O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Ta’kidlovchi eksrerimentni tashkil etish va o’tkazish metodikasi


Download 78.67 Kb.
bet7/11
Sana22.02.2023
Hajmi78.67 Kb.
#1221890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
02 Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosl xususiyatlarini o’rganish

2.2. Ta’kidlovchi eksrerimentni tashkil etish va o’tkazish metodikasi.
Yordamchi maktabda o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xos tomonlarini o’rganish maqsadida ta’kidlovchi eksreriment, o’rganish, kuzatish ishlari Jizzax shaxar 32-sonli yordamchi maktab-internatining 3 sinflarida 2016-2017 o’quv yillarida amalga oshirildi. eksrerimentda aqli zaiflikning yengil va o’rta darajasidagi 3 ”a” xamda 3 ”b” sinflardan 20 nafar o’quvchi qatnashdi.
Aqli zaif bolalar maktabi boshlang’ich sinfi dasturi talablariga rioya qilgan xolda, o’qish darslarida olib borilayotgan ishlarning xolati taxlil qilindi.
Ta’kidlovchi eksrerimentga aqli zaiflikning yengil va o’rta darajasidagi bolalarni xujjatlari, anamnestik malumotlarini o’rganib chiqdik. Xar bir bolaning tibbiy anketasini, mediko-pedagogik komissiya xulosasini o’rganib chiqib, deyarli bir xil, o’xshash bolalarni saralab oldik. Ta’kidlovchi eksrerimentga jalb etilgan o’quvchilarning xujjatlari, anamnestik ma’lumotlarini o’rganib chiqdik, xar bir bolaning tibbiy anketasini, mediko-pedagogik komissiya xulosasini o’rganib chiqdik, nutq kartasini taxlil qildik. O’quvchilarning oilaviy sharoitini o’rgandik, ota onalari, o’qituvchilari bilan suxbatlashdik. eksrerimentda qatnashgan barcha o’quvchilarning o’qish texnikasi, to’g’ri, tez o’qish malakalari, tushuna olish qobiliyati, ongli o’qish malakalarini dastur talablaridan kelib chiqqan xolda quyidagi topshiriqlar yordamida tekshirdik:
1. So’zlarni o’qish: non, vatan, bayroq, madxiya, ertak, daraxt, topishmoq, qaldirg’ochlar, masqaraboz, Mustaqillik
2.Gaplarni o’qish: Bir odamning uchta o’g’li bor ekan. Kichkina o’g’li esa ko’p mexnat qilib, temirchilik xunarini o’rganibdi. Mexnat-yediradi, xunar-kiydiradi.
3.Savollar tuzish: Matnni tinglab, so’ngra matn bo’yicha savollar tuzdirildi. Darslikdan “14-yanvar vatan ximoyachilari kuni” matni
O’qib berildi va matn yuzasidan savollar tuzish topshirig’i berildi.
4.Matn mazmunini bayon etish.
5.Matnni mantiqan tugallangan qismlarga bo’lish, reja tuzish.
Bajarilgan torshiriqlar to’g’ri yoki noto’g’ri deb baxolandi.


Download 78.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling