O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
Download 78.67 Kb.
|
02 Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosl xususiyatlarini o’rganish
3. BOB. Aqli zaif bolalar maktabida o’qish darslarini takomillashtirish usullari.
3.1. Yordamchi maktab o’qish darslarida ishlatiladigan darsliklar taxlili. Xozirgi kunda yordamchi maktabning ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi sinflarida ishlatilayotgan «O’qish kitobi» darsliklari taxlili Shuni ko’rsatdiki, darsliklar dastur asosida, aqli zaif o’quvchilarning o’zlashtirish qobiliyatini xisobga olgan xolda yaratilgan. Yordamchi maktabning «O’qish darsliklari»dagi matnlar mazmuni o’quvchilarni milliy mavkura ruxida tarbiyalashga, ma’naviy-mahrifiy ishlarni amalga oshirishga xizmat qilishi shubxasiz. Darsliklar “O’zbekiston ramzlari” “Salom maktab” “Oltin kuz” “Maktab xayoti” “Yoz o’tadi soz” kabi bo’limlardan iborat. Xar bir matndan so’ng uni taxlil qilish uchun turli savol va torshiriqlar berilgan. Ushbu matnlarda mard, kuchli, topqir, dov yurak, chaqqon qaxramonlar, matnning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgu kuchning, yaxshilikning doimo g’alaba qilishi o’quvchilarni o’ziga tortadi. Yordamchi maktabda o’qishga o’rgatish ishlari M.Xo’jaeva muallifligida yaratilgan yordamchi maktablar uchun «O’qish kitobi» darsliklari asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu darsliklar 2007 yilda «O’qituvchi» nashriyotida ikkinchi marta chop etilgan. Darsliklar Yordamchi maktablar uchun ona tili, o’qish va nutq o’stirish dasturi (1-9 sinf)dagi «O’qishga o’rgatish va nutq ustirish»bo’limi asosida tuzilgan. Jumladan, 3 sinfning «O’qish kitobi» darsligi 15 bo’limdan iborat. Darslik muallifi Xo’jaeva M. yozma nutq og’zaki nutq asosida shakllanishini xisobga olib, bolaning ongli, to’g’ri, tez, ifodali, ovoz bilan va ovozsiz o’qish malakalarini shakllanishini ta’minlovchi matn, xikoya, rasm, o’yin va torshiriqlarni darslikning barcha qismlariga kiritgan. Bundan tashqari, bolani o’quv faoliyatiga kiritish, o’qishga qiziqish o’yg’otish, ularning yosh hamda individual xususiyatlarini xisobga olgan xolda ishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan materiallar, turli syujetli rasmlar kiritilgan. Aqli zaif o’quvchilar uchun matn ustidagi ishlarni amalga oshirish uchun darslikda materiallar izchillik bilan, soddadan murakkabga qarab berilgan. Xar bir darslikda bola uchun tanish bo’lgan mavzular bo’yicha nutq o’stirish ishlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan rredmetli va syujetli rasmlar, savol va torshiriqlar berilgan. Dastur talabidan kelib chiqqan xolda darslik muallifi aqli zaif o’quvchilarning eshitish diqqati, xotirasi, tafakkuri va boshqa rsixik jarayonlarini o’stirishga mo’ljallangan savol va torshiriqlarni ishlatgan. Ko’rish analizatori faoliyatini rivojlantirish ishlari rang, shakl, hajmi, uzoq-yaqinligi, katta-kichikligini ajratish, ko’rish diqqati, xotirasini o’stirish, kuzatuvchanligini rivojlantirish, fazoviy idrokni o’stirishlardan iborat bo’lishi kerakligini xisobga olib, oltinchi betdan boshlab geometrik shakllar, rangli rredmetlar, geometrik shakllardan iborat. Yordamchi maktab darsliklaridagi matnlarda so’z hamda gaplarni o’rgatish tartibi o’zbek tilidagi tovushlarning fonetik xususiyatlari, ya’ni hosil bo’lish o’rni, usuli, talaffuzi, bo’g’inga birikishi va boshqalar hamda oligofren bolalarning rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’rganishi uchun qulay. Bola tovushni nutqdan ajrata oladigan, uni aniq va to’g’ri talaffuz etadigan, boshqa tovushlardan farqlay oladigan bo’lishi kerak. Darslikdagi xar bir matn quyidagi tartibda o’rgatilishi ko’zda tutilgan: matn ichidan tegishli so’zni, uning o’rnini aniqlash. Ongli, bo’g’inlab o’qishga o’rgatish maqsadida rasmlar ustida ishlash, darslikdagi har bir betni to’g’ri o’qishishlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan materiallar darslikda keng o’rin egallagan. Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlikning yordamchi formalari ham bo‘lib, bular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta’minlaydi, sinfdan tashqari o‘qish darslari uchun sharoit yaratadi. Bular: 1. Kitobni tashviqot qilish. Sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati maktabga va sinfga osib qo‘yilib vaqt-vaqti bilan yangilanib, to‘ldirilib turiladi. Kutubxona yoki o‘qituchi tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar yoki bayram kunlari, shuningdek ayrim yozuvchilar yubileyiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilinadi va hokazo. Maktab yoki sinf devoriy gazetasida o‘quvchilarning o‘zi o‘qigan kitobi haqidagi taqrizi bosiladi, yozuvshi ijodi haqida va biror mavzudagi kitoblar haqida montaj tayyorlanadi. Kitob o‘qishga kutubxonashining sinfdagi suhbati, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan shaxsiy suhbati orqali ham tashviq qilinadi. 2. Individual yordam va kundalik nazorat. O‘quvchi bilan u o‘qiyotgan yoki o‘qigan kitobi haqida suhbat, fikr almashish, rasmlarini muhokama qilish, o‘qigan kitoblari haqida yozganlarini ko‘rib chiqish darajasi, o‘qigan kitobi haqidagi insho-taqrizini tahlil qilish, uy kutubxonasi bilan tanishish, o‘qishi haqida ota-onasi bilan suhbat kabilar. 3. Sinfdan tashqari ommaviy ishlar. Adabiy ertaliklar, viktorinalar, yozuvshilar, jurnalistlar, adabiyot o‘qituvchilari bilan ushrashuv, adabiy ekskursiyalar. Bu ommaviy ishlarni tayyorlashda o‘quvchilarning o‘zlari qatnashadilar (so‘zga tayyorlanadilar, montaj chiqaradilar, ko‘rgazma tashkil qiladilar, mehmonlarni kutib oladilar, turli o‘yinlar uyushtiradilar). Ommaviy ishlarni tayyorlashga yuqori sinf o‘quvchilari ham jalb etiladi, ota-onalar taklif qilinadi. 4. Kutubxonaga yozilish: 1 sinf o‘quvchilari o‘qish malakalarini egallashlariga qarab o‘qituvchining ruxsati bilan kutubxonaga yoziladilar. O‘quv yilining ikkinshi yarmidan boshlab barcha o‘quvchilar kutubxonaga a’zo bo‘lishlari mumkin. O‘qituvchi har oyda bir-ikki marta o‘quvchilar kartotekasini tekshirib, kutubxonashi bilan suhbatlashadi. 5. O‘quvchilarning o‘qiganlarini hisobga olish. Maktablarda 1 sinfdan boshlab kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. O‘quv yili oxirida 1-sinf o‘quvchilari kundalikka kitob nomi va avtor familiyasini yozadilar; 2-sinfda unga nashr etilgan joyi va vaqti, kitobni o‘qigan vaqti; 3-sinfda o‘qigan kitobga taqriz yozish yoki uning mazmuni haqida qisqa mulohaza yozish qo‘shiladi. O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari og‘zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o‘qigan kitoblari haqida sinfdan tashqari o‘qish va o‘qish darslarida, individual suhbatda gapirib beradilar. 2-sinfdan boshlab kitobxonlik ishlarini tashkil etishga o‘quvchilarning o‘zlari ham jalb etiladi. Ular o‘zlarining oktyabryatlar yulduzshalarida vazifa oladilar. Bunday topshiriqlarga sinf kutubxonasini tashkil etish va boyitish, ommaviy ishlarni tayyorlashda qatnashish, sinf jamoasiga o‘zaro yordam va bajarilgan ishlarni o‘zaro tekshirish, ko‘rgazma va montaj tayyorlash, kutubxonada kitoblarni yamashda qatnashish kabilar kiradi. Bolalarni kitobga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, uni ehtiyotlab saqlashga o‘rgatish maktabning muhim vazifasidir. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining xususiyatlari, birinshidan, sinfdan tashqari o‘qish sistemasining bosqichlari bilan, ikkinshidan, o‘quv vazifalari, ya’ni dastur bilan, ushinshidan, o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to‘rtinchidan, o‘quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. 1 - sinfda o‘quv yilining birinchi yarmida – tayyorlov bosqichida yangi matnni o‘qituvchi o‘qib beradi; ikkinchi – boshlang‘ich bosqichdagi sinfdan tashqari o‘qish darslarida yangi kichik hajmli kitobni o‘quvchilar o‘qiydilar, ammo bu vaqtda o‘quvchilarda mustaqil o‘qish malakasi hali o‘smagan bo‘ladi. Tayyorlov bosqichida o‘tkaziladigan 20 minutlik sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotida I sinf o‘quvchilari saviyasiga mos va qiziqarli bo‘lgan, 5-6 minutda o‘qishga mo‘ljallangan hikoya, ertak, she’rlar tanlanadi; o‘qilganlar yuzasidan suhbat, mazmunini qayta hikoya qilish, kitob muqovasini, rasmlarni ko‘rishga ham vaqt ajratiladi. Boshlang‘ich bosqichda sinfdagi barsha o‘quvchilarni bir xil kitob bilan ta’minlash talab etiladi. Bu albatta, qiyin masala, buni har vaqt ham bajarib bo‘lmaydi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchilarning hammasi bitta matn ustida ishlashi zarur. 1 - sinfda o‘quv yilining ikkinshi yarmida o‘tkaziladigan mustaqil o‘qishga rahbarlikning asosiy turi sinfdan tashqari o‘qish darslaridir. Bunday darslarda o‘qituvchi kichik hikoyasha yoki she’rni o‘qib beradi, so‘ng o‘qilganlar va o‘quvchilar oldin o‘qiganlari yuzasidan suhbat o‘tkaziladi, qisqa umumlashtiriladi, kitob avtori bilan tanishtirilshadi. Keyin o‘quvchilar yangi kitob tanishadilar va uni o‘zlari mustaqil ishida o‘qiydilar; suhbat o‘tkaziladi. Boshlang‘ish bosqich davomida sinfdan tashqari o‘qishsizlik darajasi darslarida bir nesha marta tematik yoki bir muallif yozgan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Albom yoki montaj tayyorlanadi, konkurs o‘tkaziladi, sinf kutubxonasi tashkil qilinadi, ertalik tayyorlanadi. YOrdamshi vosita sifatida 2-3 darsda diafilm yoki kinofilmdan parsha ko‘rsatiladi; 3 – 4 dars muzika eshittirish bilan, 4 – 5 dars o‘qilganlarga rasmlar chizdirish bilan o‘tadi. Bir dars kitobni qanday saqlash, uni yamashni o‘rgatish maqsadida kutubxonada o‘tkaziladi. Har bir sinfdan tashqari o‘qish darsida kitobning muqovasi, nomi rasmlariga qarab, unda taxminan nima haqida yozilganini aytish mashq qilinadi. Boshlang‘ich bosqichda bolalar hali yaxshi o‘qiy olmaydilar, natijada o‘qiganlarini yaxlit idrok etish qiyin bo‘ladi, shuning uchun darsning qiziqarli, hayajonli o‘tishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun o‘qituvchi hikoya, ertak yoki she’rni ifodali, jonli o‘qib berishga puxta tayyorlanishi, o‘kuvchilarni sinfda o‘qib berishga tayyorlashi, muzikadan, rasmlar chizdirishdan, diklamatsiya qilish, rollarga bo‘lib o‘qish darajasi singari ishni jonlantiradigan vositalardan foydalanishi zarur. O‘qilganlar yuzasidan o‘tkaziladigan suhbatda mazmunni qayta tiklashga oid savol va topshiriqlardangina emas, tahlilni rivojlantirish, o‘quvchilarni o‘ylashga, taqqoslashga, xulosalashga o‘rgatadigan savollardan ham foydalanish zarur. Bu bosqichda bolalar o‘qilganlarga munosabat bildirishga o‘rgatib boriladi. Bolalar boshqalarning yutug‘iga xursand bo‘ladilar, xafaligiga achinadilar, halol, odil kishilar ularni quvontiradi, yolg‘onchi, pastkash kishilardan nafratlanadilar. Bolalarda faraz qilish, tasavvur etish qobiliyati kushli bo‘ladi, qayta hikoya qilishda asar qaxramonlari roliga kiradilar. Darsni tashkil etishda bularning hammasini xisobga olish zarur. Boshlang‘ich bosqichda «Ertaklar bayrami» mavzusida o‘tkaziladigan sinfdan tashqari o‘qish darsi variantini beramiz. Bu darsni o‘tkazishga tayyorgarlik ikki xafta oldin boshlanadi. O‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra bir gruppa o‘quvchilar kitob – ertak ko‘rgazmasi tayyorlaydilar. Bu ko‘rgazmaga o‘quvchilarning o‘zlari to‘qigan ertaklari ham qo‘yiladi. Bolalar ertaklarga rasmlar shizadilar. «Ertaklar bayrami» ga 1-sinf o‘quvchilarning har biri o‘zining ertak kitobini olib keladi. «Ertaklar bayrami» darsi yuqori emotsionalligi, barcha ishlarning ijobiy yo‘naltirilganligi, uni tayyorlash va o‘tkazishga hamma o‘quvchilar jalb qilinganligi bilan ajralib turadi. O‘kituvshi boshlang‘ich bosqichda o‘quvchilarning aqliy faolligini o‘stirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, darsda ishlashning uslubi priyomlarini tanlashda, kichik yoshdagi bolalar o‘quv mehnatini tashkil etishda shu maqsadni ko‘zda tutadi. Uchinchi – asosiy bosqichda o‘tkaziladigan sinfdan tashqari o‘qishsizlik darajasi darslari 2-sinfda xafta davomida, 3-sinfda esa ikki xafta davomida o‘qilganlarni yakunlashga, xulosalar shiqarishga xizmat qiladi. Bu bosqichda bolalar o‘qib kelgan kitoblar hajmi anchagina katta bo‘ladi. Bolalar o‘qib kelgan kitoblardan ayrim parchalar tanlab o‘qiladi, analitik ishlar o‘tkaziladi, o‘qilganlarning hammasi umumlashtiriladi, muhokama qilinadi va hokazo. Boshqacha qilib aytganda bu bosqichdagi sinfdan tashqari o‘qishsizlik darajasi darslari umumlashtiruvchi xarakterda bo‘ladi. Shunday qilib, yordamchi maktabning boshlang’ich sinflarida o’qish darslarida ishlatilayotgan darsliklarda turli janrdagi asarlar mavjud. Ular aqli zaif bolalarning o’zlashtirish qobiliyati, qiziqishi, maktabning maqsad va vazifalarini xisobga olgan xolda o’qish darslarining ta’limiy, tarbiyaviy va korreksion vazifalarini amalga oshirishda o’qituvchilarga yaqindan yordam berib kelmoqdar. Download 78.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling