O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
Download 78.67 Kb.
|
02 Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosl xususiyatlarini o’rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.BOB. Aqli zaif bolalar maktab i da o’qish darslarini tashkil etishning muammosiga doir adabiyotlar taxlili.
Tadqiqotning nazariy axamiyati shundan iboratki, uning natijalari yordamchi maktab o’qituvchilarining o’qish darsida qanday ishlash xaqidagi fikr muloxazalari taxlil etildi.
Tadqiqot ishining tuzulishi: « Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish» mavzusidagi malakaviy bitiruv ishimiz Kirish qismi, uch bob, xulosa adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 1.BOB. Aqli zaif bolalar maktabida o’qish darslarini tashkil etishning muammosiga doir adabiyotlar taxlili. 1.1.Yordamchi maktabda aqli zaif o’quvchilarni o’qishga o’rgatish usullarining o’ziga xosligi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat va davlat o’zini munosabati turli ma’rifiy madaniy g’oyalar tushunchalar anglagan vatanparvarlik tuyg’usi bilan millat, xalq manfaatlari, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun ma’suliyatli ilmiy bilim, mehnat va kasb hunar ko’nikmalarini o’zida mujassam etgan ma’naviy madaniyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishda manfaatdordir. Bunday shaxsni shakllantirishda asrlar davomida xalqimizning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlar muhim rol o’ynaydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning har bir nutqi va ma’ruzalari, maqola va asarlarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Haqiqatan ham inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimiz turmush tarzida, mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishib bo’lmaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni izga tushirib olish yo’lida ko’zlangan maqsad asosan amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma’naviy parokandalik davriga barham berildi. Prezident Islom Karimov “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” kitobida ta’kidlaganidek: “Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljitishda hal qiluvchi ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”1. Uzluksiz ta’lim oldiga qo’yilgan eng muhim maqsad - umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan holda ta’lim tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g’oyasini kuchaytirish, xalq chillashtirish va shular asosida yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iborat. Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik ta’lim tizimiga asoslangan bo’lib, unda olg’a surilayotgan g’oyalar quyidagilardan iborat: Shaxsning ma’naviy madaniyatini hozirgi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlar asosida qurish lozim; Ma’naviy madaniyatni shaklantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo’lishiga erishmoq lozim; Ma’naviy madaniyatni shakllantirishda milliylikdan yiroq va unga zid unsurlardan vos kechmoq zarurdir. Ma’naviyat tushunchasi faqat inson zotiga xos bo’lib, tabiatning gultoji, takomili hisoblangan inson mohiyatining ajralmas qismidir. Aqli zaif o’quvchilarga barcha fanlardan yaxshi bilim berish, ularni ma’naviy jixatdan mukammal qilib tarbiyalash bugungi pedagogikamizning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu ulkan vazifani to’laqonli ravishda amalga oshirish uchun ta’lim-tarbiya ishining barcha metod va vositalaridan unumli foydalanish xar bir o’qituvchi, tarbiyachining birinchi navbatdagi ishidir. A.Avloniy, S.Ayniy, R.Fitrat, F.Kamol, O.SHarafitdinov, Q.Abdullaeva kabi marifatrarvar pedagog va metodistlar bolalar uchun darslik tuzishda xalq og’zaki ijodiga, o’zbek va qardosh yozuvchi va shoirlarning asarlariga aloxida o’rin ajratganlar. Maxsus metodika mutaxassislari xam aqli zaif bolalarni o’qishga o’rgatish yo’llari, usullarini o’z ilmiy ishlarida keng yoritganlar. O’qish darslarida o’rganiladigan asar qaxramonlarining xech biri faqat mexnatsevar va ma»lum bir kasbni egallabgina kolmasdan, balki ilmli, savodli, jismonan sog’lom, baquvvat va ma’naviy kamolotga erishgan axloqiy pok kishilar sifatida tasvirlanadi. Shunday ekan, yoshlarning aql-idrokli, faxm-farosatli, tadbirkor va moxir xunarmand bo’lib yetishishlarining bosh omili ta’lim-tarbiya xamda xunar o’rganishlari oqibatida tarkib topgan ma’naviy fazilatlar va jismoniy kamolotning majmuasi deb qaraladi. Kamtarinlik, xalollik va rostgo’ylik, vatanrarvarlik kabi mavzudagi matnlar ko’r. Ular bolalarni tarbiyalashda juda qo’l keladi. Yordamchi maktabda o’qish darslarida o’rganiladigan o’zbek xalqi og’zaki ijodidan matnlar, xikoya, shehr, torishmoq va boshqa janrdagi asarlar ta’limiy, tarbiyaviy va korrektsion ishlarni amalga oshirishda muxim axamiyatga ega. Aqli zaif o’quvchilarni o’qishga o’rgatishda avval ularni ongli, to’g’ri, tez va ifodali o’qish malakalarini shakllantirish talab etiladi. O’qish malakalarini shakllantirish ishlari o’zbek tilidagi tovushlarga va ularni yozuvda ifoda etish sistemasiga muvofiq keladigan, yordamchi maktab o’quvchilarining psixik xususiyatlarini, Shuningdek maktabga kelgan bolalarning o’zlashtirish qobiliyatlarini hisobga oluvchi, maxsus muassasaning ta’lim va tarbiya vazifalariga to’liq javob bera oladigan usullar bo’lishi kerak. Bunday usul-tahlil tarkib tovush usulidir. «Hozirgi zamon tahlil-tarkib asosidagi tovush usuli o’quvchilarni xar tomonlama kamol tortirib borish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’rifatli ma’naviyatli qilib tarbiyalab borishni ham nazarda tutadi. Buning uchun o’qishga o’rgatish ishlarini redagogik fanlar asosida, ularning rrintsir, metod, usullar, tashkiliy formalarida amalga oshirish zarur» deb ta’kidlangan yordamchi maktabning «Ona tili, o’qish va nutq o’stirish» dasturida. O’qishga o’rgatish usullarining moxiyatini to’g’ri tushunib, ularni amalda samarali qo’llash uchun o’qishga o’rgatish usullarining tarixini taxlil qilib chiqamiz. O’zbekistonda maxsus ona tili metodikasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajargan Aytmetova S.SH., Raxmanova V.S., Gordienko D.A., Sosedova N.V., Pulatova R.M. larning fikricha yordamchi maktabda o’qishga o’rgatish usullari o’zbek tilidagi tovushlarning fonetik xususiyatlarini, ularni hosil bo’lish mexanizmlarini, bir-biri bilan qo’shilib bo’g’in, so’z, gap yasash qonunlari va tilda qabul qilingan harf belgilari sistemasiga to’liq javob beradi. Ushbu usul bilan ishlash jarayonida materialni to’g’ri tanlash muxim axamiyatga ega. O’qishga o’rgatish usullari u’zoq yillik tarixga ega. O’qishga o’rgatishda turli xil usullar ishlatilgan. Shular ichida eng qadimgi usul –bu harflab o’qishusulidir. Bu usul ikki ming yil ilgapi vujudga kelgan. Bu usul bilan o’qishga o’rgatish ishlari to’rt bosqichda olib borilgan: 1.Harflarni, ularning nomini yodlash: 2.Bo’g’inlarni yod olish va ular ichidagi harflarni nomlab, so’ngra to’liq bo’g’inni talaffuz etish 3.So’zlarni kitobdan bo’g’inlab o’qish; 4.Kitobni sidirg’asiga o’qish. Bu usul yod olish, tushunmay esda saqlashlarga asoslangan bo’lib, o’qishga o’rgatish ishlari 2-3 yilgacha cho’zilib ketar edi. O’zbekistonda eski maktablarda revolyutsiyaga qadar L.Zununov «O’zbek adabiyoti metodikasi tarixidan ocherklar» kitobida ko’rsatishicha, O’rta Osiyoda bo’g’in usuli bilan o’qishga o’rgatilgan. Bu usulda o’qishga o’rgatish uch bosqichga bo’lingan: Kitob ikki usulda - yakka va kollektiv holda baland ovoz bilan o’qitilgan. Bu ikki usul orqali bolalar so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, shehriy asarlarni ifodali o’qishga-ritm, qofiya, radif va turoqlarga alohida ehtibor berib o’qishga o’rganadilar. Eski maktablardan faqat ayrimlarlarida o’quvchilar o’qishbilan birga xat yozishga ham o’rgatilgan. Bolalar oldin alifbeni katta qilib yozganlar va bunday yozuv mufarod (sarxat) deb atalgan. Yozish mashg’ulotidan keyin harflarni bir-biriga qo’shib yozish boshlangan va unga murakkabod deb nom berilgan. Lekin o’qish va yozish bir-biriga bog’lab o’rgatilmagan. Aqli zaif bolalar uchun darslik o’qitishning eng asosiy o’qituv vositasi bo’lib hisoblanadi, chunki unda o’quvchilar uchun keraqli ma»lumotlar, mashq va torshiriqlar ruxta ishlangan bo’ladi. Shunday qilib, o’qishga o’rgatish usullari uzoq yillik tarixga ega. O’qishga o’rgatishda turli xil usullar ishlatilgan. Shular ichida eng qadimgi usul –bu harflab o’qish usulidir. Bu usul ikki ming yil ilgapi vujudga kelgan. A.V.Yankovskaya, S.P.Ryodozubov, Y.Abdullaevlarning ilmiy ishlarida o’qishga o’rgatish usullari ilmiy jihatdan asoslanib mukammal ishlab chiqildi. Ushbu metodikaga asoslangan holda darsliklar, metodikalar yaratildi. Hozirgi kunda o’qishga o’rgatishda analiz-sintez tovush usuli qo’llanmoqda. Analiz - tahlil, sintez tarkib, biriktirish jarayonlari o’qishga o’rgatish usullarining asosidir. Nutqdan va matndan gaplarni, gapdan so’zlarni, so’zdan bo’g’inlarni, bo’g’indan tovushlarni ajratib olish - tahlil va aksincha bo’g’inlardan so’z, so’zlardan gap, gaplardan jumla, jumlalardan matn tuzish - sintez asosida olib boriladi. Aqli zaifblalar maktabida o’qish darslarida matn, torishmoq, tez aytish, shehr, xikoya, rivoyatlar zamonaviy redagogik va psixologik fanlar asosida o’rgatilishi lozimligi maxsus adabiyotlarda keng targ’ib etilgan. Download 78.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling