O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi Ajini1z nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filippin orollari.
- Savol
- Shimoliy Amerika geografik wrni, qirg`oq tuzilishi, tabiat taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
- Myorchisson
- Sent - Charlos
- Shimoliy Amerika ichki suvlari.
Malayya arxepelagi-Er eng katta orollar wlkasi. Katta va kichik Zond-Molukko va Seram orollari ana shu arxipelag orollari jumlasiga kiradi. Arxepelagdagi kuruqlikning maydoni 2 mln. km ga teng. Malayziya arxipelagi tabiiy sharoitiga kwra, er sharining eng murakkab va rang-barang wlkalaridan biridir. Uning wziga xos xususiyati yoki strukturalar bilan birga kadimgi quruklikning chukur tutib ketgan va saqlanib qolgan. Qismlarining biriga uchrash, re`lefining juda parchalanib ketganligi hozirgi vulkan hamda seysmik faoliyatining intensivligi, yil bwyi harorat yuqoriligi namning mwlligi, sernam tropiklarning xukmronligi xayvonot dunyosining wziga xosligi hamda boyligidir. Malayya arxipelagi zonasida Osiyoning yosh burmalanish zonalari mavjud. Malayya arxipelagidagi barcha orollar hosil bwlishiga kwra materik orollardir. Ular orasida vulkan va marjon orollari xam bor. Arxepelagning maydoniga kwra ikkinchi wrindagi oroli-Sumatraning g`arbiy chekkasini tog`lar va yassi togliklar band kilgan. Sumatraning janubidagi eng baland va aktiv harakatdagi vulkani bu Kerinchi (3805m) vulkanidir. Uzun chwzilgan kambar yava oroli yosh chwkindi jinslar va vulkan otilishi mahsulotlaridan hosil bwlgan. Yavaning eng baland vulkanlari ZOOOm dan oshadi (Semeru- 3676).
Shimoliy qismda sertepa kambar erlar mavjud. Yirik shaxarlar shu erda joylashgan. Malayya arxipelagidagi eng yirik va yaxlit orol-Kalimantan er sharining eng katta orollaridan biridir. (734miig km ). Wlkada kalay, marganets, boksit. vol`fram, slyuda, temir rudasi kwplab uchraydi. Ulkaning katta qismi ekvator yonida joylashganligi va orollardan iborat. Ekanligi bu erda ekvatorial hamda dengiz tropik xavosining xukmronligiga, haroratning bir xil turishiga, namlikning doim kattaligiga yog`inning mwl-kwl yog`ishiga sabab bwladi, Malayya arxipelagi uchun xaroratning yil bir xil bwlishi xosdir. Orollardagi daryolarning kwpchiligi kiska daryolardir. Eng katta daryo Karuasning uzunligi 1400km. Orollarda turli wrmon mintaqalari joylashgan, wrmonlarda Orangutan, gibbon va mayin junli maymunlar kwplab uchraydi. Filippin orollari. Orollarning umumiy soni 7000 dan oshadi Maydoni 299.7 ming km 1 Eng yirik orol-Luson (105.6 ming km ). Filippin orollari G`arbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasida bwlib, rel`efning juda murakkabligi va parchalanib ketganligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi rel`ef va orollar kiyofasi karnazoyda vujudga kelib, tekislangan burmali toglarning palaxsali kwtarilishi va parchalanishi natijasida hosil bwlgan. Yozda orolning xamma joyida janubi-g`arbiy shamollar esib, ekvatorail nam havo keltiradi. Kwplab yog`in yog`adi, ba`zan kuchli tayfunlar bwlib turadi. Orollarda kimmatbaxo daraxt turlari kwp. Filippinda madaniy wsimliklar, pal`mazorlar, shakarqamish, sholipoyalar, bananning maxsus turi abaki, manila ponoldan pishik tola olinadi. Bu erdagi xayvonlar endimakdyr. Ular gobon, jun kanotlilar, sichqonsimonlar, kokadur va yirtqich qush-maymunxwr va boshkalar shular jumlasiga kiradi.
1.
Janubiy Osiyoning iqlimi shakllanishida nima asosiy rol` wynaydi? 2. Janubiy-Sharkiy Osiyo xududiga kiruvchi orollar guruxiga ts`rif bering?
qw qw qw ØÈÌÎËÈÉ ØÈÌÎËÈÉ
ØÈÌÎËÈÉ ØÈÌÎËÈÉ ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ; ; ; ;Ã Ã Ã Ã ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ ÓÐÍÛ ÓÐÍÛ ÓÐÍÛ
ÓÐÍÛ, , , , Ò Ò Ò ÒÅÊ ÅÊ ÅÊ ÅÊÒÎÍÈÊÀÑÛ ÒÎÍÈÊÀÑÛ
ÒÎÍÈÊÀÑÛ ÒÎÍÈÊÀÑÛ ÂÀ ÂÀ ÂÀ
ÔÎÉÄÀËÈ ÔÎÉÄÀËÈ
ÔÎÉÄÀËÈ ÔÎÉÄÀËÈ ¹ ¹ ¹
ÎÇÛËÌÀËÀÐÛ ÎÇÛËÌÀËÀÐÛ ÎÇÛËÌÀËÀÐÛ
Reja: 1.
Shimoliy Amerikaning geografik joylashgan wrni haqida ma`lumot. 2.
Materikning tektonik tuzilishi haqida ma`lumot. 3.Materikning relef shakllari va uning xususiyatlari.
28
Shimoliy Amerika materigi g`arbiy yarim sharning shimolida joylashgan bwlib, qutbiy kengliklardan ekvator kengliklarigacha bwlgan hududlarni egallaydi. Materikniig eng shimoliy chekka nuktasi Butiya yarim orolidagi Myorchisson burni bwlib, 71° 50' shimoliy kenglikda, janubiy chekka nuqtasi Maryatto burni 7° 12 shimoliy kenglikda, g`arbiy chekka nuqtasi Alyaskadagi Uel`s burni 168° g`arbiy uzunlikda va sharqiy nuktasi Sent - Charlos burni 55° 40 1 g`arbiy uzunlikda joylashgan. Materik atrofida bir kancha katta kichik orollar joylashgan bwlib, ular ham materik tarkibiga kiritiladi. Ular shimolda eng yirik Grenlandiya, Kanada - Arktika arxipelagi, sharqda N`yufaunlend, janubiy -sharkda Katta va Kichik Antil orollari hamda Bagama orollari, garbiy sohilining shimoliy hududlarida Alleut, Aleksandr arxipelagi, Sharlotta qirolichasi va Vankuver orollari joylashgandir. Materik maydoni shu orollar bilan birgalikda 24,2 mln km maydonni egallaydi. Orollar maydoni esa 3890 ming km ni tashkil etadi. Shimoliy Amerika 70° shimoliy keiglik bilan 30° shimoliy kenglik orasida eng keng va yaxlit hisoblanadi. Chekka shimol va janubda kuruklikni suv xavzalari ancha parchalab yuborgandir. Materik shimolida Gudzon qwltig`i, janubida esa Meksika qwltig`i materik ichkarisiga ancha wyib kirgandir. Materikni Shimoliy Muz okeani, Tinch okeani va Antlantika okeani suvlari wrab turadi. Proterezoy erasining oxirida hozirgi Shimoliy Amerika materikning wrnida yaxlit platforma mavjud bwlgan va uni shimoldan Arktika, shark, shimoli-shark va janubi-sharq tomondan Atlantika geosinklinal mintaqalari wrab turgan. Bu geosiiklinal mintaqalar Shimoliy Amerika platformasini Evropa platformasidan ajratib turgan. Keyinchalik platformaning shimoliy qismi kwtarila boshlagan. Boshqa qismlari esa keyingi geologik davrlarda asosan chwkib borgan, Kordilera burmali tog`lar paydo bwlishi neosinklinal mintaqasi doirisida va qisman kwtarish harakatlari tokembriyning swngida va poleozoy boshida rwy bergan. Bu tog`larda birinchi hakikiy tog` paydo bwlish xarakterlari devon davridan boshlab hamda poleozoyning ikkinchi yarimidan vujudga kela boshlagan. Materik polezoy oxiri va mezazoy boshida hozirgi materikdan katta farq qilgan. U bir - biriga mustahkam birikkan tokembriy va poleozoy burmali strukturalaridan iborat bwlgan hamda shimolda Evrosiyo bilan tutashib, birgalikda Lavraziya materigini hosil kilgan. Bu davrda Kordilera tog`larining ayrim qismlari dengiz suvi yuzasiga chiqib turgan. Shimoliy Amerika hozirgi tabiiy sharoitining shakllanishi axamiyatga ega bwlgan hodisalar mezazoy erasi davomida rwy bera boshlangan. Keyingi davrlarda muz bosish davrlari rwy bera boshlangan. Muzliklar 2 markaz Labrador va Kordilera tog`laridan tarqalgan. Maksimal muzlash davrida butun materikni 40° shim. kenglikgacha qoplab olgan, ya`ni uning salkam 65% maydonini egallagan. Shimoliy Amerikadagi muzlanishning Evroosiyodagiga qaraganda katta bwlganligi uning ichki rayonlari ancha sernam bwlganligidan dalolat beradi. Materikning shimoli - g`arbida Alyaska, shimolida Kanada arxipelagining g`arbi muzlar bilan qoplanmagan. Materikda bir necha muz bosishi va qaytishi hollari bwlgan., oxirgi muzlanish davri bundan 10-15 ming yil muqaddam sodir bwlgan. Bu davrda iqlim sernam, daryo oqimlari janubga ywnalgan bwlib, okean sathi hozirgidagidan ancha pastda bwlgan. materikning shimoli va janubidagi kwltik va bwg`ozlar kuruklikdan iborat bwlgan. Oxirgi muzlik chekinishida sohildagi pastgekisliklarni dengiz suvlari qoplagan va kwplab muzlik yoni kwllari vujudga kelgan. Materikdagi tog` sistemalari relefiga tog` muzliklari katta ta`sir kwrsatgan. Viskonsin muzligi 2 massiv Labrador va Kivatin muzliklariga bwlinib ketgan va muzlar materikning shimoliy qismlarida butunlay tugagach, wsimlik va hayvonlar paydo bwla boshlagan, iqlim biroz iliqlashib va quruqlashib asta-sekin hozirgi landshaftlar shakllana boshlagan. Savol:
Shimoliy Amerika boshqa materiklardan strukturasining simmetrikliligi va struktura bilan relefning bir-biriga mos kelishi bilan ajralib turadi. Materikning markaziy qismini qadimgi platformatashkil etadi. Bu platforma Grenlandiyaning va Kanada-Arktika arxipelagi orollarining bir qismini wz ichiga oladi. Bu orollarning qalqonlardan iborat tekislik qismlari asosan muzliklar ostida bwlib, dengiz sathidan ancha pastda joylashgan. Gudzon qwltig`i sohillari va Makkenzi havzasida qatlamli-akkumulyativ tekisliklar tarqalgan bwlib, ular quyi paleozoy yotqiziqlari qatlamlaridan tuzilgan, ustini muzlikdan keyingi trasgressiya yotqiziqlari qoplagandir. Undan janubda Markaziy tekisliklar joylashgan bwlib, strukturasiga kwra usti kalin paleozoy dengiz yotqiziqlari bilan koplangan. Platformaning chwkindi jinslardan tarkib topgan Kordilera tog`lari bilan chegara qismini Buyuk tekisliklar ishg`ol etadi. Buyuk tekisliklarning bapandligi 1200-1700 m ga etadi. Platformada foydali qazilma boyliklarining
29
katta-katta zahiralari mavjud. Mis, kobalt, nikel, uran, oltin, temir, neft konlari. Kwmirning kwng`ir tusli zahirasi kattadir. Platformaning burmalangan chekka qismlari, N`yufaunlend, Apalachi toglari va ularning janubi-g`arbiy davomi Uichiy-Maraton sistemasi sifatida davom etadi va ular sharq, janub va janubi-sharqtsa Atlantika va Meksika bwyi tekisliklarining mezakaynazoy chwkindi jinslari qatlami tagida yotadi. Apalachi tog`lari materikning shimoli-sharkdan janubi-g`arbiga tomon chwzilgandir. Tog`likning eng baland nuktasi uning janubida 2037 m li Mitchel chwkkisi hisoblanadi. Materikning g`arbida Alyaskadan to Panama bwynigacha bwlgan hududni Kordilera tog`lari egallab yotadi. Uzunligi 9000 m ga, kengligi 800-1600 m ga etadi. Tog`likning eng yuqori nuqtasi Alyaskadagi 6193 m li Mak-Kinli chwqqisidir. Bu murakkab orografik sistemadan iborat Kordilera toglari bir necha bwylama zona va segmentlarga ajratiladi. Bu tog`lar tarkibida (V.E. Xamn ma`lumotiga kwra) kuyidagi zonalarni ajratish mumkin: a) Epiplatforma massivlari zonasi; bunga Alyaskadagi Bruks tizmasi, Makkenzi tog`lari, AQShning Janubi-sharqiy qoyali tog`lari, Markaziy Amerikaning shimoliy serralari kiritiladi; Wrta massivlari zonasi; bunga Yukon massivi, Kolorado platosi, Meksika shimoliy mesasi kiritiladi; s) Bor-poleogen burmalangan Kordilera tog`larining va AQShning shimolidagi qoyali tog`lar, janubiy qoyali tog`larning g`arbiy qismi, Katta havzaning sharqiy qism, hamda Sharqiy Serra-Madre tog`lari kiradi; s) Yura-bor davrlarida (Nevadiy bosqich) burmalangan zona; bunga Alyaska tizmasi, Katta havzaning g`arbiy qismi va Serra-Nevada tog`larikwtarilmalaridan Kaliforniyaning qirg`oq tizmalari kiritiladi; e) Bukilmalardan iborat G`arbiy Tinch okean bwyi zonasi; bunga Kaliforniya qwltig`i va vodiysi, Nevadiy burmalanishi bilan bog`liq bwlgan yosh vulkanik tog`lar egallaydi. Bular Kaskad tog`lari, Kolumbiya platosi, Janubiy Amerika va Nikaragua toglaridir. Kordilera toglarining asosiy morfostrukurasi tiplari palaxsa va burmali palaxsa tog` tizmalari, vulkanik tog`lar, denudatsion, lavali, qatlamli platolar, yosh bukilma va rif zonalarning akkumulyativ tekisliklaridir. Bu tog`lar sistemasida xilma-xil foydali kazilma komplekslari mavjud. Rudalarning katta zahirasi Kanada va AQSh doirasidagi nevadiy graniy intruziyalari bilan bog`likdir. Bular mis, qwrg`oshin, ruh, vol`fram rudalaridir. Bulardan tashqari molibden, titan, uran va ruda bwlmagan foydali qazilmalar uchraydi. Savol: 1. Materikda qalqonlar asosan kaysi qismlarda mavjud? 1.
Materik qirgoq tuzilishida boshqa materiklardan nimasi bilan fark qiladi?
2.
Qaysi davrdan boshlab materik shakllana boshlagan? 3.
Materikdagi asosiy rel`ef tiplari nimalardan iborat?
4.
qe qe qe qe ØÈÌÎËÈÉ ØÈÌÎËÈÉ
ØÈÌÎËÈÉ ØÈÌÎËÈÉ ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ ÀÌÅÐÈÊÀÍÛ; ; ; ;à ȹËÈÌÈ ÂÀ È×ÊÈ ÑÓÂËÀÐÈ Ã È¹ËÈÌÈ ÂÀ È×ÊÈ ÑÓÂËÀÐÈ Ã È¹ËÈÌÈ ÂÀ È×ÊÈ ÑÓÂËÀÐÈ Ã È¹ËÈÌÈ ÂÀ È×ÊÈ ÑÓÂËÀÐÈ Reja:
1. Shimoliy Amerika iqlimi. Iqlim mintaqa va iqlim wlkalari. 2. Shimoliy Amerika ichki suvlari. 3 Shimoliy Amerika materigi tabiat zonalari
Shimoliy Amerika atrofidagi orollar bilan birgalikda 87° va 7°shim. kengliklar orasida joylashgan, ya`ni shimoldan janubga tomon shimoliy yarim sharning ekvotrial mintasidan boshqa barcha mintaqalari kesib wtadi. Materikning eng keng va yaxlit qismi subarktika va mw`tadil mintaqalarida, kichikrok kismi esa subtropik mintaqalarda joylashgan, eng tor
30
janubiy qismi tropik va subekvatorial mintaqalardadir. Arktika mintaqasiga asosan orollar kiritiladi. Materikning kenglik bwyicha bunday joylashganligi uning shimoliy va janubiy qismlarining isishidagi, katta shimoliy qismi yozgi va kishki radiatsiya sharoitidagi katta tafovutlarga olib keladi. Yillik yalpi quyosh radiatsiyasi mikdori janubi - g`arbda 180 k kal sm 2
Kanadaning shimoliy qismiida 80 k. kal sm 2 wzgaradi. Shimoliy Amerikada er yuzasidagi asosiy orografik elementlarning submeredional ywnalishda ekanligi sharqiy tomonidan katta orografik twsiqlar bwlmagan Atlantika okeani tomonidan havo massalarining kirib kelishiga qulaylik tug`diradi. Materik g`arbidagi Kordilera tog`lari esa havo massalarining Tinch okean tomonidan materik ichkarisiga kirib kelishiga tusiqlik kiladi. Materik wrta qismida Shimoliy Muz okeani bilan Meksika qwltig`i orasida tekisliklarning mavjudligi va orofafik twsiqlarining ywqligi yilnnng barcha faslida Arktika va tropik kengliklar orasida meridional ravshida havo almashunuviga imkon beradi. Atlantika okeanida uning shimoliy va janubiy qismining isishidagi tafovutlarni bir -biri bilan N`yufaunlend rayonida uchrashuvchi iliq Gol`fistrum va sovuk Labrador oqimlari yanada kuchaytiradi. Shimoliy Amerikaning katta qismida havo massalari asosan g`arbdan- sharqqa tomon harakat kiladi, lekin materikning g`arbiy kismidagi murakkab orografik tuzilmalar Tinch okeanidan keluvchi oqimlarni okean sohili va Kordilera toglarining g`arbiy hududlariga kwproq miqdorda yog`in tushishiga sabab bwladi. Materikning ichki rayonlari kontinental havo shakllangan hududlar hisoblanadi. Shu sababli materik mw`tadil mintakasining Atlantika bwyi uchun yil bwyi tsiklonlar ta`siri bwlishi xarakterlidir. Materikning shimoliy kismida, Kanada va Alyaskaning katta qismida - 20° dan - 24°S. gacha, Kanada - Artika arxipelagi orollarida - 36° S dan, Grenlandiya markazida - 44°S gacha pasayadi. Shu davrda materikning janubida yanvar oyining harorati musbat bwlib, +20° S dan +24° S gacha etadi.
Materikning deyarli butun Alyaskani, Gudzon kwltig`ining katta qismini va Labrador yarim orolining shimolini wz ichiga oluvchi katta kismi subarktika iqlim mintaqasida joylashgan. Arktika iqlim mintaqasiga esa materikning shimoliy sohili va unga yondosh orollar kiritiladi. Materikning eng kam parchalangan qismi ya`ni janubiy chegarasi Kolumbiya daryosi kuyi qismidan, sharqda 40° shim. kenglik yaqinidan wtadi. Mw`tadil iqlim mintaqasi mintaqaning, sharkiy qismi dengiz iqlimiga mansub bwlsa, ichki qismlari quruq iqlim oblastiga kiritilsa, eng g`arbiy qismlari yog`in mikdorini kwp olganligi sababli dengiz iqlim oblastiga kiritiladi. Florida yarim orolidan g`arbda, to Kaliforniya yarim oroligacha bwlgan kagta hududni subtropik iqlim mintaqasi egallaydi. Tropik iqlim mintaqasi 28°-30° shimoliy kenglikdan janubda joylashgan bwlib, bu mintaqada iklim asosan Tinch va Atlantika okeanidagi yuqori bosim oblastlari belgilaydi. Subekvotrial iqlim mintakasi materikning eng janubiy hududlarini egallagan bwlib, yozda ekvatrial musson shamollari kwplab yog`in keltiradi. Bular asosan Tinch okeanidan kirib keluvchi yog`inlar hisoblanadi. Shimoliy Amerika ichki suvlari. Matsrikning iqlimi va relefi, uning ichki suvlari xususiyatlari, ularning materik bwylab taqsimlanishi, daryo va kwllarning joylanishi hamda ular rejimini belgilab beruvchi asosiy omillar hisoblanadi, Materik daryolari wz suvlarini Zta havzaga kuyadi. Ularning kwpchiligi Atlantika okeaniga va kamrog`i Tinch va Shimoliy Muz okeaniga twg`ri keladi. Materikning yillik oqim hajmi 6000 km 3 ga tengdir. Materikning shimoliy qismida oqim tizimida daryo va kwllar mikdori kwpdir. Materikning Kordileradan tashqari markaziy va sharqiy hududlarining tekisliklardan iboratligi, namgarchilikning etarliligi Labrador yassi tog`liklari va markaziy tekisliklarda daryo va kwllarning paydo bwlishiga sabab bwladi. Missisipi, Soskachivan, Nel`son, Avliyo Lavrentiy kabi daryolar shular jumlasidandir. Bu daryolar materikning yarmidan kwp maydonni egallaydi. Tinch okeani havzasiga Kordilera tizimidagi Yukon, Freyzer, Kolumbiya, Kolorado, Sokramento kabi daryolar kiradi. Shimoliy Muz okeaniga bir necha kichik daryolar va shimolning eng yirik daryosi Makkenzi wz suvini quyadi. Tropik va subtropik mintaqadagi daryolar asosan yomg`ir suvidan twyinadi. Ular yillik oqim mikdoriiing 60-80% ini tashkil etadi. Meksika va Atlantika bwyi pasttekisliklarida joylashgan daryolar okimining 50%i kuz fasliga twg`ri keladi. Apalachi tog`ligining janubdagi, Markaziy va Buyuk tekisliklarning janubidagi, Kolarado platosining janubida joylashgan daryolar 50%ga yaqini bahor oylariga twg`ri keladi. Materikning markazi qismida daryo tizimi yaxshi rivojlangan bwlib, bu hududda er sharidagi katta daryolardan biri Missisipi va uning irmoqlari joylashgan. Daryo uzunligini Itaska kwlidan xisoblaganda 4200 km, Missuri daryosi bilan hisoblanganda 5971km. ni tashkil etadi. 31
Daryo suv sarfi 19800m 3 sek.ni tashkil etadi. Avliyo Lavrentiy daryosi yirik daryolardan biri bwlib, u Ontario kwlidan boshlanadi va Avliyo Lavrentiy kwrfaziga wz suvini quyadi. Shimoliy Amerikaning muhim suv sistemasi - Buyuk kwllar sistemasidir. Uning tarkibiga Yuqori kwl, Guron, Michigan, Eri, Ontario kabi katta va kichik kwllar kiradi. Ularning hammasi bir-biri bilan tutashgan bwlib, yagona dunyodagi eng katta chuchuk suv havzasini tashkyl etadi, bu suv havzasining maydoni 246050km Yukori kwl maydoni jihatidan dunyodagi kwllarning eng kattasi hisoblanadi. Uning maydoni 12414 km 2 ni, maksimal chuqurligi -393m. ni tashkil etadi. Eridan tashqari barcha Buyuk kwllarning tagi okean sathidan pastda joylashgan. Yuqori kwldan keyingi pog`onada dengiz sathidan 177m balandlikda Michigan va Guron kwllari joylashgan. Ularning chuqurligi 281m (Michigan), 228m (Guron)ni tashkil etadi. Bu kwllar Yuqori kwl suvini ostonasimon Ssnt-Meri daryosi orqali oladi. Eri kwli dengiz sathidan 174m balandda, chuqur joyi 64m. ni tashkil etadi. Kwldan Niagara daryosi okib chiqib wzidan deyarli YuOm pastda joylashgap Ontario kwliga quyiladi. Niagara daryosi uzunligi 58 km. dir, daryo silur kuestalarni kesib wtarkan balandligi 50m. li sharsharani hosil kiladi. Kanadaning koyali toglardan boshlanadigan va Atabaska kwliga quyiladigan Atabaska d ar yo s i m at eri k ni n g en g s h i mo l il agi M ak k enz i dar yo s i n i n g b o s h i rm o g`i xisoblanadi. Daryoning uzunligi Atabaskaning boshidan hisoblaganda 4600km. dir. Alyaska uchun katta ahamiyagga ega bwlgan daryolardan biri Yukondir. Uzunligi 3180km, havzasining maydoni 855 ming km 2 , materikning janubida daryolar kam. Umuman materikda ichki suvlar tizimi yaxshi rivojlangan bwlib, ular materikdagi davlatlarning suv rejimini ta`minlashda axamiyati kattadir. Savol: 1.
2.
Iqlim mintaqa va wlkalar qanday tartibda joylashgan? 3.
Materik daryolarining twyinish manbai nimadan iborat? 4.
Materikdagi mavjud kwllar paydo bwlishi jihatidan kanday tipga kiritiladi? Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling