O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


 TALABALARGA MUMTOZ MUSIQANI O’RGATISHNING


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana28.07.2020
Hajmi0.75 Mb.
#124980
1   2   3   4   5
Bog'liq
talabalarga mumtoz musiqani orgatishning oziga xos yollari


 

2.2. TALABALARGA MUMTOZ MUSIQANI O’RGATISHNING 

MEZONINI BELGILASH VA TAJRIBA-SINOV ISHLARI 

 

Talabalarda 



mumtoz 

musiqani 

o’rgatishning  o’ziga  xos  yullarini 

shakllantirishda  eng  avvalo  unga  asos  bo’ladigan  dalillarni  yani  mezonlarni 

aniqlab  olish  talab  etiladi.  Bu  o’rinda  talabalarda  shakllangan  mumtoz  musiqa 


ohanglarining  tarbiyaviy  va  o’ziga  xos  o’zlashtirish  oson  bo’lgan  yullarni 

tushuntirib o’tish ham muhum ahamiyat kasb etadi. 

So’ngi  yillarda  mumtoz  musiqani  xususan  o’zbek  mumtoz  musiqasini 

o’rganish,  o’zlashtirish  va  targ’ib  etishga,  ularni  yanada  ravnaq  toptirishga 

qaratilgan  qator  etiborli  ishlar  amalga  oshirildi.  Endilikda  o’zbek  mumtoz 

musiqamiz,  kengroq,  ananaviy  musiqamiz  maxsus  fanlar  sifatida  musiqa,  sanat 

va madaniyat talim tizimida joriy etila boshlanganligini takidlash kerak. 1973-yili 

ananaviy  ijrochilik  ilk  bor  Toshkent  konservatoriyasida  joriy  etilgan  bo’lsa, 

1990-yildan  boshlab  o’rta  maxsus  bilim  yurtlarida  va  2002-yildan  akademik 

letsiylar  va  musiqa  maktablarda  ananaviy  ijrochilik  bo’limlari  o’z  faoliyatlarini 

boshladi va yosh avlodning milliy ananalirimiz ruhida tarbiyalash jadallashtirildi. 

O’zbek  mumtoz  musiqasi  va  ananaviy  ijrochilik  nafaqat  konservatoriyada, 

madaniyat  va  sanat  institutlari,  musiqa,  sanat  va  madaniyat  kollejlari,  akademik 

letsiylarda, balki umumtalim maktablarining o’quv jarayoni hamda talim-tarbiya 

tizimidan ham munosib o’rin ola boshladi. 

Respublikamiz  miqyosida  muntazam  ravishda  uyushtirilayotgan  ko’rik-

tanlovlar,  bir  jihatdan  buyuk  sanatkorlarimizning  musiqa  madaniyatimizga 

qo’shgan  hissasi,  ularning  o’ziga  xos  mahorat  va  istedod  qirralarini  aniqlashga, 

ommalashtirishga  imkon  bersa,  ikkinchi  tomondan,  xalq  orasida  mumtoz 

sanatimiz  va  sanatkorlarimizning  ijodini  keng  tarqalishi  va  kelajakda  yanada 

davom  ettirib,  rivojlanishiga  olib  keladi  degan  umiddamiz.  Bu  nodir  manaviy 

xazinani  yoshlar ongi,  faoliyatiga  zamonaviy  vosita va uslublar  asosida singdira 

olish  zarur.  Ana  shunda  avlodlar  va  qadriyatlar  vorisiyligi,  ananalarning 

umrboqiyligi, musiqa sanatimiz istiqboli, ravnaqi va zamonaviyligini taminlagan 

bo’lamiz. 

Malumki,  o’zbek  mumtoz  musiqasining  eng  salobatli,  eng  sermahsul  va  eng 

ardoqli qismini maqomchilik sanati tashkil etadi.  

Bo’lajak  bakalavrlarni  har  tamonlama  komil  inson  qilib  tarbiyalashda  ularni 

mustaqil  fikrlashga  layoqatli  inson  qilib  rivojlantirishda  o’zbek  musiqiy 

merosimiz  va  milliy  qadriyatlirimizdan,  xususan  mumtoz  musiqamizdan 



foydalanish  nihoyatda  zarur  ekanligini  turmush  tarzimiz,  hayotiy  ehtiyojlarimiz 

va ruhiy intilishlarimiz talab qilmoqda.  

Mumtoz  musiqamizni  talabalar  bilan  o’rganishda  ularning  repertuarlarini 

boyitib  borish  bilan  bir  qatorda  asarlar  davomida  sayqal  topib  kelgan  milliy 

bezaklar,  nola  va  qochirimlardan  foydalana  olishi  ularning  hissiy  olamiga  kirita 

olish,  ularni  bekami-kust  ijro  eta  olishi  va  va  ularning  badiiy  qiymatini  o’tkir 

zehn va nafis  did bilan baholay  olishi   kabi  jihatlarga ham  alohida etibor  berish 

lozim bo’ladi. 

O’zbek  xalqining  hozirgi  avlodi  o’z  ajdodidan  juda  katta  boy  musiqiy 

merosni,  bebaho  asarlar  hazinasini  qabul  qilib  olgan.  Bular  ichida  mumtoz 

musiqaning  o’rni  alohidadir.  Turli  hududlarimizda  yaratilgan  “Shashmaqom”, 

“Xorazm 


maqomlari”, 

“Farg’ona-Toshkent 

maqomlari” 

mumtoz 


qo’shiqchiligimiz  yunalishida  yaratilgan,  yirik  hajmdagi,  keng  diapozon  talab 

qiladigan  ashulalarimiz,  katta  ashulalarning    har  biri  o’ziga  xos  musiqiy 

bezaklarga  ega  bo’lib,  bo’lajak  musiqa  mutaxasislari  bu  bebaho  boylikni  asrab 

avaylab  asrashi    ularni  yangicha  talqinlar  bilan  boyitib,  yosh  avlodga  singdirib 

borishi  uchun  ularda  o’ziga  xos  xassolik  va  mumtoz  musiqaga  qiziqishni 

tarbiyalashdir. 

Talabalarga  mumtoz  musiqani  o’rgatishning  o’ziga  xos  yullarini  o’rgatishda 

avvalo  talabalarning  qiziqish  va  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  tashkil 

etish  lozim.  Chunki  kimningdir  ovozi  shu  qo’shiqqa  mos  tushadi  boshqa  bir 

talabada esa bu imkoniyat yuq bulishi mumkin shunday ekan dars davomida har 

xil metod va usullardan foydalanish yaxshi samara beradi, yani talabalarni malum 

guruhlarga  bo’lib  olgan  holda  ularga  zanjirli  nafas  olish  usulidan  foydalangan 

holda  barchani  birdek  qiziqtirish  va  darsga  jalb  etish  oson  bo’lardi.  O’tkazilgan 

sinov-tajriba  ishlarimiz  olib  borgan  ilmiy  tadqiqotlarimiz  shuni  ko’rsatdiki 

mumtoz  asarlarni  muvaffaqiyatli  o’rgatishda  yakka  dars  si  fatida  o’tiladigan 

“ananaviy qo’shiqchilik” va guruhli tarzda o’tiladigan “xalq qo’shiqchiligi”, “xor 

sinfi”,  “maqom  asoslari”  hamda  “cholg’u  ijrochiligi”  fanlarining  o’rni  alohida 

ahamiyat kasb etadi. Mumtoz musiqamiz va mumtoz cholg’ularimizni talabalarga 



o’rgatish aynan shu fanlarning maxsus xususiyatlariga va tabiatiga bog’liq holda 

amalga  oshiriladi.  Bunda  sanab  o’tilgan  fanlarimizning  har  biri  qay  darajada 

ahamiyatli ekanligini belgilab olish va ular orqali mumtoz musiqani o’rgatishdagi 

umumiylikni belgilab olish lozim bo’ladi. 

Olib borilgan tadqiqot va sinov ishlarimiz natijalaridan kelib chiqqan holda bu 

fikrning  umumiy  maqsadi  bitta  ekanini  va  ularda  olib  boriladigan  ishlarning 

ahamiyatini  belgilab  beruvchi  umumiy  mezon  quyidagilardan  iborat  deb 

belgilandi: 

1.  Talabalarning mumtoz asarlar bo’yicha repertuarlarini kengaytirish; 

2.  Asarlarning  mualliflari,  so’z  matnini  yozgan  shoir  va  musiqasini 

yaratgan  bastakorning  ijodiy  faoliyatidan  xabardorligi,  ularning  qalamiga 

mansub boshqa asarlarni bilishi; 

3.  Asarda 

uchraydigan, 

tushinishda 

qiyinchilik 

to’g’diradigan 

so’zlarning  manosini  qay  darajada  bilishi  va  umuman  o’rganiladigan 

asarning mazmunini va undagi asosiy obrozlarni aniqlab olishi; 

4.  bu  asarlarning  ijrochilari  va  ularning  ashulachilik  uslublariga  xos 

xususiyatlarini bilish; 

5.  Asarning  jozibali  chiqishidagi  ijroning  asosiy  rolini  aniq  belgilab 

olish; 

6.  Asarning  barcha  bezaklariga  amal  qilgan  holda  ijro  eta  olish 



mahoratini qay darajada egallaganligi; 

7.  Asarda  uchraydigan  qochirim  va  nolalarning  o’ziga  xos 

xususiyatlarini,  undagi  murakkabliklarni  bilishi  va  bu  qiyinchiliklarni 

muvaffaqiyatli  bartaraf  eta  olishi.  Asarlarda  uchraydigan  dinamik  tuslar, 

his hayajonli joylarini bilishi; 

8.  Asarning  mumtoz  musiqasida  tutgan  o’rnini,  uni  ijro  etgan 

ijrochilarning  mahoratini,  boshqa  ijrochilarning  va  o’z  ijrosini  to’g’ri 

baholay olishi; 

Talabaning  belgilangan  mezondan  kelib  chiqqan  holda  mumtoz  musiqani 

o’rgatishning  o’ziga  xos  yullarini  qay  darajada  shakllanganligini  aniqlab  olish 



uchun  bir  nechta  savol-javob  anketalar  bilan  aniqlab  olish  lozim  bo’ladi.  Bu 

savollarni tuzishda talabaning mumtoz musiqaning o’ziga xos yullarini aynan shu 

o’rganilgan  musiqalar  jarayonida  shakllanganligini va  bu savollarga  beriladigan 

javoblar mezon talablariga mos bo’lishi lozimligini ham hisobga olish zarur. 

Talabalarga beriladigan anketa savol-javoblar. 

1.  Mumtoz musiqa nima va uni qanday tushunasiz? 

2. Mumtoz musiqalarimizning nechtasini bilasiz? 

3.  Siz  bilgan  mumtoz  musiqalarning  ijrochilari  kimlar  va  ular  haqida 

nimalarni bilasiz? 

4. Ushbu mumtoz musiqalarni yana kimlar ijro etganlar? 

5. Asarda qanday bezaklardan, nola va qochirimlardan foydalanilgan? 

6. Qaysi mumtoz musiqalarni o’zingiz sevib maroq bilan ijro etasiz? 

7.  Mumtoz  musiqachilarning  qaysi  birlarining  ijodiga  alohida  qiziqish  bilan 

etibor berasiz? 

 Pedagogik  amaliyot  va  tajriba-sinov  ishlarini  olib  borishda  talabalarga 

shunday  savollar  bilan  murojat  qilindi  va  bu  talabalarning  mumtoz  musiqaning 

o’ziga xos yullarini qay darajadi egallaganini ko’rsata oladigan mezon bo’lishiga 

ishonch hosil qildik.  

Talabalar  bu  savollarga  bergan  javoblari  qay  darajada  ekanligini  aniqlash 

uchun biz bu javoblarni uch xil ko’rinishga ajratdik. 

Yuqori daraja-savollarning barchasiga berilgan javob alo bo’lganda talabaning 

mumtoz musiqa to’g’risida va uni o’ziga xos yullarini alo darajada egallagan deb 

ayta olamiz va ushbu talabalar sonini yuqori ko’rsatgich bilan ibelgilaymiz. 

O’rta  daraja-berilgan  savollarimizga  talabalarning  bir  necha  kamchiliklari 

bo’lganini kiritamiz. 

Past  daraja-bunda  talabaning  mumtoz  muqiqamiz  to’g’risida  berilgan 

javoblarida xatolari ko’p bo’lganlarini kiritamiz. 

Belgilangan  javoblar  darajasi  -  talabaning  mumtoz  musiqani  o’rganishning 

o’ziga  xos  yullarini  qay  darajada  egallaganligini  ko’rsatuvchi  asosiy  faktorlar 

ekanini  hisobga  olgan  holda,  bu  darajadagi  talabalarga  xos  xususiyatlar 



nimalardan  iborat  ekanligini  aniqlashtirib  olishga  imkon  beruvchi  javoblar 

darajasi tahliliga alohida to’xtalishni joiz deb bildik. 

Talabalarning  berilgan  savollarga  bergan  javoblarini  aniqlash  bo’yicha 

belgilangan darajalar va ularga qo’yilgan talablar: 

1.-Cavol.mumtoz musiqa nima va uni qanday tushunasiz? 

Yuqori daraja 

O’rta daraja 

Past daraja 

Un  beshdan  ortiq 

talaba  mumtoz  musiqa 

haqida malumotga ega. 

Unga  yaqini  mumtoz 

musiqalarimiz 

haqida 


qisman malumotga ega. 

Beshta 


talabada 

mumtoz  musiqa  haqirda 

malumotlar qisman bor. 

 

2.-Savol: mumtoz musiqalarimizdan nechtasini bilasiz? 



Yuqori daraja. 

O’rta daraja. 

Past daraja. 

Un beshdan ortiq. 

Un-un ikkta. 

Yetti-sakkista 

 

3.-Savol:  Siz  bilgan  mumtoz  musiqalarning  ijrochilari  kimlar  va  ular 



haqida nimalarni bilasiz? 

Yuqori daraja. 

O’rta daraja 

Past daraja. 

O’zlari 

bilgan 


mumtoz  musiqalarining 

ijrochilari va ular haqida 

puxta bilimga ega. 

Ayrim kamchiliklarni 

hisobga 

olmaganda 

o’zlari  bilgan  mumtoz 

musiqachilar 

haqida 

yetarlicha 



malumotlar 

bor. 


Ayrim 

mumtoz 


musiqachilar va ular ijro 

etgan 


mumtoz 

musiqalarini  bir  biriga 

adashtirib yuboradi. 

 

4.-Savol: Ushbu mumtoz musiqalarni yana kimlar ijro etgan? 



Yuqori daraja. 

O’rta daraja. 

Past daraja. 

Bu 


haqida 

malumotga ega 

To’liq 

bo’lmasada 



yetarlicha 

malumotga 

ega. 

Malumotlari kam. 



 

5.-Savol. 

Asarda 


qanday 

bezaklardan, 

nola 

va 


qochirimlardan 

foydalanilgan? 

Yuqori daraja. 

O’rta daraja. 

Past daraja. 

Asarda  uchraydigan 

chiroyli 

bezaklarni, 

nolalarni biladi. 

Asardagi  bezaklarni 

tula  mukammal  ajratib 

ololmasada 

buni 

tushunadi. 



Asardagi  bezak  va 

nola, 


qochirimlarni 

unchalik 

farqlay 

olmaydi. 

6.-Savol.Qaysi mumtoz musiqalarni o’zingiz sevib maroq bilan ijro etasiz? 

Yuqori daraja. 

O’rta daraja. 

Past daraja. 

Undan  ortiq  mumtoz 

musiqalarni  maroq  bilan 

ijro etadi. 

Beshdan 


ortiq 

mumtoz 


musiqalarni 

maroq bilan ijro etadi. 

Mumtoz  musiqalarni 

ijro 


etishda 

texnik 


xatolarga yul qo’yadi. 

 

7.-Savol:  Mumtoz  musiqachilarning  qaysi  birlarining  ijodiga  alohida 



qiziqish bilan etibor berasiz? 

Yuqori daraja. 

O’rta daraja. 

Past daraja. 

Barcha 

mumtoz 


musiqachilar  ijodi  bilan 

qiziqadi va etibor beradi. 

O’zi 

sevib 


tinglaydigan 

mumtoz 


musiqachilar  ijodi  bilan 

qiziqib etibor beradi. 

Mumtoz 

musiqachilar 



ijodiga 

unchalik  qiziqish  bilan 

etibor bermaydi. 

 

          Berilgan  savollarga  yozma  ravishda  berilgan  javoblarn  ing  yetarli 



emasligini hisobga olgan holda bu savollarga og’zaki javoblar olish ham mumkin 

bo’ladi. Bunda talabaning bevosita o’zi ishtirok etadi.  

           Xuddi shunga o’xshash tajriba sinov ishlarini eksperimental guruxda ham 

sinab  ko’rish  mumkin  eksperimental  gurux  maxsus  tayyorlovda  bo’lganini 

hisobga  olsak  ularning  natijalari  ancha  yuqori  va  samarali  natijaga  erishishimiz 

mumkin.  Eksperimental  guruhdan  maxsus  25-ta  talaba  tanlab  olinsa  ulandagi 

ijobiy  baholar  20-tadan  yuqorisi  ijobiyni  tashkil  qiladi.  Past  daraja  umumiy 

olganda kuzatilmaydi. 



III. UMUMIY XULOSA. 

        Bo’lajak bakalavrlarni har tamonlama komil inson qilib tarbiyalashda, ularni 

mustaqil  fikrlashga  layoqatli,  mumtoz  musiqamizga  yuksak  xurmat  ruhida 

tarbiyalash, ularga mumtoz musiqani ijro etishning o’ziga xos yullarini o’rgatish, 

yuksak  badiiy  didli  inson  qilib  tarbiyalashda  o’zbek  mumtoz  musiqa  merosimiz 

va  milliy  qadriyatlarimizdan,  xususan  mumtoz  asarlardan  foydalanish  nihoyatda 

zarur ekanligini turmush tarzimiz, hayotiy ehtiyojlarimiz va ruhiy intilishlarimiz 

talab etiladi. 

          Mumtoz  musiqalarni  talabalar  bilan  o’rganishda,  ularning  repertuarlarini 

boyitib  borish  bilan  bir  qatorda  asrlar  davomidasayqal  topib  kelgan  milliy 

bezaklar,  nola  va  qochirimlardan  foydalana  olish  ularning  hissiy  olamiga  kirita 

olish,  ularni  bekamu\kust  ijro  eta  olishi  va  ularning  badiiy  qiymatinio’tkir  zehn 

bilan baholay olishi kabi jihatlarga ham alohida etibor berish lozim bo’ladi. 

          O’zbek  xalqining  xozirgi  avlodi  o’z  ajdodidan  juda  katta  boy  musiqiy 

merosni,  bebaho  asarlar  hazinasini  qabul  qilib  olgan.  Bular  ichida  mumtoz 

musiqaning  o’rni  alohidadir.  Turli  hududlarimizda  yaratilgan  “Shashmaqom”, 

“Xorazm  maqomlari”,”Farg’ona-Toshkent  maqomi”,  mumtoz  qo’shiqchiligimiz 

yunalishidayaratilgan 

yirik 

hajmdagi, 



keng 

diapozon 

talab 

qiladigan 



ashulalarimiz, katta ashulalarimizning har biri o’ziga xos musiqiy  bezaklarga ega 

bo’lib, bo’lajak musiqa mutaxasislari bu bebaho boylikniasrab avaylab saqlashi, 

ularni  yangicha  talqinlar  bilan  boyitib,  yosh  avlodga  singdirib  borishi  uchun 

o’ziga xos xassoslik, yuksak malakali kadr qilib tarbiyalash talab etiladi. 

            Buyuk  allomalarimiz,  musiqashunos  olimlarimiz,  musiqiy  olamning 

sir\sinoatlarini  ochib  beruvchi  ko’plab  nodir  asarlarni  va  qo’l  yozmalarni  meros 

qilib  qoldirib  ketganlar.  Bu  xazinani  o’rganib  undan  yetarlicha  xulosa  chiqarib 

olish  va  undagi  durdona  fikrlarni  yoshlar  ongiga  singdirib,  ularning  musiqa 

haqidagi  bilimlarini  kengaytirib,  o’stirib  borish  ham  bo’lajak  bakalavrlarning 

zimmasiga yuklatiladi. 



         Shuni  alohida  takidlash  lozimki  musiqa  pedagogikasi  olimlari  musiqaning 

turli  jihatlariga  qalam  urib,  musiqaorqali  yoshlarga  estetik  va  axloqiy  tarbiya 

berish, musiqiy bilimlarini shakllantirish kabi qator mavzularni yoritib berganlar. 

         Xalqimizning  kelajak  ishonchm  va  tayanchi  bo’lgan  yoshlarga  musiqa 

sirlarini  o’rgatish  ishiga  bel  bog’lagan  bakalavrlar  bu  muammoni  asosli  hal 

qilishga  jalb  qilinishi  uchun  ularni  oliy  musiqa  dargohlarida  tizimli  ravishda 

tayyorlab borish lozimdir.  

          Yosh  avlodni  tarbiyalovchi  o’qituvchi  eng  avvalo  o’zi  tarbiyalangan 

bo’lishi  kerak.  Oliy  darajadagi  bilimga  ega  bo’lgan  musiqa  mutaxasisi  har  bir 

talabaning bolalikdan boshlab o’rganib kelgan asarlarini jamlab borishi, ularning 

xotirasini  yangi-yangi  asarlar  bilan  boyitishi,  uning  qo’liga  tushadigan  har  bir 

asarning  mazmunan  tahlil  qila  olishi  va  ulardagi  fikrni  umumlashtira  olishi 

(analiz  va  sentizdan  xabardor  bo’lishi)  bilan  bir  qatorda  uning  badiiy  qiymatini 

aniq  belgilab,  jamoatchilikning  fikriga,  uning  qay  darajada  mos  kelishini  ham 

aniqlay olishi talab etiladi.   

       Musiqa  o’qtuvchisining  yuksak  bilimi  xalqimizning  urf  odatlari,  turli 

ananalari,  bayramlari,  xalqimizga  xos  odob-axloq  normalari,  do’stlik,  o’rtoqlik, 

vatanparvarlik,  insonparvarlik,  burch,  matonat,  mehnatsevarlik  kabi  axloqiy 

tushunchalar, estetiklik, badiiylik, obrozlilik kabi tuyg’ular asosida kamol topib, 

barqarorlashb boradi. 

           Mumtoz  musiqaning  uch  ildizi  haqida  fikr  yuritilar  ekan  uning  muhim 

jihatlariga alohida tuxtalar ekanmiz qo’yidagi xulosaga kelish mumkin. 

1.  Lerik  qo’shiqlar,  xususam  mumtoz  qo’shiqlar  folklor  qo’shiqlardan  farqli 

ularoq asosan zanjirli kampazitsiyaga ega bulib, unda ikki misrali bandlar 

ko’plitlar  o’rnini  bosadi  va  barcha  ko’plitlar  asar  mavzusidagi  asosiy 

mazmunni  davom  ettirib  uni  yangi  yangi  tashbehlar  bilan  boyitib  boradi. 

Adabiy til bilan bayon etilganda fikrlar yechimi qisqa ifoda va unga qarshi 

tahlillar natijasi olib boriladi. 

2.  Mumtoz  asarlarning  musiqiy  matn  tuzilishi  oddiy  folklor  kuy  va 

qo’shiqlardan  farqli  ularoq  ularda  folklor  asarlardagi.kuy  qo’shiqlaridan 



farqli o’laroq ularda folklor asarlaridagi kabi frazalar  qisqa va mazmunan 

kichik-kichik  bo’lakli  fikrlarnigina  ifodalab  qolmasdan  unda  melodik 

tuzilmalar  borgan  sari  rivojlantirilib  boriladi  va  fikr  keng  miqyosda  tahlil 

qilib  beriladi.  Mumtoz  kuylarga  xos  xususiyat  melodik  leniyaning  rivoj 

topib  borishi,  dramatizmning  eng  yuksak  cho’qqisigacha  ko’tarilishi  va 

avjidan  so’ng  malum  miyyorga  keltirilib  fikrni  yakunlashga  olib  keladi. 

Shu tariqa mazmunli yaxlit bir tasviriy musiqa orqali ifodalanadi. Bunday 

asarlarni idrok qilish va ularning asil qiymatiga yitib, ularni baholay olish 

talabalardan katta idrok, kuch va mahorat talab qiladi. Aynan shu jihatlari 

bilan mumtoz musiqa talabalarning ruhiy kechinmalarini boyitib musiqaga 

qiziqtirish va rivojlantirishga imkon beradi. 

3.  Musiqa  asarlaridagi,  xususan  mumtoz  ashulachilikdagi  badiiy  didni 

takomillashtirishda 

ikki 


muhim 

vositaning 

sheriyat 

va 


musiqa 

ohanglarining,  xofiz  ovozi  va  talaffuzining  o’zaro  bir-biri  bilan 

uyg’unligini,  ifodadadagi  senxironlikni  xis  qila  olishga  bevosita  bog’liq 

bo’ladi. Bu o’ziga xos murakkab jarayon bo’lib, sheriy matnlar va ohanglar 

orqali asar mazmunida yashiringan badiiy obrozlarini ifodalab bera olishga 

alohida etibor beriladi. 

         So’zlarning  orqama  ketin  bir-biriga  bog’lanib,  fikrlar  zanjirini  uzmasdan 

davom ettirish va voqiylik dramatizmining eng yuqorigi nuqtagacha, avjga chiqa 

olishi  hamda  hissiy  tulqinlarni  jilovlab,asardan  tugal  bir  fikr  chiqarib  asarni 

mantiqan  miyyotli  qilib  tugallay  olishga  erishish  asar  obrozlarining  talabalar 

tasavvuridan  aniq  o’chmas  joy  olishiga  erish  benihoya  mmurakkab  jarayon 

bo’lib, bu talabalardan katta diqqat etibor, ruhiy ko’tarinkilik, murakkab jismoniy 

mehnat  talab  qiladi.  Aynan  shunday  mukammallikka  erishish-sheriy  matn  va 

ohanglar  jarangidagi  uyg’unlikka  erishish  va  obrozlar  tasvirini  yurakda  his  jtish 

juda katta aqliy mehnat, idrok va ijodkorlik natijasida yuzaga keladi. Aynan shu 

sayi 


harakat 

va 


mehnat 

natijasi 

sifatida 

talabalarning 

mumtoz 

musiqanio’rganishini  qiziqishida  ham  ijobiy  o’zgarishlar,  mukammallik  yuzaga 



keladi. 

4.  Talabalarning  mumtoz  musiqani  o’rganishlarida  ularning  cholg’u  asarlari 

hamda mumtoz ashulalarning qadriga yetib, ularning qiymatiga to’g’ri baho bera 

olish  bilan  bir  qatorda,  bu  asarlarni  sevib  tinglash,  asrab  avaylash  shunday 

asarlarni mukammagl ijro etishga intilish kabi ishtiyoqning paydo bo’lishida ham 

o’z ifodasini topadi. Bunday asarlarni ijro etgan kishilarning mahoratini baholay 

olish. Bu tulabalarga mumtoz musiqamizni o’rgatishda ham muhim vosita bo’lib 

hisoblanadi. 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

1. I. Karimov. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T; - 

O’zbekiston. -1997 yil. 

2.  I.  Karimov.  Barkamol  avlod  orzusi.  –  T;  -  O’zbekiston  milliy 

ensiklopediyasi. -2000 yil. 

3. I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – T;- Ma’naviyat. – 2008 

yil. 

4.  I.Karimov.  “Jahon  moliyaviy  inqirozi  va  O’Zbekiston  sharoitida  uni 



bartaraf etish chora tadbirlari”. T; -  O’zbekiston. –, - 2008 yil. 

5.  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”  gi  qonuni  va  “Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi”. – 1997 yil. 

6.  Umumta’lim  maktablarida  musiqa  ta’limi  va  tarbiyasi  konsepsiyasi.  –  T; 

XTV, 1995 yil. 

7. Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturi. – T; - 

Ta’lim taraqqiyoti, maxsus 6-7-sonlar-1999 yil. 

8. X.Lutfullayev Qo’shiq va san’atkor. – T; O’qituvchi.  

9. Popov. S.V. Organizasionniye i metodicheskoye osenы rabotы s xorom. – 

M; - Muzыka, - 1981 god. 

10. Asafyev B.V. O xorovom iskuyestva. – L., - 1980 god. 

11.  Demyanov.  N.  Shkola  xorovogo  peniya.  –M;  -  Proyeveщyeniye,  -  1979 

god. 

12. Gudknova. Ye, Vasilyeva F, Ashula darsligi metodikasi. -T; O’qituvchi-



1974 yil. 

13.  Boshlang’ich  sinflarda  musiqa  o’qitish  metodikasi.  (Ma’ruzalar  matni). 

Tuzuvchi G.Sharipova. – TDPU – 2004 yil. 

14. Musiqa o’qitish metodikasi. (Ma’ruzalar matni). Tuzuvchi G.Sharipova. – 

TDPU – 2000 yil. 


15.    Estetik  tarbiya  asoslari.  N.  Kumayev  tahriri ostida.  –  T;  -  O’qituvchi, - 

1998 yil. 

16.  I.  Qudratov.  Talabalar  va  bolalar  ashula  va  xor  jamoalarini  tashkil  etish 

va  ular  bilan  ishlash  metodikasi.  –  Toshkent,  -  Fan  va  texnologiyalar 

bosmaxonasi – 2006 yil. 

17.  D.  Soipova.  Musiqiy  va  musiqiy  nazariy  bilimlarni  o’zlashtirish 

jarayonini takomillashtirish. –T;- Fan va texnologiyalar, - 2006 yil. 

18.  C.  Begmatov  va  A.Zokirov  Muhtorjon  murtozoyev.-T;  -O’qituvchi.  -

2006 yil. 

19. X.Nurmatov, N.Yuldasheva O’zbek xalq musiqa ijodi. –T;2007 yil. 

20.  Qo’shiq  bizning  do’stimiz.  Tuzuvchilar  S.  Abramova,  F.  Alimov.  T;  - 

G’.G’ulom nomidagi Adabiyot san’at nashriyoti- 1989 yil. 

21. G.Sharipova Musiqa va uni o’qitish metodikasi. 

22.  S.Begmatov,  M.matyoqubov  O’zbek  an’anaviy  cholg’ulari.  –T;  - 

O’qituvchi, 2009 yil. 

23.  O’zbekiston  vatanim  manim.  1-kitob.  –  Toshkent,  -  T;-  G’.G’ulom 

nomidagi Adabiyot san’at nashriyoti- 1997 yil. 

24.  O’zbekiston  vatanim  manim.  2-kitob.  –  Toshkent,  -  T;-  G’.G’ulom 

nomidagi Adabiyot san’at nashriyoti- 1998 yil. 

25. Xrestomatiya po metodike muzыkalnogo vopitaniya. - M;-Provesheniye, 

1988 god. 

26. S.Begmatov, Maqom surnay yo’llari. Toshkent 2010 yil. 

27. Yu.Rajabiy, O’zbek maqomlari – Shashmaqom. Toshkent 2006 yil. 

28. O.Xayitova, Xorazm qo’shiq ijrochilik an’analari. 

29. Katta ashula. Toshkent 1987 yil. 

30.  O.  Ibragimov.  Shashmaqom.  (Farg’ona  –  Toshkent  maqomi).  Toshkent 



2006 yil.  

 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling