O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
Download 78.67 Kb.
|
02 Aqli zaif bolalarga o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xosl xususiyatlarini o’rganish
2.3. Boshlang’ich sinf aqli zaif o’quvchilarni o’qish darslarini kuzatish natijalari (ta’kidlovchi eksperiment asosida)
Ta’kidlovchi eksperimentda qatnashgan o’quvchilarning nutq kartalari taxlili shuni ko’rsatdiki, ulardan faqat 3 nafarida r tovushi noto’g’ri talaffuz etilar ekan, ; nafarida sigmatizmlar mavjud. Barcha o’quvchilarning lug’ati kambag’al, yozma nutqida disgrafiya va disleksiyalar mavjud. O’quvchilarning oilaviy sharoitini o’rgandik, ota onalari, o’qituvchilari bilan suxbatlashdik. Eksperimentda qatnashgan o’quvchilarning 50% da oilaviy sharoiti ijtimoiy nosog’lom. Ular farzandi bilan faqat shanba, yakshanba kunlari muloqatda bo’ladilar. O’quvchilar uy vaziflalarini internatda tarbiyachilar yordami va nazorati ostida bajaradilar. Eksrerimentda qatnashgan barcha o’quvchilarning o’qish texnikasi,to’g’ri, tezo’qishmalakalari, tuShuna olish qobiliyati, onglio’qish malakalarini dastur talablaridan kelib chiqqan xolda yuqorida qayd etilgan topshiriqlar yordamida tekshirdik va quyidagi natijalarni jadvalga jamlab oldik. Jadvalda torshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar soni % xisobida ko’rsatildi. Tekshirish ishlari nazorat sinflarda 2016-2017 o’quv yilida o’tkazildi. O’quvchilarni o’qishga o’rgatish borasida yordamchi maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari o’qish malakalarini o’rganish, kuzatish natijalaridan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar berilgan torshiriqlarni yaxshi bajara olmadilar. Odatda meyorida rivojlangan boshlang’ich sinf o’quvchilarida ushbu ko’rsatkichlar 70-90 foizdan kam bo’lmaydi. Ta’kidlovchi eksreriment natijalari Shuni ko’rsatdiki, yordamchi maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari o’qish malakalarini ancha past darajada o’zlashtirganlar. O’quvchilarga torshiriqlar soddadan murakkabga qarab nazorat sinflarda chorak boshida, o’rtasida va oxirida bajartirildi. Sinov-tajriba sinflarda o’quv yilining boshida va oxirida ta’kidlovchi eksreriment topshiriqlari berildi. Torshiriqlarni bajarish natijalari deyarli bir xil bo’ldi. Yordamchi maktab o’qituvchilar bilan o’tkazilgan suxbat, kuzatilgan darslar taxlili, ta’kidlovchi eksreriment natijalari, kuzatish va tekshirishlar Shuni ko’rsatdiki, o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari bir yil ichida shakllanib, takomillashib borar ekan. Shu bilan birga, o’quvchilarda matn ustida ishlash vaqtida, undagi so’zlardan to’g’ri foydalana olmaslik, ularni bir biri bilan almashtirib yuborish, bir guruxga mansub so’zlarni boshqa guruxga mansub so’zlar bilan almashtirib yuborish, antonim, sinonimlarni farqiga bormaslik, bo’g’in yoki so’z ichida tovushlarni tushirib qoldirish, o’rnini almashtirib yuborish, unli, undosh, jarangli va jarangsiz xarflarni almashtirib yuborish, allegorik xarakterdagi materiallarni to’g’ri tuShuna olmaslik, ko’chma ma’noli so’zlari to’g’ridan to’g’ri tuShunish, matn mazmunini izchillik bilan bayon eta olmaslik, salbiy qaxramonlarni ijobiy qaxramonlardan yaxshi ajrata olmaslik kabi kamchiliklar kuzatildi. O’quvchilar matnni taxlil qilish, matn mazmuni yuzasidan savollar tuzish, savollarga javob qaytarish, matn mazmunini bayon etish torshiriqlarini bajarishda xam qiynaldilar. Idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, diqqatning tarqoqligi, xotiraning sustligi, tafakkurning talab darajasida rivojlanmaganligi, ya’ni bolaning bilish faoiyati yaxshi rivojlanmaganligi tufayli asosiy fikrni ajratib olmaslik, matnni mantiqan bog’langan qismlarga bo’lib, reja tuza olmaslik, ko’chma ma’noli so’zlarni to’g’ri tuShuna olmaslikni kuzatdik. So’zlarni o’qish: topshirig’ida bolalar non, Vatan, bayroq, madxiya, ertak, daraxt, topishmoq, qaldirg’ochlar, masqaraboz, Mustaqillik kabi so’zlarni o’qib berganda 3A sinfdagi o’quvchilarning 80%, 3b sinfdagi o’quvchilarning 90 % topshiriqni to’g’ri bajardi, 3a sinfdagi o’quvchilarning 20%, 3 bda esa 10% topshiriqni bajara olmadilar. Ular so’zlarni o’qishda xarflarni tushirib, o’rnini almashtirib, boshqa xarflar bilan almashtirib o’qidilar. Gaplarni o’qish topshirig’ini bajarishda ikkala sinf o’quvchilarining ko’rsatkichlari bir xil bo’ldi. 70% to’g’ri bajardi, 30 foizi noto’g’ri bajardi. Мatnni o’qish topshirig’ini bajarishda 3a sinf o’quvchilaridan 70 foizi topshiriqni to’g’ri bajargan bo’lsa, 3 b sinfda 90 foizi to’g’ri bajardi, 10 foizi noto’g’ri bajardi. 3a sinfda esa topshiriqni noto’g’ri bajargan o’quvchilar 30 foizni tashkil etdilar. Savollarga javob qaytarish topshirig’ini bajarish ko’rsatkichlari quyidagicha bo’ldi: 3a sinfda 60%-40%; 3b sinfda 80%-20% Savollar tuzish topshirig’ini bajarishda 3a sinf o’quvchilaridan 60% matn yuzasidan savollar tuzaoldilar. 40 % topshiriqni bajara olmadilar. 3b sinf o’quvchilaridan 70% topshiriqni bajardi, 30% esa bajara olmadilar. Matnni tinglab, so’ngra matn bo’yicha savollar tuzdirildi. Darslikdan “14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni” matni o’qib berildi va matn yuzasidan savollar tuzish topshirig’i berildi. Matn mazmunini bayon etishda 3a sinf o’quvchilarining yarmi topshiriqni bajardi, yarmi esa bajara olmadi: 50%-50%, 3b sinfda esa: 70%-30% ko’rsatkichi olindi. Eksperiment qatnashchilaridan (10 nafar o’quvchidan 7 nafari (70%) topshiriqni to’g’ri bajardi, 30% esa bajara olmadi. Aqli zaif o’quvchilar matnni mantiqan tugallangan qismlarga bo’lish, reja tuzish topshirig’ini xam o’quvchilar ancha past darajada bajardilar. O’quvchilarning faqat 50% topshiriqni to’g’ri bajardilar. Ushbu topshiriq garchi o’qituvchining yordami bilan bajarilgan bo’lsada, uning yordamida xam o’quvchilarning 50% topshiriqni bajaraolmadilar. Topshiriqlarni bajarish ko’rsatkichlari ancha past. Bunday ko’rsatkich ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda o’qish darslarini tashkil etishishlarini qayta ko’rib chiqish, uning samaradorligini oshirish lozimligini ko’rsatib turibdi. Yordamchi maktabda o’qish darslarida olib boriladigan ishlar mazmunini o’rganib ,korrektsion-redagogik jarayonni bevosita yil davomida kuzatib kuyidagi xulosalarga keldik: Nutqiy materialning ma’no jihatini yetkazish so’zlaShuv nutqiga o’qitishning omili bo’lib, tajriba-sinov davomida katta o’rin egalladi, ya’ni o’qituvchi, tarbiyachilar oldiga har bir berilayotgan so’z anglatgan tushuncha va tasavvurlarni to’laqonli yetkazish talabi qo’yildi. Matnning o’zlashtirilishida o’qituvchi va o’quvchi faoliyati bosqichlari va ularning vazifalari taqsimlab berildi. Ajratilgan nutqiy ko’nikma va malakalar yordamchi maktabning ona tili dasturidagi «O’qishva nutq o’stirish» bo’limidagi tavsiyalardan olindi. Xo’jaeva M. ning yordamchi maktabning boshglang’ich sinflari uchun yaratgan «O’qish kitobi» darsliklari asosida tajriba sinov o’tkazdik. Aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan yordamchi maktabning boshlang’ich sinflarida aqli zaif bolalarni o’qishga o’rgatishdagi ishlar oligofrenoredagogika fani xamda yordamchi maktabda ona tili o’qitish metodikasi tavsiya etgan tamoillari asosida va ana shu fanlardagi usullari bilan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Mashg’ulotlar uchun nutqiy materiallarning aniq taqsimlanishi, usul va vositalarning belgilanishi, ko’rgazmali qurollarning maqsadli, har bir o’rganiladigan matn, nutqiy vaziyat uchun alohida tayyorlanishi, nutqqa, fikr bildirishga extiyoj tug’diruvchi muammoli vaziyatlarning nutqiy muhitga mos tanlanishining oldindan rejalashtirilganligi, muassasalar moddiy texnika bazasi va ularda faoliyat ko’rsatayotgan redagoglarning yo’nalishga mosligi korreksion-redagogik jarayon natijalarini kafolatlashda muhim ahamiyatga egadir. Ta’kidlovchi eksreriment natijalariga, adabiyotlar taxliliga, o’qituvchilarning yutuqlariga asoslangan xolda aqli zaif bolalar bilan o’qish darslarida olib boriladigan ishlar mazmunini o’rgandik. Ta’kidlovchi eksrerimentda olingan malumotlardan kelib chiqqan xolda, biz defektologik adabiyotlarda yordamchi maktabning boshlang’ich sinflarida o’qishga o’rgatish usullari, shart-sharoitlari, xususiyatlarini keng tarzda o’rganib chiqdik va bu ishni samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan usul va yo’llarini belgilab oldik. Download 78.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling