1. Jamoatchilik topshirig’i. Jamoa bo’lib ishlash, amaliy faoliyatni sinf
jamoasini jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdagi barcha
o’quvchilarga jamoat topshirig’i berish kerak. Shu topshiriqlar orqali go’zallik,
nafosat tarbiyasi takomillashtiriladi. Ta’lim intizom bo’sh o’quvchilarni jamoat
topshirig’isiz qoldirib. Jamoat topshirig’i bolalarni mehnatsevarlik, tejamkorlik
intizomiga o’rgatadi.
2. Sinf faolarini aniqlash. Sinf rahbari dastlabki kunlardanoq o’quvchilarni
jamoat topshiriqlari orqali kuzatib boradi. Ularning faol ongli, tashabbuskor,
tashkilotchi bolalar tanlab olinadi. Shunday o’quvchilardan sinf sardori, guruh
yetakchisi, muxarrir, xar – xil tizmlarning a’zolari saylanadi. Sinf rahbarlari sinf
faollari bilan yakkama-yakka ish olib borish emas, balki ular bilan birgalikda turli
kechalar, yig’inlar, tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish, ular bilan bog’liq masalalarni
muhokama qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |