O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 78.67 Kb.
bet6/11
Sana22.02.2023
Hajmi78.67 Kb.
#1221890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
02 Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosl xususiyatlarini o’rganish

2. BOB. Aqli zaif bolalar maktabining boshlang’ich sinflarida o’qish darslarida olib boriladigan ishlarni eksrerimental tadqiq etish.
2.1. Aqli zaif bolalar maktabida o’qish darslariga qo’yilgan talablar.


Yordamchi maktabda o’qish darslarida matn ustida ishlash jarayonida tilga oid materiallarni taxlil qilishga o’rgatish orqali o’quvchilarning aqliy va nutqiy qobiliyati o’stiriladi. O’quvchilar so’zning fonetik tuzilishi, so’zni bo’g’inlarga bo’lish, ma’noli qismlarga ajratish, ayrim so’z turkumlari va ularning muxim belgilari bilan tanishadilar, gap va gap bo’lakliri xaqida malumot oladilar, maxsus mavzularga aloqador imlo va tinish belgilari qoidalarini o’rganadilar. Dasturda o’quvchilarni so’zning leksik ma’nosi, ko’p ma’noli, ma’no jixatidan bir-biriga yaqin ma’nodosh so’zlar bilan tanishtirishga aloxida ehtibor beriladi. Shu bilan birga o’quvchilarda nutqni tinglash iqtidori o’stiriladi, adabiy tilda muloqatda bo’lish ko’nikmalari xosil qilinadi, tilning asosiy belgilariga –tovush, so’z, gapga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatiladi. Aqli zaiif o’quvchilarda kuzatiladigan fonetiko-fonematik xarakterdagi nuqsonlar, nutqning to’liq rivojlanmaganligi va grammatik komronentdagi nuqsonlar matn ustidagi ishlarni ancha qiyinlashtiradi. Shuni xisobga olib, yangi taxrirdagi modifikatsiyalashtirilgan «Yordamchi maktablar uchun ona tili, o’qishva nutq o’stirish» dasturida barcha sinflarda tovush-xarflarni taxlil qilish, lug’at ustida olib boriladigan ishlarga juda katta ehtibor berilgan. O’quvchilar tovushlarni idrok etish va talaffuz qilishga, bir biridan ajratish, analiz va sintez qilishga, ovozning kuchayishi va rasayishini nazorat qilishga, rauza qilishga urganadilar, unli va undosh, jarangli va jarangsiz tovushlarni farqlashga o’rganadilar.
Aqli zaif bolalarni o’qishga o’rgatish va nutq ustirish bo’limida o’quvchilar nutq tovushlarini eshitib va talaffuz qilib, ularni bir biridan farq qiladigan xolatlarni, adabiy til talaffuzi qoidalarini o’rganadilar. So’zni fonetik va morfologik taxlil qilishga asoslanuvchi imlo qoidalarini o’zlashtirgan xolda xatosiz o’qishva yozish ko’nikma va malakalarini xosil qilish ishlariga xam dasturda aloxida o’rin ajratilgan. Amaliy mashqlar asosida o’quvchilar buyum va narsalarning nomi, xarakati,sifatini bildiradigan so’zlarni o’zlashtirib oladilar. So’z voqelikdagi buyum yoki xodisani ifodalab, ma’no bildirishini, gap tarkibida, ayniqsa, bog’lanishli matnlarda yangi-yangi ma’no kasb etilishi mumkinligini, shakl jixatdan turlicha bo’lgan so’zlar bir xil yoki yaqin ma’no bildirishini, Shuningdek, ba’zi so’zlarning ma’no jixatidan bir-biriga qarama-qarshi bo’lishini o’rganadilar, fikrni aniq ifodalash uchun ma’no jixatidan mos so’zni tanlash zarurligini anglab oladilar.
Yordamchi maktab o’quv rejasida eng ko’p soat ona tili darslariga ajratilgan bo’lib, ona tili darslari jadvalda nutq o’stirish, o’qish, yozuv, ona tili deb nomlanadi. Ushbu rredmetlar 1-9 sinflarda o’tkaziladi. Darslar 2011 yilda Respublika ta’lim markazida chop etilgan V. S. Raxmanova tomonidan tuzilgan «Ona tili, o’qish va nutq o’stirish dasturi” bo’yicha o’qitiladi. Dastur “Tevarak atrofni o’rganish yo’li bilan og’zaki nutqni o’stirish”, “Savod o’rgatish va nutq o’stirish”, ”O’qishga o’rgatish va nutq o’stirish”, “Grammatika imlo va nutq o’stirish” bo’limlarinio’zichiga qamrab olgan.
Yordamchi maktabda o’qish darslarining vazifasi: o’quvchilarni o’z fikrlarini, ko’rgan-kechirganlarini og’zaki va yozma nutq orqali atrofdagilarga bayon etishga o’rgatish, ularning bilim doiralarini kengaytirish, xayot xaqidagi tuShuncha va tasavvurlarini boyitish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish. Ta’limiy va tarbiyaviy ishlardan tashqari, yordamchi maktabda barcha darslarda korrektsion ishlar keng tarzda amalga oshiriladi.
Yordamchi maktab ona tili dasturining barcha bo’limlariga nutk ustirish ishlari koorektsion ish sifatida kiritilgan. Dasturdagi talablarni amalga oshirishda nutk o’stirish ishlari asosiy o’rin tutadi, chunki bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklar nutk ustirish orqali bartaraf etiladi, Shu ish asosida korrektsion ishlar amalga oshiriladi.
Aqli zaif bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklar birlamchi xodisa sifatida kuzatiladi. Nutq nuqsoni bartaraf etilggani sari bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklari xam kamayib boradi. Va aksincha, yordamchi maktab o’luvchilarining markaziy nerv sistemasidagi organik jaroxatlanishi natijasida bilish faoliyati turg’un buzilgan bo’ladi va uning oqibatida bolaning nutqida ikkilamchi xodisa sifatida nutq nuqsonlari kuzatiladi. Bolaning bilish faoliyatidagi nuqsonlari bartaraf etilgani sari, nutqidagi kamchiliklar xam kamayib boradi. Nutq va tafakkur bir biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan psixik jarayonlar. Ularning biridagi nuqson ikkiinchisiga albatta tasir ko’rsatadi.
Yordamchi maktabda o’qishga o’rgatish ishlari birinchi sinfdan to 9 sinfgacha olib boriladi. Ongli, bo’g’inlab o’qishga o’rgatish maqsadida rasmlar ustida ishlash, «O’qish kitobi» darsligidagi har bir betni to’g’ri o’qish ishlari olib boriladi. O’qishga o’rgatish qiyinligini inobatga olib, ishni soddadan murakkabga qarab tashkil etish muhimdir.
Tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan berilgan ma»lumotlardan tashqari, o’qituvchi bolalarni kuzatib, ularni xar tomonlama o’rganadi, o’qishga o’rganishga tayyorgaplik darajasini aniqlaydi. Buning uchun xar bir o’quvchining umumiy rivojlanganligi darajasi, talaffuzi, lug’ati, o’qish va yozish malakalarining xolati aniqlanadi. Sentyabr oyining birinchi kunlaridanoq o’quvchilar nutqini o’stirish ishlari boshlanib yuboriladi. Bunda nutqning fonetik tomoni, ya’ni tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish ishlari boshlab yuboriladi. Nutqida murakkab nuqsoni bor bolalar bilan logoredik ishlar olib boriladi. Nutq o’stirish jarayonida o’quvchilarning so’z boyligini aniqlab, uni kengaytirish, boyitish, faollashtirish ishlari xam boshlab yuboriladi. O’qish darslarida bolalarning bog’langan og’zaki nutqi xam rivojlantirib boriladi. Tevarak-atrofdagi narsa va xodisalar yuzasidan turli savollar berishga, muloqat nutqini o’stirish maqsadida suxbat, ekskursiya, kuzatishlar uyushtiriladi. O’quvchilar faoliyati asosida ular bajarayotgan ishlari, nima qilmoqchi bo’lganliklari, sinfda, maktabda va maktabdan tashqari joylarda ko’rgan, eshitganlari xaqida gapirib berishga o’rgatib borish talab etiladi.
Nutq o’stirish jarayonida matn, sher, topishmoq, tez aytishlar ustida ishlab, o’quvchilarning xotirasini o’stirish, yod oldirish, kichik xajmdagi asarlarni saxnalashtirish mashg’ulotlari uyushtiriladi. Leksik mashqlar birinchi sinfdanoq boshlanib, muntazam ravishda izchillik bilan mantiqiy mashqlar bilan qo’shib olib boriladi
Aqli zaif bolalar maktabi o’quvchilarining bog’lanishli nutqini o’stirish ishlari aqli zaif bolaning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda belgilangan. Tovush va so’zlarni aniq, to’g’ri talaffuz etishga va yozishga, lug’atni boyitish, nutqni grammatik tomondan to’g’ri ifodalash, o’z fikrlarini og’zaki va yozma shaklda bayon etishga o’rgatishga aloxida ehtibor berilgan. Buning uchun savolga javob qaytarish, rasmlar tagiga yozish, berilgan so’zlardan gap tuzish kabi va boshqa turdagi ishlar uyushtirilishi tavsiya etilgan.
Shunday qilib, aqli zaif bolalar ta’limi shuni ko’rsatdiki, aqli zaif bolalar o’qish darslarida o’zlashtirishi lozim bo’lgan barcha bilim, ko’nikma va malakalar nafaqat ta’limiy va tarbiyaviy, balki korreksion axamiyatga xam ega. Matn ustida ishlash jarayonida ongli, to’g’ri, tez, ifodali o’qishga o’rgatish ishlari izchillik bilan amalga oshirilib boriladi.


Download 78.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling