O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy -


Download 1.29 Mb.
bet77/129
Sana02.06.2024
Hajmi1.29 Mb.
#1833855
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   129
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi

17. Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy - tog’li o’lkalarda bahorda erigan qor suvlari va vaqtincha kuchli jala yog’in suvlari-sel oqimlari natijasida hosil bo’ladi. Prolyuviy tog’ yonbag’irlari va tog’oldi yoyilma konuslarida keng tarqalgan. Prolyuviy yaxshi saralanmagan yirik parchali aralash jinslardan iborat.
Prolyuviy O’rta Osiyoning tog’ vodiylarida (Farg’ona, Zarafshon) va shuningdek, tog’oldi baland tekisliklarda keng tarqalgan. Ko’pincha allyuvial-prolyuvial yoki prolyuvial-delyuvial tarzidagi aralash jinslar ham uchraydi.
18. Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar - muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag’al toshlardan iborat jinslardir. Ularda ko’proq, sertosh va botqoqlangan tuproqlar hosil bo’ladi.
19. Flyuvioglyatsial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari - muz suvlarining kuchli oqimi bilan bog’liq. Bu oqimlar o’z yo’lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqizgan bo’ladi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag’al va yirik qum, qumoqlar to’planadi.
20. Eol yotqiziqlari - shamolning turli tog’ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo’ladi.
Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho’l zonasida kuchli bo’lib, qum barhanlari, qum tepachalari, gryada qumlari va mo’’tadil iqlimli dengiz qirg’oqlari hamda daryo vodiylarida o’ziga xos qum tepalari-dyunalar shaklidagi relьeflar yuzaga keladi.
21. Lyoss va lyossimon yotqiziqlar - Bularga lyoss va lyossimon qumoqlar kabi o’ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to’rtlamchi davr yotqiziqlari kiradi.
O’rta Osiyodagi to’rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigatsiya yotqiziqlari alohida o’rin tutadi. Bu jinslarning hosil bo’lishi sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog’liq qadimgi sug’orilib kelinayotgan (Zarafshon va Farg’ona vodiysi, Xorazm, Murg’ob va Tajan) vohalarida sug’orish suvidagi loyqalarning yerga o’tirishidan, go’ng, paxsa devorlari kabilar solingan maydonlarda 2-3 metrgacha qalinlikdagi yotqiziqlar hosil bo’lgan va ularda o’ziga xos voha tuproqlari shakllanadi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling