O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
Aqli zaif o’quvchilarga o’qish darslarida olib boriladigan korreksion ishlar mazmunini takomillashtirish metodikasi
Download 78.67 Kb.
|
02 Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosl xususiyatlarini o’rganish
3.2. Aqli zaif o’quvchilarga o’qish darslarida olib boriladigan korreksion ishlar mazmunini takomillashtirish metodikasi.
Aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan maktabda o’qish darsida va darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan mashg’ulot (o’yin, uyda vazifa tayyorlash, sinfdan tashqari o’qish, sayohatlar) bir biri bilan uzviy bog’liq. Yuqorida nomlari keltirilgan o’quv-korreksion fanlardan dasturlarimizda ko’zda tutilgan davlat ta’lim standartlariga mos talablar sinflar bo’yicha o’quvchilar egallashlari kerak bo’lgan nutqiy ko’nikma va malakalarni mujassam etdi. Dastur talablariga mos tarqatmali materiallar tayyorlandi. Yordamchi maktablarda ilgari surilayotgan, aqli zaif o’quvchilar nutqini rivojlantirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish lozimligi haqidagi takliflar ushbu masalani hal qilishga yordam beradi. Ta’kidlovchi tadqiqotimiz natijalariga ko’ra, o’qituvchi matn ustida ishlash jarayonida yordamchi nutqiy vositalar, o’qituv vositalari va yangi redagogik texnologiyalardan yetarli darajada foydalanmaydilar. Adabiyotlarni o’rganish xamda ta’kidlovchi eksreriment natijalari taxlili shuni ko’rsatdiki, o’qish darslaridagi ishlar mazmuni ni takomillashtirish uchun quyidagi talablarga amal qilish foydali: 1. Nutqiy materialni tanlashda soddadan murakkabga qarab borish. Bunda ishning turli bosqichlarida korrektsiya ishlari tovush, bo’g’in, so’z va gapdan boshlashni, matn ustida ishlashda oddiy topshiriqlardan murakkab topshiriqlarga o’tishni talab etadi. 2. Korreksion-redagogik ishlarning kommunikativlik tamoyiliga tayanish, ya’ni barcha nutqiy materiallar o’quvchilarni muloqotga undashga, ularda gapirishga ehtiyojni hosil qilishga yo’naltirilishilozim. 3. O’quvchilarning nutqiy materialni idrok qilishi, tushunishi va ularni amaliy egallashiga qaratilgan mashqlar izchillik va ketma-ketlilik, ko’rgazmalilik tamoyillariga tayanilgan holda tuzilishi. 4. Matn ustidagi ishni tashkil etishda mavzuli-vaziyatborlik tamoyiliga tayanish. Ya’ni o’quvchilarning hayotida ko’r uchraydigan, tajribasida qo’llagan, ko’rgazmali ravishda keng yoritish mumkin bo’lgan vaziyatlar, voqea-hodisalar, rredmetlar mazmuni ifodalangan nutqiy materiallar tayyorlash. 5. Ishni tashkil etishda, amalga oshirishda individual va differentsial yondashish, ya’nitorshiriqlar tizimi xar bir o’quvchining nutqiy imkoniyatlarini, yosh va individual hususiyatlarini inobatga olgan holdao’tkazilishi; kuchli, sust o’zlashtiruvchi va o’rta o’zlashtiruvchi o’quvchilar guruxlariga maxsus topshiriqlar tayyorlash. Bunda korreksion-pedagogik jarayon o’quvchilarning bilish faoliyatini o’stirish, o’qish malakalarini rivojlantirishga yo’naltiriladi. O’qish darsida olingan bilim, ko’nikma va malakalar ona tiliga o’rgatish uchun poydevor, qulay sharoit yaratadi va aksincha. O’qish darslarida olib boriladigan ishlar tizimi quyidagi korreksion tamoyillar asosida tuzilgan: berilayotgan tushuncha va tasavvurlar oddiydan murakkabga, izchil va mazmunan ketma-ketlik munosabatlarida tuzildi; tanlangan matndagi nutqiy material o’quvchilarning kundalik hayotida ko’p uchraydigan, ehtiyoj yuzasidan ko’p ishlatiladigan rredmetlar va hodisalardan iborat bo’ldi; har bir berilayotgan tushuncha va tasavvurlar ko’rgazmali tarzda berilishi inobatga olindi; matn ustida ishlash uchun tanlangan materiallar redagogik jarayonning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga qaratildi; voqea-hodisalar hayot bilan bog’liq holda tanlandi; barcha berilgan, tanlangan nutqiy materiallar tilni muloqot vositasi darajasida egallashga qaratilib, korrektsion yo’naltirildi. Biz o’rgangan tizimda torshiriqni tushunish va bajarish bo’yicha nutqiy material, ya’ni har bir berilayotgan yangi tushuncha-so’z bolaga turli usullar bilan tushuntirildi. Tizimda ko’zda tutilgan o’quvchilarning o’qituvchi va o’rtoqlari bilan matn mazmunini taxlil etish torshiriqlari muntazam berildi. O’qituvchi o’quvchilar bilan ishlaganda nima qilding?, bu nima?, nima uchun? kabi savollarni berib boradi. Bu usulning qo’llanilishi asosida o’quvchilar gaplarning turlarini, asar qaxramonlarini, matndagi gaplarning mazmunini amaliy egallaydilar. Ayniqsa so’z va gaplarning shartli belgilar bilan berilishi va jumlalarning tegishli belgilar bilan tayyorlanishi o’quvchilarning torshiriqlarni tez anglab bajarishlariga sharoit yaratadi. Dastlabki davrda o’qituvchi va o’quvchi hamda o’quvchilarning o’zaro muloqoti didaktik o’yin, qo’g’irchoq teatri, kinofilmni ko’rish so’ngra kartochkalarda so’zlarning rasmli ifodasi beriladi yoki shartli belgilardan so’zlar tuzilib, tegishli qatorlarga qo’yiladi. Vazifalar bo’yicha 2 xafta davomida o’quvchilar matnni o’zlashtirib, kundalik hayotda yangi o’rgangan so’zlarni, tushunchalarni o’z nutqida mustaqil qo’llay oladilar. Bunda o’quvchining faoliyatini tashkil qilish va shu faoliyat asosida nutqiy materialni amalda qo’llash jarayoni sodir etiladi. Aynan shu holat o’quvchilarga qisqa muddat ichida yetarlicha katta hajmdagi nutqiy materialni o’zlashtirish imkoniyatini beradi. Matn ustidagi ishlar xam aqli zaif o’quvchilarning bog’langan nutqini shakllantirish, ular nutqini atrofdagilar uchun tushunarli bo’lishini talab qiladi. Ushbu masalaning hal etilishidan maqsad aqli zaif bola maktabni bitirib chiqib, ijtimoiy hayotga moslashuvida atrofdagilar bilan muloqotga kirishganda, be’malol gaplashish imkoniyatiga ega bo’lsin. Buning uchun bolalar so’zlashuv nutqining ham og’zaki, ham yozma shaklini egallashi zarurligini tadqiqotimiz davomida yana bir bor tasdiqladik. Tadqiqotimiz asosida matn ustida ishlash jarayonida aqli zaif o’quvchilar og’zaki nutqini xamda o’qish malakalarini shakllantirib bordik. Bunda bolalar nafaqat o’qituvchiga taqlid asosida matn mazmunini og’zaki aytib berdilar, balki ongli, to’g’ri, tez, ifodali o’qish malakalari xam takomillashtirib borildi. Dastlab ularning lug’ati kengayib, aniqlashib bordi. Bunda yakka tartibda olib boriladigan logoredik mashg’ulot o’qituvchisi, sinf o’qituvchisi va tarbiyachilar uchun matn ustida ishlash metodikasi bo’yicha olib boriladigan mashg’ulotlar bo’yicha o’zaro uyg’un holda tuzilgan yillik, yarim yillik rejalar hamda ulardan foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalarni o’rganib chiqdik. Yordamchi maktabda matn ustida ishlash jarayonida yordamchi maktabda o’qish darslarida takrorlash, mustaxkamlash eng mos va qulay usul hisoblandi. Shuning uchun biz mashqlar- torshiriqlar tizimini Shunday ishlab chiqdikki, bunda bitta matn qisqa muddatda ko’p marta har xil sharoitda, har xil darsda takrorlandi. Biz matnni o’qitish usullarini yangicha yo’nalishda tadbiq etdik, ya’ni amaliyotda yangi nutqiy materialni o’qib eshittirishga ko’r vaqt ajratilgan. Biz o’sha nutqiy materialni har xil vaziyatlarda muloqotda-amalda qo’llanilishiga ehtiborni qaratdik. Bunda o’quvchilardan sinf ish rejasiga binoan : Rasmni nomlang Rasmda tasvirlangan syujetni tasvirlab bering. Matnning mazmunini gapirib bering. O’rtog’ingizga matn yuzasidan savollar bering. Aytganlaringizni bog’lab, hikoya tuzing kabi topshiriqlar berib borildi. Bu usulni bolalar lug’ati ustida ishning doimiy o’zgapib, rivojlanib boruvchi usuli deb hisoblash mumkin. CHunki bola har bir misol keltirganida o’zi uchun tanish va lug’atida mustahkamlangan so’zlarni eslaydi, qo’llaydi. Demak bu usul o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, o’tilganlarni mustaqil mustahkamlashga va esda saqlab qolishiga sharoit yaratadi. Bu usulning eng samara beradigan jihati-o’quvchilar o’zlari o’zaro matnni o’zlashtirishga harakat qiladilar Tavsiya etilayotgan metodik vositalar mazmunidan kelib chiqib, matn ustida ishlash jarayonida boshlang’ich sinf aqli zaif o’quvchilar nutqini quyidagi meyorlar bo’yicha shakllantirish maqsadga muvofiq deb hisobladik, ya’ni: Matndagi asosiy fikrni bayon etish, ijodiy matn tuzish, gapirib berish. Yuqorida keltirilgan meyorlar bo’yicha tavsiya etilgan dasturlar va vositalar asosida matn ustida ishlash orqali o’quvchilar nutqini o’stirish bo’yicha ish olib bordilar. O’quvchilar tomonidan ushbu meyorlarning bajarilishi nazorat qilib borildi. Buning uchun maqsadli muammoli vaziyatlar, tabiiy vaziyatlar usullardan foydalanildi. Matn ustida ishlash jarayonida aqli zaif bolalarda quyidagi nutqiy ko’nikma va malakalar shakllantirildi. Dasturda berilgan tushuncha va tasavvurlar, gaplarning aksariyati, tuShunish uchun qanchalik majburiy bo’lsa, Shunchalik nutqda faol qo’llash talab qilinadi. Quyidagi usullar asosida dasturda berilgan nutqiy materiallar o’qish darslari jarayonida mustahkamlandi: Didaktik o’yinlar tashkil qilish. Interfaol usullar asosida dars o’tkazish. Nutqiy materialni mustahkam egallanishiga erishish uchun ularni kartochkalarga yozish, doska yoki devorga osish, kesma harflardan, harakatdagi doskadan foydalanish (1,2,3-sinflar) asosida so’z va jumlalar tuzish hamda maxsus daftarlarga yozish talab etildi. Xar bir matn bo’yicha o’quvchilar egallashlari kerak bo’lgan lug’at tarkibi alohida ajratildi. O’quv faoliyatini tashkil qilishga oid nutq materiallari o’qishdarsida dastlabki tuShuncha va ko’nikmalar mazmunini ifoda etadi. Aqli zaif bolalar atrofdagi narsa va hodisalar haqida o’ziga xos tasavvurga ega bo’lib, ularni amaliy egallaydilar. Matn ustida ishlash orqali aqli zaif bolalar atrof–muhit haqidagi bilimlarni, hayotiy tajribalarini o’zlashtiradilar. Tabiat va jamiyatda Shunday tuShunchalar mavjudki, ularni bevosita tuShuntirishdan ko’ra, tayyor ko’rgazmali holatda o’quvchilarga yetkazish qulaydir. Shu qulaylik diafimlgrm, kinofilgrm, vidiokaseta, qo’g’irchoq teatrini tashkil etishda yaratiladi. Yordamchi maktabda o’qish darslarida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: Matn ustida ishlash jarayonida dastur talablariga muvofiq o’qish darslarining ta’limiy vazifalarini bajarib, muhim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni, kundalik–maishiy tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. Ta’limning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish. O’quvchilarda hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish. Aqli zaif o’quvchilar o’qish darsida boshqa faoliyatlar asosida egallagan nutqiy ko’nikma va malakalarini amalda qo’llaydilar, ya’ni bir nutqiy ifodaga o’quvchi bir necha bor duch keladi, Shu asosda uni xotirada saqlaydi. Aqli zaif o’quvchilarni o’zaro fikr almashish-muloqotga o’rgatish turli faoliyatlarning uzviyligida amalga oshiriladi. Malumki, aqli zaif bola maktabga kelgan ilk kunidanoq o’yin, mashg’ulot, dars va kundalik kun tartibi asosidagi qator faoliyatlarning bevosita ishtirokchisiga aylanadi. Adabiyotlar taxlili va o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish natijasida Shu narsa aniqlandiki, yordamchi maktabda matn ustidagi ishlar, o’qishga o’rgatish ishlari korreksion ishlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim. Xulosa Yordamchi maktabda o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosligini o’rganishga yo’naltirilgan tadqiqot ishini bajarib, biz yordamchi maktabda o’qish darslarida olib boriladigan ishlar mazmunini takomillashtirish yo’llaridan ayrimlarini ifodalab berdik. Aqli zaif bolalar maktabining boshlang’ich sinflarida o’qish darslarida olib boriladigan ishlar turli yo’llar va usullar bilan, aqli zaif bolalarning psixofizik rivojlanishidagi xususyatlarini xisobga olgan xolda amalga oshirilmoqda. Yordamchi maktablarda o’qish darslarida olib boriladigan ishlarni takomillashtirish quyidagicha: ishlar aqli zaif bolalarning rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashkil etilishi; O’zbek xalq ijodiyati, janrlari, matn turlari, tuzilishi o’rganib chiqilishi va ana shu malumotlarga tayangan xolda ishni tashkil etish; darsning mavzusi, ta’limiy, tarbiyaviy vazifalaridan kelib chiqqan xolda o’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish yo’l va usullarini oldindan belgilab olish; aqli zaif bolalarga o’qish darslarida ishlash jarayonida o’quvchilarga individual yondoshish; Maxsus adabiyotlar taxlili shuni ko’rsatdiki, ta’lim tarbiya jarayonida o’qituvchilar turli usullar va yo’llar bilan ishlarni tashkil etadilar. Aqli zaiflikning yengil va o’rta darajasidagi bolalar nutqi yaxshi rivojlanmaganligi tufayli, ularda ikkilamchi xodisa sifatida nutqiy rivojlanishining birmuncha orqada qolishi kuzatiladi. Shuning uchun xam ushbu toifadagi aloxida yordamga muxtoj bolalar bilan ishlash jarayonida ularning bilish faoliyatini rivojlantirish, korreksiyalash, nutqini o’stirish ishlariga nixoyatda katta e’tibor berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 78.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling