O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Download 342.83 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish savollari.
- Ma`ruza - 2. Ma`muriy huquq asoslari Reja.
6. Qonuniylik va huquqiy tartibot.
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot bir-biri bilan uzviy bog`likdir. Huquqiy demokratik davlat qurish uchun mustahkam poydevorni yaratishda faqat yaxshi qonunlarning qabul qilinishining o`zi kifoya mas. Maqsadga, belgilangan su`ratlarga etish uchun amaldagi qonunlarning bajarilishi katta ahamiyatga ega. Agar qonunlar ijro etilmasa, ularga mensimay qaralsa, oddiy qog`ozdan farqi bo`lmaydi. Qonun huquqiy davlatning poydevori bo`lsa, qonuniylik huquqiy davlatning asosiy tamoyili shartidir. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Prezidenti o`zining asarlarida, nutqlarida qonuniylik masalasiga, qonunlarning ijrosiga juda katta e`tibor beradi va bu masalaning muhimligini ta`kidlaydi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida ham qonuniylik huquqiy tartibot masalalari amalga oshiriladigan ustuvor masalalar qatorida quyiladi. Qonuniylik printsiplari. 1) qonunning ustunligi. 2)fuqarolarning qonun oldida tengligi. 3) Severen davlat hududida qonuniylikning yagonoligi. 4) yuridik normalarni buzganlik uchun barcha sub`ektlarning javobgorligi.
Qonuniylik huquqiy tartibot orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tartibot jamoat tartibotining bir qismi bo`lib, u faqat huquqiy normalar orqali amalga oshiriladi va kishilar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Chunki qonunlarni buzish, uni ijro etmaslik qonunlarga turli yo`llar bilan aylanib o`tishga urinish davlatni obro`sizlantiradi, taraqqietga to`sqinlik qiladi va Prezident ta`kidlaganidek, xalqning davlatdan yuz o`girishiga sabab bo`ladi.
Qonuniylik deganda barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansobdar shaxslar va fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlar va normativ huquqiy hujjatlarning bajarilishi tushiniladi. Qonuniylikning asosiy vazifasi davlat va ijtimoiy tuzimni mustahkamlash, bozor iqtisodetiga o`taetgan hozirgi vaqtda mulkning turli shakllarini qo`riqlash, fuqoralarning huquq va burchini mustahkamlashdan iborat.
Jamiyatda qonun muqaddas narsaga aylangandagina maqsadga erishish mumkin. Qonunga itoatkorlik huquqiy madaniyatning zaruriy unsuri bo`lib, u qonunlarni puxta bilib, o`rganibgina qolmay, balki ularga to`la rioya qilish, ular asosida erkin faoliyat yurgizishni taqazo etadi.
Ilgari qonunga itoatkorlik to`g`risida fikr yuritish man etilgan, xatto mazkur atamaning o`zini ham iste`molga kiritish urf bo`lmagan edi. Zotan, mazkur davrda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi muhim bo`lmay, bir partiyaning hukimronligi asosida ko`rsatmalar va yo`l-yo`rug`lar beriladi. Partiyaning irodasi qonunlar hokimiyati urinini bosadigan omillar edi. Mamlakatimiz o`zining istiqlol yo`liga kirishi bilan demokratik jaraenlarning jadallashuvi huquqiy davlat qurish tamoyillarini ishlab chiqishga, qonunga itoatkorlikni esa huquqiy davlat, qolaversa, huquqiy madaniyatning ajralmas bir qismi kabi baholash zarur. Yurtboshimiz I.A.Karimov ishlab chiqqan va e`lon qilgan erkin bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurishning besh tamoyillaridan biri, mamlakatda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi, qonunlarning xurmat qilinishini ta`minlashdir. Chindan ham Prezidentimiz aytganlaridek, Qonunchilik va huquq-tartibot tantana qalmas ekan, huquqiy davlat qurishni tasavvur qilib bo`lmaydi. Iqtisodiy jamiyatdagi tadbirkorlik va mehnatning davlat tomonidan kafolatlangan erkinligi, mulkchilikning barcha shakllarining teng huquqliligi va huquqiy himoyalanganligi qonunchilik va huquq-tartibot tantanasining eng muhim omilidir. Shu boisdan qonunga bo`ysinish bozor munosabatlariga o`tishning barcha amal qilishi kerak bo`lgan etakchi printsiplaridan biridir-deb uqtiradi yurtboshimiz.
Qonunga bo`ysinish yuksak huquqiy onglilik jamiyat va davlat manfaatlarini chuqur tushinib etish, ijtimoiy burch, ya`ni o`z qilmishlari uchun davlat oldida javobgorlik tuyg`usi bilan
PAGE 9 9 uzviydir. Har bir qonunga itoatkor fuqora qonunlarning talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki uning o`z manfaatlariga ham xizmat qilishni yaxshi tushinadi. Mazkur ma`noda qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratning manbai deb atash mumkin. Qonun odamlarni birlashtiradi, qonunlarni iuzish esa huquqbuzorlarni qonun doirasidan tashqariga chiqarib quyadi. Albatta, qonunlarni buzish bilib-bilmay ehtietsizlik oqibatida ham sodir etiladi. Huquqqa xilof xatti-harakatlarda xuquqqa zid qilmishlarda shuningdek huquqqa zid bo`lgan harakatsizliklarda ham nomaen bo`lish hollari uchraydi. Konstitutsiya barcha fuqoralardan Asosiy qonunda mustahkamlangan o`z majburiyatlarini og`ishmay ado qilish, boshqa kishilarning huquq erkinliklari kadr-qimmati va sha`nini izzat-ikrom qilish, respublika tarixiy, ma`naviy va madaniy merosni asrab-avaylashda ishtirok tish, atrof muhitga ehtietkorlik va e`zoz bilan munosabatda bo`lib, qonun bilan belgilanadigan soliqlar va mahalliy yig`imlarni o`z vaqtida to`lib turish, O`zbekiston Respublikasini himoya qilish va hakozolar mazkur burchlar qatoridan joy olgan majburiyatlardandir.
Faqat kishilarning axloqiy qadiryatlarini emas, balki jiddiy huquqiy tarbiya, vatanga muhabbat, jamiyat farovonligi uchun g`amqurlik, ijtimoiy va davlat manfaatlari uchun qayg`urish ham qonunga itoatkorlik zaminidagi muhim tamoyillardandir. Qonunga itoatkorlik aql-idrok hijron ichki `tiqod mahsuli bo`lib, insonning bunday olijanob fazilati har qanday sharoitlarda ham, har qanday yo`llar bilan quvvatlanishi, tarbiyalanishi va rag`batlantirilishi darkor. Jamiyat a`zolarining aksariyati qonunlarga ongli ravishda qanchalik og`ishmay rioya ongli ravishda qanchalik og`ishmay rioya qilsa, mazkur jamiyatning huquqiylikka yaqinligiga ularning e`tiqodi qanchalik mustahqam bo`lsa, yurtimizda inson huquqlari va demokratiyaning poydevor tamoyillari shunchalik kuchli kafolatlangan bo`ladi.
Tekshirish savollari. 1. Huquq qanday shart-sharoitlarda vujudga kelgan huquqning mohiyatini aytib bering. 2. Huquq shakllari (manbalari) deganda nimani tushinasiz. Huquq qanday funktsiyalarni bajaradi. 3. Huquqiy munosabatlarga misollar keltiring. 4. Huquqiy ong nima. Jamiyatda huquq va huquqiy ongning o`zora bog`likligi nimada ko`rinadi. 5. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning o`rni nimada. 6. Huquq normasi nima. Uning turlarini aytib bering. Huquq normasi, qanday yo`llar bilan amalga oshiriladi. 7. Huquq ijodkorligi nima. 8. Huquqni amalga oshirish mexanizimini aytib bering. 9. Qonuniylik nima. Huquqiy tartibotning mazmunini eriting. 10. Huquqbuzorlik nima. Uning qanday turlari mavjud. 11. Yuridik javobgorlik nima va uning qanday turlari mavjud. 12. Yuridik javobgorlik shakllari qanday tartibda amalga oshiriladi. 13. Yuridik fakt nima. Huquqiy tartib nima. 14. Yuridik javobgorlikning qanday asoslari bor. 15. Huquq tizimi nima. 16. Huquq tarmog`i nima. Adabietlar. 1. I.A.Karimov. «O`zbekiston, milliy istiqlol, iqtisod, siesat, mafkura», T.1 -T. «O`zbekiston», 1996.
2. I.A.Karimov. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», T.2.-T. «O`zbekiston», 1996. 3. I.A.Karimov. «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». T.3.-T.»O`zbekiston», 1996. 4. I.A.Karimov. «Bunedgorlik yo`lidan».-T.4.- T. «O`zbekiston», 1996. 5. I.A.Karimov. «Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi»T.5-T, «O`zbekiston», 1997. 6. I.A.Karimov. «Xavsizlik va barqaror taraqqiet yo`lida».T.b.-T.»O`zbekiston»,1998. 7. I.A.Karimov. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda». T. «O`zbekiston»1999. 8. I.A.Karimov. «Xusherlikka da`vat». Fidokor. 1999. 29 iyun`.
PAGE 10 10 9. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-T. «O`zbekiston» 1992. 10. Z. Islamov. «Obщestva, gosudarstva, pravo», T.1, 2-T. «Adolat» 1997. 11. Z.Islamov. «Davlat va huquq», Umumnazariy masalalari.-T. «Adolat», 2000. 12. A.Saidov, U. Tojixanov. «Davlat va huquq asoslari». t. «O`zbekiston», 1999. 13. X.T.Odilqoriev. «O`zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jaraeni». T. «O`zbekiston», 1995. 14. «Huquqiy demokratik islohatlar». T. «O`zbekiston», 1997.
PAGE 11 11
Reja. 1. Ma`muriy huquq fani haqida. 2. Davlat boshqaruvi, ma`muriy huquqning sub`ektlari. 3. Ma`muriy huquqbuzorlik va ma`muriy javobgorlik. 4. Ma`muriy protsess.
Ma`muriy huquq davlatning boshqaruv jaraenida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Ma`muriy huquqning maqsadi va vazifalarni to`la anglab etish uchun, avvalo davlat boshqaruvi hvqida tushunchaga ega bo`lish kerak.
Har qanday boshqaruv jamiyatdagi turli munosabatlarni o`zora tartibga solib turadi. Jamiyatdagi boshqaruv ijtimoiy boshqaruv deb ataladi. Insonlarning asosiy maqsad sari birga faoliyat ko`rsatishi uchun ularni jipslashtirish, o`zora munosabatlarni tartibga solish, butun jamiyatni boshqarish uchun qullanadi. Ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri bu davlat boshqaruvidir.
Davlat boshqaruvi ijtimoiy haetning eng muo`im tamoyillarini qamrab oladi, bu jaraenda xo`jallik, tashkilotchilik, madaniy, ma`rifiy ishlarni amalga oshiradi, ma`muriy-siesiy masalalarni hal etadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jaraenida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o`z ichiga olgan huquqning alohida tarmog`i ma`muriy huquq deb ataladi.
Ma`muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar asosan quydagilardan iborat.
1) tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga buysinadigan davlat organlari o`rtasidagi munosabatlar. Masalan, Vazirlar Mahkamasi bilan vazirlikdir.
2) bir-biriga bo`ysinmaydigan davlat idora organlari o`rtasidagi munosabatlar. Masalan, Xalq ta`limi vazirligi bilan Sog`likni Saqlash vazirligi.
3) davlat idora organlari va ularga bo`ysinadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o`rtasidagi munosabatlar. Masalan, Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan TDPU.
4) davlat idora organlari va jamoat birlashmalari o`rtasidagi munosobatlar. Masalan, Xalq ta`limi vazirligi bilan «Kamolot» jamg`armasining davlat idora organlari va fug`arolar o`rtasidagi munosabatlar.
Demak, ma`muriy huquq-davlat boshqaruv organlarining ijrochilik va farmoyish beruvchilik faoliyatining samoradorligini oshirishga qaratilgan tadbirkorlikning deyarli barchasi ma`muriy huquq normalari erdamida amalga oshiriladi. Shuningdek ma`muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa, va toshkilotlari tashkil etish, o`zgartirish eki ularni tugatish qoidalarini ham belgilab beradi.
Ma`muriy huquq normalari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoson fuqarolarning huquqlarini, davlat xizmatchilarining burch va bu qoidalar buzulganda tegishli javobgorlikni belgilaydi.
Ma`muriy huquq konstitutsiyaviy molichviy jinoyat fuqoralik mehnat kabi huquq sohaliri bilan chambarchas bog`lik. Ma`muriy huquq 2 qismdan iborat. 1)umumiy 2) maxsus
Umumiy qism-ma`muriy huquqning predmeti va tizimini, ma`muriy huquqning sub`ektlarini, davlat boshqaruvining shakli va usullarini, ma`muriy huquqbuzorlik va ma`muriy javobgorlik to`g`risidagi umumiy normalarni, ma`muriy ish olib qoidalarini, ma`muriy foaliyatida qonunning ustunligini ta`minlashning shakl va usullarini o`z ichiga oladi.
Maxsus qism-xalq xүjalligining ayrim tarmoqlarini, ijtimoiy-madaniy, ma`muriy-siesiy faoliyatini hamda tarmoqlarora boshqaruvni tashkil etish kabi masalalarni o`z ichiga oladi.
PAGE 12 12
2.Davlat boshqaruvi. Ma`muriy huquqning sub`ektlari.
Yuqarida ta`kidlanganidek, ma`muriy huquq davlatni boshqarish jaraenida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko`rsatilgan qo`ydagi printsiplar asosida amalga oshiriladi.
1) davlat boshqaruvida xalqning keng ishtirok etishi. 2) demokratik markazchilik.
3) fuqarolarning tengligi. 4) qonuniylik
Ma`muriy huquqning sub`ektlari deganda davlat boshqaruvi jaraeni ishtirokchilari tushiniladi. Ma`muriy huquqiy munosabatlar sub`ektlariga.
a) davlat organlari. b) mansabdor shaxslar.
v) korxona, tashkilot, muassasa. g) jamoat birlashmalari.
d) fuqarolar kiradi. Davlat boshqaruvi-davlat boshqaruv organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat organlari davlat tomonidan tashkil etilib, davlat nomidan ish ko`radilar va uning manfaatini qo`riqlaydi. Davlat boshqaruv organlari davlat apparatining bir qismi bo`lib, o`z burchlarini bajarish uchun davlat tomonidan farmoyish berish huquqiga ega. Shuning uchun ular o`z vakolatlari doirasida faoliyat ko`rsatish, huquqiy aktlar qabul qilish va shu aktlarda ko`rsatilgan qoidalarni bajaralishini ta`minlash uchun tashkiliy ishlar olib borishi mumkin.
Davlat boshqaruv organlari xalq xo`jaligi, ijtimoiy-madaniy ma`muriy-siesiy sohalarda davlat vazifalarining amaliy bajarilishini tashkil etadi. Ular, Prezidentga, hokimlarga va ular orqali xalq duputatlari kengashlariga bo`ysinadi.
Davlat boshqaruv organlarini tashkil etish va ular faoliyatini yo`lga qo`yish huquqiy normalarda belgilanadi.
Davlat boshqaruv organlarini qo`ydagi asoslarga ko`ra tastif qilish mumkin. 1) qaysi xududdda faoliyat ko`rsatishi bo`yicha.
2) tashkil qilishiga ko`ra. 3) vakolatning xarakteri va hajmi asosida.
4) rahbarlikni tashkil etish bo`yicha. 5) moliyaviy mablag` bilan taminlash sohasida.
1. Qaysi xududda faoliyat ko`rsatishi bo`yicha davlat boshqaruv organlari oliy markaziy va mahalliy organlarga bo`linadi.
Oliy organlar-O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qaroqolpog`istanda Vazirlar Kengashi. Ular faoliyatini butun O`zbekiston respublikasi xududida eki Qorog`alpog`istan Respublikasi xududida tashkil etiladi. Bundan tashqari, ular markaziy organlarning faoliyatini birlashtiradilar va ular ustidan nazorat o`rnatadi.
Markaziy organlar-vazirliklar, vazirlar, davlat qo`mitalari, Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil qilingan organlar respublika miqiesida faoliyat ko`rsatietgan assosatsiyalar, banklar, ularning hammasining faoliyatini respublika miqesida bo`ladi.
Mahalliy organlar- hokimlar, hokimiyatning bo`lim va boshqarmalari, korxonalarning, muassasalarning ma`muriyati. Mahalliy organlar viloyat, tuman, shahar miqesida faoliyat ko`rsatadi.
2. Davlat boshqaruv organlari tashkil qilinishiga ko`ra, Prezident parmoniga ko`ra tashkil qilinadigan organlar, hokimlarning qaroriga ko`ra tashkil qilinadigan organlar, Vazirlar Mahkamasining tomonidan tashkil qilinadigan organlar, vazirliklar va davlat qo`mitalari, assosatsiya, koorparyiya, kontsern, uyushma, kompaniyalar tomonidan tashkil qilinadigan organlarga bo`linadi.
PAGE 13 13
3. Vakolatning xarakteri va hajmiga ko`ra, davlat boshqaruv organlari umumiy vakolati, sahaloraro vakolatli, bir tarmoq bo`yicha vakolatli organlarga bo`linadi. Umumiy vakolatli organga Prezident boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi hokimlar boshchiligidagi hokimiyatlar sohalararo vakolatli organga davlat qo`mitalari, bir tarmoq bo`yicha vakolatli organga vazirliklar kiradi.
4. Rahbarlikni tashkil etish bo`yicha, boshqaruv organlari kollegial organga (davlat qo`mitalari, assosatsiyalar, koorparatsiyalar, uyushmalar, banklar,aktsionerlik jamiyatlari) hamda yakka boshqariladigan organlarga (Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, hokimiyatlar, ularning bo`lim va boshqarmalari, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari) ga bo`linadi.
5. Moliyaviy mablag` bilan ta`minlashiga ko`ra, davlat boshqaruv organlari byujet organlariga (Masalan, ichki ishlar organlari) va hujalik hisobidagi organlarga bo`linadi. Byujet organlar davlat tomonidan ta`minlanadi. Xo`jalik hisobidagi organlar o`z faoliyati eki o`zlari bo`ysinadigan korxonalarning xo`jalik faoliyati olingan foydadan ajratilgan mablag` hisobidan ta`minlanadi.
Davlat boshqaruv organlarining holatini ko`rib chiqamiz. 1.Oliy ijro etish va farmoyish berish faoliyatiga ega bo`lgan organ Prezident Mahkamasining tarkibini Respublika Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tastiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tarkibiga Qoraqalpog`iston hukimatining boshlig`i ham kiradi.
2. Mahalliy ijro etuvchi farmoyish beruvchi organlar hokimyatlardir. Hokimyatlar o`z vazifalarini hokim rahbarligida bajaradilar. Mahalliy hokimiyat organlarining ixtieriga qo`ydagilar kiradi. - qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning havfsizligini ta`minlash. - xududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish. - mahalliy byujetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliq yig`imlarini belgilash, byujetdan tashqari jamg`armalarni hosil qilish. - mahalliy komunal xo`jallikga rahbarlik qilish. - atrof-muhitni muhafoza qilish. - fuqarolik haloti aktlarini qayd etishni ta`minlash. - normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Respublika qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma`muriyati. Ma`muriyat bu- mansabdor shaxslarning guruhi bo`lib, unga rahbar, uning erdamchilari, muhandis-texnik mutaxassislar va boshqaruv ishi bilan shug`ullanuvchi boshqa xizmatchilar kiradi.
Ma`muriy huquqiy munosabatlarning bir tomoni sifatida davlat xizmatchilari ham qatnashadilar. Chunki ular davlat boshqaruv organi vazifasini bajaruvchi sub`ektlardir.
Davlat xizmatchilari xodimaridan (ishchilar, dehqonlar) moddiy ishlab chiqarish xususiyatari bilan ajralib turadi. Xodimlar ishlab chiqarish bilan bog`lik bo`lsalar, davlat xizmatchilari o`z faoliyati davomida hech qanday moddiy boylik ishlab chiqarmaydilar.
Davlat xizmatchisi-davlat boshqaruv organlarida ishlovchi va o`zi mehnati uchun davlatdan ish haqi oluvchi, davlat boshqaruv organlarining vakolatini bajarishi ta`minlovchi fuqarolardir.
Davlat xizmatchilari o`z vazifalarining hajmiga ko`ra 4 guruhga bo`linadi. 1) erdamchi xodimlar (kotiblar, o`qutuvchilar)
2) mutaxassislar (shifokorlar, o`qutuvchilar) 3) mansobdar shaxslar (rektor, direktor)
4) hokimiyat vakili (militsiya, soliq inspektori) Davlat boshqaruv organlari tomonidan o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish jaraenida qo`llanietgan boshqaruv harakatlari ko`rinishi jihatdan davlat boshqaruvi shakllari deb ataladi. Boshqaruvni tashkil etish yuridik holatlarning kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin, lekin bunday holatlar paydo bo`lmasligi ham mumkin.
Shuning uchun boshqaruv shakllari 2 guruhga. 1) huquqiy
PAGE 14 14
2) nohuquqiyga bo`linadi.
Ma`muriy huquqga davlat boshqaruvi quydagi shakllarda namoen bo`ladi. 1) huquqiy aktlarni qabul qilish.
2) tashkiliy ishlar o`tkazish. 3) moddiy-texnik tadbirlarni qo`llash.
Boshqaruv jaraenida muayyan vazifalarni bajarishda shaxslarning irodasi va ongiga ta`sir ko`rsatuvchi turli usullardan faydalaniladi. Bu boshqaruv usullari deb ataladi. Ular quydagilar. 1) ishontirish. 2) majburlash.
Ishontirish davlat boshqaruvining hamma qatnashchilariga nisbatan qo`llanishi mumkin bo`lsa, majburlash esa boshqaruv qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qo`llaniladi. Boshqaruv jaraenida bir qancha hujjatlar qabul qilinadi.
Davlat boshqaruv aktlari qo`ydagi asoslar bo`yicha tasniflanadi. 1) yuridik xususiyati bo`yicha huquqiy aktlar normativ va yakka (ma`muriy) akilarga bo`linadi. Normativ aktlar asosan uzoq vaqtga va ko`p marta qo`llanishga eki muayyan holatda qo`llanishga mo`ljallangan bo`ladi.
2) Makondagi (xududdagi) harakati bo`yicha davlat boshqaruv aktlari Respublika miqesida aktlarga hamda mahalliy miqesidagi harakat qiluvchi aktlarga bo`linadi.
3) Qancha muddatgacha amalda bo`lishiga ko`ra davlat boshqaruv aktlari muddati cheklangan va cheklanmagan aktlarga bo`linadi.
4) Aktning qaysi organ tomonidan qabul qilinishiga ko`ra ham davlat boshqaruv aktlari bir necha turga bo`linadi (farmon, farmoyish, qaror)
5) Akt qabul qiluvchi organlarning vakolatiga ko`ra boshqaruv aktlari, umumiy, sohaviy va tarmoqlararo aktlarga bo`linadi.
6) Shakli bo`yicha boshqaruv aktlari ezma va oqzaki aktlarga bo`linadi. Download 342.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling