O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.07.2020
Hajmi0.75 Mb.
#124980
1   2   3   4   5
Bog'liq
talabalarga mumtoz musiqani orgatishning oziga xos yollari


Tadqiqotning  metodlari:  -  mavzuga  doir  ilmiy,  falsafiy,  tarixiy, 

musiqashunoslik,  pedagogik  va  psixologik  adabiyotlarni  tahlil  qilish;  Kuzatuv 

ishlarini olib borish va ilg’or pedagoglarning ish tajribasini o’rganish; 

-  Professor -o’qtuvchilar va talabalar o’rtasida suhbat va savol-javoblar 

olib borish; 



-  Talabalarning mumtoz musiqa haqidagi  tasavvurlarini shakllantirish 

bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish; 



-  Matematik-statestik tahlillar qilish; 

-  Tadqiqot natijalarini umumlashtirish;  

-  Tadqiqot natijalarini xulosalash. 

Tadqiqotning metodologik asosi: 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan  mavzu  bo’yicha 

berilgan  g’oyalar,  Respublika  Oliy  Kengashi,  Respublika  Oliy  va  O’rta  Maxsus 

Vazirligi tomonidan mavzu yo’zasidan qabul qilingan qarorlar, farmonlar. 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstetusiyasi,  “Ta’lim  to’g’risida”gi  qonun, 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”ning  asosiy  yo’nalishlari,”Davlat  ta’lim 

standarti normalari”, Milliy istiqlol g’oyasi”,  

Buyuk  Sharq  mutafakkirlari  qomusiy  olimlari,  pedagogika  va  psexologiya, 

falsafa, xususan mumtoz musiqa bo’yicha bildirilgan ilg’or fikrlardan iborat. 


Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

1. Bo’lajak bakalavrlarga mumtoz musiqani o’rgatishning o’ziga xos yo’llarini 

shakllantirish muammosi birinchi marta yaxlit bir butun holda tadqiq qilindi. 

2. Talaba yoshlarga mumtoz musiqani o’rgatishda mumtoz musiqa namunalari, 

maqomlar,  katta  ashula,  yirik  hajmdagi  mumtoz  musiqalardan    va  xalq 

pedagogikasi  an’analaridan  keng  foydalanildi.  She’riy  matn  va  musiqaning 

kompozision tuzilishi, ular o’rtasidagi o’xshashlik tahlili berildi. 

3.  Pedagogik  amaliyot  jarayonida  mumtoz  musiqa  orqali  amaliyotchi 

talabalarga  mumtoz  musiqani  o’rganishning  o’ziga  xos  yo’llarini  o’rgatish 

masalasi birinchi marta ko’rib chiqildi va ochib berildi. 

4. O’zbek, Sharq xalqlari va Ovropa mumtoz musiqalari mushtarakligi asosida 

talabalarning  mumtoz  musiqaga  qiziqishini  tarbiyalashning  samarali  usullaridan 

yekanligi  ilmiy  jihatdan  asoslab  berildi.  Bo’lajak  bakalavrlarning  mumtoz 

musiqani o’rgatishning o’ziga xos yo’llarini shakllantirishning tasnifi va mezonlari 

yaratildi. 

5.  Talabalarga  mumtoz  musiqani  o’rgatishning  o’ziga  xos  yo’llarini 

shakllantirish yuzasidan ilmiy asoslangan tafsiyanomalar ishlab chiqildi. 

Tadqiqotning ilmiy- amaliy ahamiyati: 

Ilmiy  ishimizning  natijalari  pedagogika  oily  yurtlarining  musiqa  fakultetlarida 

“An’anaviy qo’shiqchilik va maqom asoslari”, “O’zbek mumtoz musiqasi” fanini 

o’qitishning  sifati  va  samaradorligini,  tarbiyaviy  mavqiyini  ochilishiga  amaliy 

yordam beradi. 

Shuningdek  “Xor  va  xorshunoslik”  fanlarida  va  boshqa  barcha 

ixtisoslashtiruvchi    fanlarda  mumtoz  musiqadan  foydalanish  orqali  bu  fanlarda 

olinadigan  bilimlarni  takomillashtirishga  imkon  beradi.  Pedagogik  amaliyot 

jarayonini samarali olib borishda, umum ta’lim maktablarida musiqa darslarini olib 

borishda xususan mumtoz musiqani o’rgatishda ijodiy foydalanish shuningdek oliy 

ta’lim  tizimida  talabalarning  kurs  ishlarini,  bitiruv  malakaviy  ishlarini 

bajarishlarida  ilmiy  maqolalar  yozishda,  Ma’ruza  matnlari,  darslik  va 

qo’llanmalarni yaratishda ham mazkur ilmiy ish materiyallari qo’l kelishi mumkin. 


Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: 

Oliy  o’quv  yurtlarida  o’tiladigan  barcha  ixtisoslashtiruvchi  fanlarni  o’qitish 

jarayonida  mumtoz  musiqalardan  foydalanish  orqali  talabalarni  yetuk  mutaxasis 

qilib tarbiyalashni nazariy isbotlab berish. 

Musiqa  fakultetlari  talabalariga  mumtoz  musiqani  o’rgatishning  o’ziga  xos 

yo’llarini  o’rganishda  o’zbek  mumtoz  musiqasidan  foydalanib  mumtoz  musiqani 

o’rgatishning  o’ziga  xos  yo’llarini  pedagogik  shart  sharoitlarini  ilmiy  asoslab 

berish.  

Uni o’quv jarayoniga tadbiq yetishning shakl va uslublarini ko’rsatib berish. 

Pedagogik  amaliyot  jarayonida  amaliyotchi  talabalarning  o’quvchilarga 

mumtoz  musiqani  o’rgatishning  o’ziga  xos  yo’llarini  o’rgatish  bo’yicha  olib 

boriladigan ishlari yuzasidan yo’l-yo’riqlarni ko’rsatib berish. 



Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi.   

Bitiruv malakaviy ishi Kirish, ikki bob, to’rt paragrap, umumiy xulosa    

va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

I. BOB. O’ZBEK MUMTOZ MUSIQASI VA UNING  XUSUSIYATLARI. 

 

1.1. MUMTOZ MUSIQA JANRLARI VA ULARNING TURLARI. 

O’zbek  xalq  mumtoz  musiqasining  yaratilish  tarixi  ming-ming  yillarga  borib 

taqaladi.  Bobokolonlarimiz  o’z  ichki  kechinmalari  silsilasini  muzaffar  yurishlar 

tantanasi,  tuy-hashamlarini,  sayilu-bazmlarini  qo’shiqsiz-kuysiz  o’tkazmaganlar. 

Xalqimiz  she’rlar-g’azallar  bitishga  qadimdan  ixlosmand  bo’lganlar,  ularga  kuy 

bastalab  qo’shiqlarga  aylantirganlar.  Olimu-fizolalarimiz  turli  mavzular  qatori 

musiqa  bo’yicha  ham  asarlar  yaratganlar.  Yirik  hajmdagi  musiqa  asarlarini 

bugungi  kunda  ham  saqlanib  qolganini  ko’rishimiz  mumkin.  Bu  kuy  va 

qo’shiqlarning  ohanglari  ko’p  qatorli  musiqa  yozuviga  ko’chirilgan.  O’zbek 

xalqining  mumtoz  musiqasi  kuy  va  qo’shiqlari  xalqimizning  ardog’ini  qozongan 

bo’lib, ular millatimizning ma’naviy bisotini o’zida aks ettiradi. 

O’zbek  xalqining  ko’hna  va  boy  musiqa  madaniyati  asrlar  osha  qudratli 

manaviyat  manbai  bo’lganligi  utmish  tarix  zarvaraqlaridan  malum.  Binobarin, 

milliyy  qadriyatlarni  ajoyib  ananalar  ila  o’zida  mujassam  yetgan  ananaviy 

musiqamiz  xazinasi  xanuzgacha    badiiy  yestetik  qiymatini  yuqotasdan  kelmoqda. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek: “bu xazina asrlar 

davomida  misqollab  to’plangan.  Tarixning  ne-ne  sinovlaridan  o’tgan.  Insonladga 

og’ir  damda  madad  bo’lgan.  Shu  xazinani  ko’z  qorachig’iday  asrash  va  yanada 

boyitish kerak”. 

Ma’lumki, Markaziy Osiyo qadim-qadimlardayoq madaniyat o’chog’i, ilm-fan 

rivoj  topgan  zamin  sifatida  malum  va  mashhur  yedi.  Bu  yerda  yitishib  chiqqan 

buyuk  olimlar  jahon  fani,  memorchiligi,  adabiyoti  va  sanati  rivojiga  katta  hissa 

qo’shib  kelganlar.  Musiqa  sanati  rivojida ham  ana  shunday  allomalarning  hissasi 

katta bo’ldi.  

Ajdodlarimiz  tomonidan  yaratilgan  turli  janr  va  shakldagi  an’anaviy  musiqa 

namunalari  badiiy-manaviy  merosimizning  ajralmas  mulkiga  aylangandir. 

Jumladan, o’zbek mumtoz  musiqasining kuhna va hamisha navqiron ashula, katta 


ashula,  dostonchilik  va  moqomchilik  sanatlari  ham  asrlar  davomida  har  xil 

ko’rinishlarda rivojlandi, taraqqiy yetdi.  

O’zining  tarixiy  jarayonida  turli  davr  shart  sharoitlari  hamda  yehtiyojlar 

taqozosi  bilan  ular  shaklan,  usluban  va  mazmunan  tobora  o’zgarib  borganini 

qisman  tegishli  manbalar  yordamidida  kuzatish  mumkin.  Bizgacha  yetib  kelgan 

musiqa  va  cholg’u  kuylari,  bastakorlik  ijodiyotining  noyob  mahsullari  rasmana 

musiqa  folklori  bilan  uzviy  bog’langan  holda  shakllanib,  sayqallanib 

rivojlangandir.  Aytish  mumkinki,  biz  bugun  “shoshmaqom”  deya  atab, 

yezozlayotgan  boy  mumtoz  musiqamiz  shakllanishi,  takomillashuvi,  umuman 

taraqqiyoti  qadim davrlardan boshlangan. 

Dastlab  un  ikki  moqom,  keyinchalik  yesa    “Shoshmoqom”  shaklidagi  bu 

merosning  asosi  yetuk    bastakorlar,  sozandayu  xonandalar  tomonidan  bunyod 

yetilgan va takomiliga yetkazilgan. 

O’zbek mumtoz musiqa san’ati olamining oltin xazinalari cheksiz va dunyodagi 

yeng  qadimiydir.  Shu  ulmas  mumtoz  asarlar  xalqimiz  o’rtasida  professional  va 

havaskor  sozandalar,  xonandalar  ijrosida  doimo  yangrab,asrlardan-asrlarga, 

ustozdan  shogirdlarga  o’tib,  mukammallashib  sayqal  topib,  boyitilib  bizning 

davrimizgacha yashab keldi va xalqimizning bebaho mulkiga aylandi. Shu musiqiy 

xazinamiz ustozona sozandayu hofizlar, bastakorlar tomonidan yaratilib kuylangan 

va  rivojlangan;  o’zining  turli  xil  yullari,  shakllari  usul  va  uslublariga  yega  bulib, 

musiqa  ilmining  fidoiy  ijodkorlari,  nazariyotchi-olimlari  tomonidan  ilmiy-nazariy 

qonuniyatlariga  ham  yega  bulgan  va  o’z  aksini  o’rta  asr  “musiqiy  risolalarida” 

topgan.  

Og’zaki  an’anada  saqlanib  va  rivoj  olib  kelayotgan  bizning  bebaho  mumtoz 

musiqamiz  XX  asrga  kelib,  to’planib  yozib  olindi  va  bu  xazinaning  yangi  hayot 

rishtalari  amalga  oshdi.  “Alpomish”    dostonining  1000  yilligiga  bag’ishlangan 

tantanali marosimda Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan yedi: “Alpomish” 

o’zbekning  o’zligini  namoyon  yetadigan,  mart  va  tanti  xalqimizning  yurak-

yuragidanchiqqan,  ota-bobolarimiz  avlodlardan-avlodlarga  o’tkazib  kelayotgan 

qahramonlik qo’shig’idir”. 



An’anaviy  musiqa  namunalariga  yega  bulmish  o’zbek  xalqi  o’zining 

“Alpomish”,  “Go’ro’g’li” dostonlari,  “Shoshmoqom”i  va  minglab  musiqa  folklor 

qo’iqlari  bilan  dunyodagi  badiiy  merosga  boy  xalqlar  qatoridan  munosib  o’rin 

olgan.  2001-yil  may  oyida  Boysun  madaniy  muhiti  va  2003-yil  noyabr  oyida 

o’zbek  va  tojik  xalqlari  mumtoz  musiqasining  nodir  xazinasi  bulmish 

“Shoshmaqom”  YuNESKO  tomonidan  “Insoniyatning  og’zaki  va  nomoddiy 

madaniy  merosi  durdonasi”  deb  tan  olindi.  Shu  tufayli  asrlar  davomida  saqlanib 

kelayotgan  Boysun  ananaviy  madaniyatiga,  “Shoshmaqom”  turkumiga  qizziqish 

dunyo  miqyosida  tobora  oshib  bormoqda.  Bunda  bu  noyob  merosimiz  jahonning 

turli  mamlakatlarida  “Boysun”  folklor  ansambli,  Turg’un  Alimatov,  Abduhoshim 

Ismoilov, Munojot Yulchiyeva, yunus Rajabiy nomidagi moqomchilar ansambli va 

boshqa  jamoalar  hamda  sanatkorlar  tomonidan  ijro  yetilishi;  1997-yildan  har  ikki 

yilda  Samarqand  shahrida  o’tkazish  ananaga  aylanib  qolgan  “Sharq  taronalari” 

xalqaro  musiqa  festivali  va  2002-yildan  buyon  o’tkazilayotgan  “Boysun  bahori” 

ochiq folklor festivaliga barchamiz guvoh bo’lmoqdamiz. 

Bu  nufuzli  musiqa  anjumanlariga  sanatkorlar  bilan  bir  qatorda  xalqimizning 

folklor  va  mumtoz  musiqasi  bilan  shug’illanuvchi  ijodkorlar-olimlar  ham  tashrif 

buyurib,  o’zlarmnmng  festival  doirasidagi  ilmiy-amaliy  yig’ilishlarida  xalq  ijodi 

va  moqomchilik  sanatining  tarixi,  bugungi  va  kelajagi  haqida  fikr  yuritmoqdalar. 

Bu noyob durdonalarni targ’ib  yetuvchi  maqolalar, to’plamlar,  yirik  kitoblar,  SD, 

VSD, multimedialar nashr yetilib, dunyo miqyosida tarqatilmoqda. 

O’zbekistonda  tashkil  yetilgan,  har  to’rt  yilda  o’tkaziladigan  Yunus  Rajabiy 

nomidagi  Respublika    va  Xalqaro  miqyosdagi  moqom  ijrochilari  va  imoqom 

ansambllari,  baxshi  shoirlar  va  havaskor  moqom  ansambllari,folklor  va  oilaviy 

ansambllar,katta  ashula  ijrochilari,turli  xil  kurik  tanlovlar  ham  o’zbek  ananaviy  ( 

folklor va mumtoz) musiqamizning kelajagini o’ylab qilinayotgan tadbirlardir. Bu 

tanlovlarda ko’plab istedod yegalari kashf yetiladi hamda ularning ijro mahoratlari 

bilan keng omma tanishadi.  

Bugungi  kunda      O’zbekiston  davlat  konservatoriyasi,  Madaniyat  va  san’at 

institutlari,  Musiqa  va  sanat  kollejlari,  akademek    leselari  va  maxsus  musiqa 



maktablari  “Ananaviy  ijrochilik” bo’limlarida  yuzlab  iqtidorli yigit va qizlar xalq 

ijodiyoti,  katta  ashula,  dostonchilik  va  moqomchilik  sirlarini  o’rganib,  ijro 

ananalari va uslublarini o’zlashtirmoqdalar. 

Xalqimizning  boy  musiqa  merosi,  moqomlarimiz,Markaziy  Osiyo  musiqa 

madaniyatining  yuzaga  kelishida,  shakllanishida  asosiy  manba  vazifasini  o’tadi, 

desak  mubolag’a  bo’lmaydi.  Chunki  uning  noyob  ohanglari,  dilkash  navolari  va 

chuqur  mazmunli  sheriy  mvtnlari  inson  ruhiyatiga  ozuqa  beruvchi  manba 

yekanligini  qayta-qayta  takidlash  mumkin.  XX  asrda  moqomchilik  sanati  rivoji 

milliy  negiz  bilan  uyg’unlashgan  holda  yanada  taraqqiy  topdi.  O’zbekistonda 

“Shashmoqom”  ning  yangi  milliy  udumlari  paydo  bulishi  ham  serqirra  maqom 

ananalarini  nafaqat  saqlanishi  va  himoya  qilinishi,  balki  yanada  yuksalishiga  olib 

keldi. 


O’zbek  mumtoz  musiqasi,  birinchi  navbatda,  kishiga  ruhiy  yingillik  baxsh 

yetish  vazifasini  bajarsa,  ikkinchi  tomondan,  kishining  tashqi  dunyoga  yestetik 

munosabatda  bulishini  shakllantiradi;  uchunchi  tomondan  yesa  tarbiyaviy  tasir 

vazifasini  ham  bajaradi.  Har  bir  musiqa  asarining  kishi  ruhiyatiga  tasirini  qadim 

davrlarda yashab o’tgan olimlarning asarlari ham, hozirgi texnika taraqqiyoti davri 

samaralari  ham  isbotlab  turibdi.  Sharqning  buyuk  mutafakkirlari  musiqasining 

inson ruhiyatiga tasiri, turli his tuyg’ular uyg’ota olish xususiyatlarini batafsil tahlil 

qilganlar,  abu  Nasr  Farobiy,  Ibn  Sino,  Safiuddin  Urmaviy  maqomlar  va  umuman 

mumtoz musiqaning kishilarga tasirini urganishgan. 

O’zbek xalqining musiqa madaniyati kup asrlik tarixga yega bulib, u kupchilik 

sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan musiqa sanati yekanligi 

haqida  guvohlik  beradi.  Ananaviy  musiqa-bu  badiiy  jarayon  bulib  unga  xalq 

tomonidan  yaratilgan,  asrlar  osha  bizgacha  yitib  kelgan  xalq  musiqa  ijodi  yoki 

musiqa  folklori  va  yetuk  sozanda-bastakorlar  tomonidan  ijod  yetilgan  mumtoz 

musiqasiga kiradi. Bu ijodiyot namunalari og’zaki ananada saqlanib, sayqal topib, 

barkamol musiqa asari sifatida rivojlanib kelmoqda. 

O’zbek  mumtoz  musiqasi  o’tmishdan  o’zining  teran  manoga  yega  yekanligi, 

murakkabu mukammalligi va beqiyos ananalarni o’zida mujassam yetganligi bilan 



o’zga  xalqlar  musiqasidan  ajralib  turadi.  Ushbu  musiqa  ijodiyotida  xalqimizning 

o’tmish ananalari, boy va teran manodarga asoslangan tarixi muhrlangan. Ularning 

har  bir  namunasi  tarixdan  bir  sadodir.  Binobarin,  ularni  qanchalik  o’rganmaylik, 

qanchalik  sirlaridan  voqif  bo’dmaylik  shunchalik  yangi  qirralari  ochilib,  o’zining 

benazir  xususiyatlirini  namoyon  yetadi.  Shu  nuqtai  nazardan  o’zbek  mumtoz 

musiqasini  o’rganish,  ularda  mujassam  yetilgan  falsafiy  g’oyalarni  anglash,  tarix 

saboqlarini  o’qib  olish,  ularni  siru  sinoatlarini  idrok  yetish  uchun  bugungi  kunda 

imkoniyatlar  yetarli.  O’zbek  mumtoz  musiqasi  turli  janrlarda  rivojlangan  bo’lib, 

ularning hammasini ham mumtoz asarlar qatoriga qo’shaverish noo’rindir. Ammo 

bundan marosim qo’shiqlari, bolalar qo’shiqlari, kichik hajmdagi kuy va qo’shiqlar 

talabalarga  mumtoz  musiqani  o’rgatish  vositasi  bo’la  olmas  yekanda,  degan  xato 

fikrga borib qolmaslik lozim.har bir kishi shaxs sifatida o’z tanlash ixtiyoriga yega 

bo’lganlari holda xilma-xil saviyasiga ham yega bo’lishlari mumkin. 

Talabalar  dars  jarayonida  turli  janrdagi  asarlarga  murojaat  qiladilar.  Ular 

fol’klor  qo’shiqlari,  Yestrada  asarlari,  xor  va  boshqa  asarlarga  murojaat 

qilganlarida  u  asarlarning  saviyasini  nato’g’ri  baholab  faqat  mumtoz  asarlarni 

yaxshi  asarlar  deb  o’qtirishdek  xovfli  yullardan  saqlanish  lozim.  Talabalar  bu 

yoshda  o’zlariga  anchagina  mustahkam  bo’lganlari  holda  oson  yegiluvchan 

birovlarning  yurig’i  bilan  ish  tutuvchi  bo’lishdan  saqlanadilar.  Ayni  paytda 

ularning  qalbida  yuksak  insoniylikka  intilish,  sof  sevgi,  sadoqat  hislari  yangicha 

shakllangan bo’ladi. Mumtoz musiqamiz aynan shu yuksak fazilatlarga yerishishda 

talabalarga yordam beradi. 

Musiqa  bo’yicha  ta’lim  beruvchi  professor-o’qtuvchilarning  asosiy  vazifalari 

birinchi  navbatda  ular  bilan  do’stona  munosabat  o’rnatish  va  o’z  faniga  qiziqish 

uyg’ota  olishdan  iboratdir.  O’qtuvchi  uning  uchun  bir  ideal  vazifani  bajara  olsa, 

talabalar  uning bilimi va salohiyatiga tan bergandagina ularga yerishadilar. Bunda 

o’qtuvchi  talabalarning  mumtoz  musiqaning  qaysi  turiga  qiziqishlarini  hisobga 

olishlari zarur va muhumdir. 

 Malumki,  o’zbek  an’anaviy  musiqasi  o’tmishdan  ikki  yunalish,  ya’ni  bir-

biridan  paydo  bo’luvchi,  bir-birini  to’ldiruvchi,  shu  bilan  birga  o’zining  alohida 



xususiyatlari  va  sifatlariga  ega  bo’lgan  yunalishlardan  tashkil  topgan.  Shulardan 

biri,  hayotiy  mezon  bilan  bog’liq  musiqa  folklori  bo’lsa,  ikkinchisi  ana  shu  jonli 

jarayonning  ijodkorlar  tafakkuri  bilan  to’ldirilgan  mumtoz  musiqa  yunalishidir. 

Shakllanish va ravnaq yulida har ikki yunalish o’zining ichki qonuniyatlari, shaklu 

shamoyili,  ishlash  uslubi,  mavqiyi,  joyi,  vaqti,  ijro  an’analari  va  shu  kabi  qator 

xususiyatlarga yega bo’lgan. Har ikki yunalishda ham umumiy hisoblangan milliy 

ananalar bilan bog’liq tomonlari bo’lgani kabi, o’z yunalishiga xos uslublarni ifoda 

yetadigan alohida jihatlar ham yuq yemas. Lekin ijodiy mezon, ijrochilik ananalari 

va talqin masalalarida yetiborga loyiq o’ziga xoslik jihatlari talaygina. 

Bugungi  kunda  O’zbekistonda  zavq  bilan  tenglanayotgan,  maroq  bilan 

aytilayotgan  ashula,  yalla,  katta  ashula,  doston,  cholg’u  kuylari  va  maqomlar 

o’zbek  mumtoz  musiqasining  yetuk  janrlari  xisoblanadi.  Xalqimiz  va  uning 

namayondalari  yaratgan  ana  shu  manaviy  boyliklarimiz  butun  o’zbek  xalqi 

madaniy merosi, qadriyatlarning tarkibiy qismidir. Manbalarga ko’ra, professional 

sanat  bizning  hududlarimizda  melodning  birinchi  asrlarida  yuzaga  kelgan  va 

rivojlangan.  Mumtoz  musiqa  xalq  musiqa  ijodi  namunalari  negizida  va  ijrochilik 

madaniyatining  rivoji  keyinchalik  sharq  mumtoz  sheriyati  shakllanishi  asosida 

tashkil  topgan.  Mumtoz  musiqa  deganda  o’zbek  xalqiga  mansub,  uning  yetuk 

sozanda  bastakorlari  tomonidan  asrlar  davomida  yaratilgan  musiqa  sanati 

namunalari  (aytim-ashula  va  cholg’u  musiqalari)  ko’zda  tutiladi.  Ushbu  musiqa 

boshqa  musiqa  ijodiyoti  namunalaridan  bir  necha  o’ziga  xos  xususiyatlar  bilan 

farqlanadi:  

1.  Og’zaki  tarzlilik-mumtoz  musiqa  xalq  tomonidan  asrlar  davomida  yaratilib, 

og’izdan-og’izga,  avloddan-avlodga,  ustozdan  shogirdga  o’tib  kelgan  ijod 

mahsulidir. Malumki qadim zamonlarda ilk bor yuzaga kelgan folklor va mumtoz 

asarlar omma tomonidan ijod qilingan va ijro yetilgan. O’rta asrlarda yesa istedodli 

sozanda,  xonanda  va  bastakorlar  tomonidan  yaratilgan.  Og’zaki  ananadagi 

mualliflik ijodi, ommaviy ijod singari, xalq hayoti va uning turli tomonlarini tug’ri, 

aniq badiiy jihatdan mukammal ifoda yetishi, xalq didi va talabiga mos tusha olishi 


tufayli  o’zoq  yashaydi.  Demak,  mumtoz  musiqaning  yaratilishi  va  tarqalishi  jonli 

og’zaki anana bilan bog’likdir. 

2.  Ananaviylik-mumtoz  musiqa  namunalari  anana  sifatida  saqlanib,  rivojlanib 

kelmoqda. Anbana deganda uzoq vaqt davomida xalq tajribasidan o’tib, odat tusiga 

kirgan  tadbir  yoki  xususiyat  tushuniladi.  Ananaviylik  asarlarning  og’zaki  tarzda 

yaratilishi,  ijro  yetilishi  va  tarqalishi;  asarlarning  matnida  (kuy  va  sher),  ijro 

uslublarida  nomoyon  bo’ladi.  Mumtoz  asarlarning  musiqiy  poitik  matni  janrlarga 

ko’ra  uzoq  muddat  davomida  doimiy  ravishda  takrorlanib  turadigan  qismlarga 

yega. 

3.  Professionallik-mumtoz  musiqa  asarlari  yaratilishi  va    ijro  yetilishi  



professional  sifatlar  (  keng  diapozonli  ovoz  sohibi,  mohir  sozanda    musiqa  va 

sheriyat  qonkniyatlarini  bilish  va  ularga  rioya  qilish,  malum  voha  va  ijrochilik 

maktabi  ananalariga  bo’ysinish)  ga  va  mahoratga  yega  bo’lishdir.  Ushbu  musiqa 

namunalari o’ziga xos ijod va ijro jihatlari tufayli professionallikni talab yetadi. 

4. Mualliflik-mumtoz musiqa ijodiyoti yetuk sozanda va bastakor mahsulidir, u 

individual-mualliflik  (malum  shaxs  tomonidan  yaratilgan)  ijodga  kiradi.  To’g’ri, 

aksariyat  asarlarning  mualliflari  nomalum,  ammo  ayrim  asarlarning  nomlari 

ijodkor  va  ijrochining  ismlari  bilan  yuritiladi,  masalan;  Abdurahmonbegi,  Hoji 

Abdulaziz  Ushshog’i  va  boshqa  kuplab  misollar  keltirib  o’tish  mumkin,  ushbu 

asarlar o’zining kuy rivoji, shakl murakkabligi va ijro usullari mukammalligi bilan 

ajralib  turadi.  Ular  “ustoz-shogird”  talimotini  o’tgan  yetuk  sozanda,  xonanda, 

baxshi, shoir, katta ashulachi va moqomchilar tomonidan ijro yetiladi. Sanatkorlar 

xalqning  orzu  va  umidlari,  sevinch  va  hayratlari,  quvonch  va  qayg’ulvri,  jamiki 

insoniy  qalb  yehtiyojlarini  yuksak  musiqiy  idrok  bilan  tasvirlab  borib,  kishilarga 

hamisha  ruhiy-manaviy  ozuqa  berishgan.  Ular  mumtoz  musiqa  orqali  nafosat  va 

yezgulik olamiga tinglovchini oshno qilish istagida bo’lib, o’lmas qadriyatlar bilan 

hamisha bahramand yetib kelganlar. 

5.  Lokallik-mumtoz  musiqa  namunalari  mahalliy  ijro  uslubiga  yegadir,  shu 

tufayli  Buxoro  “Shashmoqomi”,  “Xorazm  maqomlari”  turkumi,  Farg’ona-

Toshkent  maqomlari  yoki  katta  ashula  janri  faqatgina  Farg’ona  vodiysida 



shakllangan,  rivojlangan  va  tarqalgan  yoki  dostonchilik  sanati  Samarqand, 

Qashqadaryo,  Surxondaryo  va  Xorazm  ijro  uslublari  va  ananalariga  bo’linadi; 

ularning har biri o’z mavqyei, mazmuni, kuy tuzilishi va rivoji, ijrochilik uslublari 

bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  O’zbek  musiqasida  xozirga  qadar  ko’lami  jihatdan 

birmuncha  kengligi,  tarixan  qadimiyligi,  ijro  xususiyatlari  buyicha  benazir, 

betakrorligi bilan asosan to’rtta  mahalliy uslub  tavsiflari alohida ajratilgan bo’lib, 

ularning  har  biri  muayyan  voha  nomi  bilan,  yani  Farg’ona-  Toshkent,  Buxoro- 

Samarqand, Qashqadaryo- Surxondaryo va Xorazm lokal (mahalliy) uslublari deb 

yuritiladi.  Har  bir  jug’rofiy  va  madaniy  muhiti,  tarixan  aholining  turmush  tarzi, 

musiqiy shevasi, musiqa janrlari va cholg’ularining tarqalishi hamda ijro uslublari 

bilan  ajralib  turadi.  Har  bir  hudud  yoki  vohaning  o’ziga  xos  mahalliy  ijrochilik 

maktablari  ananalarini  saqlanib,  rivojlanishida  namoyondalarning  xizmati  katta 

bo’lgan.  Mumtoz  musiqa  ijrochiligi  sohasida  sanatkorlar  “ustoz-shogird”  chilik 

ananasini yuzaga keltirib, uni qadimdan bevosita qullagan holda faoliyat ko’rsatib 

kelishgan. Ular Markaziy Osiyonig turli vohalaridagi taniqli xonanda, sozanda va 

bastakorlar bilan o’zaro yaqin aloqalarda bo’lishgan.  

O’zbek  mumtoz  musiqasi  uzining  hayotiyligi,  ijtimoiy  tabiati,  g’oyaviy 

mohiyati  hamda  o’ziga  xos  badiiy  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi.  Xalqning 

mehnati,  urf-odati,  turmush  sharoiti,  orzu-istagi,  kurash  va  g’alabalari  uning 

mavzui  va  g’oyaviy  mazmunida  aks  yetadi.  Asarlarning  xaqchillik  xususiyati 

ularning  hayotiyligi  va  qaysi  bir  dunyo  qarashni  himoya  qilish  bilan  belgilanadi. 

Mumtoz  musiqa  asarlari  o’ziga  xos  badiiy  tizimga  yega  bo’lib,  har  bir  janr  kuy- 

ohang tuzilishi va  rivoji, shakli va o’ziga xos ijro uslubi sifatida namoyon bo’ladi. 

Mumtoz  musiqa  yuksak  mahoratli  badiiy  tizim.  Unda  xalqning  badiiy  didi, 

voqiylikka nisbatan xalqona yestetik munosabat ifodalangan. 

Mumtoz  musiqaning  har  bir  namunasi  asrlar  davomida  ko’plab  istidodli  va 

yetuk  sozanda  va  xonandalar  tomonidan  nihoyatda  sayqallangan,  yuksak  sanat 

namunasi  darajasiga  ko’tarilgan.  Ananaviy  ijrochilikning  o’ziga  xos  nuqtai 

nazaridan  O’zbekistonda  turli  mahalliy  ijrochilik  maktablari  tarixiy  rivojlanish 

sharoitida  alohida  o’rin  tutadi.  Maqomchilik,  dostonchilik,  ashulachilik, 



sozandachilik kabi o’ziga xos maktablari bilan jilolanadi. Ananaviy sanatimizning 

ulkan  bilimdoni  ustoz  Yusufjon  qiziq  Shakarjonov  shunday  ta’riflaydi:  “  Milliy 

musiqa sanatimiz bamisoli bir daraxt bo’lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, 

shoxlari  Farg’onadir”.  Ananaviy  ijrochiligi  tarixiga  nazar  tashlasak,  XIX  asrning 

ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o’lkamizda mumtoz musiqa sanatining butun 

bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo’lamiz. Ota Jalol, Ota G’iyos, 

Levi  Boboxonov,  Xoji  Abdulaziz  Abdurasulov,  Domla  Halim  Ibodov,  Mulla 

Tuychi Toshmuhammedov, Sodirxon xofiz Bobosharipov va keyinchalik udarning 

shogirdlari mumtoz musiqa sanatimiz xazinasini o’zlarining maqomlari, dostonlari, 

katta  ashula  va  suvoralari  bilan  boyitdilar.  Ananaviy  ijrochiligimizda  har  birlari 

bir-biriga  o’xshamagan  ajoyib  ijro  uslublarini  va  yangidan-yangi  asarlarni  ham 

yaratdilar.  

Mumtoz musiqa rivojlanish tarixini shartli ravishda ikki bosqichga ajratishimiz 

mumkin. 


 Birinchisi-  XX  asrgacha  bosib  o’tilgan  yul,  og’zaki  ananada  saqlanib 

rivojlanishi, har biri o’z nomiga va uslubiga yega bo’lishi. XIX  asrdan boshlab “ 

musiqiy  risolalarda”  sharq  mumtoz  musiqasining  nazariy  masalalari  Farobiy,  Ibn 

Sino,  Abdulqodir  Marog’iy,  A.  Jomiy,  Darvish  Ali  Changiy  kabi  ulkan  olimlar 

tomonidan  atroflicha  o’rganilib  kelingan.  Ularning  asarlari  musiqa  ilmining 

poydevorini  tashkil  qilib,  musiqaning  yuzaga  kelishi,  uning  ijtimoiy  hayotdagi 

o’rni, tarixiy shakllari, ijrochilik va talim masalalari hamda ular negizida kuy, lad 

va  usul  tizimlirining  tarkib  topish  qonun-qoidalari  batafsil  yoritilgan.  Shu  yulda 

maqom  asoslariga  ham  nisbatan  yagona  ilmiy  anana  sifatidagi  qarashlar 

gavdalanadi.  

Ikkinchisi-  XX  asrdan  boshlab  mumtoz  musiqa  namunalari  nota  yozuvlariga 

bitilgan,  sadolari  ohangrabo  tasmalariga  tushurilgan,  yangi  talim  tizimida 

o’zlashtirilgan,  havaskor  va  professional  ansambllar  va  ijrochilar  tomonidan  ijro 

yetilib,  jonli  anana  tarzida  yashab  kelmoqda.  Ashula  va  yallalar,  doston  va  katta 

ashulalar,  cholg’u  kuylari  va  turkumlar,  maqomlar  zamonaviy  nota  yozuvlarida 

muhrlanib abadiy yashashga hozirlandi. 



Malumki,  o’zbek  mumtoz  musiqa  ijodiyoti  tarixan  asosan  og’zaki  anana 

sharoitida  rivojlanib  kelgan.  Ammo  sharq  musiqa  nazariyasi  masalalariga 

bag’ishlangan  IX-XIII  asrlar  risolasida  musiqaning  bir  qator  unsurlarini  maxsus 

yozuvda belgilishga harakatlar amalga oshirilgan. Abu Nasr Farobiyning “Kitobul 

musiqiy  al-kabir”  asarida  bunday  izlanishlar  o’zining  ilk  bor  yechimlarini  topgan 

yedi  va  sharq  nota  yozuvining  yaratilishida  zamin  bulgan  (yozuvlar  doira  va 

maxsus  jadval  shakllariga  tushurilgan  bo’lib,  asosiy  tovush  pog’onalari  ud 

cholg’usi  pardalarini  aks  yettiruvchi  harflar  yordamida  belgilangan).  XIII  asrda 

Sayfiuddin  Urmaviy  “tabulatura”  (jadval)  shaklidagi  nota  yozuvini  kashf  qilishga 

muvaffaq  bo’ldi.  Maskur  yozuv  tizimi  ham  ud  cholg’usiga  muljallangan  bo’lib, 

uning  qator  xususiyatlarini  aks  yettira  olgan.  Bunday  yozuv  orqali  o’z  zamonida 

mashhur bo’lgan  bir necha  maqom  kuylari  xujjatlashtirilgan  (bu  yozuvlar  fransuz 

sharqshunos  olimi  De  Yerlanje,  keyinchalik  taniqli  o’zbek  maqomshunos  olimi 

Ishoq Rajabov tomonlaridan hozirgi zamon nota yozuviga kuchirilib, batafsil ilmiy 

sharhlangan). 

XX  asrda  o’zbek  mumtoz  musiqasi  namunalarini  tuplash  va  yozib  olish 

(yozuvlar  zamonaviy  yevropa  nota  yozuvida)  ishlari  rivoj  oldi.  Buxoro 

“Shashmoqomi”  ilk  bor  rus  kompozitori  Vektor  Uspenskiy  tomonidan  notaga 

olinib  (1923),  tuplam  sifatida  chop  yetildi;  keyinchalik  Boboqul  Fayzullayev, 

Shonazar  Sohibov  va  Fazliddin  Sahobovlar  (Tojikiston  1950-1961),  Yunus 

Rajabiy  (O’zbekiston  1959)  kabi  ijrochi  va  bastakorlar  tomonidan  yozib  olinib 

nashr yetildi. “Xorazm maqomlari” turkumi Komil Devoniy (XIX asrning oxirida) 

ixtiro yetilgan “tanbur chizig’i “ yozuvida (tabilatura nota yozuvi XII-XIII asrlarda 

mavjud  bulgan)  kuy,  usul,  ijro  asoslari  qonunlashtirilib,  qonun-qoidalarga 

buysungan  holda  ijro  yetilishi  Xorazmda  yulga  quyilgan  (maskur  yozuvlar  V. 

Belyayev,  Ye.  Akbarov  tomonlaridan  zamonaviy  nota  yozuviga  kuchirilgan; 

keyinchalik  Ozod  Bobonazarov,  Botir  Rahimov,  Rustam  Boltayevlar  ilmiy-ijodiy 

izlanishlari  natijasida  “tambur  chizig’i”  yozuvlari  yangicha  tasavvurga  yega 

bo’ldi). XX asrning 30-yillarida xorazm maqomlari Yelina Ramanovskova (1939), 

50-yillardan  boshlab  Matniyoz  Yusupov  (1958)  tomonidan  yozib  olinib  chop 



yetiladi.Farg’ona-Toshkent maqomlari Vektor Uspenskiy, Viktor Belyayev, Yunus 

Rajabiylar tomonidan yozib olindi.  

XX  asr  o’zbek  mumtoz  musiqasini  to’plash,  yozib  olish,  ilmiy  o’rganish  va 

targ’ib  yetishda  kompozitor  va  bastakorlar,  musiqashunos  olimlarning  xizmatlari 

katta bo’lgan. 

O’zbek  an’anaviy  musiqa  namunalarini  to’plash,  magnet  tasmalariga  yozib 

olish, xujjatlashtirish, nota yozuviga muhrlash va ilmiy urganish hamda ularni nota 

to’plamlari,  kitoblar  va  grampilastinkalar  orqali  nashr  yetishda  Sanashunoslik 

ilmiy-tadqiqot  institutining  faoliyati  ahamiyatlidir.  1928-yili  Samarqandda 

o’zbeklarning xalq va klassik musiqasini o’rganish ilmiy tekshirish instituti sifatida 

ish  boshlagan  muassasa,  keyinchalak  o’zbek  musiqasini  o’rganish  markaziga 

aylandi.  V.  Uspenskiy,  I.  Abramov,  F.  Karomatli  kabi  atoqli  olimlar  rahbarligida 

respublikaning  va  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  turli  joylarida  yekspedesiya 

ishlari  olib  borildi.  Natijada  O’zbekistonda  juda  boy  musiqa  arxivi  vujudga  keldi 

va kundan-kunga boyib bordi. Hozirgi kunda institut fonetikasi bir million metrdan 

ortiq magnet tasmalarida va audio diskalarda xalqimizning noyob durdonalari- turli 

xalq  tortib    to  yetuk  sanatkorlar  tomonidan  ijro  yetilgan  yirik  maqom 

turkumlarigacha  saqlanmoqda.  Ayrimlari  gramplastinkalar,  audio  disklar  va  nota 

yozuvi to’plamlari sifatida xalqimizga taqdim yetilgan.  

Mumtoz  musiqa  jonli  ravishda  amaliyotda  va  talim  tizimida  o’zlashtirilib,  XX 

asrning  yetuk  sozanda  va  hofizlari,  baxshi  va  maqom  ansambllari  repertuaridan 

mustahkam  o’rin  oldi  va  xalqimizga  yangicha  ananaviy  uslubda  taqdim 

yetilmoqda. 

O’zbek mumtoz musiqasining ijtimoiy qimmati marifiy, g’oyaviy-tarbiyaviy va 

yestetik ahamiyati bilan bulgilanadi. Uning madaniy-marifiy ahamiyati shundaki u 

xalqimizning tarixi, qadriyatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabati, orzu-umidlari 

haqida  keng  bilim  beradi.  Mumtoz  musiqa  o’zbek  musiqa  sanatining  poydevori 

yuksak  maxoratli  badiiy  tizimi.  Unda  xalqning  badiiy  didi,  voqiylikka  nisbatan 

xalqona  yestetik  munosabat  ifodalangan.  Ushbu  musiqaning  har  bir  namunasi  asr 

davomida  ko’plab  istedodli  va  yetuk  ijodkor-ijrochilari  tomonidan  pardozlanib, 



yuksak sanat namunasi darajasiga ko’tarilgan. Demak, estetik sezgilarimiz rivojida, 

go’zallikni,  nafosatni,  badiiy  so’z  qadri  va  nafis  kuy  qimmatini,  ona  tilimiz  va 

musiqa  shevalari  hamda  ijro  uslublari  boyliklarini  his  qilishimizda  mumtoz 

musiqaning roli beqiyosdir.  

Mustaqillik  sharofati  bilan  o’zbek  mumtoz  musiqasi  nafaqat  qayta  tiklandi, 

balki  yanada  keng  rivoj  olib,  jahon  madaniy  muhitidan  salmoqli  joy  yegallab 

kelmoqda. Respublikamizning ijodiy va ilmiy jarayoniga asos bo’ladigan milliy va 

umuminsoniy  qadriyatlar  qatorida  asrlar  osha  bizgacha  yetib  kelgan  mumtoz 

musiqamiz-ashula,  katta  ashula,  cholg’u  kuylari,  dostonlar  va  maqomlar  xalqimiz 

madaniyatida beqiyos o’rin tutadi. 

Asrlar osha davr tahririga uchrab, sayqallashib, o’ziga xos murakkab shakllari, 

teran  mazmuni,  jozibali  va ohangdor kuylari bilan  bizgacha  yetib kelgan  mumtoz 

musiqa  namunalari  hanuzgacha  yeng  sevimli,  yeng  ardoqli  xalq  asarlari  bo’lib 

kelmoqda. 

Mumtoz  musiqa  asarlarining  badiiy  kuchi-  ularning  xalq  orzu-umidlari,  his-

tuyg’ulari,  fazilatlari  va  turmush  haqiqatlari  bilan  uyg’unligi,  kishilarning  ruhini, 

dardini o’zida aks yettirishida, undagi tinglovchilarga ham birday yoqimli, so’z va 

ohang,  soz  va  kuy  mushtarakligidadir.  Inson  yashashi  uchun,  millat  taqdiri  va 

munosabatlari  uchun  zarur  bo’lgan  manaviy  jarayonlar  kuyga  va  aytim-ashulaga 

solinadi.  Inson boshidan  kechiradigan  turli-tuman  voqiylik,  yurakni  zabt  yetuvchi 

shodu-xurramlik yoki dardu-alamlar, yorug’ yoki qorong’u kunlarning izi cholg’u 

kuyi  va  ashulaga  aylanadi.  Mumtoz  ashula  yullari  va  cholg’u  kuylarining 

umrboqiyligi  ulardagi  manaviy  –ahloqiy  manoning  chuqurligi,  musiqiy 

ohanglarning  go’zalligidadir.  Ularda  insoniy  kechinmalar  andishaga  boy,  hayotiy 

va samimiydir. Shuning tinglovchiga zavq bag’ishlaydi kunglini ko’taradi. Bunday 

manaviy go’zallik taronasi mumtoz musiqaning ajib va ulmas ananasiga aylangan. 

Mumtoz  musiqa  o’zining  mukammalligi,  mo’jaz  shakli,  obrozlarning  serqirra 

manodorligi va nafisligi bilan ajralib turadi.  

Darhaqiqat,  mumtoz  musiqa  insonning  moddiy  va  manaviy  turmush  talablari, 

yehtiyojlari  va  o’zini  qurshab  turadigan  tashqi  muhitga,  boshqa  kishilarga  bulgan 



munosabatlar  natijasida,  mumtoz  sheriyatning  va  ijrochilik  mahoratining  rivojida 

yuzaga kelgan. Xalqning ichki ruhiyati, dunyoqarashi, intilishlari va orzu-umidlari 

musiqa ohanglarida aks yetadi. Ushbu musiqa namunalari minglab yillar davomida 

shakllanib, sayqal topib, badiiylashib, yuksak pag’onalarga ko’tarilgan va xalqning 

madaniy-marifiy  boyligiga  aylangan.  Har  bir  musiqa  asari,  birinchi  navbatta 

kishiga  ruhiy  yingillik  baxsh  yetish  vazifasini  bajarsa,  ikkinchi  tomondan, 

kishining  tashqi  dunyoga  yestetik  munosabatta  bulishini  shakllantiradi;  uchinchi 

tomondan  yesa  tarbiyaviy  tasir  vazifasini  ham  o’taydi.  Musiqa  asarlarining  kishi 

ruhiyatiga  tasiri  haqidagi  fikrlarini  qadim  davrlarda  yashab  o’tgan  olimlarning 

asarlarida  ham  uchratishimiz  mumkin.  Masalan,  sharqning  buyuk  mutafakkirlari 

o’zlarining  “  musiqiy  risolalarida”  musiqaning  inson  ruhiyatiga  tasiri,  turli  his 

tuyg’ular o’yg’ota olish xususiyatlarini batafsil tahlil qilishib, jumladan maqom va 

ularning  sho’balari  kishiga  shijoat  va  jasorat  bag’ishlaydi  deb  uqtirib  o’tishgan. 

Navo  yoki  Ushshoq  jozibador  va  ohangdor  maqom  yullari  deb  hisoblansa,  Rost 

yoki  Iroq  nozik  va  yoqimli  maqom  yullari  bulib,  kishiga  huzur,  xushchaqchaq 

kayfiyat  bag’ishlaydi.  Buzruk  yoki  Segoh  va  ularning  shubalari  ulug’vorlik, 

g’amginlik,  quvonch  hamda  qayg’u  kayfiyatini  qo’zg’aydi.  “Dilxiroj”  cholg’u 

kuyini  tinglagan  kishida  kutarinki  ruhiy  holat  vujudga  kelsa,  “Chuli  iroq”  kuyi 

ruhan  moziydan  sado  eshitilgandek  bo’ladi.  Kishining  tashqi  dunyoga  estetik 

munosabatini 

shakllantirishdagi 

mumtoz 


musiqaning 

vazifasi 

insonning 

tasirchanlik  kayfiyati  bilan  bevosita  bog’liqdir.  Xalq  yoki  bastakor  tomonidan 

yaratilgan  har  bir  musiqa  asari  o’z  oldiga  u  yoki  bu  darajadagi  vazifani  qo’yadi. 

Mumtoz  musiqa  ham  o’z  mavqiyi,  mohiyati,  mazmuni,  vazifasi  va  ijrochilik 

xususiyatlari jihatidan ikki yirik guruhga-ovoz va so’z bilan bog’liq bo’lgan aytim 

yullari  va  cholg’u  orqali  ifoda  etiluvchi  cholg’u  yullariga  bo’linadi.  Ularning  har 

biri o’z navbatida quyidagi janrlarga tasniflanadi: 

I. Aytim yullari. 

1.  Mumtoz  yalla  va  ashula  -  har  biri  rivojlangan  kuy  va  shakldan,  o’ziga  xos 

mazmundan  va  ijro  uslubidan  iborat.  Bularga  lokal  xususiyatlariga  ega  bo’lgan 

xalq ashula yullari, suaoralar, naqshlar ham kiradi. 


2.  Yirik  ashula  janri  bo’lmish-faqatgina  Farg’ona  vodiysida  shakllanib,  rivoj 

olgan katta ashula. 

3.  Dostonlar-xalq  epik  janri  bo’lib,  adabiy  matn,  sher,  musiqadan  iborat  uch 

birlik tamoili mavjudligi bilan ajralib turadi. 

4.  Maqomlar-o’z  navbatida  maqom  ashula  yullari  va  yirik  ashula-cholg’u 

turkumli  janr  sifatida  keng  tarqalgan.  Buxoro  “Shashmaqom”i,  “Xorazm 

maqomlari”  turkumi  va  Farg’ona-Toshkent  maqom  yullari  kabi  turkumlaridan 

iborat. 


II. Cholg’u yullari:  

1.  Rivojlangan kuy va shakllardan iborat, murakkab ijro uslublari mavjudligi bilan 

ajralib  turuvchi  cholg’u  kuyi  yoki  asar  va  cholg’u  turkumlar  (bu  toifaga  yirik 

cholg’u  usullari  ham  kiradi),  jumladan  Eshvoy-Eshvoy  kurt-Eshvoy  turkman; 

Dilxiroj va Sinaxiroj.  

2.   Maqom cholg’u yullari va turkumlari, jumladan, Chuli iroq, Mushkiloti dugoh, 

Ajam  taronalari,  Dutor  maqom  turkumlari  (Xorazmda),  Surnay  maqom  yullari- 

Navo, Chorgoh va boshqalar (Farg’ona-Toshkent). 

3.  Mumtoz  ashulalarning  cholg’u  yullari  (variantlari)  va  turkumlari,  jumladan, 

Tanovar turkumi, Chorgoh turkumi va boshqalar.  

Har  bir  janr  o’z  mavqiyi,  kuy-ohang  tuzilishi, ijro  uslubi  bilan  ajralib  turadi. 

O’zbek mumtoz musiqasi asrlar osha og’zaki tarzda avloddan-avlodga o’tar ekan, 

bu  jarayonda  u  boyib,  xalqning  fikr-o’yi,  dardi,  orzusi,  donishmandligini  o’zida 

mujassamlashtiradi  o’zining  ananaviyligi,  buyukligi,tasirchanligi,  professionalligi, 

mukammalligi,  ko’plab  badiy  vositalarga  boyligi  bilan  o’ziga  xos  musiqa  sanati 

turiga  aylanadi.  Katta  badiiy-estetik  imkoniyatlariga  ega  bo’lgan  o’zbek  mumtoz 

musiqasi  milliy  ruh,  milliy  qiyofani  shakllantirish,  milliy  qadriyatlarni  saqlash 

boyitish va keyingi avlodga yetkizib berishning samarali vositasi sifatida namoyon 

bo’ladi. 

O’zbek mumtoz musiqasida xalqning manaviy madaniyatiga doir durdonalar 

to’plangan  bo’lib,  xozirgi  mustaqillik  davrida  milliy  o’zlikni  anglash  va  milliy 

ongni  taraqqiy  ettirishda  muhum  ahamiyat  kasb  etadi.  Mumtoz  musiqani  idrok 



etishda  inson  tasavvurining  o’rni  katta.  Hayotiy  voqiyalar,  turli  manzaralar,  turli 

kechinmalarni ko’z oldiga keltirib his qilish musiqiy idrokni obrozli ravishda qabul 

qilib  olishga  imkon  beradi.  Musiqachi  ayni  shu    tasavvur  holatidan  hayotda  keng 

foydalanadi.  Xususan  tovushlar  jaranglashini  oldindan  his  qilish  musiqa 

ijrochiligida muhum rol o’ynfydi. Mumtlz musiqani ijro etishdaaynan shu hayotiy 

holat  va  voqiylikni  ko’z  oldiga  keltirib,  tasavvur  qilib  asarni  ijro  qilishi,  cholg’u 

sozida  yoki  kuylaganda  jarangdorlikning  paydo  bo’lish  holatini  aniq  oldindan 

tasavvur  eta  olish,  ijrochiga  o’z  kuchi  va  imkoniyatlarini  oldindan  aynan  shu 

kungildagi jarangdorlikka erishishda o’ziga xos chamalab olish imkonini beradi va 

ijrochini ruhlantirib turadi. 

Mumtoz  musiqani  tinglash  va  ayniqsa  ularni  bevosita  ijro  etish  bo’lajak 

musiqa  mutaxasislarida  xotirani  mustahkamlashga  katta  imkon  beradi  bu  esa 

mumtoz  musiqani  o’rganishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Talabalarga  mumtoz 

musiqani  o’rgatishda  o’ziga  xos  samarali  yullarni  o’rgatishda  talaba  yoshlarning 

avvalo  o’z  qiziqishlaridan  kelib  chiqish  lozim  deb  bilamiz  chunki  har  bir  inson 

o’zining  qiziqishi  va  imkoniyatidan  kelib  chiqib  repertuar  tanlaydi.  Talabalar 

mumtoz  musiqani  ijro  etishlari  uchun  uning  imkoniyatidan  kelib  chiqilsada 

ularning  xoxishini,  didini  ham  hisobga  olish  lozim  buladi.  O’z  qiziqishiga  mos 

asarni tanlashda bevosita ishtirok etganda ijro etiladigan, o’rganiladigan asar uning 

xotirasida yaxshi qoladi. Xotira bu o’ziga xos musiqiy asarlarning talaba miyasida 

joylashgan  zahira  ombori  hisoblanadi.  Zahiradagi  asarlarning  o’rganish  sifati  va 

soni  qanchalik  ko’p  bo’lsa  kelajakda  hyech  qiynalmasdan  undan  foydalanish 

imkoniyatiga ega bo’ladi.  

Ayni  paytda  zahiradagi  har  bir  mumtoz  musiqa  talabadagi  ijrochilik 

malakalarining  shakllanishida  o’zining  muhim  izini  qoldiradigan  bo’lishi 

muhumdir.  Bu  zahira  qanchalik  puxta  va  mustahkam  bo’lsa  talabaning  mumtoz 

musiqani  o’rganishi  qobilyati  ham  shunchalik  mustahkam  bo’ladi.  Yangi  asarni 

o’rganish  jarayonida    talaba  ilgari  orttirgan  malakalarini  ishga  solish  bilangina 

chegaralanmaydi balki yanada yangiroq, yanada murakkabroq elimentlarini yuzaga 


chiqarish ishtiyoqida bo’ladilar. Bu o’z navbatida uning mumtoz musiqaga bo’lgan 

o’ziga xos yullarini o’rganishga undaydi. 



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling