O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 342.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.11.2017
Hajmi342.83 Kb.
#20091
  1   2   3   4   5

 

 

 



PAGE   1  

 



 

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 

«Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi» kafedrasi 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

«HUQUQShUNOSLIK» 

Fani buyicha 

 

Ma`ruza matnlari 

 

 



Lektor katta o`qituvchi E.Tilewov 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Nukus – 2012 



 

 

 

 



PAGE   2  

MA`RUZA MATNLARI MAZMUNI 



 

1-ma`ruza 



Huquq nazariyasi

 

 



1. Huquqning vujudga kelishi va mohiyati. 

2. Huquqiy normalar va huquq manbalari. 

3. Huquq va huquqiy ong. 

4. Huquqiy munosabatlar. 

5. Huquqbuzorlik va yuridik javobgarlik. 

6. Qonuniylik va huquqiy tartibot.

 

 

2-ma`ruza 



Ma`muriy huquq asoslari

 

11 


 

1. Ma`muriy huquq fani haqida. 

2. Davlat boshqaruvi, ma`muriy huquqning sub`ektlari. 

3. Ma`muriy huquqbuzorlik va ma`muriy javobgorlik. 

4. Ma`muriy protsess

 

 



3-ma`ruza 

Fuqarolik huquqi asoslari

 

18 


 

1. Fuqarolik huquqining predmeti va usuli. 

2. Fuqarolik-huquqiy munosabati tushunchasi va turlarga bo`linishi. 

3.  Yuridik  shaxslar  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarning  sub`ektlari 

sifatida. 

4. Fuqarolik huquqida bitimlar tushunchasi, ularning turlari va 

shakllari.

 

 



4-ma`ruza 

Mehnatga doir huquqiy munosabatlar

 

22 


 

1.Mehnatga  doir  huquqiy  munosabatlarni  qonun  asosida  tartibga 

solish. 


2. Jamoa shartnomasi va kelishuvlari. 

3. Mehnat shartnomasini tuzish tartibi. 

4. Mehnat shartnomasini o`zgartirish va bekor qilish asoslari

 

 



5-ma`ruza 

Nikoh va oila huquqi

 

24 


 

1.Oila huquqi fani haqida tushuncha. 

2.Nikoh va uni tuzish tartibi. 

3. Er-xotinni shaxsiy huquq va majburiyatlari. 

4. Nikoh tugatilishi asoslari. 

5. Oila tushunchasi. Oila a`zolarining huquq va majburiyatlari. 

6. Oila a`zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari. 

7. Farzandlikka olish. 

8 Vasiylik va homiylik.

 

 

6-ma`ruza 



Jinoyat huquqi asoslari

 

28 


 

1.Jinoyat huquqi fanining vazifasi, printsplar. 

2. Jinoyat tushunchasi va belgilari. 

3. Jinoyat tarkibi va turlari. 

4. Voyaga etmaganlarning jinoyati va uning oldini olish

 

 

 



 

 

 

 



PAGE   3  



Ma`ruza – 1. Huquq nazariyasi. 



Reja. 

1. Huquqning vujudga kelishi va mohiyati. 

2. Huquqiy normalar va huquq manbalari. 

3. Huquq va huquqiy ong. 

4. Huquqiy munosabatlar. 

5. Huquqbuzorlik va yuridik javobgarlik. 

6. Qonuniylik va huquqiy tartibot. 

 

1. Huquqning vujudga kelishi va mohiyati. 

 

Jamiyatda  davlat  paydo  bo`lgunga  qadar  vujudga  kelgan  qoidalarning  o`ziga  xos 



xususiyatlari mavjud bo`lgan. 

 

Ular quydagilardan iborat. 



1) bu qoidalar urf-odatlar asosida bo`lgan. 

2) bu qoidalar kishilarning axloqida va ijtimoiy onggida vujudga kelgan.  

3) bu qoidalar ezma ravishda bo`lmagan. 

4) bu qoidalarga amal qilish odat tusiga kirgan. 

 

Jamiyatda  davlat  paydo  bo`lgunga  qadar  urf  odat  qoidalari  ibtidoiy  jamoa  haetiy 



faoliyatning  qat`iy  tartibiga  bo`ysinishini  ta`minlardi.  Bu  urf-odatlar  avloddan-avlodga 

o`taveradi. 

 

Huquq  davlat  paydo  bo`lishining  oqibati  sifatida  yuzaga  kelgan.  Albatta,  turli  xalqlarda 



turli  davrlarda  huquqning  yuzaga  kelishi  o`ziga  xos  xususiyatlariga  ega  bo`lgan.  Har  qanday 

jamiyatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  haeti  moddiy  ne`matlarni  ishlab  chiqarish,  almashish  va 

iste`mol  qilishda  qatnashadigan  odamlar  faoliyatining  muayyan  tartibga  solinganligiga 

asoslanadi.  Ibtidoiy  jamoa  tuzimida  bular  diniy  va  ahloqiy  talablar  bilan  bog`liq  urf-odat 

qoidalaridan iboratdir. Jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi hamda qatlamlar, guruhlar, toifalarning 

paydo bo`lishi shunga olib keldiki, ndilikda urug`doshlik urf-odatlari universal tartibga soluvchi 

vosita rolini bajara olmay qoldi. Xususiy mulk galigiga asoslanadigan jamiyat davlat tomonidan 

belgilangan  va  ximoyalanadigan  yangi  majburiy  qoidalarni  talab  qilardi.  Davlatchilikning 

shakllanish  jaraeni  huquqiy  normalarni  tobora  qat`iyroq  mustahkamlab  borishini  talab  tdi. 

ezuvning  rivoj  topishi  bilan  ilk  qonunlar  ham  paydo  bo`la  boshladi.  Vujudga  kelaetgan  huquq 

xalq hokimiyatining majburlovchi kuchiga tobora ko`proq tayana bordi, aks holda ham bo`lardi. 

 

Huquq-davlat  tomonidan  belgilangan  eki  ruxsat  tilgan  va  himoya  qilinadigan 



umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig`indisidir. 

 

Huquq-davlat  bilan  chambarchas  bog`langan.  Davlatsiz  huquq  bo`lishi  mumkin  emas, 



chunki  aynan  davlat  huquqni  keltirib  chiqaradi  va  huquqiy  normalarning  amalga  oshirilishini 

kafolatlaydi,  huquqni  muhafoza  qiladi.  O`z  navbatida,  davlat  ham  huquqsiz  mavjud  bo`lishi 

mumkin  emas.  Aks  holda  u  ijtimoiy  munasobatlarni  tartibga  solib  turuvchi  vositadan  mahrum 

bo`ladi. 

 

Huquqning 2 ma`nosi. 



1) Ob`ektiv huquq-umummajburiy xulq-atvor qoidalarning yig`indisi. 

2) Sub`ektiv huquq-muayyan jismoniy eki yuridik shaxsga tegishli bo`lgan qoida. 

Huquqning asosiy belgilari. 

1) tartibga solish funktsiyasi-ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 

2)  muhofaza  qilish  funktsiyasi-huquqiy  ximoya  va  yuridik  javobgarlik  choralarini  belgilaydi, 

shaxslar zimmasiga ma`suliyat yuklash tartibini o`rnatadi. 

3) tarbiyalash funktsiyasi-huquqiy qoidalarga rioya itishi ruhida tarbiyalaydi. 

 

Jamiyatda  kishilar  o`rtasidagi  munosabatlar  faqat  huquqiy  qoidalar  bilan  mas,  balki 



ijtimoiy normalar (ahloqiy, diniy, siesiy, urf-odat, an`ana, jamoat birlashmalarining normalarini) 

va texnikaviy normalar, sanitariya va gigina normalari bilan ham tartibga solinadi. 

 

Huquqning asosiy printsiplari. 



Huquqning asosiy printsiplari deb, huquq negizida asos qilib olingan rahbariy g`oyalarga aytiladi. 

 

Ular quydagilardan iborat. 



 

 

 



PAGE   4  

1) Xalq hokimyatini mustahkamlash printsipi. 



2) Mulkning turli shakllarini mustahkamlash va quriqlash printsipi. 

3) Demokratik printsip. 

4) Baynalminallik printsipi. 

5) Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish printsipi. 

6) Insonparvarlik printsipi. 

 

2. Huquqiy normalar va huquq manbalari. 

 

Yuqarida  aytib  o`tilgan  ijtimoiy  normalar  ichida  huquqiy  normalar  ham  kishilar 



o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 

 

Huquq  normasi-davlat  tomonidan  belgilanadigan,  kafolatlanadigan  va  muhofaza 



qilinadigan  barcha  uchun  majburiy  xulq-atvor  qoidalarini  asosida  huquq  va  burchlarini  keltirib 

chiqaradigan qoidalar yig`indisidir. 

 

Huquq normalari. 



1) barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi hisoblanadi. 

2) davlat tomonidan o`rnatiladi, ruxsat tiladi. 

3) davlatning majburlov kuchi bilan ta`minlanadi. 

4) huquqiy munosabatlar sub`ektlarining huquq va majburiyatlari belgilaydi. 

5) umumiy xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. 

6) ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida namoen bo`ladi. 

 

Huquqiy  normalar  qoidalarining  ifodalanish  shakli  bo`yicha  vakolat  beruvchi,  buyruq 



beruvchi, taqiqlovchi qoidalarga bo`linadi. 

 

Huquq  ichki  yaxlitligi  va  o`zaro  muvofiqligi  bilan  ajralib  turadigan  muayyan  tizimdir. 



Huquq  tizimi  boshqa  tizimlar  kabi  kichik  tizimlarga  bo`linadi.  Huquq  tizimi  turli-tuman,  lekin 

o`zaro  mustahkam  alohida  bo`lgan  yuridik  normalar  yig`indisidir.  Huquq  tizimi  katta  tarkibiy 

qismlar bo`lgan huquq tarmoqlariga bo`linadi. Huquq tizimi huquq normasi, huquqiy institut va 

huquq tarmoqlarini o`z ichiga oladi. 

 

Huquq tarmog`i bu jamiyat haetining ma`lum sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga 



soluvchi  o`zora  bog`lik  yuridik  normalarning  yig`indisidir.  Huquq  instituti-huquq  tarmog`i 

tarkibidagi  ma`lum  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  yuridik  normalar  yig`indisidir.  Har  bir 

tarmoqning  huquqiy  tartibga  solish  predmeti  shu  munosabatlardagi  huquqiy  tartibga  solishning 

o`ziga  xos  jihatlarini  belgilaydi.  Huquqiy  tartibga  solish  usuli,  huquq  tizimini  tarmoqlarga 

bo`lishning qo`shimsha asosidir. 

 

Huquqiy  tartibga  solish  usuli  huquqning  ijtimoiy  munosabatlariga  ta`sir  ko`rsatishga 



erdamlashadigan yo`llari, usullari, vositalarining yig`indisidir. Huquqiy tartibga solish predmeti-

ushbu  huquq  tarmog`i  ta`sir  o`tkazadigan  munosabatlar,  huquqiy  tartibga  solish  usuli  sa  ushbu 

ta`sir o`tkazadigan vositadir. 

 

Huquq tizimi qo`ydagi asosiy tarmoqlarni o`z ichiga olad 



1) Konstitutsiyaviy huquq. 

2) ma`muriy huquq. 

3) fuqoralik huquqi. 

4) jinoyat huquqi. 

5) mehnat huquqi. 

6) kologik huquqi. 

7) er huquqi. 

8) qishloq xo`jalligi huquqi. 

9) moliya huquqi. 

10) oila huquqi. 

11) jinoyat-proessual huquqi. 

12) fuqoralik-protsessual huquqi. 

13) xo`jallik-protsessual huquqi. 

14) xalqaro huquq va boshqalar. 

 

Huquq manbalari tizimi. 



 

 

 



PAGE   5  

 



Xulq-atvor  qoidasi  huquqiy  normaga  aylanishi  uchun  ma`lum  yuridik  shaklda  bo`lishi 

lozim.  Bunday  o`zgarish  davlatning  huquq  ijodkorligi  faoliyati  natijasida  yuzaga  keladi.  Huquq 

manbai deb, huquqni ob`ektiv ifodalash usullari tushiniladi. 

 

Huquqiy manbalar quydagi turlarga bo`linadi. 



1) huquqiy odat. 

2) huquqiy pretsident. 

3) huquqiy-me`eriy hujjat. 

4) xalqaro shartnomalar. 

 

Huquqiy  odat  bu  doimiy  takrorlanish  natijasida  barqorar  xulq-atfor  normasiga  aylangan 



qoidasiga aytiladi. 

 

Huquqiy  pretsident  bu  muayyan  ish  bo`yicha  chiqarilgan,  sud  qarori  kelgusida  shunday 



ishlarni ham tishda qoidaga aylanishi mumkin. 

 

Huquqiy  me`eriy  hujjat  bu  vakolatni  davlat  organining  belgilangan  tartibga  qabul  qilgan 



yuridik hujjati bo`lib, mummajburiy xulq-atvor qoidalarini uz ichiga oladi. 

 

Huquqiy  hujjatlar  huquqiy  normalarni  belgilab  beradilar,  o`zgartiradilar  eki  bekor 



qiladilar, belgilangan qoidalarning mazmuni baen tiladi, belgilangan normalarga umummajburiy 

tus beradi eki ilgari belgilangan normalarning amalda bo`lishini bekor qiladi. 

 

Huquqiy me`eriy hujjatlar quydagi turlarga bo`linadi. 



1) Qonun-oliy vakillik organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat. 

2) Farmon-davlat boshlig`i tomonidan qabul qilinadigan hujjat. 

3) Qaror va farmoyishlar-o`z vakolati doirasida qabul qilinadigan hujjat. 

4)  Buyruq  va  yo`ruqnomalar-davlat  boshqaruv  organlarining,  mansabdor  shaxslarning  qabul 

qilgan hujjatlari. 

 

3. HUQUQ VA HUQUQIY ONG, 

 

Huquqiy  ong  deganda  jamiyatda  kishilarning  huquq  tug`risidagi  qarashlari  tushiniladi. 



Huquqiy  ong  huquqiy  normalarni  qabul  qilish,  ularni  amalda  qo`llash  uchun  xizmat  qiladi. 

Huquqiy ong huquqiy psixologiya va huquqiy mafkuradan iborat. 

 

Huquqiy psixologiya-bu huquqiy xis-tuyg`ular, huquqiy odatlar, an`analar yig`indisidir. 



 

Huquqiy mafkura-bu huquqiy g`oyalar, nazariyalar, tushunchalar, printsiplar yig`indisidir. 

 

Huquqiy  ong  yaxlat  ijtimoiy  ong  tizimiga  uning  alohida  elementi  sifatida  kiradi.  U 



ijtimoiy turmushning murakkab tarkibida alohida ijtimoiy hodisa bo`lganligi sababni mafkuriy va 

siesiy qarashlarning ta`sirida uchraydi. 

Huquqiy  ongning  amaliy  funktsiyasi  2  yo`l  bilan  ruebga  chiqadi,  bir  tomondan,  huquqiy  ong 

huquq  normalarining  g`oyaviy,    manbai  bo`ladi,  ikkinchisi  tomondan,  u  odamlarning  xulq-

otvoriga  mafkuraviy  va  psixologik  ta`sir  ko`rsatadi.  Huquqiy  ong  huquqiy  uskunalarning  bir 

qismi sifatida huquq bilan bir qatorda ijtimoiy turushda faon rol uynaydi. 

 

Huquqiy  ong  belgilab  quyishi  kerak  bo`lgan,  umumiy  ahamiyatga  molik  xulq-atvor 



qoidalariga  bo`lgan  ehtiej  jamiyat,  ijtimoiy  guruh,  individ  tomonidan  annglab  olinishi  ham, 

shuningndek  amaldagi  huquqiy  tartibning  adolatli  kanligini,  huquqni  yanada  rivojlantirish 

istiqbollari, yo`nalishlari baholanishini ham o`z ichiga oladi. Huquqiy ong tarkibiga zarur tarzda 

uchta dastlabki lement kiradi, huquqiy tushunchalar, huquqiy xis-tuyg`ular va xohish-iroda. Har 

bir  element  huquqiy  ongni  keltirib  chiqargan  htejga  xizmat  qilishda  o`z  xolicha  qatnashadi  va 

huquqiy  ongning  amal  qilishi  yagona  jaraenida  o`ziga  xos  bo`lgan  alohida  rolni  bajaradi. 

Huquqiy  ong  huquq  bilan  mushtarak  tabiatiga  ga  va  u  jamiyat  turli  ijtimoiy  guruhning  ob`ektiv 

ravishda  kelib  chiqqan  ehtejlari  hamda  manfaatlarining  bevosita  ta`siri  ostida  shakllanadi, 

o`zgarib  boraetgan  ob`ektiv  shart-sharoitlar  va  jaraenlar  ta`siri  ostida  doimiy  rivojlanadi. 

Huquqiy  davlat  tomon  ilgarilib  borgan  sari  huquqiy  normalar  emas,  balki  aynan  huquqiy  ong 

ijtimoiy jihatdan tug`ri xulq-atvorni rag`batlantiruvchi sifatida namoen bo`ladi. 

 

Huquqiy  ongni  va  yuksak  huquqiy  madaniyatni  shakllantirish  huquqiy  ta`sir  ko`rsatish 



mexanizimining samaradorligini oshirishga erdam beradi. 

 

 

 



PAGE   6  

 



Ma`lumki jamiyatda yashab turib, undan holi bo`lish mumkin emas. Shu sababli ijtimoiy 

majburiyatlarni  ixtieriy  va  ongni  ravishda  bajarish-demokratiyani  yanada  rivojlantirish  ijtimoiy 

intizomni mustahkamlash insonni tarbiyalashning zarur shartidir. 

 

Huquqiy bilimlar, bilish natijasi sifatida huquqiy ongning asosini tashkil tadi. Shu sababli 



huquq  normalarida  mustahkamlab  qo`yilgan  xulq=atvor  qoidalari  fuqarolariga  albatta  ma`lum 

bo`lishi,  ular  tomonidan  tushinilgan  va  anglangan  bo`lishi  shart.  Ayni  vaqtda  huquqqa  huquqiy 

ongning  bir  elementi  deb  qarash  huquqiy  bilimlarning  xajmi  va  terangligiga  katta  ta`sir 

ko`rsatadi.  Bu  lement  huquqiy  ong  mazmuni  va  darajasining  asosiy  kursatkichidir.  Fuqaroning 

butun xulq-atvori ijtimoiy huquqiy voelikka munosabatining namoen bo`lish shaklidir. 

 

 

4. HUQUQIY MUNOSABATLAR. 

 

Huquqiy  normalari  tomonidan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy  munosabatalar  huquqiy 



munosabatlar xususiyatiga ga bo`ladi. 

 

Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun 3 ta omil bo`lishi zarur. 



1) huquq normalari. 

2) sub`ektiv huquq va majburiyatlar. 

3) yuridik, fakt. 

 

Faqat  birgalikdagina  ular  huquqiy  munosabatlarni  yuzaga  keltirida.  Huquqiy  munosabat 



uning  ishtirokchilari  o`rtasidagi  haqiqiy  yuridik  aloqalar  bo`lib,  ularning  o`zora  huquq  va 

majburiyatlariga namoen bo`ladi. 

 

Huquqiy  munosabatlarining  vujudga  kelishi  uchun  yuridik  fakt  eki  harakat  mavjud 



bo`lishi mumkin. 

 

Yuridik  faktlar  o`ziga  xos  haetiy  holatlar  bo`lib,  qonun  va  huquqiy  normalar,  ularni 



yuridik  oqibatlarning  vujudga  kelishi  o`zgarishi  eki  bekor  qilinishi  bilan  bog`laydi.  Yuridik 

faktlarni hodisalar va harakatlarga bo`lish mumkin. Hodisalar insonning hoxish-irodasiga bog`lik 

bo`lmagan  holda  vujudga  keladi.  Masalan,  tabiiy  ofatar  harakatlar  insonning  hoxish-irodasi 

asosida  vujudga  keladigan  yuridik  faktlaridir.  Ular  huquqiy  normalarga  amal  qilish 

munosabatlariga  ko`ra,  huquqiy  va  huquqqa  zid  harakatlarga  bo`linadi.  Huquqiy  harakatlar,  o`z 

navvatida yuridik harakatlar va yuridik qilmishlarga bo`linadi. 

 

Yuridik  harakatlar-  yuridik  aqibatlarni  keltirib  chiqarish  maqsadida  sodir  tiladigan 



xarakatdir.  Ularga  fuqoralarning  arizalari  va  shikoyatlari  sud  xabarlari  fuqoralik  holatlarni  qayd 

tish va boshqalar kiradi. 

 

Yuridik  qilmishlar-shaxs  hoxishidan  qat`iy  nazar  yuridik  oqibatga  olib  eki  biror  narsani 



topib  olish  kabilar  kiradi.  Yuridik  harakatlardan  farqli  ravishda,  yuridik  qilmishlar  muomala 

laeqatiga ega bo`lmagan shaxslar tomonidan ham sodir tilishi mumkin. 

 

Huquqqa zid harakatlar-qonun eki huquqiy normaga zid bo`lgan harkatlar. Ular huquqqa 



jilof xatti-harakat deb ham aytiladi. Ba`zi hollarda qonun harakatsizlikni ham huquqqa zid xatti-

harakat  sifatida  `tirof  tadi.  Masalan,  bir  kema  kapitanining  halotga  uchragan  boshqa  kemaga 

erdam bermasligi eki erdamga muo`toj odamni uning haetida real xavf tug`ilgan paytda erdamsiz 

qoldirish kabi xarakatsizlik hollari huquq normasiga zid bo`lgan qilmishlar hisoblanadi. 



 

5. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik. 

 

Huquqbuzorlik  deganda-jamiyat  uchun  xavfli  bo`lgan  qilmish  (harkat  eki  harakatsizlik) 



tushiniladi. Huquqbuzorlik huquq normalarini buzish natijasida kelib chiqadi. Huquqbuzorlikning 

asosiy belgilari quydagilardan iborat. 

 

1) ijtimoiy xavsizlik. 



 

2) huquqqa zidlik. 

 

3) ayblilik. 



 

4) jazolanish. 

 

Ijtimoiy  havflilik-bu  huquqbuzorlik  jamiyatning  qadiryatlariga  tajovuz  qiladi,  hususiy  va 



ijtimoiy  manfaatlarni  poymol  etadi,  jamiyat  haetining  bir  maromida  rivojlanishiga  salbiy  ta`sir 

ko`rsatadi. 



 

 

 



PAGE   7  

 



Huquqqa  zidlik-bu  huquqbuzorning  davlat  tomonidan  o`rnatilgan  qoida  normalarini 

buzishdir. 

 

Ayblilik-bu huquqbuzor tomonidan huquqqa xilof harakatning qasddan eki ehtietsizlikdan 



sodir etilishidir. 

 

Ayb  shaxsning  o`zi  sodir  etgan  huquqga  xilof  harakatiga  va  uning  zararli  oqibatlarning 



ruhiy  munosabatidir.  Inson  oldida  huquqqa  mos  eki  huquqqa  zid  tarzda  tanlash  imkoni  bo`ladi. 

Agar u ikkinchi yo`lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan deb hisoblanadi. 

 

Jazolanish-bu  ma`lum  huquqbuzorlik  uchun  uni  sodir  etgan  shaxsning  vakolatli  davlat 



organi tomonidan javobgarlikka tortilishidir. 

 

Huquqbuzorliklar qonunchilikning qaysi sohasida tegishliligiga qarab, bir qancha turlarga 



bo`linadi. 

 

Huquqbuzorlik qo`ydagi turlarga bo`linadi. 



 

1) fuqoralik (moddiy) 

 

2) ma`muriy. 



 

3) intizomiy. 

 

4) jinoiy. 



 

Bu huquqbuzorliklarga nisbatan yuridik javobgarliklar belgilanadi. 

 

Yuridik  javobgarlik  ijtimoiy  javobgarlikning  boshqa  shakllardan  farqli  bo`lib,  doima 



huquq normalariga asoslanadi va mujburlov normalari bilan bog`lik bo`ladi. Yuridik javobgarlik 

bu-  huquqbuzorning  huquq  normalariga  asoslangan  va  huquqbuzorlik  faktidan  kelib  chiqadigan 

qilmishi uchun javob berishi va davlat majburlov choralari shaklidagi noxush oqibatlarga chidash 

majburiyati hamda shunday oqibatlarga haqiqatdan duchor bo`lishidir. 

 

Yuridik javobgarlik belgilari. 



1) davlat majburlov choralari bilan uzviy aloqadorligi. 

2) faktik asos-huquqbuzorlik 

3) yuridik asos-yuridik javobgarlikning huquqiy tartibga solinganligi. 

4) davlat qoralovi bilan bog`likligi. 

5) huquqbuzor huquqlarini cheklash bilan bog`lik salbiy oqibatlar. 

6) huquqbuzorlikni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo qo`llash. 

7) huquqiy printsplarga asoslanganlik. 

Yuridik  javobgarlikning  asosi  bo`lib,  huquqbuzorlik  ya`ni  huquq  normalarini  buzuvchining 

muayyan harakati eki harakatsizli hisoblanadi. 

 

Huquqbuzorlikning har xil turlari uchun turli xil yuridik javobgarlik belgilanadi. 



1) fuqoralik huquqbuzorlik uchun fuqoralik huquqiy javobgarlik. 

2) ma`muriy huquqbuzorligi uchun ma`muriy-huquqiy javobgarlik. 

3) intizomiy huquqbuzorligi uchun intizomiy-huquqiy javobgarlik. 

4) jinoyati uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etilganda yuzaga 

keladi. Jinoiy javobgarlikka davlat majburlov choralarining eng qattiq turlari kiradi. 

 

Ma`muriy  javobgarlik  ma`muriy  huquqbuzorlik  sodir  etilganda  yuzaga  keladi.  Bunda 



ma`muriy huquqbuzorlik tug`risida baennoma tuziladi. Keyin ish tegishli  vakolati bor organ  eki 

mansabdor  shaxs  tomonidan  ko`rib  chiqiladi.  Ma`muriy  ishlar  ochiq  muhokama  qilinadi, 

javobgarlikga tortiladilar. 

 

Yuridik  javobgarlik  sud  tartibida  ma`muriy  tartibda  va  intizomiy  tartibda  amalga 



oshiriladi. 

 

Sud  tartibi  bu  huquqbuzorga  nisbatan  faqat  vakolati  davlat  organi  nomi  bilan  sud 



tomonidan  jazo  qo`llanishidir.  Sud  tartibi  fuqaroviy  huquqiy  javobgarlik,  va  jinoiy  javobgarlik 

uchun xosdir. 

 

Ma`muriy  tartib  majburlov  chorasi  vakolatni  mansabdor  shaxs  eki  organ  tomonidan 



belgilanadi. 

 

Intizomiy tartib-mehnat, xizmat va harbiy majburiyatlarni buzganlik uchun vujudga keladi 



va  rahbarning  o`z  qo`li  ostida  ishlaydigan  xodimga  nisbatan  intizomiy  choralar  ko`rinishda 

ifodalanadi. 



 

 

 



PAGE   8  

 



Huquqni  tiklash  javobgorligi-nohaq  buzilgan  huquqlarni  tiklash,  bajarilmagan 

majburiyatlarni  majburlab  bajartirishdan  iborat.  Uning  xususiyati  shundan  iboratki,  huquqni 

buzgan shaxs davlat organlarining aralashuvisiz, buzilgan huquqini o`zi tiklash mumkin. 


Download 342.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling