O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi Ajini1z nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana25.02.2017
Hajmi1 Mb.
#1215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14

 

Reja: 

1. 

     Janubiy Amerikaning geografik wrni umumiy ta`rifi. 

 2.   

Janubiy Amerika  tabiati taraqqiyotining asosiy bosqichlari.

3.          Materikning tektonik tuzilishi va re`lefi.

.  

 

Janubiy Amerika geografik wrni, qirg`oq, tuzilishi va tabiati taraqqiyotining 



asosiy bosqichlari. 

Janubiy  Amerikaning  katta  qismi  janubiy  yarim  sharda  ekvatorial  va 

subekvatorial  mintaqalarda  joylashgan.  Materiknipg  kambar  qismigina  subtropik  va 

wrtacha kengliklarga kirib borgan. 

Janubiy  Amerika  5°  janubiy  kenglikda  eng  keng.  Materikning  echg  g`arbiy 

chekka nuktasi Parin`yas burni (81° 20 g`arbiy uzunlik), eng sharqiy chekka nuqtasi 

esa  -Kabu-Branku  (34°4b'  R.u)  burnidir.  Materikning  kengligi  40°  shimoliy  kenglik 

dan janubda bOOkm dan oshmaydi. 

Janubiy  Amerika  shimolda  12°  25'  sh.k  gacha  (Gal`inas  burni)  januda  esa  53°  54

1

  j.k. 



gacha (Frouord burni) davom etadi va Olovli er arxipelagining chekka janubi olovli er orolidagi 

Gorn burni bwlib, u 55' 99

1

 j.k. dadir. Shimoliy Amerika bilan bwlgan geografik chegarasi 



Karib  dengizdagi  Dar`en  kwltig`idan  Tinch  okeandagi  Buenaventura  qwltig`igacha  davom 

etadi. Panama bwynini shartli ravishda har ikki materik wrtasidagi chegara deb qabul qilingan. 

Janubiy Amerikaning maydoni knga qarashli orollar bilan birga 17,8 mln km bwlsa, shundan 

150 ming km qismi orollarga twg`ri keladi. 

Atlantika okeanida ekvator yaqinida Janubiy Amerika qirgoqlariga Janubiy passat oqimlari 

yaqinlashib keladi. Bu oqim San-Roka yaqinida 2 qismga bwlinadi, ularning biri Gvineya oqimi 

nomi bilan materik qirg`oqlari bwylab shimoli - g`arbga Aptil orollariga ywnaladi,   ikkinchisi   

esa  -   Braziliya  okimi   nomi   bilan   janubi-g`arbga  La  -   Plata daryosining quyi qismiga 

tomon  ketadi.  Materikning  janubiy  -  sharkiy  sohillaridan  sovuq  Folklend,  janubi-g`arbida 

shimolga  tomon  Peru  sovuq  oqimi  wtadi.  Kontinental  platforma  Tinch  okeanida,  Janubiy 

Amerika yaqinida juda kambar, ayrim joylarida umuman ywq. Materik yaqinida eng chuqur 

joylari 7000 m dan ortadigan chukur okean  chwkmalari bor. Materikning shimoli -  g`arbiy 

sohili  tahminan  5°  j.k.  gacha  juda  wyilgan.    Eng  katta  va  kulay  buxta  Glaxil  Buxtasidir. 

Janubroqtsa  to  30°  j.k.  gacha  qirg`ok  deyarli    wyilmagan,    baland    va  kema  kirib    kelishi  

uchun    noqulay.    Birok          Tinch    okean  sohillarining  eng  janubiy  qismi  bwlinib  -  bwlinib 

ketgan,        sohil  bwylab  joylashgan  kwplab  mayda  va  yirik  orollar  Chili  hamda  Olovli  er 

arxipelaglarini hosil kiladi. Materik sohiliga wyib kirgan qwltiqlar va ayrim orollarni bir 

- biridan ajratib turuvchi bwgozlar egri-bugri va tordir. Janubiy Amerikaning   katta     kismini   

tashkil  etuvchi  Janubiy  Amerika  platformasi,  Gondvananinig  boshqa  qismlari  bilan 

proterazoyning  oxiri  va  kembriyning  boshlarida  qwshilgan.  Perm  davri  oxirida  tog  paydo 

bwlish  harakatlari  butun  And  geosinklinaliga  yoyilgan,  platforma  esa  kwtarilma  harakatlar 

markaziga  aylangan,  Buning  natijasida  qalqonlardagina  emas,  balki  qatlam  -  qatlam,  kwl  -

allyuvial  jinslari  twppangan  sinklizalarda  ham  kontinental  sharoit  qaror  topgan.  Platformada 

bunday  sharoit  mezozoyning  butun  birinchi  yarmi  davomida  saqlanib  turgan.  Antlantika  okeani 

hududida chwkish rwy berib, u Janubiy Amerikaning Afrikadan ajralib chiqishiga sabab bwlgan. 

Bwr  davri  oxiriga  kelib  Janubiy  Amerikada  hozirgiga  wxshash  iqlim  sharoiti  qaror  topgan. 

Bwr davri oxiri va paleogen davomida And zonasida burmalanish, kwtarilish hamda vulkanik 

harakatlar bwlgan.  

Janubda   Antraktika   hududida   iqlimning   sovib   ketishi    va   Antarktida   qoplama 

uzliklarning paydo bwlishi munosabati bilan bu erga Antraktika florasi kirib mkela boshladi. 

And  tog`lari  kwtarilgan  sari  ularning  wziga  xos  organik  dunyosi  vujudga  keldi,  u  uch  flora 

elementidan; tog` tabiati sharoitiga moslashgan neotropik elementdan, Antarktika elementidan va 

And  tog`larining  wzida  tarkib  topgan  toqqa  xos  endemik  turlaridan  iborat.  And      tog`larining   

kuchli   kwtarilishi   oqibatlaridan   biri   tog`   muzlanishlaridir;   ular hozirgiga qaraganda ancha 

katta bwlgan, biroq chekka janubni hisobga olmaganda, hech qaerda tog`lar doirasidan chetga 

chiqmagan. Materikning janubi - g`arbida chwkish va muzliklar ishi natijasida Chilining f`ordli 

sohili vujudga kelgan. Savol: 

1.   Materik qirg`ok tuzilishidagi wziga xoslikni kwrsating?  

2. Qaysi davrdan boshlab materik qiyofasi shakllana boshlangan? 

 

Materikning tektonik tuzilishi va re`lefi.


 

37 


 

 

Janubiy 


Amerika 

orografiyasi 

bilan 

shimoliy 



Amerika 

orografiyasi  wrtasida  bir  qadar  wxshashlik  bor.  Sharqda  Atlantika  okeani  kirgoqlari 

yaqinida  Braziliya  va  Gviana  tog`liklari  hamda  Patagoniya  platosi  bor.  Materikning 

chekka 


g`arbi va shimoli-g`arbida uning kirg`oqlari qiyofasiga mos ravishda dunyodagi eng uzun tog 

sistemasi  And  tog`lari  yoki  Janubiy  Amerika  Kordilera  tog`lari  9  ming  km  ga  chwzilgan. 

Tog`liklar  bilan  And  tog`lari  orasidagi  materikning  tahminan  45%  ini  egallagan  juda  katta 

Amazonka,  Orinoko  va  Parana  pasttekisliklari  bor.  Shimoliy  Amerika  bilan 

Janubly  Amerikaning  o ro grafi k  jih atd an  bi r  -  bi ri ga  wx shashl igi  h ar  ik k ala 

mat eri k  riv ojl anis hi   va  sgrukturasining  g`arbiy  chekka  kismlari  Tinch  okeani 

mintakasining  burmali  tog`lariga  kiradi,  vaholanki,  ularning  katta  sharkiy  qismlari 

platforma 

tuzilishiga 

ega.  Biroq  Janubiy  Amerikaning  platforma  qismi  tuzilishi  va  rivojlanishiga  kwra 

Shimoliy Amerikadan kwra Afrikaga kwprok wxshash. Yuqorida aytib wtilganidek, 

Janubiy  Amerika  platformasi  juda  katta  Gviana  -  Braziliya  megakalqoni  bilan  Pampa 

-  Patagoniya  plitasidan  tashkil  topgan.  Megaqalkon  doirasiga  fundamentning  er  betiga 

chiqqan  uchta  kismi  bor:  -  bular  Gviana,  G`arbida  Braziliya  va  Sharkiy  Braziliya 

kalkonlaridan 

ularni  Amazonka,  Parana  San-Frantsisko,  Maran`yao  sinklizalari  bir  -  biridan  ajratib 

turadi.  Oxirgi  uch  sinekliza  wzaro  tutashib  G`arbiy  Braziliya  kapqoni  bilan  shark 

Braziliya  qalqon  orasidagi  bir  butun  botiqlar  zonasini  hosil  kilgan.  Qalqonlarning  And 

burmali  zanasiga  qaragan  yonbag`rlari  perikraton  botiklarga  borib  tutashadi;  bu 

botiqlar  esa  wz  navbatida  And  tog`larining  old  bukilmalariga  kwshilib  ketgan.  Janubda 

submerndional yunalgan perikraton bukilma Chako - Pampa sineklizasiga kwshilib ketgan - 

Pampa  sineklizasi  esa  wz  navbatida,  Parana  sineklizasiga  tutashgan.  Chako  -  Pampa 

sineklizasi  Patagoniya  plitasiga  kiritilyshi  mumkin.  Patagogiya  plitasida  ikkta  massiv, 

ajratiladi,  ularning  yuza  qismi  chwkiidi  va  vulkanik  jinslardan  tarkib  topgan. 

Platforma  territoriyasida  turli  xil  foydali  kazilmalar  bor.  Ularning  Janubiy 

Amerika  kartasidagi  hozirgi  taqsimlanishi:  bir  tomondan,  geologik  tuzilishidagi 

tafovutlarni  ettirsa,  ikkinchi  jih atd an 

u nin g 


geolo gik 

j ix atd an 

not eki s 

wrganilganligini kwrsatadi.  

J anubi y  Amerika  platformasi  territori yasida  relef  Afrika  relefiga  juda 

wxshab  ketadi.  Ularning  tafovuti  asosan  u  yoki  bu  relef  tipining  wzaro  nisbatida  aks  etgan. 

Akkumilyativ  tekismliklar,  Afrikadagi  kabi  deyarli  barcha  sineklizalarning  markaziy 

qismini  egallab,  perikraton  bukilma  zonasiga  muvofiq  keladi.  Sineklizalarning 

qalqonlarga  yondosh chekka qismlari, shuningdek Patagoniya plitasi kat - qat baland 

tekisliklar va platolarni hosil qiladi, chwkindi jinslar kompleksi atrofidagi qalqonlar 

bilan  birga  kwtarilma  xarakatlar  ta`sirida  bwlgan  Maranyao  va  San  -  Frantsisko  botiqlari 

monoklinal  xamda  yonbag`rlari  _jarlik  hosil  qilib  tik  tushgan  zinopoyasimon  baland 

platolar  tarqalganligi  bilan  xarakterlanadi.  G`arbiy  Braziliya  kalqonining  shimoli y 

va  Gviana  qalqonlarning  shimoli y  yonbag`rlari  uchun  en g  tipik  bwlgan  relef 

shakllari  baland  tekisliklar  ham  goh  keng,  goh  tor  darasimon  vodiylari  kesib  wtgan 

yassi  tog`liklardir.  Braziliya  tog`ligining  Janubi-g`arbida,  Parana  havzasida  juda  katta 

maydonlarni  zinapoyasimon  vulkanik  platolar  egallaydi.  And  tog`lar  burmali 

mintakasi  deyarli  boshdan  oxirigacha  parallel  tog`  tizmalari  va  tog  orasidagi 

vodiylardan  tashkil  topgan.  Hozirgi  And  burmali  tog`lari  tarkibiga  biroz  keyin 

orogeiik  xarakatlar  natijasida  wzgargan  paleozoy  burmali  strukturalari  kiradi,  ular 

tog sistsmasining markaziy va sharqiy qismlarinp uz ichiga olgan. 

Savol: 


 

1. Materikni tektonik tuzilishidagi wziga xosliygi nimada? 2. 

Relefiga ta`sir etuvchi omillarni kwrsating 

 

 

qqqquuuu 

ÆÀÍÓÁÈÉ

ÆÀÍÓÁÈÉ


ÆÀÍÓÁÈÉ

ÆÀÍÓÁÈÉ    ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ

ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ

ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ

ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ;

;

;



Ã

Ã



à   È¹ËÈÌÈ ÂÀ ÈØÊÈ ÑÓÂËÀÐÈ

ȹËÈÌÈ ÂÀ ÈØÊÈ ÑÓÂËÀÐÈ

ȹËÈÌÈ ÂÀ ÈØÊÈ ÑÓÂËÀÐÈ

ȹËÈÌÈ ÂÀ ÈØÊÈ ÑÓÂËÀÐÈ    



 

 

38 


Reja: 

1.Janubiy Amerika iklimi 

2.Iqlim mintaqa va oblastlari. 

3. Ichki suvlari 

. 

1.

 





Janubiy Amerika iklimi 

 

Janubiy  Amerikada  Shimoliy  Amerikadagi  kabi  iqlim  hosil  kiluvchi  omil 



uning  orografiyasidir.  Janubiy  Amerika  materigining  asosiy  kismi  tropik  iklim 

mintaqalari  orasida  joylashgan  bwlib,  janubdag`n-boshqa  iqlim  mshggaqaya^fi-erasida-

jeydashnb-bwlnbch,  janubdagi  boshqa  iqlim  mintaqalari  materikning  kambar  qismlarini 

kesib  wtadi.  Materikning  geografik  wrni  yil  davomida  quyoshdan  keladigan  radiatsiyani 

kwp  mikdorda  yil  davomida  120-160  k/kal  sm2  yalpi  radiatsiya  oladi.  Materik  iqlim 

hosil  bwlishida  asosiy  hosil  qiluvchi  omil  bu  relefdir.  Atlantika  okeanidan  kirib 

keluvchi  nam  havo  massalari  And  tog`larining  etaklarigacha  etib  keladi.  G`arbda  va 

shimolida  And  tog`lari  okean  va  dengizlardan  kirib  keluvchi  havo  massalariga 

twsqinlik  qiladi.  Shuningdek  materik  kirg`oklaridan  oquvchi  Gviana  va  Braziliya  ilik 

oqimlari Peru va Folklend sovuk oqimlarining materik iqlimiga ta`siri kattadir. Atlantika 

okeani  bosim  maksimumi  garbiy  cheka  kismida  sernam  tropik  havo  massalari  wtib, 

materikning  ichkarisiga  kirib  boradi,  Natijada  Gviana  va  Braziliya  togligida  namlikning 

bir  kismini  koldiradi.  Materikning  sharqiy  chekkasi  yarimsharlardagi  passatlar  har  bir 

yarim  shardagi  yoz  fasllarida  kwproq  musson  shamollari  ta`sirida  shamol  keltiradi. 

Mw`tadil  havo  massalari  hukmronlik  qiladi.  Yaivarda  materik  janubi  juda  qizib,  past 

bosimli  oblast  vujudga  keladi.  Shimoliy  Amerika  maksimumi  ta`sirida  materikning 

shimoliy  xududlariga  shimoli-sharqiy  passat  shamollari  kirib  keladi  va  Gviana  tog`ligi 

va  pasttekisliklarining  ichki  hududlari  va  Orinoko  pasggekisli  qismlariga  yogin  kwp 

yog`may  bu  hududlarda  asosan  namligini  ywqotgai  shamollar  esishiga  sabab  bwladi. 

Janubiy  Amerika  maksimumi  ta`sirida  Braziliya  va  La-Plata  tekisliklariga  musson 

shamollari  tarzida  kwplab  yog`in  kirib  keladi.  Materikning  g`arbiy  sohillariga  g`arbdan 

keladigan nam dengiz xavosiii And toglari twsib qolganligidan, sharkda esa sovuq oqimning 

mavjudligidan quruk mw`tadil havo shakllangan markazga aylanib qoladi. 

Materik  iklimiga  ta`sir  etuvchi  muhim  omillardan  biri  bu  atmosfera 

tsirkulyatsiyasidir. Janubiy  Amerikaning katta qismida  atmosfera tsirkulyatsiyasining zng 

muhim  tipii  har  ikkala  yarim  sharda  passat  tsirkulyatsiyasidir.  Atlantika  bosim 

maksimumining  garbiy  chekkasi  bwylabnisbatan  sernam  xavo  massalari  wtadi. 

Materikning  chekka  janubyuida  nam  havo  massalari  kirib  keladi.  Bunda  Tinch  okean 

sohillari,  ayniqsa,  And  tog`larining  g`arbiga  kwp  yog`in  tushadi.  And  toglari  bilan  twsib 

qolgan  va  sharkdan  sovuq  oqimlar  wtadigan  Patagoniya  wrtacha  kengliklarniig  nisbatan 

quruq  kontinental  havo  massalari  shakllangan  markazga  aylanadi,  deb  yuqorida  aytib 

wtgan  edik.  Shuning  natijasida  materikning  butun  shimoliy  qismi  iyulda  janubi-g`arbiy 

musson keltiradigan nam ekvatorial >g`avo ta`sirida bwladi shuningdek, Atlantika okeani 

tomonidan  kirib  keladigan  nam  tropik  dengiz  havosi  ham  ta`sir  etib  turadi.  Janubiy  yarim 

shardagi  tropik  maksimumning  shimolga  surilishi  munosabati  bilan  Braziliya  tog`ligida 

yuqori bosimli va kuruk iqlim karor topadi. Toglarning janubi-sharkiy chekkasigina bevosita 

Atlantika  okeanidan  keladigan  janubi-sharkiy  passatlar  ta`sirida  bwlganligi  uchun  unga 

ancha miqdorda yog`in tushadi; birok bu yog`in miqtsori yozda kamroq. 

Tinch  okean  sohilining  markaziy  qismida  iyulda  ham  yanvardagi  kabi  30  j.k.  dan 

ekvatorgacha  janubiy  va  janubi-g`arbiy  shamollar  ustun  turadi;  ular  sovuk  Peru  okimli 

suvlari  ustida  qirg`oqka  parallel  esib,  shu  kengliklarda  Tinch  okean  soxil  iklimining  ancha 

kuruk kelishiga sabab bwladi. 



 

 

Iqlim mintaqa va oblastlari. 

Janubiy  Amerikaning  asosiy  qismi  ekvatorial,  subekvatorial  va  tropik  iqlim 

mintaqalarida  joylashgan.  U  chekka  janubda  subtropik  va  mw`tadil  iklim 

mintaqalariga  ham  kirib  boradi.  birok  bu  mintaqalarning  kengligi  va  ular  ichidagi  turli 

iqlim tiplarning nisbatlari orografiyasiningwziga xos xususiyatlari 8ilan bog`likdir. 

Janubiy 


Amerikada 

ekvatorial 

iqlim 

mintaqasi 



butun 

Amazonka 

pastteksisligining  unga  tutash  qismlarini  wz  ichiga  oladi.  Tinch  okean  sohilining 


 

39 


ekvatordan  shimoldagi  qismi  ekvatorial  mintaqaga  kiradi.  Bu  mintaqa  yil  bwyi 

yog`inlarning  kwpligi  va  xaroratning  birday  yuqori  (+24°,  +28°S)  ekanligi  bilan 

xarakterlanadi.  Yillik  yog`in  miqdori  turli  qismida  1500  mm  dan  2500  mm  gacha  bwlib, 

Tinch  okean  sohillaridagina  yog`in  miqdori  yiliga  5000  -  7000  mm  ga  etadi.  Bu  rayonga 

yog`inlarni yil bwyi janubiy va janubi-garbiy shamollar keltiradi, yog`inlarning kwpligi 

orografik  sabablariga  bog`liqdir.  Amazonka  pasttekisligida  yog`inlarning  asosiy  qismi 

ekvatrial havo massalaridagi konvsktiv jarayonlar natijasida hosil bwladi. 

Janubiy Amerikaning Orinoko pasttekisligi, Karib dengizi soxillari, Gviana tog`ligining 

katta  qismi  va  Gviana  pasttekisligini  wz  ichiga  olgan  butun  shimoliy  kismi

 

subekvatorial  iqlim  mintaqasida  joylashgan.  Janubiy  yarim  sharning  subekvatorial 



mintaqasiga  Braziliya  tog`ligining  shimoli  va  Amazonka  pasttekisligining  janubiy  qismi 

kiradi.  Shimoliy  va  janubiy  yarim  sharning  subekvatorial  mintaqalari  sharqda  wzaro 

tutashadi.  Tinch  okean  soxilining  ekvatordan  to  4  -  5°  j.  k.  gacha  bwlgan  kismi  ham 

subekvatorial  mintakaga  kiradi.  SubekvaTorial  iklimning  wziga  xos  xususiyati,  ya`ni 

yog`inlarning  mavsumiy  taqsimlanishi  bu  hududning  barcha  qismida  yakkol  aks  etgan. 

Janubiy  yarim sharda Braziliya tog`ligi, Amazonka daryosining kuyi oqimida ekvatorial 

mussonlar bilan bog`liq yog`ingarchilik davri taxminan dekabr oyidan may oyigacha davom 

etadi;  bunda  yogin  mikdori  ekvatorga  tomon  orta  boradi.  Shimolda  yog`ingarchilik  davri 

may  oyidan  dekabr  oyigacha  davom  etadi.  Qishda  passat  kirib  kelganda  yog`in  yog`maydi. 

Braziliya  tog`ligi  sohilining  iliq  oZimlar  okeandan  passatlar  kirib  kelib,  tog`larga  uriladigan 

shimoliy qismidagina  qishda ham  yomg`ir  yog`ib turadi,  wrtacha  yillik harorat  +28°,  +30°S 

gacha etadi. Janubiy Amerika janubiy yarim shardagina tropik iqlim mintaqasiga kiib boradi. 

Braziliya  tog`ligining  sharkiy  va  janubi  -  sharkiy  qismlari  sernam  passat  iqlimli  oblastda 

joylashgan  bwlib,  bu  erda  Atlantika  okeanidan  esuvchi  tropik  havo  oqimlari  yil  bwyi  yog`in 

keltiradi.  Nam  havo  tog`lar  yonbag`ridan  yuqoriga  kwtarilar  ekan,  shamolga  rwpara  qismida 

kwplab  yog`in  beradi.  Bu  iqlim  yog`inlar  rejimi  va  namlik  mikdoriga  kwra  Amazonka 

pasttekkisligi  ilimiga  wxshash,  biroq  eng  issiq  oy  bilan  eng  sovuq  oy  harorati  farqining  ancha 

kattaligi bilan xarakterlanadi. Tropik mintaqaning materik ichkarisidagi qismda iqlim qirg`oqlari 

bwylab, yoginlar maksimumi yozga twg`ri keladi va qishki quruk fasl yaqqol aks etgan. Tinch 

okean sohilining 5° j.k. bilan 30° j.k. orasidagi qismi qirg`oq chwllari va chala chwllar iqlimi 

oblistidir.  Bu  iqlim  Atakama  chwlida  eng  yaqqol  aks  etgan.  Atakama  chwli  Tinch  okean 

maksimumining  sharqiy  chekkasi  va  harorat  inversiyasi  ta`siridadir,  xarorat  inversiyasi  yuqori 

kengliklardan har doim nisbatan sovuq havoning va kuchli Peru oqimining sovuq suvlarining 

oqib kelib turishi natijasida hosil bwladi. Havo namligi 80% ga etgani holda, yog`inlar juda kam. 

Subtropik  iqlim  mintaqasi  30°  -  40°  janubiy  kengliklar  orasida  joylashgan  bwlib, 

Braziliya  tog`ligining  janubi  Pampaning  sharkiy  hudullari  nam  subtropik  hisoblandi.  Yozda 

yog`inlar shimoliy sharqiy musson tarzida kirsa, qishda esa janubda tsiklon faoliyatidan vujudga 

keladi. Qish ilik bwlib, wrtacha harorat +10° S dir. 

Ayrim  hollarda  janubdan  sovuq  havoning  kirib  kelishi  haroratnig  0°S  dan  pasayib 

ketishiga olib keladi. Yog`in mikdori 500 mm dan oshmaydi. Shuning uchun bu hududda quruq 

subtropik oblast vujudga keladi. 

Ichki suvlari 

Janubiy Amerika materigi daryo tizimi yaxshi rivojlangan. Bunga asosiy sabab, materikning 

iqlimi,  tarixiy  taraqqiyoti  va  rel`f  tuzilishi  hisoblanadi.  Materikning  bosh  asosiy  suvayirg`ichi 

And  tog`lari  hisoblanadi.  Daryolarning  deyarli  kwpchiligi  Atlantika  havzasiga  suvini  quyadi. 

Tinch  okeaniga  quyiluvchi  daryolar  kam.  Materik  yillik  oqim  miqdori  bwyicha  er  sharida 

Evropa  materigidan  keyin  ikkinchi  wrinda  turadi.  Daryolarning  asosiy  twyinish  manbai 

yomg`ir  suvlari  hisoblanadi.  Janubdagi  ba`zi  daryolarning  twyinishida  muzlarning  ahamiyati 

kattadir. 

Materik  daryolarining  wziga  xos  xususiyati  ular  kwp  hollarda  ostona  va 

sharsharalar hosil qilib oqadi. Dunyodagi eng baland sharshara Orinoko daryosida, Churin 

irmog`ida Anxel sharsharasi 1054 m dir. Parana daryosidagi Iguasi sharsharasining eni 4 

km ga yaqin, 275dan ortiq, sharsharalar hosil qilib oqadi. 



Amazonka  -  Materikning  eng  yirik  daryosi  hisoblanadi.  Sersuvligi  jihatilan  er  yuzida 

birinchi  wrinda  turadi.  Havzasining  maydoni  7  mln  kv  km  dan  ortiq,  uzunligi  bosh  irmog`i 

bilan  birgalikda  6400  km  ga  etadi.  Suv  sarfi  120000  m  /sek  yillik  oqim  miqdori  3800  km,  Bu 

kwrsatkich  er  sharidagi  barcha  daryo  oqimlarining  15%  ini  tashkil  etadi.  Asosiy  irmog`i 

Maran`on  hisoblaiadi  va  u  4900  m  balandlikdan  boshlanadi,  Bu  irmoq  pastga  tushgandan 

keyin  Ukayali  irmog`i  bilan  kwshilib  Amazonka  nomini  oladi.  Daryoning  500  dan  ortiq 

irmog`i mavjud. Uning eng yirik wng irmog`i Madeyra daryosi, chap irmog`i esa Riu - Negru 


 

40 


irmog`i,  Modeyra  3200  km  masofaga  ega.  Riu-Negru  esa  2300  km  masofaga  ega.  Daryo 

yiliga  1  mld  tonnadan  ortiq  loyqa  oqizadi.  Lekin  quyi  qismida  delta-hosil  qilmaydi.  Sababi 

wzanning  ancha  chukurligi  va  dengiz  suvining  qalqishi  bilan  bog`liq.  Daryo  kengligi  yuqori 

qismida 1km dan Manaus shahri atrofida 5km ga, quyi qismida esa 20 km ga, dengizga quyilish 

joyida orollar bilan birgalikda 80 km ga etadi. Dengiz suv kwtarilishidan hosil bwlgan twlqinlar 

daryo oqimiga qarshi 1000 km ichki qismiga kirib boradi. Daryolarda yiliga ikki marta suv sathi 

kwtariladi. 

Parana  -  daryo  havzasinng  umumiy  maydoni  4  mln  km  .  Parananing  uzunlmgi 

4000  km  atrofida.  Daryoning  asosiy  irmoqpari  hisoblangan,  Riu-Grande  va  Paranaiba  Braziliya 

tog`liklaridan  boshlanadi.  Parana  daryosining  yagona  asosiy  irmog`i  Paragvay  daryosi 

hisoblanadi. Ikkalasi qwshilib, quyi qismida Parana nomini oladi. 



Orinoko  -  daryoning  uzunligi  2730  km.  Havzasining  maydoni  1mln  km

2

  .  Daryo 



Gviana  toglaridan  boshlanadi.  Daryoning  boshlanish  qismida  wziga  xos  xusiyatlardan  biri 

Kosigyari  daryosi  bilan  birgalikda  Amazonkaning  Riu-Negru  irmog`i  bilan  bog`langanligi 

hisoblanadi. Atlantika okeaniga quyilishida uzunligi 200 km dan ortiq del`ta hosil qiladi. 

Kwllari. 

Materik kwllarga unchalik boy .bwlmasada, unda qator tektonik muzliklar ishi natijasida 

vujudga  kelgan  vulkanik  va  laguna  kwllari  mavjud.  Eng  yirik  kwli  Titikaka.  U  And 

tog`larishshg wrta qismida, dengiz sathidan 3800 m balandlikda joylashgan bwlib, maydoni 

8300 km . Eng chuqur joyi 304 m, uning atrofini zinadoyasimon tekisliklar wragan bwlib, bu 

kwl sathining wzgarib turishini kwrsatadi, suvi chuchuk. Uning yaqinida biroz pastrokda Poopo 

kwli  joylashgan.  Titikakadan  bu  kwlga  tomon  oqim  mavjud.  Shuning  uchun  bu  kwl  shwr 

hisoblanadi.  Bundan  tashqari  Atlantika  okeanining  qirg`oqlarida  laguna  tipli  kwllar  mavjud 

bwlib, ulardan eng yirigi materik shimolidagi Marakaybo kwlidir. U bevosita Venesuela qwltig`i 

bilan  tutashib  turadi.  Uzunligi  200km  ga  etadi.  Suvi  chuchuk.  Ayrim  hollarda  dengiz  suvi 

kwtarilgan  paytlarda  kwl  suvining  kwtarilishi  kuzatiladi.  Materikying  janubi-sharkiy 

sohillarida Patus va Lagamirin kwllari joylashgan bwlib, ular okeandan ajralib qolgan. 

Savol:  

1 .Materik iqlimiga wziga xos tomonlar nimadan iborat? 

2. Materik joylashgan wrni iqlimga qanday ta`sir kwrsatadi? 

3. Materiqda qaysi iqlim mintaqalar shakllangan? 

4. Materikdagi     mavjud     iqlim     mintaqalarda     nima     uchun     iqlimoblastlari 

ajratilgan? 

5. Ichki suvlarini shakllanishida iqlimining roli qanday? 

6. Daryolarning ,xalq xwjatsigadagi ahamiyati nimadan iborat? 

 

qi

qi



qi

qi 


ÆÀÍÓÁÈÉ

ÆÀÍÓÁÈÉ


ÆÀÍÓÁÈÉ

ÆÀÍÓÁÈÉ    ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ

ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ

ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ

ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ; 



; ÒÀÁÈßÒ ÇÎÍÀË

ÒÀÁÈßÒ ÇÎÍÀË

ÒÀÁÈßÒ ÇÎÍÀË

ÒÀÁÈßÒ ÇÎÍÀËÀÐÈ ÂÀ ÎÐÃÀÍÈÊ ÄÓÍßÑÈ

ÀÐÈ ÂÀ ÎÐÃÀÍÈÊ ÄÓÍßÑÈ

ÀÐÈ ÂÀ ÎÐÃÀÍÈÊ ÄÓÍßÑÈ

ÀÐÈ ÂÀ ÎÐÃÀÍÈÊ ÄÓÍßÑÈ    

 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling