O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi


V. To‘garak ishini nazorat qilish va baholash


Download 222.27 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi222.27 Kb.
#1537522
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2022-2023 to\'garak yangi (1)

V. To‘garak ishini nazorat qilish va baholash
5.1. Har bir fan bo‘yicha to‘garak ishiga rahbarlik qilish yuklamasi shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bo‘limida qayd etiladi.
5.2. To‘garakga rahbarlik kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadigan jadvali asosida amalga oshiriladi.
5.3. To‘garak ishi soatlari to‘garak jurnalida qayd etib boriladi.
5.4. To‘garak a’zolarining faoliyatini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
5.5. To‘garak ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari kafedra tomonidan belgilanadi va kafedra majlisida tasdiqlanadi.
5.6. To‘garakda bajarilgan loyihalar, maketlar, modellar va b. kafedrada ro‘yxatga olinadi saqlanadi.
5.7. To‘garaklarning yalpi konferentsiyasi. O‘quv yili so‘ngida yakuniy ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Bunda to‘garaklar birlashmasi prezidenti bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshiradi. Har bir predmet seksiyalaridagi g‘oliblar aniqlanadi.
VI. To‘garakka a’zolik, to‘garak a’zosining huquqi va majburiyatlari
6.1. To‘garakka a’zo bo‘lish erkin va teng huquqlik asosida quriladi.
6.2. To‘garak a’zosi to‘garakning xususiyatidan kelib chiqqan holda kurs talabalaridan yoki turli kurs talabalaridan tashkil topadi.
6.3.To‘garakka boshqa ta’lim yo‘nalishi talabalari ham qatnashishi mumkin.
6.4. To‘garak a’zolari quyidagi huquqqa ega:
-to‘garakda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda qatnashishi;
-to‘garak faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalarda ishtirok etish va muhokama qilish.
-to‘garakdan erkin ravishda chiqib ketishi.
6.5. To‘garak a’zolari quyidagilarga majbur:
-to‘garak faoliyatida faol ishtirok etishi;
-To‘garak belgilagan vazifalarni bajarish;
VII.TO‘GARAK FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH

21.To‘garak faoliyati asosan jamoatchilik asosida tashkil etiladi, ayrim holatlarda uni tashkil qilish va yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar o‘rnatilgan tartibda byudjet va byudjetdan taщqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.



  1. To‘garak faoliyati uchun zarur moliyaviy mablag‘lar universitet tomonidan, quyidagi moddiy mablag‘lar asosida shakllantiriladi:

  • ta’lim xizmatlari (kompyuter xizmati va o‘quv kurslari, til o‘rgatish kurslari va boshqa) va treninglar;

  • to‘garaklar (tikuv-bichish, pazandachilik, qandolatchilik, sartaroshlik va boshqa);

  • ta’lim muassasalarida shartnoma asosida lektoriylar o‘tkazish;

  • shartnoma asosida o‘quv-uslubiy ishlanmalar yaratish;

  • badiiy, hujjatli filmlar namoyish etish, ijara xizmatlarini ko‘rsatish va boshqa pullik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;

  • homiylik mablag‘lari;

  • amaldagi qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.

  1. Shakllantirilgan moliyaviy mablag‘lar universitetning hisob raqamiga tushiriladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasi asosida ishlatiladi.



Download 222.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling