O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟lim vazirligi toshkent shahar xalq ta‟limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 412.99 Kb.
Pdf просмотр
bet1/5
Sana13.02.2020
Hajmi412.99 Kb.
  1   2   3   4   5

 

O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‟LIM 



VAZIRLIGI VAZIRLIGI 

 

Toshkent shahar xalq ta‟limi xodimlarini qayta tayyorlash va 

ularning malakasini oshirish instituti 

 

“TABIIY VA ANIQ FANLAR TA‟LIMI”KAFEDRASI 

 

Umum ta‟limi maktablari o‟qituvchilari va o‟quvchilari uchun 

Matematik paket “Maple” dasturida 

matematik masalalarni yechish 

 

> restart



with(Student[Calculus1]): 

> f2:=x->2-x^2: f1:=x->(x^2)^(1/3):

 

 



int(f2(x)-f1(x), x=-1..1); 

 

Metodik (uslubiy) qo‟llanma 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent -2016 

 

BBK  _____   P _____ 



 

Mualliflar:   

TSHXTXQTMOI  “Tabiiy va aniq fanlar ta‟limi”  kafedrasi mudiri p.f.n.dot. 

Olimov B.A 

TSHXTXQTMOI  “Tabiiy va aniq fanlar ta‟limi”  kafedrasi katta 

o‟qituvchisi  Masharipov M.P 

Toshkent xarbiy telekommunikatsiya yo‟nalishidagi akademik litsey 

o‟qituvchisi  Nuriddinova D 

p.f.n.dot. Olimov B.A, 



 

Masharipov M.P, 



 

Nuriddinova D



  

Matematik paket “Maple” dasturida matematik masalalarni yechish

 

 (Umum ta‟lim maktablari misolida) /

 Metodik(uslubiy) qo„llanma

/                

T.: «________________», 2016. – 59 b. 

 

BBK ________ 

Ushbu  metodik(uslubiy)  qo‘llanma    barcha  ta’lim  tizimining    o’quvchi 

va 

uzluksiz 

ta’lim  tizimining  barcha  bo‘g‘inlarida  faoliyat 

ko‘rsatayotgan  pedagoglar  jamoasi,  ta’lim  texnologiyalarini  ta’lim 

jarayoniga  joriy  etish  va  ta’lim–tarbiya  amaliyotiga  tatbiq  etish 

bo‘yicha uslubiy yordam beradi. 

 

 



 

Taqrizchilar: 

 

 

Mazkur metodik(uslubiy) qo„llanma Toshkent shahar xalq ta‟limi 



xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaksini oshirish institutining 

Tabiiy va aniq fanlar ta‟limi kafedrasining 2015 yil «___»___________  

______–sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan. 

                  ISBN                                           ©p.f.n.dot Olimov B.A.,  

kat. Masharipov M. 

o’qituvchi Nuriddinova D  

© «______________», 2015 

 


 

Kirish 



       O„zbekiston  Respublikasida  amalga  oshirilayotgan  ta‟lim  sohasidagi  

islohatlar respublikaning ravnaqini ta‟minlaydigan  istiqboldagi  rejalarini  amalga 

oshirishda    muhim    o„rin  tutadi.  Jamiyatning    ijtimoiy  –  iqtisodiy,  ma‟naviy  – 

madaniy  taraqqiyotining  asosi,    bugungi      kunda    ta‟lim  muassasalarida    tahsil 

olayotgan    o„quvchi-talabalarning  bilim    darajasi    va  egallagan    ko„nikmalariga  

bog„liq  ekanligini e‟tirof etmoqda. Hozirgi zamon yoshlari bilimi va tarbiyasi davr 

talabiga  javob  beradigan  hamda  umuminsoniy  ta‟lim-tarbiya  shakl-tamoyillari 

bilan hamohang bo„lishi zarur. 

      O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  2001  yil  Oliy 

Majlisning  5-sessiyasida  so„zlagan  nutqida:  kompyuterlashtirish  va  axborot 

texnologiyalarini  ishlab  chiqarishga,  umumiy  ta‟lim  muassasalari  va  oliy  o„quv 

yurtlari  dasturlariga,  odamlarning  kundalik  turmushiga  joriy  etish  bo„yicha 

O„zbekistonning yuksak darajalarga erishishi yuzasidan aniq vazifalar belgilangan. 

«Qadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  va  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentini 

«2001-2005  yillarda  kompyuter  va  axborot  texnologiyalarini  rivojlantirish, 

«INTERNET»ning  xalqaro  axborot  tizimlariga  keng  kirib  borishini  ta‟minlash 

dasturini  ishlab  chiqishni  tashkil  etish  chora  tadbirlari  to„g„risida»gi  qarori, 

«Kompyuterlashtirishni  yanada  rivojlantirish  va  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini  joriy  etish  to„g„risida»gi  farmoni  ta‟lim  jarayonini  sifat  va 

samaradorligini  oshirishga  qaratilgan.

 

Shu  munosabat  bilan,  nafaqat  umumta‟lim 



maktablarda, o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi va oliy ta‟lim muassasalarida, balki 

har  bir  oilaning  hayotida  zamonaviy  axborot  va  kompyuter  texnologiyalari, 

raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, Internet tizimini 

tatbiq etish, o„zlashtirish  yanada rivojlanmoqda. Hozirgi texnika rivojlangan asrda 

hayotimizni  axborot    texnologiyalarisiz  tasavvur  etish  qiyin.  Axborot 

texnologiyalari  rivojlangan davrda kompyuter texnologiyalari yordamida darslarni 

o„tkazish o‟quvchilarni darsda befarq bo„lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va 

izlanishga  majbur  etishi, kompyuter   savodxonligini  oshirish  hamda  o„zi  tanlagan 



 

kasbiga  bo„lgan  qiziqishlarini    kuchaytirish    bugungi  kunning  dolzarb  



masalalaridandir. 

        Ushbu 

metodik 

qo‟llanma 

 

matematika 



fanlarida 

kompyuter 

texnologiyalarining  matematik  paket  dasturlaridan  foydalanishga  qaratilgan. 

Hozirgi  vaqtda  ko‟plab  matematik  paketlar  yaratilgan  va  ulardan  keng 

foydalanilmoqda.  Ulardan  eng  ko‟p  tarqalganlari  –  bu  Maple,  Matlab, 

Mathlab,MicroSoft  matematice,Derive,  Eureka,  Mathematika,  Maple  paketlari 

hisoblanadi. Bu paketlar ko‟p funksional paketlar hisoblanadi. 

 

Bugungi  kunda  matematik  paketlarning  o‟quv  jarayonidagi  o‟rni  va  roli 



ancha  sezilarli  va  samaraliroqdir.  O‟quvchi-talabalarda  matematik  paketlardan 

foydalanish ko‟nikmalari va malakalarini shakllantirish matematika va informatika 

fanlarining asosiy komponentalaridan biridir. 

 Murakkab 

matematik 

masalalarni  yechishni  osonlashtirish  orqali    matematikani  o‟rganishda  asabiy 

siqilishni oldini oladi hamda uni qiziqarli va juda oddiy jarayonga aylantiradi.  

Dars jarayonida Axborot kommunikatsiya  texnologiyalarining matematik 

paket dasturlaridan foydalanishning yutuqlari 

 

 Ta‟lim  oluvchilarning  mashg„ulotlardagi  faollashuvi  va  bundan  kelib 

chiqib bilim olish samarasining oshishi; 

  O„qituvchi va ta‟lim oluvchi vaqtdan to„g„ri va unumli foydalanishi; 

  Barcha  oliy  o„quv  yurtlar  adabiyotlar  bilan  ta‟minlanadi  va  ular  asosida 

bilim olish imkoniyati yaratiladi;  

  Kompyuter  yordamida  dars  jarayoni  davomida  nazariyani  amaliyotga 

bog„lab olib borishiga sharoit yaratilishi;  

  Yangi  mavzuning  keng  xajmda  o„rganilishi  va  o„zlashtirish 

samaradorligining oshishi; 

  Axborotning tez-tez yangilanib turishi; 

  Ta‟lim  oluvchilarning  bilim  darajalarini  har  tomonlama  va  majmuali 

tekshirib ko„rishi imkoni mavjudligi; 

  Ta‟lim  oluvchilarning  faolligi  oshib,  fanga,  ilmga  bo„lgan  e‟tibori  va 



 

qiziqishining kuchayishi; 



  Amaliy  ish  topshiriqlariini  ilmiy-amaliy  tekshirib  ko„rishi  va  vazifani 

bajarishga ijodiy yondashishi.  

  Ta‟lim  oluvchining  o„zini  qiziqtirgan  savollarga  javob  topishga  harakat 

qilishi, ilmiy izlanishi va ijodiy yondashishi. 

 Bilimi past ta‟lim oluvchilarning bilimdon ta‟lim oluvchilarga ergashishi; 

 O„qituvchining  muammolarni  yechish  ko„nikmalariga,  vaziyatni  tezda 

baholay  olish,  hozirjavob  bo„lish  ko„nikmalariga  ega  bo„lishni  talab 

etishi; 


  Mustaqil fikrlay oladigan   Ta‟lim oluvchilarning shakllanishiga yordam 

berishi; 



 

Maple paketining asosiy maqsadi va uning imkoniyatlari. 

 

 

Maple  muhiti  1980  yilda  Waterloo,  Inc  (Kanada)  firmasi  tomonidan 



yaratilgan.  Bugungi kunda uning quyidagi versiyalari mavjud: Maple 5, Maple 6, 

Maple 7 va hokoza.  

 

Maple  da  belgili  ifodalashlar  bilan  ishlash  uchun  asosiysini  sxema  yadrosi 



tashkil  qiladi.  U  belgili  ifodalashlarning  yuzlab  bazaviy  funksiya  va 

algoritmlaridan iborat. Shu bilan birga operator, buyruq va funksiyalarning asosiy 

kutubxonasidan iborat. 

 

Umumiy hisobda Maple 5 da 2500 ta, Maple 6 da 2700 ta, Maple 7 da 3000 



ga  yaqin  funksiyalar  mavjud.  Bu  shu  narsani  anglatadiki,  ko‟plab  masalalarni 

sistema bilan to‟g‟ridan-to‟g‟ri muloqot tarzida yechish mumkin bo‟ladi. 

 

Maple  dasturlashsiz  katta  hajmdagi  masalalarni  yechish  imkoniyatiga  ega. 



Faqat  masalalarni  yechish  algoritmini  yozish  va  uni  bir  necha  bo‟laklarga  bo‟lish 

kerak.  Bundan  tashqari  yechish  algoritmlari  funksiya  va  sistema  buyruqlari 

ko‟rinishida  hal  qilingan  minglab  masalalar  mavjud.  Maple  uch  xil  shaxsiy  tilga 

ega: kirish, hal qilish va dasturlash.  Maple 

matematik 

va 


injener-texnik 

hisoblashlarni  o‟tkazishga  mo‟ljallangan  dasturlashning  integrallashgan  tizimi 



 

hisoblanadi. U formula, son, matn va grafika bilan ishlash uchun keng imkoniyatli 



tizimdir. 

 

Paket  foydalanish  uchun  ancha  qulaydir. Uning  interfeysi  shunchalik  qulay 



qilinganki,  undan foydalanuvchi  dastur varag‟i bilan xuddi qog‟oz varag‟i singari 

ishlaydi. Unga sonlar, formulalar, matematik ifodalar va hokozalarni yozadi. 

 

Maple  tizimi matn muharriri, kuchli hisoblash va grafik prosessoriga ega. 



 

Matn muharriri matnlarni kiritish va muharrirlash uchun ishlatiladi. Matnlar 

izohlardan  iborat  bo‟lib  unga  kiritilgan  matematik  ifodalar  bajarilmaydi.  Matn 

so‟zlar,  matematik    ifoda  va  formulalar,  maxsus  belgilar  va  hokozalardan  iborat 

bo‟lishi  mumkin.  Maplening    asosiy  xususiyati  matematikada  umumiy  qabul 

qilingan belgilarning ishlatilishidadir. 

 

Hisoblash  prosessori  keng  imkoniyatga  ega.  U  murakkab  matematik 



formulalar  boyicha  hisoblashlarni  bajaradi.  Ko‟plab  matematik  funksiyalarga  ega 

bo‟lish  bilan  birga,  qatorlar,  yig‟indi,  ko‟paytma,  hosila  va  aniq  integrallarni 

hisoblash,  kompleks  sonlar  bilan  ishlash,  hamda  chiziqli  va  chiziqli  bo‟lmagan 

tenglamalarni  yechish,  vektor  va  matrisilar  ustida  amallar  bajarish  imkoniyatini 

yaratadi. 

 

Grafik prosessor gafiklar yaratish va uni ekranga chiqarish uchun ishlatiladi. 



Grafik  prosessor  foydalanuvchini  grafik  vositalarining  eng  qulay  va  sodda 

imkoniyatlari  bilan  ta‟minlaydi.  Foydalanuvchi  oddiy  funksiyalarning  grafigini 

tizim  bilan  ishlashni  boshlashdanoq  chizishi  mumkin.  Tradision  ko‟rinishdagi 

grafik  bilan  birgalikda    qutb  grafiklari,  fazoviy  grafiklar,  vektorli  maydon 

grafiklari  va  hokozolarni  yasash  mumkin.  Grafik  tipik  matematik  masalalarni 

yechish  uchun  mo‟ljallangan.  Shu  bilan  birga  grafikni  tez-tez  o‟zgartirish,  ularga 

matnli  yozuv-larni  qo‟shish  va  uni  hujjatni  ixtiyoriy  joyiga  ko‟chirish  imkoniyati 

mavjud.  Bitta  ishchi  sohaga  matnni,  grafikani  va  matematik  hisoblashlarni 

joylashtirish  orqali  Maple  eng  murakkab  hisoblashlarni  tushunishni  ham 

yengillashtiradi. 



 

 

 

 



 

Maple  dasturini  ishga tushirish uchun: 

 Windows  ning  asosiy  menyu  buyruqlari  ro„yhatidagi  Programmi  (Dasturlar) 

guruhidan ushbu dasturga mos nom: Maple tanlanadi. 

Maple oynasi Windows ning amaliy oynalariga hos bo„lib, unda Sarlavha satri, 

Gorizontal  menyu  satri,  Uskunalar  paneli,  Ish  maydoni  va  Holat  satri,  hamda 

Chizg‘ich 

va 

O„tkazish 



tasmalari 

mavjud 


bo„ladi.

 

 



Sarlavha satri, Gorizontal menyu satri va  Uskunalar panelidan tarkib topgan 

Maple oynasining qismining ko„rinishi: 

 

 



Gorizontal menyu bo„limlari: 

 File  (Fayl) 

  fayllar  bilan  ishlovchi  standart  buyruqlar  majmuidan  tarkib 



topadi, masalan: faylni saqlash, faylni yuklash, yangi faylni tashkil etish va  x. k.  

 

Edit  (Pravka,  Tahrirlash) 

  matnlarni  tahrirlovchi  standart  buyruqlar 



majmuidan  tarkib  topadi,  masalan:  belgilangan  matn  qismini  buferga  nushalash 

yoki o„chirish, buyruq bajarilishini bekor qilish va x. k. 



View  (Vid,  Kо„rinishi)  –  Maple  oynasi  (ko„rinishini)  tuzilishini  boshqaruvchi  

standart buyruqlar majmuidan tarkib topadi. 



Insert  (Vstavka,  Qо„yish)  –  turli  tipdagi  maydonlarni  qo„yish  uchun  hizmat 

qiladi: matematik matnlar satri, ikki va uch o„lchovli grafiklar maydonlari. 



Format  (Format)  –  xujjatni  formatlash  (bezash)  buyruqlaridan  tarkib  topadi, 

masalan: shriftning stilini, o„lchamini va tipini o„rnatish. 



Options 

(Parametri, 

Parametrlar) 

– 

ma‟lumotlarni 



kiritishning, 

ekranga,bosmaga chiqarishning turli parametrlarini o„rnatish, masalan, Chop etish 

sifatini belgilash. 

Windows (Okno, Oyna) – bir ishchi varoqdan ikkinchi ishchi varoqqa o„tishni 

tayminlaydi.slujit dlya perexoda iz odnogo rabochego lista v drugoy. 



Help (Spravka, Yordam) – Maple haqidagi ma‟lumotlardan tarkib topadi. 

Maple  ishlash  muloqat  tarzda  olib  boriladi  –  foydalanuvchi  matn  (buyruqlar, 

ifodalar,  protseduralar)  kiritadi,  u  Maple  tomonidan  qabul  qilinadi  va    qayta 

ishlanadi. Maple oynasining ish maydoni uch  qismga bo„linadi: 

1)  


kiritish  maydoni  –  buyruqlar  satri.  Har  bir  buyruqlar  satri  >  belgisi  bilan 

boshlanadi; 

2)  

chop etish maydoni  - kiritilgan buyruqlar bajarilishining natijalari analitik ifoda, 



grafik obekt yoki hatolik haqidagi ma‟lumot ko„rinishida beriladi; 

3)  


matnli  izohlar  maydoni  –  bajariluvchi  protsedurani  izohlovchi  ixtiyoriy  matn 

bo„lishi  mumkin.  Matnli  satrlan  Maple  tomonidan  qabul  qilinmaydi  va  qayta 

ishlanmaydi. 

Buyruqlar satridan matnli satrga o„tish uchun Uskunalar panelidan    tugmacha 

tanlanishi mumkin.          

Matnli  maydondan  buyruqlar  satriga  o„tish  uchun  esa  Uskunalar  panelidan    

tugmacha tanlanishi mumkin. 

Matematik belgilarni kiritish palitra. 


 

Matematik  belgilarni  kiritish  uchun  Palettes  palitrasi  royxatidan 



foydalaniladi.  Bu  royxat  View  menyusida  joylashgan.  Royxatda  quyidagilar 

mavjud. 


SYMBOL- alohida belgilarni kiritish (grek xarflar va ba‟zi matematik belgilar);  

FESSION- matematik operatorlar va amallar shablonini kiritish

MATRIX – turli o‟lchovdagi matrisalar shablonini kiritish; 

VEKTOR – turli o‟lchovdagi vektorlar shablonini kiritish 

 

Menyudan  pastda  joylashgan  har  bir  tugmacha  belgilar  palitrasini  ochish 



uchun  ishlatiladi.  Bu  palitralar  operatorlar,  grek  harflari,  grafiklar  va  boshqalarni 

o‟rnatish uchun ishlatiladi.  



Maple muhitining vositalar va shriftlar paneli. 

 

Tugmachalar  majmuasidan  pastda    –    vositalar  paneli  joylashgan. 



Menyuning  ko‟plab  buruqlarini  tezroq  ishga  tushirish  uchun  vositalar  panelining 

tugmachalarini bosish kerak bo‟ladi. Har bir tugmachani bosish orqali nima amalga 

oshirilishini  bilish  uchun,  uning  belgisi  ustiga  sichqoncha  ko‟rsatkichi  o‟rnatilsa 

ma‟lumot satri paydo bo‟ladi. 

 

Vositalar panelining to‟g‟rima - to‟g‟ri pastida shriftlar paneli joylashgan. U 



tanlash  shabloni  va  tugmachalardan  iborat  bo‟lib,  tenglamalarda  va  matnda 

shriftlar xarakteristikasini berish uchun ishlatiladi.   



 

Oynaning  o‟ng  tomonida  vertikal  aylantirish  uskunasi  joylashgan  bo‟lib,  u 

joriy  holatda  ekranda  ko‟rinmay  turgan  ma‟lumotlarni  ko‟rish  imkonini  beradi. 

Ekranning ko‟rinib turgan sohasidan yuqori va pastki qismlarida nimalar borligini 

ko‟rish  uchun  vertikal  aylantirish  uskunasining  unga  mos  yo‟nalish  belgisiga 

sichqonchani qirsillatish yetarli bo‟ladi.  

 

Oynaning quyi qismda  gorizontal aylantirish uskunasi joylashgan bo‟lib, u 



joriy  holatda  ekranning  ishchi  sohasining  chap  yoki  o‟ng  tomonida  ko‟rinmay 

turgan ma‟lumotlarni ko‟rish imkonini beradi. U vertikal aylantirish uskunasi kabi 

ishlatiladi  va  undan  farqi  gorizontal  aylantirish  uskunasi  chapdan  o‟ngga  yoki 

o‟ngdan chapga yurgiziladi. 



Muloqot tartibida Maple  bilan ishlash asosi. 

10 

 

 



Sistema  yuklangan  va  ishga  tushirilgandan  keyin  matematik  ifodalarni 

yaratish  va  hisoblash  uchun  Maple  muhiti  bilan  muloqotni  bajarish  mumkin. 

Muloqot «savol berding, javob olding» ko‟rinishida olib boriladi. Savol va javoblar 

chap  tomonlari  kvadrat  qavslar  bilan  chegaralangan  alohida  bloklardan  iborat 

bo‟ladi. Kvadrat qavslarning uzunligi ifodalarning katta - kichikligiga bog‟liq. 

>  -  muloqot  belgisi.  O‟chib  yonuvchi  vertikal  chiziq  –  kiritish  kursori 

deyiladi. 

Ifoda  oxiriga  quyiladigan  (;)  hisoblash  natijasini  ekranga  chiqarish 

kerakligini  eslatadi  ;  (:)  –  ikki  nuqta  chiqarishni  bekor  qiladi,  ya‟ni  birnechta 

ifodalarni bir satrga yozish  

yoki ularni bir-biridan ajratish uchun ishlatiladi. 

 

Maple  muhitida  grek  harflarni  ham  poligrafik  usulda  yozish  mumkin  . 



Buning uchun buyruqlar satrida grek harfining nomi yoziladi.  

Masalan, agar alpha deb terilsa α hosil bo‟ladi. 

Grek harflarining jadvali va nomlari: 

 

Matematik 

kattaliklar 

Maple  dasturida 

yozilishi 

Matematik 

kattaliklar 

Maple 

dasturida 

yozilishi 

α 

- alpha    

ι 

- ita,  

β 

- beta  

κ 

- kappa   



- gamma  

λ 

- lambda 

δ 

- delta  

μ 

- mu 

ε 

- epsilon  

χ 

-xi 

ζ 

- zeta   

π  

– pi 

η 

- eta   

ρ 

- rho 

θ 

- theta  

ξ 

- sigma 

Izoh:  Agar  grek  harflarining  nomlari  bosh  harflarda  terilsa    bosh  grek 

harflari  hosil  bo’ladi,  masalan,      Ώ  ni  hosil  qilish  uchun    Omega  deb  terish 

kerak.  

Matematik doimiylar va arifmetik amallar. 

Asosiy  matematik doimiylar: 



Infinity (∞) 

cheksizlik 





ayirish 

Qo‟shish 





ko‟paytirish 

11 

 

darajaga ko„tarish 

!  

faktorial 



Bo‟lish 


<, >, >=,<=, <>, =.  Munosabat 

belgilari 

           Maple muhitida quyidagi standart funksiyalardan foydalaniladi   

Matematik yozuv 



Mapleda  yozuv 

Matematik yozuv 



Mapleda  yozuv 

e



exp(x) 

cosecx 


csc(x) 

lnx 


ln(x) 

arcsinx 


arcsin(x) 

lgx 


log10(x) 

arccosx 


arccos(x) 

log


a

log[a](x) 



arctgx 

arctan(x) 

 

sqrt(x) 


arcctgx 

arccot(x) 

 

abs(x) 


shx 

sinh(x) 


sinx 

sin(x) 


chx 

cosh(x) 


cosx 

cos(x) 


thx 

tanh(x) 


tgx 

tan(x) 


cthx 

coth(x) 


ctgx 

cot(x) 


secx 

sec(x) 


 

 

1.  Sonli qiymatlar bilan ishlash. 



 Maple    muhitida  sonlar  haqiqiy  (real)  va  kompleks  (complex)  bo‟ladi. 

Kompleks  sonlarning  algebraik  ko‟rinishi  z=x+iy,    buyruqlar  satrida 

quyidagicha yoziladi:  

> z:=x+I*y; 

 

Sonlar  butun  va  rasional  sonlarga  bo‟linadi.  Butun  sonlar  (integer)  o‟nli 



yozuvda  raqamlar  bilan  ifodalanadi.  Ratsional  sonlar    3  xil  ko‟rinishda  berilishi 

mumkin:  



12 

 

1) bo‟lish amalidan foydalangan holda rasional kasr ko‟rinishida, masalan: 28/70



2)  qo‟zg‟aluvchan  vergulli  (float),  ko‟rinishida,  masalan:  2.3;  3)  daraja 

ko‟rinishida,  masalan:  1.602*10^(-19)    yoki    1.602E-19  ko‟rinishdagi  yozuv 

1,602× 10

-19


 ni bildiradi. 

 

Rasional sonlarni aniq ko‟rinishda emas, balki taqribiy qiymatini hosil qilish 



uchun butun sonlarni haqiqiy sonlar ko‟rinishida yoish kerak bo‟ladi. Masalan: 1) 

Quyidagini bajaring : > 75/4; 

75

4

 



 

Endi shu ifodada 4 sonini haqiqiy son, ya‟ni 4.0 ko‟rinishida yozamiz. 

Natijani kuzating. 

75/4.; 

18.75000000

 

 



2)  

678


34

345


 

 ni hisoblang. 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling