O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Aqli zaif bolalar maktabida o’qish darslari jarayonida kuzatiladigan muammoli vaziyatlar


Download 78.67 Kb.
bet5/11
Sana22.02.2023
Hajmi78.67 Kb.
#1221890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
02 Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosl xususiyatlarini o’rganish

1.2. Aqli zaif bolalar maktabida o’qish darslari jarayonida kuzatiladigan muammoli vaziyatlar.


Aqli zaif bolalar maktabida o’qish darslarida ishlash masalalari oligofrenoredagogika, oligofrenopsixologiya, logopediya, va ona tili o’qitish metodikasiga oid adabiyotlarda keng yoritilgan.
Aqli zaif bolalar maktabda o’qish darslarida o’qishga o’rgatish ishlarini oligofrenopedagogikaning printsip, metod, usullari, tashkiliy formalari asosida amalga oshirish zarurligi oligofrenoredagogikaga oid adabiyotlarda ta’kidlangan. Yordamchi maktab o’quvchilarini to’g’ri o’qishga o’rgatish uchun ularning psixologik xususiyatlari, ish qobiliyati, qiziqishi, imkoniyatlari kabi va boshqa ruhiy holatlarini hisobga olish zarurligini ko’rsatib, o’z asarlarida bu ishni tashkil etish shakllari, tamoillari, usullarini yoritib berganlar.
Ta’lim o’zbek tilida olib boriladigan yordamchi maktabda o’qishga o’rgatish usullari o’zbek tilidagi tovushlarning fonetik xususiyatlarini, ularni hosil bo’lish mexanizmlarini, bir-biri bilan qo’shilib bo’g’in, so’z, gar yasash qonunlariga va tilda qabul qilingan harf belgilari sistemasiga to’liq javob berishi lozim.
Aqli zaif bolalar maktabida o’qish darslarida bolalarni to’g’ri, ongli, tez, ifodali o’qishga o’rgatish, ovoz bilan ovozsiz o’qish, o’qilgan matn mazmunini o’qituvchining savollari yordamida, rasmlar asosida so’ngra mustaqil bayon etishga o’rgatish talab etiladi. O’qish uchun kichik matn, hikoyalar, sher, masal, maqol, o’zbek va chet el yozuvchilari asarlari, o’quvchilar ongiga mos keladigan ro’znoma va oynomalardan matnlar ishlatiladi.
O’qishga o’rgatish masalalarining psixologik asoslari oligofrenopedagogika, aqli zaif bolalar psixologiyasi darsliklarida ma’lum darajada o’z aksini topgan.
Olimlardan Vigotskiy L.S., Rubinshteyn S.Ya., Petrova V.G., Belyakova I.V., Rinskiy B.I., Shif J.I., Aytmetova S.Sh., Shoumarov G.B., Mamedov K.K. va boshqalar o’z adabiyotlarida aqli zaif bolalar nutqining psixologik xususiyatlarini yoritib, ularda nutqning o’ziga xos shakllanib borishini, kechikib rivojlanishi, unda turli xil logoredik nutqiy kamchiliklar: dislaliya, alaliya, disgrafiya va disleksiya kabi va boshqa nuqsonlar kuzatilishi mumkinligini ta’kidlab o’tganlar. Maxsus ona tili metodikasiga doir adabiyotlarda Gnezdilov M.F., SmirnovaZ.N., AksyonovaA.K., VoronkovaV.V., Danilkina G.I., Zankov L.V., Petrova V.G.,Omirbekova K.K., Raxmanova V.S., Sosedova N.V. va boshqalar fikricha o’quvchilarni o’qish va yozishga o’rgatish uchun ona tilidagi tovushlarga va ularni yozuvda ifoda etish sistemasiga muvofiq keladigan, aqli zaif o’quvchilarining rsixik xususiyatlarini, Shuningdek maktabga kelgan bolalarning o’zlashtirish qobiliyatlarini hisobga oluvchi, maxsus muassasaning ta’lim va tarbiya vazifalariga to’liq javob bera oladigan usullar bo’lishi kerak. Bunday usul-tahlil tarkib tovush usulidir.
Aqli zaif bolalarni o’qishga o’rgatish jarayonida bolalar tarbiyalanadilar, ma’naviyati oshadi, ijobiy hislatlari, dunyoqarashi tarkib toradi, odob va axloqni o’rganadilar, ularning shaxsi shakllanib boradi. Yordamchi maktabda o’qish darslarining tarbiyaviy vazifasi-buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, tarkib tortirish, shakllantirish, ma’naviyatli va ma’rifatli bo’lishini ta’minlash.
Yordamchi maktabda o’qishga o’rgatish jarayonida aqli zaif bo’lgan bolalar bilan korrektsion ishlar keng tarzda amalga oshiriladi. Bu ishlar bola nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish, bilish faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatib borishdan iborat. Yordamchi maktabda o’qish darslarida o’quvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlari tuzatib boriladi, bartaraf etiladi, ko’zga ko’rinmaydigan darajagacha yumshatib boriladi. To’laqonli o’qish malakalarini shakllantirish uchun bolani ongli, to’g’ri, tez va ifodali o’qishga o’rgatish talab etiladi. Yordamchi maktabda ushbu ta’limiy ishlar tarbiyaviy va korrektsion vazifalarni bajarish bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Aqli zaif bolalar maktabida o’qish darslarining ta’limiy vazifasi kuyidagilardan iborat: aqli zaif bolalar nutqini o’stirish, ongli, to’g’ri, tez, ifodali o’qishga o’rgatish; ovoz bilan va ovozsiz(ichda) o’qishga o’rgatish; o’qilgan matn mazmunini avval o’qituvchining yordami bilan, rasmlar asosida so’ngra mustaqil bayon etishga o’rgatish. Matn mazmunini to’liq idrok etish, bayon qilish, uni qismlarga, sarlavxalarga bo’lish, sarlavxalarni nomlash, reja tuzish, reja asosida matn mazmunini izchillik bilan o’z so’zlari bilan gapirib berish, o’zbek va chet el adabiyoti bilan tanishtirish, asar qaxramonlarini bilish, salbiy va ijobiy obrazlarni ajrata olish.
O’qish darslari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish borasida eng qulay rredmet bo’lib xisoblanadi. O’qishdarsida ishlatiladigan matn, kichik xikoya, shehr, masal, torishmoq, tez aytishlar, rivoyat, xadislardan namunalar, yirik badiiy asarlardanrarchalar, ilmiy-ommabor ishga doir maqolalar o’quvchilar yoshi, ongiga mos keladigan badiiy asarlardan namunalar, bola shaxsini shakllantirib boradi, uni axloq va odobga o’rgatadi, ularning milliy mavkurasini, ma’naviyatini shakllantiradi. O’qishga o’rgatish jarayonida o’quvchilar tarbiyalanadi, ma’naviyati oshadi, dunyoqarashi kengayib, ijobiy xislatlari tarkib toradi. O’qish darslarida o’quvchilar inson qadrini, millat qadriyatlarini, o’zligini anglab, erkin va ozod jamiyatda yashash, o’z o’rnini jamiyatda egallash uchun fidoiylik bilan kurashish, mexnat qilish lozimligini o’rganadilar. Yordamchi maktabda o’qish darslarining tarbiyaviy vazifasi – buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirishdir. Asar qaxramonlarining xatti-xarakatini ifodalovchi misollarni asar matni ichidan torib o’qish, qaxramonlarga nisbatan o’z munosabatini ifodalay olish, asar qaxramonlariga sodda xarakteristika, tasnifnomalar tuzish, shehriy asarlarni yod olish va boshqalar.
Yordamchi maktabda o’qish darslarida ta’limiy va tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda korrektsion ishlar xam keng tarzda amalga oshiriladi. Bu ishlar o’quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish, bartaraf etish, kamaytirishdan iborat.
Maxsus muassasalarda o’qish darslarining korreksion vazifasi bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, bartaraf etish, ko’zga ko’rinmaydigan darajagacha yumshatish. O’qish malakalarini shakllantirish uchun bolani ongli, to’g’ri, tez va ifodali o’qishga o’rgatish talab etiladi. Biroq aqlan zaif bolalar ushbu malakalarni bir qator o’ziga xos qiyinchiliklari bilan egallaydilar.
Yordamchi maktab o’quvchilari bilish faoliyatining rivojlanish xususiyatlari oligofrenopsixologiya fanida mukammal o’rganilgan. S.SH.Aytmetovaning «Yordamchi maktab o’quvchilarining rsixik rivojlanish xususiyatlari» nomli kitobida aqli zaif aqli zaif o’quvchilarning tafakkuri, idroki, xotirasi, diqqati, nutqi, tasavvuri va bilish faoliyatining boshqa tomonlari batafsil yoritib berilgan. Muammoning psixologikasoslari B.G.Ananev,D.N.Bogoyavlenskiy, L.S.Vigotskiy,V..Davidov.F.Talizina,D.V.Elgrkonin.S.Ya.Rubinshteyn.L.R.Luriya, SHoumarov G.B., Mamedov K.K., Berdiev G.J. kabi va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarida uzining aniq ifodasini topgan.Ularning fikricha, aqliy rivojlanishida kamchiliklari bo’lgan bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda thlim-tarbiya ishlarini tashkil etish, takomillashtirish mumkin. Aqli zaif o’quvchilarniing bilish faoliyati o’zgacha bo’lsada, uning rotentsial imkoniyati baland. To’g’ri tashkil etilgan korrektsion rivojlantiruvchi ta’lim tarbiya jarayonida yordamchi maktab o’quvchilariga mustaqil xayotda zarur bo’lgan xajmdagi bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatish mumkin. Maxsus sharoitda va maxsus usullar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari orqali aqli zaif bolalarning bilish faolliyatidagi kamchiliklari bartaraf etiladi, psixofiziologik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklari korrektsiyalanadi.
Oligofrenopsixologlarning ta’kidlashicha (ZankovL.V, rinskiy B.I.,Petrova , V.G., Belyakova I.A., Rubinshteyn S.Ya.,Aytmetova S.SH. va boshqalar) aqli zaif bolalarning kuzatish, taqqoslash, idrok qilayotgan narsalarning, voqea-xodisalarning muxim tomonlarini ajratib kuzatish, bular o’rtasidagi eng oddiy sabab-natija bog’lanishlarini faxmlab olish qobiliyatlari rivojlanmay qoladi. Aqli zaif bolalarning tafakkuri, diqqati, sezgi va idroklari, xotirasi, analiz va sintez qilish qobiliyatlari xam yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Savod o’rgatishning dastlabki davridayoq bu bolalar tovush va xarf o’rtasidagi bog’lanishlarning farqiga yaxshi bormay, xarflarni eslab qolish, bo’g’inlab o’qish, ongli, to’g’ri, tez o’qish malakalarini o’zlashtirishda qiynaladilar, juda ko’r xatolarga yo’l qo’yadilar.
Aqli zaif bolalar nerv jarayonlari muvozanati, bilish faoliyatining buzilganligi natijasida oligofren bolalarning xulq-atvorida xam bir qator kamchilikar kuzatiladi. Qo’zg’olish va tormozlanish o’rtasidagi muvozanat buzilganligi tufayli ayrim bolalar xaddan tashqari jonsarak, serxarakat, sho’x bo’ladilar va aksincha, tormozlash jarayoni ustun turgan bolalarda esa rassivlik, bo’shanglik, berarvolik, xech narsaga qiziqmaslik kuzatiladi va xokazo. Aqli zaif bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar, xatti xarakatlarini vaziyatga qarab, adekvat o’zgaptira olmaydilar. Ularda o’z-o’ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat birmuncha sust bo’ladi.
Yuqorida ko’rsatilgan bilish faoliyatidagi bir qator kamchiliklariga qaramay, yordamchi maktab o’quvchilari bilan to’g’ri tashkil etilgan maxsus ta’lim-tarbiya ishlari natijasida ularni o’qishga o’rgatish, matn ustida ishlash, mustaqil xayotga tayyorlash, kasb-xunarga o’rgatish borasida katta yutuqlarga erishish mumkin. Maxsus yordamchi maktabni bitirib chiqqan aqlan zaif bolalar xayotda o’z o’rnini torib, sanoat xamda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning turli soxalarida, maishiy xizmat soxasida faol mexnat qilib, xamma qatori yashamoqdalar.



Download 78.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling