O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi


 Buxgalteriya hisobining metodi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/124
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#253523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
Bog'liq
buxgalteriya hisobi asoslari

1.3. Buxgalteriya hisobining metodi 
Metod  bu  usullar  yig’indisidir  buxgalteriya  hisobi  quyidagi      usullardan      tashkil   
topgan:      hujjatlashtirish,  inventarizatsiya,  baholash,  kalkulyatsiya,  ikki  yoqlama  yozish, 
schyotlar tizimi, buxgalteriya balansi, hisobot. 
Hujjatlashtirish-bu  korxona  xo’jalik  faoliyatini  kuzatib  borish,hisobga  olinadigan 
xo’jalik  operatsiyalarini  nazorat  qilish  va  aks  etgirishning  asosiy  usulidir.qujat 
rasmiylashtirilayotganda  uning  oldiga  qo’yilgan  hamma  yuridik  talablarga  rioya  qilish 
kerak.Faqat 
shunday 
rasmiylashtirilgan 
hujjatlargina 
buxgalteriya 
hisobining 
ko’rsatkichlariga  umuman  va  uning  ayrim  ma'lumotlariga  ishonchli  dalil  bula  oladigan 
kuchga ega bo’ladi. Inventarizatsiya     yoki     yuklama     qilish-bu sanash,tortish,ulchash va 
hokazolar yo’li bilan korxona mol-mulkini ashyoviy ro’yxatdan o’tkazishdir. Invetarizatsiya-
bu  hisob  ma'lumotlari  bilan  haqikat  o’rtasidagi  tafovutni  bartaraf  qilish  uchun  korxona 
mablag’lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob kitob ishlarini 
tekshirish usulidir. 
Baholash-bu  korxona  mablag’lari  va  ularning  kelib  chiqish  manbalarining  pul 
o’lchovida  ifodalanishidir.Bu  usul  natura  va  mehnat  o’lchovlarini  qo’llash,  zarur 
ma'lumotlarni  taqqoslash  va  umumlashtirish,  korxona  faoliyatining  moliyaviy  natijalarini 
aniqlash  imkoniyatini  beradi.  Kalkulyatsiya-bu  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  va  sotib  olingan 
moddiy  boyliklarning  tannarxini  aniqlash  usuli  bo’lib  buxgalteriya  hisobi  ob'ektlari  haqida 
umumlashgan ma'lumotlar olish uchun zarur. 
Ikki  yohama  yozish-bu  usulining  xususiyati  shundan  iboratki,har  qanday  xo’jalik 
operatsiyasiga  tegishli  bir  summa  buxgalteriya  hisobida  shu  vaqtning  o’zida  ikkitadan  kam 
bo’lmagan  schyotda  aks  ettiriladi.  Xo’jalik  operatsiyasini  buxgalteriya  hisobining 
schyotlarida aks ettirish ikki yoqlama yozish usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Schyotlar  tizimi-bu  hisob  ob'ektlarini  ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra guruqlash 
uchun  xizmat qiladi.  Bu esa schyotlar  tizimi yordamida korxona  xo’jalik faoliyatini nazarot 
qilish va reja topshiriqlarini bajarilishi haqida ma'lumotlar olish imkonini beradi.  
Buxgalteriya  balansi-bu  ma'lum  bir  muddatga  xo’jalik  mablag’lari  holati  haqida  pul 
shaklida  umumlashgan  ma'lumotlar  olish  uchun  xizmat  qiladi.  Balansda  korxona 
mablag’larining  joilanishi  va  tarkibi,mablag’’lar  manbalarining  tashkil  topish  haqidagi 
ma'lumotlar keltiriladi. 
hisobot-bu  ma'lum  bir  muddatga  korxona  ishlab  chiqarish-  xo’jalik  faoliyati  natijalari 
haqida umumlashgan ma'lumotlar olish usulidir. Balans va hisobot yordamida har bir korxona 
xo’jalik faoliyati natijalari yakunlanadi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling