O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana17.07.2017
Hajmi0.82 Mb.
#11431
  1   2   3   4   5   6   7   8

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 

 

 

 

Pedagogika fakul`teti 

 

 

Pedagogika va psixologiya kafedrasi 

 

 

 

 

Dots. Nurjanova R. 

 

 



 

 

 

«PEDAGOGIKА ТАРИХИ»  

fani bo`yicha o`quv uslubiy majmuasi  

(bakalavriat bosqichi talabalari uchun) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

NUKUS - 2012 

MUNDARIJA  

 

1-ma`ruza 

Kirish.  Pedagogika  tarixi  fanining  maqsadi  va  vazifalari. 

Qadimgi Markaziy Osiyoda ta’lim-tarbiyaning paydo bo’lishi.

 

 

2-ma`ruza 



VI-VII  asrlarda  turk  xalqlarining  madaniy  turmushi  va  ta’lim 

tarbiya


 

 

3-ma`ruza 



VIII  asrda    Islom  madaniyati  va  Markaziy  Osiyoda  ta’lim-

tarbiyadagi islohatlar.

 

 

4-ma`ruza 



IX-X  asrlarda  Samoniylar  davrida  maktab  va  ta’lim-tarbiya 

tarixida uyg’onish davri.

 

 

5-ma`ruza 



XI-XII asr Qoraqoniylar davridagi maktab va ta’lim-tarbiya

 

 



6-ma`ruza 

XIV-XVI asr Temuriylar davrida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati.

 

 

7-ma`ruza 



XIV-XV  asr  Oltin  Urda  va  Nugoyli    davridagi      qaroqalpoq  

xalqining   ta’lim-tarbiyaviy  fikrlari. 

 

8-ma`ruza 



XVIII-XIX  asrlarda  qoraqalpoq  xalqining  ta’lim-tarbiyaviy 

fikrlari. 

 

9-ma`ruza 



XX-asr  boshidagi  O’zbekistondagi  maktab  va  ta’lim-

tarbiyaviy fikrlar, Jadidshilik. 

 

10-ma`ruza 



1917-1990 yillarda O’zbekistonda maktab va pedagogika fani. 

 

11-ma`ruza 



O’zbekistonda   xalq ta’limi tizimidagi islohatlar (1991-2003) 

 

12-ma`ruza 



Qadimgi Yunoniston va RIM  davlatlaridagi ta’lim-tarbiya. 

 

13-ma`ruza 



Garbiy  Evropadagi ta’lim-tarbiya 

 

14-ma`ruza 



XIX-XX asrda Rossiyadagi maktab va pedagogika 

 

15-ma`ruza 



Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi. 

 

 



 

 

Kirish. Pedagogika tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Markaziy 

Osiyoda ta’:lim-tarbiyaning paydo bo’lishi. 

 

REJA. 



1. Kirish. 

2. Pedagogika tarixi fanining  maqsadi va vazifalari. 

3. Pedagogika  tarixi fanining metodologik asoslari va uning xozirgi davr uchchchchun axamiyati. 

4. Eng qadimgi davrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy turmush~ tarbiyaning kelib chichqishi. 

5.  «Avesto»-da ta’:lim-tarbiyaviy fikrlar.    

 

 



 

ADABIYOTLAR. 

1.  K.Xoshiimov,  S.Ochil.(tuzuvchi  mualliflar)Uzbek  pedagogikasi  antologiyasi.T.  Uqituvchi  (w-

jild.) 


2. K.Xoshimov va boshkalar. Pedagogika tarixi. Ko’llanma., «Uqituvchi». 

3. O.Xasanboeva va boshqalar. Pedagogika taixi. Qo’llanma.T., «Ukituvchi». 

4. S.Ochil, K.Xoshimov(tuzuvchi mualliflar)Uzbek pedagogikasi antologiyasi.T., «Uqituvchi». 

 

TAYANCH TUShUNCHALARI: 



Dorilfunun, zardushtiylik dini, nekbin pedagogika,  «Avesto», Kutayba ibn  Muslim, Ovrupo 

pedagogikasi, Sharq pedagogikasi, Xerler. 

 

     1.  Pedagogika  tarixi  qadim  zamonlardan  tortib,  to  hozirgi  kungacha  bo’lgan  turli  tarixiy 



davrlarda  tarbiya,  maktab  va  pedagogika  nazariyalarining  taraqqietini  davrlar  talabi  asosida 

o’rganib  keldi.  Har  bir  ijtimoiy  tuzum,  uning  kelajagi,  insoniyat  istiqboli,  kishilarning  hayot  va 

turmush darajasi fan va madaniyat taraqqyoti bilan bevosita bog’liqdir. 

 

Binobarin,  mustaqillik  tufayli,  ko’hna  Turkiston  diyorida  istiqomat  qilib  kelgan  barcha 



xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishiga chart-sharoitlar vujudga keldi. Ayni 

paytda  o’zbek  va  boshqa    qardosh  xalqlarning  milliy  shakllanishi  rrpppva  rivojlanishini  zamon 

talablariga mos keladigan ta’:lim-tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. 

 

Yosh  avlodni  tarbiyalash  va  o’qitish  nazariyasi  bilan  amaliyotining  qanday  taraqqiy  qilib 



kelganligini bilmay turib,  yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy 

ravishda  hal  qilib  bo’lmaydi.  Bu  ajdodlarimiz  tomonidan  isbot  kiliingan  ilmiy-nazariy,    falsafiy-

tarbiyaviy haqiqatdir. 

 

O’zbek  xalqi  tarixan  ta’:lim-tarbiya  soxasida  o’ziga  xos  dorilfunun  yaratgan.  Xatto  hozirgi 



o’zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham nekbin pedagogik 

mafkura  hukm  surgan.  Bu  zardushtiylik  dinining  muqaddas  kitobi  «Avesto»  ning  bizgacha  etib 

kelgan ayrim saxifalarida o’z  ifodasini topgan. 

 

Biroq  islomgacha  davr  tarbiyashunosligi,  fan  va  madaniyati  tarixini  yoritish  imkoniyati 



cheklangan.  Chunki,  Kutayba  rahbarligidagi  arab  istilochilari  olib  borgan  janglar,  talonchiliklar, 

vayronagarchiliklar tufayli o’sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yoqib yuborilgan. 

Lekin  islom  va  islomdan  keyingi  mavjud  pedagogik  karashlarni,  milliy  ta’:lim-tarbiyaga  oid 

an:analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o’rganish,  

puxta tahlil qilish va xayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir. 

 

w.  Istiqlolga  erishganimizga  qadar  biz  tarbiya  ishlarimizga  Ovrupo  pedagogikasini  asos 



qilib oldik va o’rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasini o’rganishga e:tiborni qaratmoq lozim. 

Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy  etgan, xurfikrlilik bizdan boshlangan.  «Shark Evropaning 

muallimidir»  deb  bekor  ta’riflamagan  edi  olmon  olimi  Xerler.  Haqiqatdan  ham  o’zbek  xalqining  

madaniy  merosi  ulkan  bir  dengiz.  Darhaqiqat,  milliy  qadriyatlarni  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan 

uyg’unlashtirish lozim. 

 

VII-XII  asrlar  davomida  Markaziy  Osiyoda  madaniyat,  ilm-fan  beqiyos  rivojlana  bordi. 



Ayniqsa,  aniq  fanlarga  qiziqish  keskin  orta  boshladi.  O’sha  tarixiy  davrda  al-Xorazmiy,  Forobiy, 

Al-Farg’oniiy, Al-Beruniy, ibn Sino, az-Zamaxshariy siingari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ular 



bilan  yonma-yon  dunyviy  ilimlar  tug’ildi.  O’sha  ulug’  mutafakkirlar  inson  ma’:naviy  va  tafakkur 

dunyosini  boyitishda.  Insoniyat  ongini,  madaniy-ma’:rifiy  qarashlarini  o’stirishda  o’z  davrida  va 

keyinchalik ham asosiy rol o’ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’:limotni  

yaratdilar.  XU-XU  asrlarga  kelib  Turkiston  jaxonga  Kozizoda  Rumiy,  Ulug’bek,  Ali  Qushchi, 

Haydar  Xorazmiy,  Xofiz  Xorazmiy,  Lutfiy,    A.Navoiy,    Bobur,    Abulgozi  Baxodirxon  singari 

allomalarni  etkazib  berdi.  Bu  davrda    Markaziy  Oisyo  shaxarlarida  qator  madaniy  va  ilmiy 

markazlar vujudga keldi. 

 

Oktyabr  to’ntarishidan  keyin,  ya:ni  1917  yildan  boshlab  Turkiston  mintaqasida  «yachin 



tezligida» Sho’ro xokimiyati o’rnatila boshladi. Bu tuzum kommunistik firqa mafkurasini targ’ib va 

tashviq qildi. 

 

Sho’ro  xokimiyatining  dastlabki  yillarida  Turkistonda  yangi  maktablar  ochish  va  ularni 



mustaxkamlash  vazifalari  ko’ndalang  ko’yiladi.  Unda  yoshlar  ongiga  yangi  jamiyat  g’oyalarni 

singdirish,  shu  ishlarni  amalga  oshiradigan  pedagog  hodimlar  tayerlashga  e:tibor  berildi.  Shu 

ishlarni  amalga  oshirishda  Rusiya  xalq  ta’:limi  yo’nalishi  va  tizimi  raxbarlik  qilgan.  Tarixdan 

ma’:lumki, qaysi davlat eki mamlakat hukmron bo’lsa, u tobe mamlakat va xalqqa o’z mafkurasini, 

madaniyatini, axloq-odob  aqidalarini singdirishga harakat kilingan. 

 

1924 yilda oktyabr oyida Turkistonning parchalanishi oqibatida milliy madaniyat yo’li asta-



sekin to’sila boshladi. Asrlar osha amalda ko’llanilib kelingan, qomusiy ilmlar bitilgan yozuv man 

etildi.  Avval  lotin  grafikasi,  keyin  rus  grafikasi  asosiga  qurilgan  yozuvga  o’tildi.  Bu  tadbir 

Markaziy Osiyo xalqlarini o’z madaniyat tarixini o’rganish imkoniyatidan maxrum etildi.  

 

Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur,:oni karim, Muxammad alayxissalom xadislari 



ta’qib ostiga olindi. 

 

1991  yilga  kelib,  O’zbekiston xalqi  mustaqillikka  erishgach,  o’zining  yangi  milliy  Qomusi 



asosida o’zbek  milliy fani va madaniyati,  «pedagogika tarixi» ga ham yangicha yondoshish imkoni 

tug’ildi. 

 

Pedagogika  tarixi  jamiyat  taraqqieti  qonunlariga  suyangan  xolda  turli  pedagogik 



nazariyalarni,  ta’:lim-tarbiyaning  mazmuni  va  metodlarini  o’rgatadi.  O’tmishning  pedagogik 

sistemalarida bo’lgan ilg’or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi. 

 

Demak, pedagogika tarixi fani ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi 



asosida  yondashadi,  tarbiya  nazariyasi  va  amaliyotini  turli  bosqichlarda  xilma-xil  bo’lganligini 

ochib beradi. 

 

Pedagogika  tarixini  o’rganish  o’quvchilarning  faqat  pedagoglik  madaniyatini  oshiribgina 



qolmay, balki, shu bilan birga, unga pedagogik maxoratini egallashshga yordam beradi. 

 

2.  Xozirgi  o’zbek  xalqining  ajdodlari  bundan  birnecha  ming  yillar  oldin  yashagan  bo’lib, 



ular  yuksak  va  o’ziga  xos  madaniyatni  vujudga  keltirishda  juda  katta  va  mashaqqatli  yolni  bosib 

o’tganlar.Dastlabki  tosh  qurollaridan  tortib  takomillashgan  mexnat  qurollari  yasashgacha,  undan 

urug’chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo’jalik va madaniy taraqqietda erishilgan  yutuqlargacha 

bo’lgan tariximiz  ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi. 

 

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, Sug’diena, Marg’iena, Parfiya, 



Zarafshon  voxalari,  Parkana  kabi  o’lkalarda  turli  qabila  va  elatlar  yashagan.  Bular  xozirgi  o’zbek 

xalkining  «ildizi»  xisoblangan  sak-massagetlar,  sug’diyonlar,  xorazmiylar,  baxtarlar,  chochliiklar 

va  parkanaliklar  kabi  qabila  va  elatlar  edi.  Keyinchalik  ular  o’zaro  ko’p  qabila  va  urug’lar  bilan 

birlashib ketib xozirgi Markaziy Osiyodagi xalqlarning ajdodlari xisoblanishadi.       

 

Tarkkiet  eramizdan  oldinggi  IX-UI  asrlarda  paydo  bo’lgan  Axamoniylar  xukmronligi, 



keyinroq eramizdan avvalgi a’a’a’ asr o’rtalarida tarkib topgan Grek-Baqtriya davlati, eramizning a’ 

asrida Kushonlar davlati, U asrda Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nixoyat turk xoqonligi davrlarini 

o’z  ichiga oladi. 

 

Tadqiqotchilar  qayd  etilgan  ma’:lumotlarga  qaraganda,  eng  qadimgi  tarbiya  haqidagi 



yodgorliklar  bizgacha  bevosita  etib  kelmagan.  Qadimgi  grek  tarixchisi  Gerodotning  «Tarix», 

Strabonning  «Geografiya»,  Maxmud  Qoshgariyning  «Devonu  lug’oti  turk  »,  O’rxun-Enisey 

bitiklari  va  boshqa  shu  kabi  adabiy-tarixiy  asarlarda  saqlangan  va  shular  orqali  bizgacha  etib 

kelgan. 


 

Ma’lumki,  kishilar  va  kishilik  jamiyati  vujudga  kelishi  jarayonida  inson  ham  biologik 

jixatdan,  ham  inson  sifatida      takomillashib  borgan.  Dastlabki  diniy  e,:tikodlar,  oddiy 

ixtirolarlarning takomillashib borishi, inson ongining shakllknib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon 

ming-ming  yillar  davom  etib,  inson  ongi  shakllanishining  asosi  bo’lib  xulq-odob  qoidalari  tarkib 

topadi. 


 

Eng  qadimgi  kishilarning  dastlabki  oddiy  istaklari,  orzu  umidlari,  hislatlari  qadimgi 

eposlarda , ulardagi afsonaviy obrazlar kiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruxga sig’inish, onimizm, 

ajdodlar  ruxiga  siginish,  totemizm,  sehrgarlik  kabi  diniy  e:,tikodlar  va  marosimlar  aks  etgan 

afsonalar,  rivoyatlarda  eng  qadimgi  avlodlarimizning  tafakkur  dunyosi  aks  etgan.  Ammo  bu 

rivoyatlar,  afsonalar  massagetlar,  saklar,  xorazmiylar,  so’g’dlar,  parfiyanlar  yashagan  davrlarga 

to’g’ri keladi. 

 

Biz  yuqorida  keltirgan  tarixiy,  falsafiy,  pedagogik  adabiyotlarda  tadqiqotchilar,  umuman, 



eng  qadimgi  madaniy  boyliklarimizni  o’rganishda  uch  asosiy  manbaga  tayanganligini  kuramiz:       

 

  



 

1.Xalq og’zaki ijodi materiallari. 

 

2.Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. 



 

3.Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar. 

Tarixchilar  va  tarixchi-pedagoglarning  ko’rsatishicha,  kishilarning  mexnat  faoliyati    jixatidan  uch 

guruxga bulingan: 

 

1) bolalar va o’smirlar., 



 

2) xayot va mexnatda to’la ishtirok etuvchilar., 

 

3) keksalar. 



Biz bilamizki ibtidoiy jamiyatdan to  urug’chilik jamoasigacha bolalar mexnati takomillasha bordi 

va  kasb-xunarga  intilish  faollashdi.  Dalalarni  o’lchash,  suv  toshqinlarning  oldini  olish,  odamlarni 

davolash  usullariga  oid  bilimlar  berish  avj  oldi.  Natijada  maktab  va  yozuvga  zaruririyat  sezila 

boshladi.  Dastlab  suratkashlik  rivojlanib  keyinroq  piktografik  xat  va  nihoyat  kushni 

mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo’ladi. 

 

Tadqiqotchilar  eramizdan  oldingi  birinchi  ming  yillik  o’rtalarida  oromiy  yozuvi, 



Makedonskiy  istilosidan  so’ng  yunon  yozuvi  va  shu  bilan  birga  forsiy  mihhat  ham  maa’lum 

vaqtlargacha  ko’llanilib  kelgan.  O’sha  davrda  Xorazm,  So’g’d,  Kushon,  Run  (O’rxun-Enisey), 

uyg’ur  va  boshqa  yozuvlar  paydo  bo’lgan  va  ta’lim-tarbiyaning  rivojlanishida  muhim  ahamiyat 

kasb etdi. 

 

Xitoyda  qogozning  ixtiro  etilishi,  Xindistonda  xisoblash  unlik  sistemaaaaaasining  paydo 



bulishi,  Messopotamiyada  Er  kurrasini  graduslarga,  sutkani  soat,  dakika  va  soniyalarga  bulinishi 

joriy etilishi, M.Osieda   Urta dengiz bilan Xindistonni boglovchi karvon  yulining vujudga kelishi, 

keyn M.Osie orkali Xitoydan Urta dengizga «Buyuk ipak yolining ochilishi madaniyatning taraqqiy 

yotishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ldi. 

 

Demak  yuqorida  sanab  o’tilgan  yozuvlar    asosida  Xorazm,  So’g’d,  Baqtriya  yozuvlari 



shakllangan. 

 

Eramizdan  oldingi  484-431  yillarda  yashagan  yunon  tarixchisi  Gerodotning  «Tarix» 



kitobida  qadimgi  forslar,  saklar  va  massagetlarning  taa’lim-tarbiyaviy  qarashlariga  oid  muhim 

ma:lumotlar berilgan: 

 

Forslarning  eng  sharaflaydigan  narsasi  jasurlikdir,-  deydi  olim,-  shunga  kura  kuprok 



ugillariga  bulishdan  faxrlanishgan.  Podshox  kimning  o’g’li  ko’p  bo’lsa  ,  unga  har  yili  sovg’a-

salomlar  yuborgan.  O’gil  balalarni  besh  yoshdan  yigirma  yoshgacha  faqat  uch  narsaga:  Otda 

yurishga,  kamondan  otish,  tug’rilikka  o’rgatishgan.  Bolani  besh  yoshgacha  otasiga 

ko’rsatishmagan,  u  ayollar  tarbiyasida  bo’lishgan.  Mobodo  vafot  etishsa, otasining  qayg’urmasligi 

uchun shunday qilishgan. 

 

O’g’il  bola  hech  qachon  ota-onasini  behurmat    kilmagan  .Ular  faqat  niqoxsiz  yoki 



tashlandiq  bolalardangina  kutish  mumkin,  deb  xisoblaganlar.  Bundan  tashqari  yolgonchilik  va 

qarzdor  bo’lish  sharmandalik  hisoblangan,  ular  daryo  suviga  tupurmaganlar,  hatto  yuvmaganlar 

ham, ular daryoni muqaddas sanashgan. 


 

So’g’d  yozma  yodgorliklari  orasida  «Eski  xatlar»  deb  yuritiladigan  va  V.B.Xenning 

tomonidan aniqlangan qimmatli manbalar bor. Bu manbada Dunxuan shaxri (Sharqiy Turkiston) da 

yashagan  so’g’dlik  tijorat  axl,  savdo  axlining  Samarqandga  –  o’z  ona  yurtiga  yozgan  shaxsiy 

xatlaridir. 

 

Imperator  Yan  Di  (619-617)  ning  elchisi  Vey  Tszi  hisobotlarida    ham  Samarandda  ta’lim-



tarbiya hakida ma’:lumotlar mavjud. « Axolisi – savdogarlardir, o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, 

unga  savod  o’rgata  boshlaydilar;  o’qishni  o’rganishi  bilan  savdo  ishlariga  o’rgata  boshlaydilar». 

Boshqa bir xitoy tarixchisi Syuan:-Tszin esa   samarkand axolisini axloqiy va xulq-odob qoidalariga 

rioya etishda  boshqalarga o’rnak bo’lganligi aytib o’tilgan.         

 

Shuning  bilan  birga  eng  qadimgi  davrlarda  ta’:lim-tarbiyaga  oid  qimmatli  ma’:lumotlarni 



biz xalq ogzaki ijodi namunalari – afsonalar, kaxramonlik  eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda 

ko’ramiz.  Chunki  xalq  donishmandlilining  ko’zgusi  bo’lgan  xalq  og’zaki  ijodida  xalq 

pedagogikasiga xos bo’lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir. 

 

Miflar  asosida  yaratilgan  afsonalar  qaxramonlik  eposlar  uchun  zamin  tayorladi.Bu 



kaxramonlik  eposlarda  vatan  va  erkinlikka  bolgan  muxabbat,  uz  yurti  va  jonajon  qabilasi  uchun 

jonini  fido  etish,  shon-sharaf.  Or-nomus  uchun  kurash  tuyg’ulari  ifodalanadi.  Polienning  «Harbiy 

hiylalar»  asari  bunga  misol  bo’la  oladi  va  bu  xislatlarning  hammasi  Saksfar,  Omart,  To’maris, 

Shiroklarning qaxramonliklarida erkin o’z ifodasini topgan 

4.Ma’lumki,  Markaziy  Osiyo  xududida  qadim-qadimdan  turli  dinlar,  diniy  aqidalar  bo’ldi. 

Ularda axolining ijtimoiy-madaniy xayoti, turmush tarzi va an:a’nalari ma’lum o’lchovga solindi va 

belgilandi. 

Bunday  dinlardan  eng  qadimiysi  va  eng  mashxuri  zardushtlik  dini  va  ta’limotidir. 

Zardushtlik  dinining  muqaddas  kitobi  bo’lmish  «Avesto»  qadimgi  Turon  zaminida  buyuk 

madaniyat va ma’rifat  hamda xalq pedagogikasi mavjudligiga erkin dalildir. 

«  Eng  mo’tabar  kadimgi  qo’lyozmalar  «Avesto»ning  yaratilganiga  3000  yil  bo’layapti,-deydi 

prezident I.Karimov ,- bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu 

zaminda  umrguzaronlik  qilgan  ajdodlarimizning  biz  avlodlarga  qoldirgan  ma’naviy,  tarixiy 

merosdir.  «Avesto»  ayni  zamonda  bu  qadim  o’lkada  buyuk  davlat,  buyuk  ma’naviyat,  buyuk 

madaniyat bo’lganidan dalolat beruchi tarixiy xujjatdirki, uni hech inkor etolmaydi». 

 

Zardushtiylik  dining  asoschisi  Zardusht  atalmish  buyuk  tarixiy  shaxs  hisoblanib  sharqning 



faylasufi,  notig’i,  shoiri,  donishmandi  bulgan.  U  miloddan  oldin    Ua’a’  asrda  yashagan,  Xorazm 

hokimligiga qarashli chorvachilik bilan shug’ullangan Spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Paurashpa, 

onasini  esa  Dugdova  deb  atashgan.  Zardusht  bolaligidan  ot,  tuya  boqish  bilan  shugullangan, 

favqulodda  qobiliyat  va  qudrat  sohibi  bo’lgan  chorvador  qavmlarning  urf-odatlarini,  dinu-

udumlarini o’rgangan. 

 

Maa’lumki  ota-bobolarimiz  turli  dinlarga,  ko’p  xudolarga  topinganlar,ularga  bog’liq  rasm-



rusmlarni  bajarganlar.  Ana  shunday  rasmlardan  biri  qabilaning  o’z  xudosiga  qurbonlik  qilish 

bo’lgan.  Zardusht  bu  qurbonlik  natijasida  mollarning  soni  kamayib  ketayotganidan  aziyat  chekadi 

va  buning  natijasida  qabilalar  o’rtasidagi  nizolar  ko’pxudolikning  natijasi  ekanligini  sezadi 

Zardusht  20 yoshida o’zining nor tuyasiga minib, (Zardusht – sariq tuya sohibi) qishloqma-qishloq 

,  shaxarma-shaxar  kezadi,  yakkaxudolik  g’oyasini  targib  kiladi;  o’n  yildan  keyin  yagona  xudo  – 

Axuramazdani  kashf  etadi.  Zardusht  ilgari  surgan  g’oyaning  negizini  ikki  narsa:  mutloq  g’oya  - 

Xurmuzning  yakkayu-yagonaligini  tan  olish;  yaxshilik  bilan  yomonlik,  rostguylik  va  elgonchilik; 

zulmat  bilan  nur  urtasidagi  doimiy  kurash  hakidagi  ta:limot  va  borliqni  ikkiga  bo’lib  qarash 

dualistik sodiqlik tashkil etadi.    

   


«Avesto» sof diniy kitob bo’lmay, ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy qimmatga ega 

bo’lgan nodir qomusiy yodgorlikdir. 

 

Abu  Rayxon  Beruniy    «Avesto»  ning  vatani  haqida  gapirib,  uni  Ozarbayjonda  paydo 



bo’lgan deydi va «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida zardushtni soxta payg’ambarlar 

ro’yxatida  keltiradi  va  bu  dinni  Xuroson,  Fors,  Iroq,  Musul,  Balxdan  tortib,  Suriya  erlarigacha 

tarqalganini  aytadi.  Asarda  tasvirlangan  «Ayriana  Vayjo»  degan  mamlakat  Xorazm  bo’lishi 

mumkin va   «Muqaddas olov» birinichi bo’lib shu o’lkada  yoqilgani va  Axura Mazda  Zardushtga 



ko’rinish  bergani  haqida  rivoyatlar  mavjud.  E.E.Bertel:sning  fikricha  asarda  tasvirlangan 

mamlakatning geografik sharoitlari Xorazm xududiga to’gri kelishini bildiradi. 

 

«Avesto»ning    vatani  Xorazm  ekanligini  B.Gofurov,  X.Xamidovlar  yanada  aniqroq  va 



ishonch bilan ta’kidlaydilar. Qabiladoshlariga Zardushtning yakkaxudolikni targ’ib etishi yoqmaydi 

va uni ta’qib etadilar. Shundan keyin u Rayga (Eron) ga qochadi va o’z dinini o’sha erda targ’ib eta 

boshlaydi. 

«Avesto» ni shox Gushtaspga taqdim etadi va u uning homiysiga aylanadi. Gushtaspning farmoniga 

ko’ra otashxona – ibodatxonalar quriladi hamda  a’g’00 bobdan iborat «Avesto»ni oltin taxtachaga 

yozdirilib,shox  otashkadasiga  topshiriladi.  Adabiyotshunos  X.Xamidov  Zardushtni  shox  Gushtasp 

qizi Havoviga uylangani, undan uch ug’il va uch qiz ko’rgani haqida maa’lumot beradi.  

 

Manbalarda «Avesto»ning kitob shaklidagi matni eramizdan oldin a’g’ ming oshlangan mol 



terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi. Bu nusxasi Iskandar istilosigacha Istaxrda saqlangani 

va  uning  tibbiet,  nujum,  ilmu-hikmat  sohalariga  oid  matnlarini  yunon  tiliga  tarjima  qildirib 

qolganini yoqib yuborishga buyurgan. 

 

Ba’zi  tadqiqotchilarning  ta’:kidlashicha  «Avesto»  ning  eng  qadimgi  nusxasi  a’qg’4  yilda 



ko’chirilgan  bo’lib,  Kopengagen  kutubxonasida  saqlanishini  aytishsa  (Mallaev)  boshqalari  esa 

(V.A.Livshits) a’g’hh yilda eng kadimgi qo’lyozma nusxasi  yaratilganini aytadilar. 

 

«Avesto» kitobi bizgacha g’ nusxada etib kelgan: a’.Duolar to’plamidan iborat «Vendidat» , 



ya’ni «Pok vendidat» deb ataladi. Bu kitobda «Yasnalar» va «Vispered» ham kiritilib, yaxlit tarzda 

shakllangan.g’.  «Vendidat»  va  «Yasna»,  «Vispered»  lar  tarjima  qilinib  sharxlar  bilan  beriladi. 

Izohli tarjimasi «Zand» deb ataladi.   

 

Zardushtiylik to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanadi. Ayniqsa «Avesto»da 



zardushtiylikning  insonga,  insonning  jamiyatda  tutgan  o’rniga    munosabati  «Got»larda  to’liq 

yoritilgan. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali butun yaxshilik va yomonlik 

dunyosi tushiniladi. 

 

«Avesto»  ning  eng  xajmi  katta  qismi  «Yasna»  larda  inson  kamolini  ko’rsatuvchi  axloq 



mezoni  ana  shu  uchlikda  Xumata-yaxshi  fikr,  Xukta-yaxshi  so’z,  Xvarsha-yaxshi  ishlarda 

ifodalanadi. 

 

Zaratushtra ta’limotida a’o’  yosh balog’at  yoshi sanalgan. O’smir balog’at yoshiga etganda 



Zaratushtra  qonunlari  o’rgatishgan.  Falsafa,  axloq-odob,  zardushtiylikning  axloqiy  yoriqlari 

o’rgatilgan.  O’smirlar  xudojo’y  mexnatkash,  adolatli,  oyu-niyatlari,  so’zlari,  ishlarida    halollikka 

alohida e,:tibor berilgan. 

 

Zardushtiylikda  ovqatlanish  qoidalariga  ham  qat,:iy  rioya  etilgan.CHunki  inson 



ovqatlanmasa  fuqarolik  burchini  bajara  olmaydi.  Insonning  ma:naviy  xayoti  bilan  moddiy  xayoti 

bilan  bog’liq  hal  etgan.  Aollarga  g’amxo’rlik  birinchi  zarurat  sanalgan.  Ayniqsa  ,  homilador 

ayollarga  g’amho’rlik  qilish  asosiy  insoniy  burch  hisoblangan.  Tozalikka  rioya  qilish,  kanallar, 

ko’llar, suv havzalarining tozaligiga alohida e,:tibor berilgan. 

 

Zardushtiylik  ilohining  7g’  nomi  borligi  ma’lum.  Ta’:kidlaganimizdek,  Zardusht  butun 



xayoti davomida ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal kabi uchlikka rioya qiladi. O’limdan so’ng xum 

ustidan o’tkazilgan hisob-kitobda Xaqiqat iloxi Roshni ularni taroziga salmoqlab ko’radi. 

 

Xulosa kilib aytganda «Avesto»da insonning barkamol bo’lib etishida uning so’zi, fikri, Ish 



birligiga  katta  e,:tibor  beriladi.  Bu  axloqiy  uchlik  eng  qadimgi  davrlardan  boshlab  undan  keyin 

yaratilgan barcha ma’:rifiy asarlarga asos bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling