O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
Download 78.67 Kb.
|
02 Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosl xususiyatlarini o’rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Tadqiqotning dolzarbligi
3. BOB. AQLI ZAIF BOLALAR MAKTABIDA O’QISH DARSLARINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI.
3.1. Yordamchi maktab o’qish darslarida ishlatiladigan darsliklar taxlili………………………………………………………………………33 3.2. Aqli zaif o’quvchilarga o’qish darslarida olib boriladigan korreksion ishlar mazmunini takomillashtirish metodikasi…………39 Xulosa……………………………………………………………….46 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………….47 KIRISH Tadqiqotning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Sog’lom bola yili “Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, xalqimizga xos bag’rikenglik, o’zaro xamjixatlik va mexr-oqibatlik kabi fazilatlarni yanada rivojlantirish, kam ta’minlangan oilalarga, nogiron va keksalarga moddiy xamda ma’naviy yordam ko’rsatish maqsadida uzluksiz ta’lim tizimida talaygina ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va bir qator chora- tadbirlar ko‘rishni, shu jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni joriy etish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg‘or o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassalalarini tashkil etish hamda eng asosiysi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etishni taqozo etdi. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining yaratilishi O‘zbekistonning xalqaro talablardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan dadil, mustaqil, ijodiy tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda shaxsiy insoniy sifatlari shakllangan barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Hozirgi kunda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, kasbga o‘rgatish, ularning aqliy va ma’naviy kamol toptirishdan iboratdir. «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni va vositalarini yangidan ishlab chiqishni hayotning o‘zi talab qilmoqda. Bu omil ta’lim jarayonini tarkibiy qismlarini yangicha tartibda namoyon bo‘lishini talab etadi. Ana shu tashkiliy-pedagogik jarayonda ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo‘lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi mahoratining noan’anaviy shakllari keng ko‘lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning ma’lum qismi mavjud didaktik yondashuvlarning tarkibi sifatida chiqqan bo‘lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo‘ladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo‘nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur. O‘quv – tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘quvchidan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv –tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, o‘quvchini kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nutqai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida innovatsion pedagogik texnologiyalarni tarkib toptirish muammosining ijobiy hal etilishi – ushbu muassasalarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularning mohiyati borasida ma’lumotlarga qanchalik egaligi, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatining shakllanganligi, shuningdek, mazkur o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirilishiga nisbatan e’tiborning qaratilayotganligiga bog‘liq ekanligini nazarda tutib, ta’kidlovchi tajriba jarayonida tajriba-sinov maydoni sifatida belgilangan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida maxsus so‘rov tashkil etildi. O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-xunar maxorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi.» (I.A.Karimov) Bu so’zlar ta’lim tizimiga berilgan ijtimoiy buyurtma bo’lib, «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» xamda ta’lim soxasida davlat siyosatida xam o’z ifodasini topadi. Juda katta ijtimoiy-siyosiy axamiyatga ega bo’lgan bu qonun va dasturda fuqarolarga, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-xunarga o’rgatishning xuquqiy asoslari, kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishning asosiy tamoyillari belgilab berildi. «Sog’lom avlodni tarbiyalash,-degan edi Prezidentimiz Islom Karimov,- buyuk davlat poydevori, farovon xayot asosini qurish deganidir. Biz tarixan qisqa muddat ichida boshqa soxalarda bo’lgani kabi, bu boradagi maqsad va burchlarimizni xam anglab yetdik» Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan sog’lom avlodni tarbiyalashga, ma’naviy boy, axloqiy yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, xar tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida» Obod turmush yili dasturi to’g’risidagi qarori qabul etildi. Maxsus yordamga muxtoj bolalar ichida aqlan zaif bolalar soni nisbatan ko’proq. Xozirgi kunda saksondan oshiq maxsus yordamchi maktab va maktab-internatlarda 40 mingdan ortiq o’quvchilar ta’lim olmoqdalar. Ushbu turdagi ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil xayot kechirishga tayyorlash. Yordamchi mexnat ta’limi maktabi o’quv rejasidagi o’qishga o’rgatish ishlari ta’limiy, tarbiyaviy va korrektsion axamiyatga ega. Xar bir darsda bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklar korrektsiyalanadi. Yordamchi maktab boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’qish darslarida o’quvchilarni turli usullar bilan ongli, to’g’ri, tez, ifodali o’qishga o’rgatib bormoqdalar. Xar xil maktablarda bu ishlar turlicha amalga oshirilmoqda. Ushbu muammoga doir ilmiy tadqiqod ishlari kam miqdorda olib borilgan, o’qituvchilarning ish tajribalari umumlashtirilmagan va maxsus metodik qo’llanmalar yaratilmagan. O’qituvchilar yordamchi maktabning boshlang’ich sinfida o’qish malakalarini shakllantirish ishlarini o’quvchilarning bilish faoliyatini o’stirish ishlari bilan qo’shib talab darajasida amalga oshirishda qiynalmoqdalar. Amaliyotchilar aqli zaif bolalar bilan ishlash metodikasiga doir uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanmagan. Ushbu muammo bo’yicha O’zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmagan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda biz « Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish» mavzusini dolzarb deb topdik va ushbu mavzu bo’yicha malakaviy bitiruv ishini bajardik. Download 78.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling