1-boshlovchi: Navoiy hayoti davomida yettita devon tartib qildi. Turkiy tilda ilk “Xamsa” asrini yaratdi.
2-boshlovchi: Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Navoiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida sher jangi,
Magar sher o’lmasa bori palangi.
1-boshlovchi: Ana shunday mas’uliyatning uddasidan chiqa olgan Navoiy, xalqining farovonligi yo’lida ham qo’ldan kelgan barcha yordamni ayamadi. Xalqi uchun do’sti va olampanohi bo’lgan Husayn Boyqaro bilan birdek g’am chekdi.
2-boshlovchi: Odamiy ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami, -
so’zlari esa uning bir umrlik shioriga aylanib ketdi.
1-boshlovchi: Navoiy ijodi go’zal, turli tuman gullarga to’la bir chamoniston. Barchangizni bu gullar iforidan bahramand etishga chorlaymiz.
Sahnaga 4 ta o’quvchi chiqib Navoiy ruboiylaridan o’qiydilar. Sahna ortida Chorgoh musiqasi past ohangda yangrab turadi.
1-o’quvchi: Ey jism, aning ko’yini paydo qila ko’r,
Ey ko’ngil, o’shul ko’yini mavo qila ko’r.
Ey ko’r, sen aning yuzin tomosho qila ko’r.
Ey ashk, aning ko’yi sari oqila ko’r
2-o’quvchi: Ko’z bila qoshing yaxshi qabog’ing yaxshi,
Yuz bila so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,
Eng bila mening yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdi oyoqing yaxshi.
3-o’quvchi: Zohid, sanga – hur, manga – janona kerak,
Jannat – sanga bo’lsun, manga – mayxona kerk.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
4-o’quvchi: Yo’q dahrda bir besar-u somon mendek,
O’z holig’a sargashta-vu hayron mendek.
G’ami kuyida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, alxon-u alomon mendek.
Maktab musiqa to’garagi a’zolari tomonidan Navoiy g’azali asosida ashula aytiladi
1-boshlovchi: Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har nenikim sevmak ondin ortiq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Sahnaga Navoiy qalamiga mansub bo’lagan she’rlar asosida “Bahru bayt”ga navbat beriladi. To’rt o’quvchi milliy libosda chiqib bayt-baraka o’ynaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |