Tadqiqotning maqsadi:
Yordamchi maktabda aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish
Tadqiqot vazifalari:
-Maxsus adabiyotlar pedagogik, psixologik, va metodik adabiyotlarda o’qish darslariga doir muammolarni o’rganish, taxlil etish:
-Aqli zaif bolalar bilan o’qish darslarida olib boriladigan ishlarni o’rganish va ularningning samaradorligini oshirish yo’llarini taxlil etish.
- o’qish darslari jarayonida korreksion ishlar mazmuni qay darajada ekanligini aniqlash, bu boradagi o’qituvchilarning ish tajribalarini solishtirish.
Tadqiqot usullari:
- mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish va taxlil etish;
- yordamchi maktabda o’qish darslarini kuzatish, taxlil qilish;
- o’qituvchi va o’quvchilar bilan suxbatlar uyushtirish;
- xujjatlarni o’rganish;
- ta’kidlovchi eksperiment kabi va boshqa usullar ishlatildi.
- o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini o’qishdarslari jarayonida kuzatish;
Tadqiqot ob’ekti: Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.
Tadqiqot predmeti: Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosligi.
Tadqiqotning nazariy va metodologik asosi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Kengash, Oliy Majlis qonunlari, xususan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Maxkamasining ta’lim va tarbiyaga oid qarorlari va xujjatlari, Prezidentimiz Islom Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlari, milliy istiqlol g’oyasi mafkurasi buyicha xukumat xujjatlari tadqiqotning nazariy asosini tashkil etadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aqli zaif bolalar bilan o’qish darslarida olib boriladigan ishlar muammosi o’rganilib, taxlil etildi.
Yordamchi maktablarda aqli zaif bolalar bilan o’qish darsida olib borilayotgan ishlarning xolati; bu boradagi o’qituvchilarning ish tajribalari o’rganildi.
Aqli zaif bolalar bilan ta’lim o’zbek tilida olib boriladigan sinflarda aqli zaif bolalar bilan korreksion ishlash tizimi o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |