayrim  arab 

kabilalarining  nomlarida  uchratish  mumkin:  asad  (sher),  kalb  (it),  bakr(butalok),  sa`lab(tulki), 

zib(buri) va xokazo. 



Islom –Allox yagona degan e`tikod bilan unga buysunmoklik itoat etmoklik va butun kalb 

bilan  unga  ixlos  kilmoklik  Alloxga  itoat  kilgan  va  uning  paygambariga  ergashgan  kishi 

musulmon (“musldim” -sadokatli) deyiladi. 

Bundan tashkari miloddan avvalgi VIII asrdan arablarda Sanamlarga siginish urin oldi. Xar 

bir  arab  kabilasining  uzining  Sanami  bulgan  va  Arabistonning  ayrim  joylarida  mua`yyan 

sanamlar  ibodatxonalari  bulgan.  Makka  Arabistonning  diniy  markazi  aylangach,  bu  erda 

joylashgan Ka`ba sanamlarning panteoniga aylandi. 


2. Muxammad xaeti va faoliyati. 

 Arab  tadkikotchisi  Ibn  al`-Asirning  ma`lumot  berishicha  630  yil  Muxammad  (a.s.) 

Makkani  egallagach  bu  erdagi  360  sanamni  yuk  etishga  xukm  bergan.  Bu  sanamlarning  fakat 

beshtasining  nomi  Vadd,  Suva,  Yagus.  Yauk  va  Nasr  nomlari  saklanib  kolgan  chunki  ular 

Kur`oni  –Karimda  xam  eska  olingan.  Bu  davrda  Xijoz  xududidan  kadimgi  duneda  mashxur 

bulgan xalkaro savdo yuli utgan edi. Bu karvon yulining kachon paydo bulganligi ma`lum emas. 

Ba`zi  manbalar  bu  yul  tuyalar  kulga  urgatilgan  vaktdan  paydo  bulganligini  ta`kidlashadi.  2000 

km  ga  chuzilgan  bu  yul  orkali  Arabiston  kushni  davlatlar  Vizantiya,  Eron,  Misr  Falestin  bilan 

iktisodiy madaniy munosabatlarda bulgan. Lekin vaktning utishi bilan bu savdo yul uz nufuzini 

yukatadi va shu sababli Arab jamiyati inkirozga yuz tutadi va kelishmovchiliklar boshlanadi. Shu 

sababtan  yangi  mafkuraga  ya`ni  arablarni  birlashtirishga  kodir  yangi  dinga  extiej  paydo  buldi. 

Aynan  shu  davrda  Kuraysh  kabilasining  Xoshimiylar  xonodaning  vakili,  Makkali  savdogar 

Muxammad ibn Abdullox yangi din ya`ni islom dini paygambari va targibotchisi sifatida tarixiy 

saxnaga chikdi. 

Islom  dini  jaxon  dinlari  ichida  eng  esh  dindir,  e`tikod  kiluvchilar  soni  jixatdan  esa 

xristianlikdan keyin ikkinchi urinda turadi. “Islom ” suzi kuyidagi ma`nolarni anglatadi. 1. Itoat 

va buysunish. 2.Ixlos va turli ofatlardan salomat bulish. 3. Sulx va omonlik. 

Islom  dini  ta`limoti  uning  mukaddas  kitobi  Kur`oni-  Karimda  baen  etilgan.  Islom 

ta`limotining  asosini  iymon,  islom  va  exson  tashkil  etadi.  Iyman  (e`tikol,  ichki  ishonch)  7 

akidaga  asoslanadi.  Bular:  1)  Alloxga;  2)  Farishtalarga;  3)  Mukaddas  Kitoblarga;  4) 

Paygambarlarga 5) Oxiratga 6) takdirga; 7) ulgandan keyin tirilishga ishonishdir. 

Barcha 7 akida tulaligicha Iymoni mufassal deb ataladi. Shuningdek Islom dinida “ islom  

arkonlari”  degan  tushuncha  xam  mavjud.  Bu  tushuncha  5  ta  asosiy  narsani  –diniy  marosim 

talablarini  uz  ichiga  oladi.  Bular:  1)  Kalimai  shaxodat  2)  namoz  ukish  3)  Ruza  tutish  4)  zakot 

berish 5) Xaj kilish. 

2.

 



Kur`oni  Karimda  25  nafar  paygambarning  nomi  zikir  etilgan.  Diniy  ta`limotga 

kura xech kim paygambarlikka uz xarakati, bilimi va niyati bilan erisha olmaydi. Paygambarlik 

Alloxning  uzi  suygan  bandasiga  xodya  etadigan  exsondir.  Muxammad  ibn  Abdullox  570  yilda 

Makkada  kuraysh  kabilasiga  mansub  Xoshimiylar  xonadonida  tugilgan.  Otasi  Abdullox 

Muxammad tugilmasidan ikki oy oldin 25 eshida vafot etgan edi. Usha zamondagi Makka shaxri 

odatiga  kura  Muxammad  boshka  bir  xonadonda  4  eshgacha  Xalima  ismli  ael  tarbiyasida  buldi. 

Muxammad  6  eshida  onasi  Aminadan,  8  eshida  bobosi  Abd  al-Mutallibdan  ular  vafoti  tufayli 

ayrildi va amakisi Abu Tolib karamogiga utdi. Abu Tolib Muxammadni tijorat ishlariga jalb etdit 

va savdo karvonlari bilan chet davlatlarda bulib tijorat bilan shugullandi. 25 eshida u Yammanlik 

40 eshli ael Xadicha bilan tanishadi va u bilan oila kuradi. Xadicha uz davrining ukimishli aeli 

boy.  Komil  odob  egasi  bulgan.  Ular  6  nafar  farzand  (2  ugil,  4  kiz)  kurgan  edilar.  Afsuski 

farzandlari  asosan  eshlik  choglaridaek  vafot  etgan  edilar,  fakat  kizi  Fatima  unib  ulgaydi  va 

otasining  izidan  borib  katta  xurmatka  sazovar  bulgan.  Xadicha  eriga  paygambarligidan  oldin 

xam,  paygambarlik  davrida  xam  xar  tomonlama  madadkor  bulgan.  Natijada  Muxammad 

Makkaning  ancha  badavlat  kishilarining  biriga  aylandi.  Amakisining  kichik  ugli  Alini  uz  eniga 

oldi va keyinchalik kizi Fotimani unga turmushga berdi. 

610  yilda    diniy  manbalar  buyicha  muxammadning  xaetida  keskin  burilish  pallasi  yuz 

berdi.  Endi  uning  xaetida  paygambarlik  davriboshlandi.  Ya`ni  ilk  iloxiy  vaxiy  kela  boshlagan. 

Ana  shu  adabietlarda  kursatilishicha  paygambarlik  iloxiy  vaxiyga  suyanadi.  Chunki  Allox 

insonlardek gapirmaydi. Allox bilan gaplashishga inson kodir emas. Shu sababli Allox xikmatiga 

kura, vaxiy orkali gapiradi va u uz irodasini 3 xil shaklda bildiradi. 

1.

 



Vaxiy orkali (bu paygambarlarning kalbiga tushgan ilxomdir). 

2.

 



Parda orkasidan gapirish orkali. 

3.

 



Farishtalar yuborish orkali..  

Bu  vaktda  Muxammad  40  eshda  edi,  va  paytdan  boshlab  u  paygambarga  Alloxning 

rusuliga  (elchisiga)  aylandi.  Bu  faoliyat  23  yil  davom  etdi  va  uning  bir  kismi  Makkada  (610-

622), bir kismi Madinada (622-632) uch yillik yashirin faoliyat davomida islom diniga kirganlar 

30 nafarni tashkil etdi xolos. Islom  paydo bulishi bilan endi makkaliklar ikkiga ajralishdi bular 

Alloxning  birligiga  va  Muxammadning  paygambar  ekanligiga  ishonganlar  ya`ni  mumin 

musulmonlar va ishonmaganlar ya`ni mushriklar edi. Mushriklar 23 yil davomida muxammad va 

uning  tarafdorlariga  karshi  kurashdi  buning  sabablari:  Birinchidan:  islom  utish  bu 

butlar(sanamlarga)  siginishdan  voz  kechish  edi.  Buni  arablar  istamagan  edi,  chunki  ular  kuz 

kurib  bulmaydigan  Alloxga  siginishdan  kuzi  kurib  turadigan  sanamlarga  siginishni  afzal 

kurdilar.  Ikkinchidan      Makkalik  zodangonlar  emon,  axloksiz  ishlarga  fe`l  atvorlarga  berilib 

ketgan  edi,  chunki  butlarimizga  kurbonlik  keltirsak  gunoximiz  yuviladi  deb  xisoblar  edilar. 

Islom    bunday  ishlarni  man  etdi.  Uchinchidan    Kur`oni  Karim  oyatlari  xammaning  Allox 

oldidagi  tengligini  e`tirof  etgan.  Insonlar  bir  biridan  mol  dunesi  bilan  emas,  balki  takvosi,  kalb 

sofligi bilan ajralib turadi. Butparastlik yukori tabakalarga uchun boylik va shon shuxrat manbai 

edi  va  ular  bulardan  ajralishni  istamas  edi.  Turtinchidan  Kuraysh  kabilasining  Xoshimiylar 

xonadoniga  karshi  bulgan  boshka  xonadonlar  xoshimiylardan  paygambar  chikishni  istamas 

edilar.  

Mushriklar  kundan  kunga  musulmonlarga  karshi  kurashni  kuchaytirdi.  Ular  xatto 

Muxammadni jismonan yuk kilmok payiga xam tushganlar. Natijada musulmonlar 3 yil toglarda 

yashirinib  yurishga  majbur  bulganlar.  619  yili  Muxammadning  amakisi  Abu  Tolib  va  xotini 

Xadicha  vafot  etdilar  va  mushriklar  kurashni  yanada  kuchaytirdilar.  622  yili  Muxammad  uz 

safdoshlari  bilan  Makkadan  Madinaga  kuchadi  va  xodisa  tarixida  Xijrat  deb  nom  oldi.  Bu 

kuchish  musulmonlar  xijriy  yil  xisobining  boshlanishiga  asos  kilib  olingan.  Kuchib  borganlar 

islom  tarixida  “Muxojirlar”  degan  nom  olganlar.  Bu  erda  Muxammad  avvalo  tarkok  arablarni, 

yaxdiylarni va muxojirlarni birlashtirdi. Madinadagi bir biri bilan rakobat kilib kelgan eng katta 

kabila AVS va xazrajli yarashtirib, bir jamoa (umma) tashkil  etdi. 

Shunday  kilib,  Madina  shaxrida  rakobatlar  yukotilib,  Muxammadga  ishonadigan  umma 

tashkil  topdi  va  u  kiska  vakt  ichida  kichik,  lekin  kuchli  davlatga  aylandi.  Diniy,  ma`muriy  va 

xarbiy  xokimiyat  butunlay  Muxammad  paygambar  kuliga  utdi.  Madina  atrofidagi  barcha  arab 

kabilalari  buysundirildi.  630  yilda  Makka  xam  buysundirildi.  Makka  zodogonlari 

Muxammadning  erdamchilariga  aylandilar,  keyinchalik  musulmonlar  jamoasida  katta 

lavozimlarni egalladilar. 632 yili Paygambar Makkaga xaj kildi. Bu xaj tarixda “vidoloshuv xaji” 

deb  yuritildi  va  u  10  kun  davom  etdi.  Mazkur  xam  chogida  muxammad  xajga  tuplangan  124 

ming  musulmonga  karata  tuya  ustida  utirib  Vido  xutbasin  suzlagan.  632  yilning  8  martida 

suzlangan bu nutk katta tarixiy xodisa buldi, chunki bu nutk insoniyat tarixida eng buyuk inkilob 

yasagan.  Vido  xutbasi  ukilaetgan  kuni  musulmonlik  bor  kudrati  saloxiyati  bilan  butun  dunega 

xitob  etar,  eski  joxiliyat  davrining  butun  xurofotlarni  butun  emonliklarni,  kon  da`volarini, 

sudxurlikni, kimor, foxishalikni urgadan bir bir yukotar edi. Muxammad Vido xajidan Madinaga 

kaytgach 632 yilning 27 mayida 63 eshida vafot etadi.  Bu davrga kelib anchagina  mustaxkam 

bulgan musulmon davlati vujudga kelgan edi va Muxammad vafotidan keyin uning urinbosarlari 

(xalifalar)  davlatni  boshkarganlar  va  shu  munosabat  bilan  musulmonlar  davlati  tarixda  «Arab 

xalifaligi» deb nom olgan. 632 yildan –661 yilgacha bulgan nisbatan kiska vakt ichida turt nafar 

xalifa xukmroklik kildilar. Bular Abu  Bakr, Umar, Usmon va Ali. Bu davrda Arab xalifaligi er 

yuzining  katta  kismida  uz  xukmronligini  urnatdi.  661-750  yillar  islom    tarixida  Umaviylar 

sulolasining  xukmronlik  davri  deb  ataladi.  Bu  davrdan  boshlab  arablar  istilosining  yangi  davri 

boshlandi. 



Utilgan mavzu buyicha savollar. 

1.

 



Joxiliya suzining ma`nosi? 

2.

 



Arablar orasida ibtidoi dinlarning kandaylar mavjud edi? 

3.

 



Butparastlik ya`ni sanamlarga siginish arablarda kachon urin oldi? 

4.

 



«islom» suzi kanday ma`nolarni anglatadi? 

5.

 

Islom dinining asosini nimalar toshkil etadi? 



6.

 

Islom arkonlari deganimiz nima? 



7.

 

Kur`oni Karimda necha paygambarning nomlar zikir etilgan? 



8.

 

Muxammadning Paygambarlik faoliyati kachon boshlandi? 



9.

 

Islom ta`limoti buyicha Allox insonlarga uz gaplarini kanday shakllarda bildiradi? 



 

Adabietlar. 

1.

 

Islom Karimov. Istiklol va ma`naviyat. T., 1994  



2.

 

Islom Karimov. Uzbekiston XXI asr busagasida… T., 1997 y 



3.

 

Azimov A. Islom va xozirgi zamon. T., 1991 y 



4.

 

Boboxonov Sh. Musulmonlik asoslari. T., 1993 



5.

 

Dinshunoslik asoslari. T., 1995 



6.

 

Juraev X. Saidjanov Y. Dune dinlari tarixi. T., 1998 y 



7.

 

Dinshunoslik (ma`ruzalar matni). T. 2000 



Download 462.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling