O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 0.54 Mb.
Pdf просмотр
bet1/6
Sana24.04.2017
Hajmi0.54 Mb.
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

   AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI  

O’zbek tilshunosligi kafedrasi 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

«LEKSIKALOGIYA VA FRAZEOLOGIYA»  

fanidan 

 MA’RUZA MATNLARI.   

    

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Nukus - 2012 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MA’RUZA MATN MUNDARIJASI 

MA‘RUZA 1

Kirish. Leksikologiya kursining maqsadi va vazifalari 

 



 

REJA: 

1. 


Lekeikologiya predmeti haqida tushuncha. 

2. 


So‘z va uning ma’nolari. 

3. 


O‘z va ko‘chma„ma’noli so‘zlar. 

4. 


Ma’no ko‘chish yo‘llari. 

5. 


So‘z ma’nolarining o‘zgaruvchanligi. 

6. 


So‘zlarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. 

7. 


Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. 

 

 



 

 





MA‘RUZA 2.  So’zning leksik birlik sifatidagi mohiyati. 

 

 

 



 

REJA: 

1.

 



Nominativ birlik 

2.

 



Leksik so’z 

3.

 



Grammatik so’z 

4.

 



Semema 

5.

 



Nomema 

 

 



MA‘RUZA 3.              

 

Leksemaning semantik  tarkibi. 



 

 

 



REJA: 

1. Leksik ma’no 

2. Fonetik so’z  

3. Denotot  

4. Referent  

5. Signifikat  

6. Valentlik 

7. Tushuncha  

8. Turkumlik semalari  

 

 

MA’RUZA 4.  Leksik ma’noning semantik tarkibi. 



 

 

 



    REJA: 

1. Atash semalari 

2. Ifoda semalari 

3. Vazifa semalar 

4. Terminlar. 

 

 

MA’RUZA 5. 



Leksemaning uzual va okkazional ma’nolari 

 

 

 



 

REJA: 

Uzual  ma’no  

Okkazional ma’no . 

Leksik qo’llash 



 

 


MA’RUZA 6.   

Leksik monosemiya va polisemiya 

 

 

         



REJA: 

1. Leksik monosemiya 

2. Leksik polisemiya 

         3. Leksik ma’no taraqqiyoti.



 

 

MA’RUZA  



7.       

Leksik ma’no tiplari 

 

 

                                



REJA: 

1. Hozirgi leksik ma’no  

2.Avvalgi leksik ma’no 

3.Bosh ma’no  

4.Hosila ma’no  

5.Eski leksik ma’no  

6.Etimologik leksik ma’no  

             7. SHakl etimoni 



 

 

MA’RUZA 8.       



   Leksik sinonimiya. 

 

 

                     REJA: 

1. Sinonimiya  

2. Sinonimik qator 

3. Dominanta  

4. Ma’no sinonimlari  

5. Uslubiy sinonimlar  

             6. Nutqiy sinonimlar 



 

 

MA’RUZA 9.       



Leksik antonomiya 

 

 

                         



REJA: 

1. Antonimiya  

2. Antonimik juftlik 

3. Kontekstual antonimiya  

4. Enantiosemiya  

5. Mantiqiy markaz  



 

 

MA’RUZA 



10.        

 LEKSIK ONONIMIYA. 

 

 



REJA: 

1. Omonimiya  

2. Leksik omonimiya  

3. Omoformalar  

4. Omofonlar 

 

Paronimiya. 

 

MA’RUZA 

11.  

 

REJA: 

1. Paronimiya  

2. Kvaziomonimlar  

3. So’z variantlari  

4. Paronomaziya 

 

Giponimiya, graduonimiya, partonimiya. 



 

 

MA’RUZA 



12.  

 

REJA: 

1. Giponimiya  

2. Giponim 

 


3. Giperonim  

4. Graduonimiya. 

5. Partonimiya 

MA’RUZA 

13.

 

o’zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti.  

 

 

 



REJA: 

1. O’z qatlam  

2. O’zlashgan qatlam  

3. Umumturkiy so’zlar  

4. Sof o’zbekcha so’zlar  

5. Arabcha o’zlashmalar  

6. Fors-tojik so’zlari 

7. Ruscha-baynalmilal o’zlashmalar 

 

 

 

 

 

 

 

 Ma’ruza 1:  Kirish. Leksikologiya kursining maqsadi va vazifalari 

 

REJA: 

1.Lekeikologiya predmeti haqida tushuncha. 

2.So‘z va uning ma’nolari. 

3.O‘z va ko‘chma„ma’noli so‘zlar. 

4.Ma’no ko‘chish yo‘llari. 

5.So‘z ma’nolarining o‘zgaruvchanligi. 

6.So‘zlarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. 

7.Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. 



TAYANCH TUSHUNCHALAR. 

Leksikologiyaning ob’ekti – tilning luHat boyligi, leksik tizimi. 

LuHaviy birliklar – so’z va iboralar (leksema va frazemalar). 

Lisoniy  omillar  (lingvistik  faktorlar)  –  tilning  strukturaviy  va  sistemaviy 

xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar. 



Nolisoniy  omillar  (ekstralingvistik  faktorlar)  –  til  taraqqiyotiga  (shu  jumladan,leksik 

tizim  rivojiga)  tashqaridan  ta’sir  o’tkazuvchi  omillar:  ijtimoiy-siyosiy  tizim,  psixologiya,  urf-

odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san’at va boshqalar. 

Umumiy  leksikologiya  –  tilshunoslikning  turli  tillar  materiali  tahlili  asosida 

leksikologiyaning umumnazariy masalalari bilan shuHullanuvchi bo’limi. 



Xususiy  leksikologiya  –  leksikologiyaning  muayyan  bir  til  luHat  boyligi  haqida 

ma’lumot beruvchi turi. 



Tavsifiy  leksikologiya  –  ayrim  olingan  bir  tilning  luHat  boyligini  shu  til  leksikasining 

avvalgi taraqqiyoti bilan boHlamay o’rganadigan leksikologiya. 



Tarixiy  leksikologiya  –  ayrim  olingan  bir  tilning  luHat  boyligini  tarixiy  taraqqiyot 

jarayoni bilan boHlab o’rganadigan leksikologiya. 



Semasiologiya  –  leksik  birliklarning  semantik  tarkibi  va  u  bilan  boHliq  masalalarni 

o’rganuvchi soha. 



 Onomasiologiya – leksik birliklarni nomlash va tushuncha anglatish printsiplari hamda 

qonuniyatlari haqida ma’lumot beruvchi soha. 



Etimologiya  –  tilshunoslikning  so’z  va  morfemalarning  kelib  chiqishini  o’rganuvchi 

bo’limi. 



 

 Leksikologiyaning ob’ekti tilning luHat boyligidir. Bu boylik tilshunoslikda leksika deb 

ataladi, u muayyan tildagi barcha so’zlarni va shu so’zlar boHlanishidan tarkib topgan ko’chma 

ma’noli  turHun  birikmalarni  (frazemalarni)  o’z  ichiga  oladi.  Leksika  atamasi  ba’zan  tor 

ma’nolarda ham qo’llanadi: dialektal leksika, kasb-hunar leksikasi, ilmiy leksika, vulgar leksika, 

Tohir Malik asarlari leksikasi kabi. 

Leksikologiyaning  predmeti  –  luHat  boyligining  strukturaviy  va  sistemaviy 

xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath, grammatik sath) 

bilan aloqasini tadqiq qilish. 

Leksikologiyaning  vazifalari;  a)  muayyan  til  luHat  boyligidagi  eskirish  va  yangilanish 

jarayonlarini,  bu  jarayonlarda  lisoniy  va  nolisoniy  (lingvistik  va  ekstra  lingvistik)  omillarning 

ishtirokini  o’rganish;  b)  luHaviy  birliklarning  funktsional-semantik  tavsifini  berish,  eskirgan, 

yangi  va  zamonaviy  qatlamlarini,  tematik  guruhlari  va  mikrosistemalarini  aniqlash,  lisoniy  va 

uslubiy xususiyatlarini yoritish; v) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, 

ularda leksik-semantik tahlil ko’nikmalarini shakllantirish. 



 

  Leksikologiya barcha tillarning luHat boyligi taraqqiyotiga xos umumnazariy masalalar 

bilan birga, ayrim olingan bir tilning luHat boyligi masalalari bilan ham shuHullanadi. SHunga 

ko’ra u dastlab ikki turga – umumiy leksikologiya va xususiy leksikologiyaga bo’linadi. 

1.  Umumiy  leksikologiyada  barcha  tillarning  luHat  tarkibi  taraqqiyotini  belgilovchi 

qonuniyatlar ko’riladi: til va jamiyat, til va ong,  til va tafakkur munosabatlarini luHat tarkibiga 

ta’siri,  buning  luHat  tarkibida  ma’lum  o’zgarishlarga  olib  kelishi,  luHaviy  birliklarning 

zamoniylik,  tarixiylik,  ekspressiv-stilistik  jihatdan  qatlamlanishi,  ma’lum  tematik  va  leksik-

semantik guruhlarga uyushishi kabi jarayonlar barcha tillarga xosdir. 

2.  Xususiy  leksikologiyada  muayayn  bir  tilning  luHat  boyligi  o’rganiladi:  o’zbek  tili 

leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, nemis tili leksikologiyasi kabi. 

Xususiy  leksikologiya  muayyan  bir  tilning  luHat  boyligini  tadqiq  qilishda  umumiy 

leksikologiya  tajribalari  va  xulosalariga  tayanadi.  U  o’z  navbatida  tavsifiy  (sinhron)  va  tarixiy 

(diaxron) leksikologiya kabi turlarga bo’linadi: 

a) tavsifiy leksikologiyada ayrim olingan tilning, masalan, o’zbek tilining leksikasi statik 

holatda  –  shu  til  leksikasining  avvalgi  (o’tmishdagi)  taraqqiyot  dinamikasiga  boHlanmay 

o’rganiladi, shunga ko’ra u sinxron leksikologiya sanaladi.  

b)  tarixiy  leksikologiyada  ayrim  olingan  bir  tilning  leksikasi  dinamik  holatda  –  tarixiy 

taraqqiyot jarayoni bilan boHliq o’rganiladi, shunga ko’ra u diaxron leksikologiya hisoblanadi.  

Hozirgi  o’zbek  tili  leksikologiyasi,  asosan,  tavfsifiy  (sinxron)  leksikologiyadir,  ammo 

unda tarixiy (diaxron) leksikologiyaga murojaat etish hollari ham bo’lib turadi: o’zbek tili luHat 

boyligining  tarixiy  va  zamonaviy  qoplamlarini  so’zlarning  hozirgi  va  eskirgan  ma’nolarini 

qiyoslash, tavfsiflash kerak bo’lganda shunday qilinadi.  



  Leksikologiya  tilshunoslikning  sema-siologiya,  onomasiologiya,  etimologiya  va 

frazeologiya  kabi  bo’limlari  bilan  hamkorlikda  ish  ko’radi,  bunday  hamkorliksiz  tilning  luHat 

boyligidagi leksik-semantik xodisalarni, luHat tarkibi taraqqiyotiga oid til faktlari to’Hri  yoritib 

bo’lmaydi: semasiologiyada luHaviy birliklarning mazmun plan – semantik tarkibi va shu bilan 

boHliq  masalalar  tadqiq  qilinadi;  onomasiologiyada  narsa-hodisalarni  yoki  tushunchalarni 

nomlash  printsiplari  o’rganiladi;  etimologiyada  so’zlarning  kelib  chiqishi  aniqlanadi; 



frazeologiyada  tilning  luHat  boyligidagi  ko’chma  ma’noli  turHun  birlikmalar  –  frazemalar 

xususida bahs yuritiladi. 

Tilning  leksik,  fonetik  va  grammatik  sathlari  ham  o’zaro  boHliqdir:  fonetik  birliklar 

so’zni  boHliq  tusiga  kiritadi,  morfemalar  yasama  so’zlarni  shakllantiradi,  so’zlarning 

birikuvchanlik imkoniyatlari, uslubiy vosita sifatidagi xususiyatlari ularning leksik va grammatik 

ma’nolariga  hamda  uslubiy  semalariga  tayanadi.  Bular  leksikologiyaning  fonetika,  morfemika, 

so’z yasalishi, grammatika va uslubshunoslik (stilistika) bilan aloqada bo’lishini taqozo qiladi. 

 

  Leksikologiyada tilning luHat boyligi sistema sifatida tadqiq qilinadi, chunki bu boylik 

so’zlar  va  iboralarning  oddiy,  mexanik  yiHindisi  emas,  balki  o’zaro  aloqada  bo’lgan,  birining 

bo’lishi  ikkinchisining  bo’lishini  taqozo  qiladigan  luHaviy  birliklar  va  elementlar  tizimidir,  bu 

tizimdagi  so’z  va  elementlar  yaxlit  bir  "organizm"ning  "to’qimalari"  va  "hujayralari" 

munosabatida  bo’ladi:  so’zlarning  ifoda  va  mazmun  tomonlari  orasidagi  aloqalar,  leksik  ma’no 

va uning semalari o’rtasidagi butun va qism munosabatlari, so’z ma’nolarining paradigmatik va 

sintagmatik  xususiyatlari  shundan  dalolat  beradi.  Bu  tizimning  asosiy  birligi  so’z  ekanligini 

hisobga  olsak,  leksikologiyada  bevosita  so’zning  o’zi  bilan  boHliq  masalalar  ham  ko’riladi: 

so’zning  til  birligi  sifatidagi  mohiyati,  so’z  strukturasi  (ifoda  va  mazmun  planlari,  semantik 

tarkibi),  leksik  ma’no  va  uslubiy  semalar,  leksik  ma’no  va  etimon,  leksik  ma’no  taraqqiyoti, 

udual va okkazional ma’nolar shular jumlasidandir.  

 

TEKSHIRISH SAVOLLARI VA TOPSHIRIQLAR. 

 

1. Leksikologiya nimani o’rganadi? 



2. Leksika nima? 

3. Leksikologiyaning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering. 

4. Leksikologiyaning qanday turlari bor? 

5. Leksikologiya tilshunoslikning qaysi bo’limlari bilan aloqada bo’ladi? Sabablari?  

 

ADABIYOTLAR: 

1.Hozirgi o‘zbek adabiy tili, T.: 1980, 103-110 

2.Hozirgi o‘zbek adabiy tili, T.; 1966, 94-114. 

3.M_.Mirzayev va boshqalar. O‘zbek tili.T.: 1978„ 17-26 

4.H.Ne’matov,  R.Rasulov. O‘zbek .tili sistem leksikologiyasi asoslari,- T.: 1995. 

5.SH.Orifjonova 



O‘zbek 

tilida 


luғaviy 

graduonimiya. 

NDA 

T.: 


1996 

6.O‘zbek tili leksikologiyasi, T.: 1981,  4-10. 



7.M.Mirtojiyev O‘zbek tilida polisemiya, T.: 1975 

8.E.Qilichev. Badiiy tasvirning leksik vositalari, T.: 1982 

9.I.Qo‘chqortoyev. So‘z ma’nosi va uning valentligi. T.: 1.977 

10. E.Begmatov.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilining   yaeksik 

qatlamlari. T.: 1985 

11.R.Safarova. Leksik-semantik munosabatningturlari T.:1966 B.Qilichev,. O‘zbek tilida 



partonimiya. T.: 1997 

 

 

 

 

 

MA’RUZA 2.  So’zning leksik birlik sifatidagi  

mohiyati. 

 

REJA: 

6.

 



Nominativ birlik 

7.

 



Leksik so’z 

8.

 



Grammatik so’z 

9.

 



Semema 

10.


 

Nomema 


 

TAYANCH TUSHUNCHALAR. 

Nominativ birlik – nomlash xususiyatiga ega birlik. 

Leksik so’z – leksik mazmunli so’z (leksema). 

Grammatik  so’z  –  leksik  ma’nosi  bo’lmagan,  grammatik  mazmunli  so’z  (morfema-

so’z).  


Semema – leksik ma’no. 

Nomema – so’zning (leksemaning) nomi.  

 

82-·.  So’z  tilining  eng  muhim  nominativ  birliklaridir,  chunki  u  borliqdagi  narsa-

buyumlarni,  predmet  sifatida  tasavvur  qilinadigan  mavhum  tushunchalarni,  harakat-holatni, 

rang-tus,  maza-ta’m,  hajm-miqdor,  xislat  kabi  belgi-xususiyatlarni  nomlaydi:  daraxt  (predmet 

nomi),  ong  (mavhum  tushuncha  nomi),  ishlamoq  (harakat  nomi),  oq  (rang-tus  nomi),  shirin 

(maza-ta’m  nomi),  katta  (hajm  nomi),  besh  (miqdor  nomi)  kabi.  Tilning  luHat  boyligidagi 

bunday so’zlar leksik birliklar sanaladi. 

Tilda nomlash xususiyatiga ega bo’lmagan, binobarin, leksik birlik sanalmaydigan so’zlar 

ham  bor,  ular  faqat  grammatik  yoki  modal  ma’nolarni  ifodalaydi,  shunga  ko’ra  grammatik 

so’zlar  yoki  morfema-so’zlar  hisoblanadi:  yordamchi  so’zlar,  modal  so’zlar,  taqlidiy  so’zlar, 

undovlar, olmoshlar shular jumlasidandir. 

Bo’lar  tilshunoslikda  ifodalovchi  so’zlar  (undovlar,  modal  so’zlar,  yuklamalar), 

ko’rsatuvchi  so’zlar  (boHlovchilar,  ko’makchilar),  olmoshlovchi  so’zlar  (olmoshlar)  va  atovchi 

so’zlar (atoqli otlarning ma’lum turlari) kabi guruhlarga ajratiladi. (24,50-51). 

Leksik  mazmunli  so’zlar  leksikologiyada,  grammatik  mazmunli  so’zlar  esa 

grammatikada (so’z turkumlari bilan boHlab) o’rganiladi. 

Tilshunoslikda  leksik  mazmunli  so’zlarning  strukturasi  har  xil  ta’riflanmoqda:  Ayrim 

manbalarda leksik mazmunli so’zlarning ifoda plani (tovushlardan tarkib topgan moddiy tomoni) 

leksema  deb,  mazmun  plani  (ifodalanuvchisi)  esa  semema  deb  ta’riflanadi.  Demak,  leksema  va 

semema  leksik  birlikning  (so’zning)  o’zaro  aloqa  bo’lgan  ikki  tomoni  ekanligi  ta’kidlanadi.

1

 

Boshqa  manbalarda  esa  leksema  so’zning  ifoda  planigina  emas,  balki  uning  ifoda  va  mazmun 



planlari  birligidan  iborat  yaxlit  butunlik  ekanligini  ta’kidlanadi.  Bu  butunlik  nominativ 

funktsiyadagi  so’z  yoki  so’z  birikmasi  shaklida  bo’ladi.  U  onomasiolologiyada  tilning  luHat 

tarkibidagi  bir  komponent  (vokabula)  sifatida,  semasiologiyada  esa  malum  ma’nolar  tarkibidan 

iborat birlik (semantema) sifatida o’rganiladi.

2

 

o’zbek tilshunosligida leksemaning ifoda va mazmun planlari birligidan iborat bir butun 



leksik birlik sifatida qaralishi keng tarqalgan, bunda uning ifoda plani (tovush tomoni) nomema 

(19,54-55),  termini  bilan,  mazmun  plani  esa  semema  (24,  51-b.)  atamasi  bilan  nomlanmoqda. 

Mazkur darslikda ham shu an’anaga amal qilindi. 

 

83-·.  Leksemalarning  leksik  birlik  sifatidagi  tavsifida  quyidagi  belgi-xususiyatlarning 

alohida o’rni bor:                          

1.  Har  qanday  leksema  ikki  tomonning  ifoda  va  mazmun  planlarining  nomema  va 

sememaning birligidan tarkib topadi: 

                                                 

1

 Толстой Н.И. Из опытов типологического исследования славянского словарного 



состава. – «Вопросы языкознание», 1963, №1. 

Новиков Л.А. Семантика русского языка – М:. «Высшая шкала», 1982, с.114.   

2

 Кодухов В.И. Введение в языкознание. – М:. «Просвещение», 1979, с.184-186.    



a)  leksemaning  ifoda  plani  uning  fonetik  qabiHidir  (fonemalar,  bo’Hinlar  va  so’z 

urHusidan  iborat  moddiy-material  shakli).  Masalan,  quloq  leksemasining  ifoda  planida  5  ta 

fonema (q,u,l,o,q), 2 ta bo’Hin (qu-loq) va 1 ta so’z urHusi (quloq) bor. 

Leksemaning  ifoda  plani  bo’Hin  tiplari,  uning  fonetik  tarkibi  bilan  boHlangan  bo’ladi: 

o’zbek  tilining  o’z    qatlamidagi  umumturkiy  leksemalarning  ko’pchiligini  bir  va  ikki  bo’Hinli 

tub so’zlardir. Bir bo’Hinli tub leksemalarning fonetik tarkibi undosh+unli+undosh (bosh, ko’z), 

unli+undosh  (osh,  o’n)  sxemalarida  bo’ladi;  bo’Hin  va  so’z  boshida  ikki  undosh  qatorlashib 

kelmaydi,  ammo  so’z  oxirida  ikki  undoshning  ketma-ket  kelishi  uchrab  turadi:  to’rt,  qirq  kabi. 

Ikki  bo’Hinli  tub  leksemalarning  birinchi  bo’Hini  unli  (o-na),  unli+undosh  (ol-ti), 

undosh+unli+undosh  (kat-ta),  undosh+unli  (bo-la),  ikkinchi  bo’Hini  esa  undosh+unli  (o-ta), 

undosh+unli+undosh  (ol-tin)  sxemalarida  bo’ladi.  Ikkinchi  bo’Hin  hech  qachon  unli  bilan 

boshlanmaydi,  ammo  unli  bilan  tugashholatlari  (ochiq  bo’Hin  bo’lishi)  ko’p  uchraydi  (gav-da, 

da-da, bo-la, bo-bo, bu-vi kabi).  

o’zbek  tilining  o’zlashgan  qatlamidagi  leksemalarning  bo’Hinlarida,  binobarin,  so’zning 

ifoda planida ham bir qator o’ziga xosliklar bor.  (Bu haqda  «o’zbek tilining o’z va  o’zlashgan 

qatlamlari» bahsiga qaralsin.) 

YAsama so’zlarda o’zak morfema va so’z yasovchi morfemalar leksemaning ifoda plani 

bo’ladi:  ish-chi-ishchi,  bosh-la(moq)-boshla(moq)  kabi.  Fonemalar  esa  o’zak  va  affikslarning 

ifoda plani vazifasiga qo’llanadi: ishchi-i,sh/ch,i; boshlamoq-b,o,sh/l,a/m,o,q kabi. 

Leksik mazmunli juft va takror so’zlar ham  yaxlitlangan bir leksema hisoblanadi: katta-

kichik (bitta leksema), bola-chaqa (bitta leksema) qop-qop (bitta leksema) kabi (24,55-b.). 

b)  leksemaning  mazmun  plani  deyilganda  uning  ma’nosi  (yoki  ma’nolari)  va  uslubiy 

bo’yoqlari  (ma’no  qirralari)  nazarda  tutiladi.  Masalan,  quloq  leksemasining  mazmun  planida 

quyidagi  leksik  ma’nolar  bor:  «eshitish  a’zosi»  (odamning  quloHi),  «dutor,  tanbur  torlarini 

sozlash  uchun  o’rnatilgan  muruvvatlar»  (dutorning  quloHi),  «qozonning  yon  tomonlaridan 

chiqarilgan  tutqich-dastalar»  (qozonning  quloHi)  kabi.  CHehra  leksemasining  mazmun  planida 

esa  leksik  ma’no  qo’shimcha  ottenka  –  usulbiy  bo’yoq  bilan  qoplangan.  Bu  bo’yoq  kishi 

kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq-atvorining yuzdagi aksini ifodalaydi: chehra degan ko’ngilning 



oynasidir. (Hamza). 

Leksemaning mazmun planidagi leksik ma’no (yoki ma’nolar) va uslubiy semalar uning 

ichki formasi sanaladi. 

Leksemaning  ifoda  va  mazmun  planlari  dialektikaning  shakl  va  mazmun  kategoriyalari 

munosabatiga  asoslanadi:  shakl  mazmunning  bo’lishini  taqozo  qiladi,  mazmun  esa  shaklsiz 

yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham. G’iyos qiling: shahar, hashar leksemalarining ikkalasida 

bir  xil  fonemalar  qatnashgan,  ammo  bu  fonemalarning  joylashish  tartibi,  demak,  leksemaning 

shakli  har  xil.  Bu  hol  shu  ikki  leksema  ma’nolarining  tilda  farqlanishini  ta’minlaydi.  Ulardagi 

fonemalar tarkibini o’zgartirish esa shaklning  yo’qolishiga olib keladi: shahar (so’z, leksema) – 

ashhar  (so’z  emas),  hashar  (so’z,  leksema)  –  rashah  (so’z  emas).  Demak,  tovushlarning  har 

qanday yiHindisi so’z (leksema) bo’lavermaydi, (chunki tovushning o’zida ma’no yo’q) bunday 

yiHindi  til  birligining  (leksik  birlikning)  shakli  darajasiga  ko’tarilishi  uchun  u  albatta  mazmun 

bilan boHlangan bo’lishi kerak. 

2.  Loyeksemalarga  xos  muhim  belgilardan  yana  biri  shuki,  ularning  har  biri  u  yoki  bu 

leksik-grammatik  guruhlarga  mansub  bo’ladi:  predmet  nomlari  ot  turkumiga,  belgi-xususiyat 

nomlari  sifat  turkumiga,  miqdor  anglatuvchi  so’zlar  son  turkumiga,  harakat-holat  mazmunli 

so’zlar  esa  fe’l  turkumiga  kiradi.  Bunday  mansublik  leksemalarning  nutqdagi  grammatik 

shakllarini  belgilaydi:  otlar  egalik,  kelishik,  ko’plik  yoki  birlik  shakllarida,  sifatlar  oddiy, 

orttirma yoki qiyosiy daraja shakllarida fe’llar shaxs-son, zamon, mayl, bo’lishli yoki bo’lishsiz, 

nisbat  shakllarida  qo’llanadi.  Bu  hol  tilning  leksik  va  grammatik  sathlari  o’rtasidagi 

aloqadorlikdan kelib chiqadi. 

3.  Leksemalar  albatta  yaxlitlangan,  bir  butun  birlik  bo’ladi,  shu  xususiyati  bilan 

grammatik  shakllardan,  so’zlar  birikmasi  va  gapdan  farq  qiladi.  CHunonchi,  maktab  leksemasi 

leksik  birlik  sifatida  o’zgarmasdir,  ammo  uning  grammatik  shakllari  nutqda  o’zgarib  turadi: 



maktabning,  maktabni,  maktabga,  maktabda,  maktabdan  kabi.  SHuningdek,  «beshta  olma» 

birikmasini  «beshta  qizil  olma»  deb  qo’llash  (birikma  tarkibiga  «qizil»  so’zini  qo’shish) 

mumkin, ammo maktab leksemasi tarkibigaboshqa bo’Hin yoki so’z kiritilmaydi. 

4. Leksemada bitta bosh (asosiy) urHu bo’ladi, u shu leksemaning yaxlitligini, bir butun 

birlik bo’lishini ta’minlovchi muhim supersegment birlikdir: qovoq, oshqovoq, temir, temirbeton 

(so’nggi  so’zning  ikkinchi  bo’Hinida  ikkinchi  darajali  urHu,  oxirgi  bo’Hinda  esa  bosh  urHu 

qo’llangan) kabi. 

YUqoridagilardan  shunday  xulosa  qilish  mumkin:  har  qanday  leksema  shakl  va  ma’no 

butunligiga  ega.  Leksemaning  shakli  uning  tashqi  formasi,  mazmun  plani  ega  shu  leksemaning 

ichki formasi bo’ladi. SHakl ma’noni borliq tusiga kiritadi, shu orqali ma’noning tilda va inson 

ongida yashashini ta’minlaydi. 


Каталог: lektions -> ozbek%20tili
ozbek%20tili -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
ozbek%20tili -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tilshunosligi kafedrasi
ozbek%20tili -> Navoiyshunoslik
ozbek%20tili -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nоmidagi nukus davlat pеdagоgika instituti
ozbek%20tili -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling