O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi


Download 1.53 Mb.
bet4/63
Sana03.12.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1801227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’QUV-USLUBIY MAJMUA

Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi
Sport o’yinlari va uni o’qitish metodikasi fani umumkasbiy fan hisoblanib ,dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, o’qituvchi nutq madaniyati, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya gigienasi, jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi, gimnastika va uni o’qitish metodikasi, engil atletika va uni o’qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish, suzish va uni o’qitish metodikasi, sport psixologiyasi kabi fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab etadi.
Fanni ta’limdagi o’rni
Jismoniy madaniyat yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashda sport o’yinlari (voleybol) asosiy vosita hisoblanib, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va tarbiyalashda, nazariy va amaliy bilim, ko’nikma hamda malakalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Sport o’yinlari va uni o’qitish metodikasi” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi innovatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan va sport jihozlaridan foydalaniladi.

I. Ma’ruza mashg’ulotlari.


1.1-Mavzu: Voleybol o’yinining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.(2-soat.)
Reja:
1. Voleybol o’yinining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
2.Voleybol o’yini qoidalarini kirib kelishi.
3. O’zbekistonda voleybolning rivojlanishi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: “FIVB” –Xalqaro voleybol federatsiyasi, O’zDJTI va Toshkent Irrigatsiya instituti, Osiyo chempionati, «Yoshlik» sport jamiyati, «Umid nihollari» o’yinlari, «Barkamol avlod», . «Talaba» sport uyushmasi, «Universiada» sport musobaqalari .

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling