O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.07.2017
Hajmi0.82 Mb.
#11431
1   2   3   4   5   6   7   8

q.  q-e mavzu adabiyotlari 

w.    K.Mambetov.  !yyemgii  qaraqalpaq   a’debiyati. Nukus-qouy 

e. Oltin Urda va uning  kulashi 

 

 



Muammoli savollar. 

XIV-XV    asrlarda   qoraqalpoq  xalqining   ijtimoiy  va siiyosiy   ahvoli . 

Sipira  jirovning  ta’lim-tarbiyaviy qarashlari. 

Asan  qaygi   yoshlar tarbiyasi haqida. 

Jiyrenshe sheshen  ta’lim-tarbiyaviy ffikrlarini qanday ifodalagan. 

Yoshlarning  nutq madaniyatini  kutiarishda  chechanlik so’zlarning  ahamiyati. 

 

 

 



 

 

Turan  tekisliklarida,  Orol  atroflarida  joylashgan  kuchmachi  pecheneg    qavmlarni  hozirgi 



olimlarimiz  O’rtasidagi  qaroqalpoq  xalqining  tiklanichining  asosi  deb    hisoblaydilar. 

Pecheneklarning  qipchoqlar  bilan aralashuvi Chingizxon (qwwe) bosib olmastan oldin yuz bergan 

edi.  Oltin  Urda  davrida  pecheneklar  o’zlarini  qoraqipchoqlar      deb  atashgan.  Turk  tillarining  

kupchiligi    shu  vaqtda      hukmronlik  qilgan    qipchoq  tilining      ta’sirida  qipchoq  tillarii    gruppasi: 

qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, o’zbek,  nug’ay, bashkurd, tatar tillari Dashti qipchoq ahli arosida keng 

tarqalgan.  Chingizxon  O’rta  Osiyoni  bosib  olgach,  o’zi  bostirib  kirgan  erlarini  bolalariga  bulib 

berdi.    Chingizxonning  tung’ich    ug’li  Jujiga  O’rta    Osiyo  erlari  berildi.  Bu  tarixda  Oltin  Urda 

xonligi deb otaldi. Juji olamnan utgach ug’li Batixon bulib kutarildi. Shundan kelib Oltin Urdaning   

poytaxti  Saray  Batiy  qilib  belgilandi.  XIV asrning  birinchi    yarmida  bu  shahar    Berkaxon  asos 

solgan  Saroy  Berkag’a  kuchirildi.  Oltin  O’rda  va  Nug’oyli  davrida    bulardan  tashqari  O’tror, 

Buxora, Kashkar, Bolasogun, O’zgan, Talas kabi  shaharlar madaniyat uchoqlariga aylandi. O’tror 

va  kuchmachi  O’rta  Osiyo  xalqlaridagi  XVIII  asrdan    beri  tarqalgan    islom  dinini  mugul 

bashkaruvchilarining    kabul    qilishi  natijasida      islom  ta’limotiga  xos  bulgan  tartiblar    O’rta 

Osiyodagi    utroklashgan    mugul    xalqlariga    yangi    odob-axloq  va  madaniy    qoidalar    sifatida   

kirgizildi. 

Oltin  O’rda  xonliging  ish  qog’ozlari  mug’ulcha,    turkcha,    uygurcha  yurgizilgan.  Mug’ul 

xonlarining  musulmanloshuvlarining    xonlikka    islom    dini      bilan      bir    qatorda      islom 

madaniyatining kirib kelishini ta’minlaydilar. XIV  asrda saray Berkada  yashagan olimlardan biri 



Gali  Mahmud  yoshlarga  odob-axloqdan  ta’lim  beruvchi  o’zining  {Naxjal  Faradis}  asarini  yaratdi. 

Majlisiyning,  Sayfulmalik  Ismoyilning  {Umli  Kamol},  Sa’diyning  {Guliston}  asarlari,      bundan 

tashkari    hind  xalqining    pedagogik  mehnati        bo’lgan  {Kalila  va  dimna},  Axmad  Yassaviyning 

{Hikmatlar},  Sulayman  Bakirganiyning    {Oxir  zamon},  Rabg’uziyning  {Kissai  ul    anbiyo}    va 

boshqa kitoblar  Oltin O’rda xalqlari arosida keng tarqalgan.. 

Qoraqalpoq      xalqining    orasida    bugungu    kungacha    saqlanib      qolgan    {Edige}, 

{Alpomiis}, {Qoblan}  va boshqa bir qancha qahramonlik dostonlarini shu davrda   yuzaga kelgan  

Nug’ay xonligi  XV asrning y0 yillari tashkil topgan, poytaxti Saroy Chik   edi.  Nug’ay xonligini   

Mangit    urugidan  chiqqan    Nug’ay  botir  boshqargan.  Nug’aylar  dastlab  millat  sifatida  tan 

olinmagan bulsada tez aroda xalkaro aloqalarda  asosiy urinni   egallab oldilar. Nug’ayliklar orasida 

birdamlik,  hamjihatlik,  odamgarchilik,  mehmndustlik  kabi  hislatlarni  uzida  mujasamlashtirganlar. 

Ular    o’z  qonun-qoydalarini    ishlab  chiqqanlar.  Nug’oylilar      davrida  kuchib    yuruvchi 

kuchmachilar  mol  boqib  kun  kurish,  utroklashuvni  uzoq  vaqtgacha  suzib    quydi.  Bu  vaqtlarda 

qoraqalpoq  xalqining      ta’lim-tarbiyaviy  fikrlari  yoshlarni  tarbiyalash  dasturlari  Oltin  Urda  va 

Nug’oyli  davrining  buyuk  shoirlari  Sipira  jirov,  Asan  qayg’i,  Jiyrenshe  va  boshqa 

donishmandlarining  yuzaga  kelishiga  sharoit  yaratib  berdilar.  O’lar  o’zlarinig  asarlarida, 

termalarida ta’lim-tarbiya   borasida qimmatli fikrlarini bildirdilar. 

Sipira  jirov.        Qoraqalpoq  xalqining    Oltin  O’rda  va    Nug’ay  davridagi    yozma  

adabiyotining  buyuk  mumtoz  shoiri.  Qoraqalpoq  yozuvchilari  maktabining    asoschilaridir. 

Kavkazga    nomi  Itildan  (Volga)  Don    daryosigacha,  Orol  dengizidan  Kaspiygacha,  Qrimdan 

Kavkazgacha  bulgan  xududlarda  keng  tarqalgan.  Jirov  Chingizxonning  O’rta  Osiyoni  bosib  olish 

davridan Tuxtamisxon  davrigacha Mangishloq atroflarida Nug’ay paytaxti Saroy Chikda yashagan. 

O’z  umri  haqida    {Garringman}  da  bayon      qilgan.  Oltin      Urdadagi    Tuxtamisgacha  bulgan  oy  

xonni    ko’rgan.  Xonlar  tuplongan  yig’inlarda  o’zining  pandu-nasihatlari  ifodalangan    termalarini 

aytgan.  Shoir  qi0  yosh  umr    kuradi.    Shoiir    yashagan      davrda      jirovlik  hunarini    kursatib,  oltin 

O’rdaning    ko’p  xalqlarini  kezadi.  O’ning    o’zi  aytgandek,  kurmagan      yurti    yuq  edi.  Jirov  Oltin 

O’rda  xalqlari  millatlariiga    bulinmagan        davrida    qipchoq    qavmidan    chiqqanligi  uchun    shu   

davrdagi  barcha   xalqning sevimli   shoiri    bulib  hisoblanadi. Shoir har bir xonning jamiyatni, 

xalqni  boshkarish  siyosatini,  ularning    o’z-aro  yashash  sharoitlarida  xalqdan  talab  qilingan  odob-

axloq  talablarini,  elagi  obodonchilik  ishlarni  baholab  boran.  Ayniqsa,  ishki  jamiyatlik,  turmushlik  

masalalarda  xonga  aql  berib,  mamlakat  ishlariga  arolashib,    insonlar  xulqini  yaxshilash  orqali 

yaxshi  jamiyatni  shakllantirish  kontseptsiyasi  ob:ektiv  turda  ta’lim-tarbiya  masalasiga  diqqatini 

berdi.  Bu  esa    uning    o’z    hunarini  ko’rsatishga  xonlar  saroyida  xalq  oldida  hamma  vaqt  pand-

nasihat  beruvchi  qatorlarining  kuylanishinda  kurindi.  U  yaratgan  adabiy  meros  ichida  {Edige} 

dastoni katta ahamiyatga ega.  Og’iz ayg’oq, til tayg’oq{  she:rida  hayotda yaxshi va yomon kunlar 

borligini  uqtirib  utadi.  Sipira    jirovning  {Atanga  nalet  Kenjembay}  deb  boshlanuvchi  she:rida 

jamiyatning  boshqarishidagi      ba’zi    bir    odamlarning    qilmishlari  haqida  qalam  tebratadi.  Shoir 

{Qarshiiga qushning bolasi}, {Oy bilan  quyoshning ulgani} deb boshlanuvchi  qushiqlarida bolalar 

taqdiri,    bolalarining    tarbiyalanib    voyaga    etishida    ota-onasining  xizmatlarini,  hayotdan  dakki  

emasliklari  uchun  yoshligidan  har  tomonlama  shakllantirish,  kattaga  hurmat,  kichikka  izzatli 

bulishni,  xalqqa xizmat etishni  urgatish   zarurligini ta’kidlaydilar. Ota-ona farzandlarini  shunday 

fazilatli    qilib  tarbiyalashmasa,  bola  katta    bulganda  xur  buladi.  Jirovning    fikricha,  bu  ota-ona 

uchun ulim bilan barobar. 

{Ota onaning  o’lgani, 

Bolaning   xo’rlik kurgani 

Shoir insonning kelajagi  yoshlar   ekanini   nazarda tuib  har bir   ota  uz bolalariga   yoshligidan  

aql, hunar urgatishi  farz  ekanligini, yillar  utgach   farzandlarga bergan   aql va   tarbiyasi  uziga 

aks  qotishini uqtiradi. 

Sipira jirov {Bir deganda ne jamon} deb boshlanuvchi  qushig’ida jamiyatda bola  tarbiyasi 

ishlarining asosiy  uzagi bulgan   ikki masalaga  diqqatini  qaratadi. 

q. Bolani  aqlli, bilimli qilib tarbiyalash 

w. Qizlarga odob-axloqdan saboq beriish. 


A s a n   qayg’i.   Qaroqalpoq xalqining  yana bir buyuk donishmondlaridan biri Asan Sabit 

ug’lidir.  Asan    tahminan  qeu0  yilda  tug’ilgan.  Otasi  ovchi  bulib  Asan  o’ndan      erta  etim    qoladi. 

Onasi Salixaning qo’lida tarbiyalanadi. Ko’p qiyinchiliqlar kurib  voyaga etadi.  Asan qaroqalpoq, 

qozoq, nug’ay xalqlarida o’z qushiqlarini ko’ylab taniladi. 

Asanga  {qayg’i}  laqabi  insonlarning  yashash  qiyinchiliklariga  insonparvarlik      tuyg’ulari  

bilan  qayg’urishi  kuchli    bulgani    uchun  berilgan.  Bu  nom    uning  o’zgacha  insonparvar 

bulganligidan dalolat  beradi. 

Shoir  {Qirda  kiyik  o’tlagan},  {Ey  xon  men  aytmasam    bilmaysang}  deb  boshlanuvchi 

qushiqlarida  xonlar  o’rtasida  o’z-aro  urush-janjallarni  qoraylaydi.  Dunyoqarashida  islom  

ta’limatiga  suyangan. 

Asan jamiyatlik  pedagogik qarashlarida  yoshlarga geografik bilimlarini, erga mehr  quyish   

bilan    birga  chiroyli    so’zlashga  urgatishni    ham  aytib  o’tdi.    Yoshlarni    so’zga  chechan    qilib 

tarbiyalash   haqida kerakli fikrlar aytadi. 

Asan  yoshlarga  jugrofiyalik  tushuncha  bergan  geograf-sayoxatchi    edi.  Asan  ijtimoiy 

hayotni    ham    o’z  asarlarida  chetda    qoldirmadi.  Xonlarning    cheksiz  jabr  zulmini  aks  ettiruvchi 

she:rlar  ham yaratgan. 

{Xalqing qanday chidaydi, 

Baloday kelgan bu ishda} deydi. 

Shoir  yoshlarni  bolalik chog’idayoq o’qitib qobiliyatli qilib tarbiyalash kerak deydi. Asan  

ta’lim-tarbiya  berish,    hunar  urgatish  ishlarini  bolaning  kichkina  vaqtidan  boshlab  tarbiyalash 

tarafdori bo’ldi. 

Jaslay hunar bilmasang, 

O’lg’aygach      hunar    bilmaysang...deb  yozgan  edi.  Asan  odam  nasliga  tortmaydi  deydi. 

Odamlarning qadr-qimmatiga otadan qoladigan obrusiga qarab  baholash notug’ri  xulosalar keltirib 

chiqaradi  deydi.  Shoir  yoshlarning  aql,  bilim  egallashida    oqsoqollarning      katta  xizmati  borligini  

tushunadi. Insondagi  aqllilikka ega  bulish, bu ularning    donishmandligi  deb biladi. 

Taza  inson   hasil so’z, oy tubine  jatadi. 

Shoir ilm  urganish  farzligini aytar ekan, ustozga  shoir  O’rtasidagi  munosabatlarni yoritib 

beradi.. 

Ilmim jurttan asti  dep, 

Ke4essiz so’z baslama, deydi. 

Har bir ishni  ko’pchilik  bilan maslahatlashib  qilmoq zarur-deydi. Shoir odamlar  orasida  

dustlik  tuyg’ulariga    e:tibor  berib,  do’stlik-hayot    qiyinchiliklarini    engishda    insonga  kerak  deb  

yozadi. 


Do’stga yoman so’zlama, 

Do’stinga yomon so’zlasang, 

O’zingni   o’zing urganing 

Shoir  kechirimli  sabr-:oqatli bulish lozim  deydi. 

Ashio’ dushpan, artinan 

T6sip ketsen  qa’ytedi 

Asan  insonlarni    bardamlikka    chaqiradi.  Ayniqsa,  yoshlarga  o’z  erkini  aqllilik  bilan      boshqarib 

{O’sek    so’zge    o’sh      bolma}    deb      yozadi.  Shoir  insonlarning  o’z-aro  aloqalarini        yaxshi 

muamolada  deb tushundi. Janjallashish  gohida odam haq bulsa da  yaxshi  emasligini  aytdi. 

Eregisip  urispa, seniki jo’n bosada 

Ati4 shiqpas durisqa, 

Minezi jaman adamg’a, 

Endi  qaytip aylanma. 

Asan  Sabit  ug’lining    ko’p  umri    saroyda,    xonning  maslahatchisi  vazifasida  utkazilgani 

ma’lum. Uning bu lavozimi ta’lim-tarbiya haqidagi  fikrlariga, el arosida keng tarqatilishida  katta 

ahamiyatga  ega buldi. 

Asan  bilimsiz   xalqni  bilimli,    donishmond   boshliqlar  boshqara  oladi  deb  uyladi.  Shuning 

uchun   bolalarni  yoshligidan  bilimli, aqlli, kasb-hunarli qilib tarbiyalash lozim deydi. 



Ustozning  o’z  shogirdlariga  chin  dildan      mmehr  quyishini,  tug’ri  bilim  berishini, 

maslahatsiz ish olib bormaslikni talab qildi. 

Insonning    yaxshi  inson    bulib  etishishida    nasllikning  ham  ahamiyati  katta    deb    uylaydi. 

Asan  yoshlar  tarbiyasida    ularning    yaxshi  dustlar  orttirishi,  dustga  sodik,  vatanparvar,  ota-onaga 

mehribon bulib etishishlari uchun katta   ta’lim-tarbiya zarur  deydi. 

J  I  Y  R  E  N  Sh  E    sheshen.        Qaroqalpoq      xalqining  Oltin  O’rda  va  Nug’oy  davridagi 

hayotida    aytishuvlar    kuplab  bulib  turar    edi.  Chechanlik  hunari    xuddi  shunday  aytishuvlarda 

shakllanib  chiqqan.  Xalqda  chechanlikning,  biylarning    yana  aybdorlarning  tarafini  olgan,  

chechanlik  so’zlar dov-janjallardagina  zarur bulib   qolmay yoshlarning kundalik uyin-zavqlarida 

majlis va yig’inlarida keng tarqalgan. Yoshlar hazl-mutoyiba bilan  o’zlarining yig’inlarini qiziqarli 

qilib    o’tkazganlar.  Bulardan      zavqlanganlar  estetik  tarbiya  olganlar.  {Aydos  biy}  poemasida 

Jiyrenchening  kata  so’z  ustasi  ekanligi  ma’lum  buladi.  Jiyrenshe  Dashti  Qipchoqning  Sozaq 

shahrida  dunyoga  kelgan.  Jiiyrenshe  chechendegi  bilim  bilan    uqimishlilik  uning  jamiyatdagi 

ishlarida    xonga  maslahatguy  bulishiga  erishuviga  olib  keldi.  Uning  dunyoqarashiga    odamlar 

orasida    uning    o’z-aro   muamolasida  odob-axloqning  shakllanishi  muhim  urinni   egallaydi.  Shoir  

ota-ona  farzandlarining    tarbiyachisi,  g’amxurlik  bilan  tarbiyalash    uning  vazifasidir  deydi.  Ona 

oilada      bolani    yaxshi    tomonlarini    shakllantirishi,  bolada    namuna  buladigan    hislatlarni  

rivojlantirishi  kerakligini uqtiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoq xalqining ta’lim-tarbiyaviy fikrlari. 

 

REJA

 

q. XVIII-XIX  asrdagi maktab va ta’lim-tarbiya 

w. Kunxojaning  ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari. 

e. Ajiniyoz Qosibay ug’lining pedagogik qarashlari 

r. Berdaqning   ta’lim-tarbiyaviy fikrlari. 

 

 



 

Tayanch  tushunchalar. Madrasa,  mudarris,  ustoz,  odob-axloq. 

 

Adabiiyotlar. 



Nq-e mavzudagi adabiyotlar. 

K.Mambetov. Ajiniyoz. N-qoor. 

Sahra bulbili. N-qoor 

J.Urinbaev.  U.Aleuov. Berdaqti4 jamiyetlik pedagogikaliq  koz-qaraslari. 

 

 

 



XVIII-XIX asrdagi qoraqalpoq shoirlari o’z ijodlarida yoshlarning  uqib bilim olishi, odobli 

inson  bulib  kamolga  etishishlarini    bosh  maqsad    qilib  olganlar.  Shu  maqsadda  xalq    orasida  

ko’pgina  maktab  madrasalar  tashkil    qilishga  uringanlar.  Xiva  shahri  qoraqalpoqlar  uchun    eng  


yaxshi  madaniy  markazga    aylangan  edi.  Uning  ko’pgina  madrasalarida  qaroqalpoq  xalqining  

yoshlari  ta’lim  olganlar.  Xalq  orasidagi    bilimdon  kishilar    maktab  va    madrasalarda  etishib 

chiqqan.  U  paytda  har  bir    ota-ona    o’z  farzandini,  faqat  ug’il    bolalarnigina  emas,  balki  qizlarni 

ham maktab yoshiga etgandan keyin maktabga berib  o’qitishi shart edi. Bolalarni  bilim darajasiga 

qarab ajratganlar. Maktabga kelgandan  keyin ularni eng biriinchi kalim qaytarishga urgatganlar va 

oyatlarni  yodlatishgan.  Shundan  keyin  gina  harflarni  urgatganlar.  Harfni  endi  urganayotgan  

o’quvchilarni {abjadxonlar}  deb ataganlar. 

XIX asrda  qaroqalpoq    xalqining  dunyoga  tanilishida  Qaraqum  ishon    madrasasining 

vazifasi  katta    bulgan.  Kunxoja  va  Berdax    shoirlar  ham  ushbu  madrasada  ta’lim  olganlar. 

Madrasalarda dars borasida ma’lum darajada o’qituvchilar  tomonidan pedagogik tamoyillar  bilan 

talabalar  yuzaga  keltirilgan.    Maktab    madrasalardagi  fanlar  izchil    holda  olib  borilgan. 

O’quvchilarning mustaqil  o’qish va fikrlashiga katta e:tibor berilib, urgangan narsalarini  xotirasida 

saqlab  qolish nazarda tutiladi. 

Qoraqalpoq    xalqining  :ta’lim-tarbiya    haqida    fikrlari  tarixida  Kunxoja  Ibrayim  ug’lining  urni 

kattadir. U XIX asrdagi qaroqalpoq shoirlarining ustozi hisoblanadi. Kunxoja dastlab Moynoqdagi 

Yangidaryo  elatida  maktab  madrasada,  keyin  Qaraqum  ishon  madrasasida  ta’lim  oladi.    Shu 

paytdagii    og’ir  sharoitga  chidagan  Kunxoja  madrasadagi    o’qishni  oxirigacha    davom    ettiradi. 

Shundan  sung    maktabda  o’qituvchi  bo’lib    iishlaydi.  Kup  izlanishi  natijasida  shoir  darajasiga  

kutariladi. Kunxoja yashagan  davrda qaroqalpoq  xalqining   madaniy iqtisodiy  ahvoli  qiyin edi. 

Xiva  xoni    Muxammad  Amin  xonlik  qilgan  davrda    qushni  ellar    bilan  urush  kuchayadi. 

Urushga  ishlatilgan        harajatlarni      xalqqa  soliq  solish    orqali  undirganlar.  Xiva    xoni    xalqni 

avvalgidan ham battar  eza boshladi. Kunxoja xalqning ahvoli qiyinlashib, yosh bolalarning kasalga 

chalinib,  bevaqt  olamdan  ko’z    yumayotgani  va  xonlik  tomonidan      g’amxurlik  kursatish   

kerakligiini    bayon    qilib  {Etimning    haqini  eb  quymang}      she:rini  yozadi.  Ayniqsa,  Kunxoja 

yoshlarning  maktabda  bilim  olish    darajasi  nihoyatda  pastliini,  yoshlarning    ta’lim  olishi    uchun 

sharoit    yuqligini    sezadi.  Shu  sababli  u  Qaraqum  ishon  madrasasida  o’qigan      paytda    ustozlari 

urgatgan   ta’lim-tarbiya tajribalari asosida o’z qishlog’i Yangi  daryoda maktab tashkil qilib  qiloq     

bolalariga    kup  yillar  davomida    ta’lim  berib,  o’qituvchilar    kasbi  bilan  shug’ullanadi.  Natijada   

uning  ta’lim-tarbiyaga    bulgan  tajribasi  ortadi.  Kunxoja    o’zining  jamiyatga  bulgan  pedagogik 

qarashlariga  ajralmas  bir    qismi  sifatida,  insonning  ta’lim-tarbiya  masalasiga    katta  etibor  beradi. 

Shoir    o’zining  {Mening      ug’lim},  {Ug’lim  vafot  etganda}  va    boshqa    she:rlarida  tarbiyaning 

qaysi turi bulishidan qat:iy nazar uni bolalarda  yoshligidan boshlab shakllantirish  kerak deydi.  U  

yana  turmushda  molparast  insonlar  insoniylikdan  kura  boylikni  ustin  kuyadilar.  Ular  oilasida  o’z 

farzandlarini insofsiz qilib tarbiyalaydilar. Ularning boyish maqsadidagi urinishlarini, xalqning ish 

haqinsini  tug’ri  taqsimlamagan,  bu  berilgan      yoman  tarbiyadan  ekanini  tushuntiradi.Farzandga  

qanday tarbiya  bersang shunday holatda degan fikrlarini keltirib utadi. Yoshlarning  yaxshi, axloqli 

bulib  shakllanishiga  ta’sir  qiluvchi  omillardan  biri  jamoat  ekanligini  va  shu  bilan  bir  qatorda  

tarbiyaning  naslga  ham  ta’siri  borligini  aytadi.  Shoir  yomon  xulqni    yoshlarni  qayta  tarbiyalash 

oqali  yaxshilar    qatoriga  qushish  mumkinligiga  ishonadi.  Shu  sababli    yoshlarning  aqlli  bilimdon 

bulib    dunyoga  tanishiga  alohida  e:tibor  qaratadi.  {Mening  ug’lim}    she:rida    ota-onalarga  qarata  

har bir oila o’z farzandinig aqli qilib tarbiyalash kerak degan fikrini aytadi. 

Kunxoja  Qaroqalpog’iston  va  Qozog’iston    ulkalarida    mudarris  bulib  ishlagan    vaqtlarida  

o’zi  ta’lim sirlarini  chuqur bilishni va uni maktab madrasadagi ta’lim oluvchi  yoshlarga urgatishni  

o’z  oldiga  maqsad    qilib  quydi.  Kunxoja  yoshlarning  aqlini  rivojlantirish    uchun    ta’lim  beruvchi 

ustozlarning vazifasiga  alohida e:tibor qaratadi. 

Shoir yashagan davrda maktablarda matematika, tarix, diniy darslar, adabiyot, til  va  boshqa 

darslar    utiladigan    edi.  Kunxoja  turmush  tajribalarini  tuplagan    yoshi  ulug’  odamlarning  tinch, 

bemalol    hayot  kechirishi  uchun  mmehnat    qilish  zarurligini  aytadi.    Yoshlarni  mehnat    qilishga, 

mehnatni  sevishga    tarbiyalashga,  har  bir  isnnon  o’z  mehnati  bilan  non    topishga  urganishi 

kerakligini  bayon    qiladi.  Halol    mehnat  baxt  daragi,  deya  nasihat  qiladi.  Kunxoja    yoshlarni 

mehnatdan    bosh  tovlamaslikka,  mehnatdan  faqat      rohat,  uzaro  birlashib  jamoa    bulib  ishlashga 

urgatish kerakligini qayta-qayta   ta’kidlaydi. 



Yoshlarga    Vatanni  sevishga    urgatishga      hamda  yosh  paytidan  boshlab  shakllantirish      , 

xalqi uchun doim tayyor turishi kerak, dean fiikrlarini aytadi. Har bir ota-ona o’z farzandi  haqida 

aytadigan  so’zi: {Mening  uglim  emas, u xalq ug’li} edi degan mazmunda bulishini talab    qiladi. 

Shoir  yoshlar  tarbiyasida  xalqni  dushmandan  saqlab,  o’z  xalqining  g’amini  ylashni    bosh  masala  

qilib  quyadi.  O’z  vatanini      bosqinchilardan  saqlab    qolishga    urinmagan    farzandlarning  nimaga 

keragi bor deydi. Ushbu  tushunchalardan kelib chiqqon holda Kunxoja pedagogik nuqtai nazardan  

yoshlarni  o’zaro  do’stlikka, birodarlikka  tarbiyalash  masalalariga katta  e:tibor  beradi. 

Kunxoja  yoshlarni  diyonatli,  tug’ri  so’z,  adolatli  qilib    tarbiyalashni  birinchi  masala    qilib 

quyadi.  U  yoshlarni    sir  saqlay  olishiga  buning    jamiyat  uchun      ham  katta    ahamiyati    borligini 

aytadi.  U    yoshlarning    sabr-toqatli    bulishi  haqida    ham  fikrlar  aytgan.  Sabr-toqatli  va  

qiyinchilikka  bardam berish , uylanib ish  qilish insonlarni buyuklikka  eltadi. Ayniqsa aql bilan ish 

qilish  sabr  qilining  asosiy belgisi ekanini   ta:kidlab  utadi. 

Kunxoja  {Unutmasman}  qushig’ida  yoshlarning  og’ir  qiyinchiliklarga  bardosh    berish 

kerakligini    nasihat  qilib  {sabr  toqatli    bulishining  hayotda    yashash  uchun  foydasi  ko’pligini, 

yoshlar  tarbiyasida  buning  alohida  e:tiborga  olish  lozim}  ligini  tushuntiradi.  U  yoshlarning    sog’-

salomat  usishi    haqida  ham    bir  qancha  ma’lumotlar  keltirgan.  Insonlarning  yaxshi    sog’-salomat  

bulishi  baxtli  hayot  kechirishning   bosh maqsadi  va xalqi uchun xizmat  qilishida ham ahamiyati 

katta ekanini nazarda tutib, yoshlarning sog’lom usishi uchun tug’ilganidan boshlab tarbiyalashning 

tarafdori  buladi.  {Mening    ug’lim}  she:rida  farzandning  tug’ri    usib  ulg’ayishi  uchun  eng  birinchi 

bor bolani vaqtida  ovqatlantirish kerak deydi. 

Kunxoja    yoshlarga  estetik  tarbiya  berishda  musikaning  xizmati  katta  ekanligini  uktiirgan. 

{Qobiz}  she:rida musiqa insonning og’ir turmushini engillashtiradi, kelajak sari etaklaydi, deydi. 

Qoraqalpoq  xalqining    mumtoz  shoiri  Kunxoja  Ibroyim  ug’li  ta’lim-tarbiya  haqidagi 

fikrlarida    xalqning  farovan  hayot  kechirishi  uchun    yoshlar  ta’lim-tarbiyali  bulichi  kerak,  deb 

kuylaydi.  Tarbiyaning  ta’sir  qilishiga  ishonadi  va  yoshlarning  kamolga  etishini,  ayniqsa,  ta’limni 

rivojlantirishni,  dunyoni  tanishni,  yoshlarning  bilimdon,  uqimishli  bo’lishini    takror-takror  aytadi. 

Ularni maktablarda ta’lim olishga undaydi. 

Shoirning      ta’lim-tarbiya    haqidagi  fikrlari    yoshlar  tarbiyasi  uchun  hozirgacha      o’z 

ahamiyatini  yuqotganicha  yuq. 

XVIII-XIX  asrdagi    qoraqalpoq  xalqining    atoqli  shoiri,  butun    O’rta  Osiyoga  mashhur, 

bilimdonligi  bilan  ko’zga  tashlangan  Ajiniyoz  Qosibay  ug’lining  qaroqalpoq  adabiiyoti  va 

pedagogika    tarixida  urni  katta.  U  Amudaryoning  Orol  dengiziga    yaqin  erda  o’rtahol  oilada 

dunyoga keladi.  Onasi Nazira va otasi  Qosibay o’z davrining etuk insonlaridan edi. Bulajak shoir 

dastlab  boshlangich  ta’limni  diniy  maktabda  oladi.  Onasi  vafot    etganidan  keyin  tog’asi  Elmurod 

axun  uni  shogirdlikka  olib,  o’z  maktabida  tarbiyalaydi.  Qobiliyati  bor  Ajiniyozga  u  islom 

qoydalarini urgatish bilan cheklanib  qolmasdan har xil ilm sirlarini urgatadi. Natijada bulajak shoir 

qadimgi  grek  madaniyatini,  sharq    xalqlarining    tillari,  adabiyotlari  buyicha  bir  qancha  bilim 

tuplaydi.  Sharq  adabiyotlari  klassiklarining  ijodi  Ajiniyozda  shoirlik  iste:dodini  uygotadi. 

Yoshligidan    o’z  bilimini      ko’pchilikka  sezdira  boshlagan    Ajiniyoz  Xivada  Maqtumquli  ta’lim 

olgan  Sherg’azixon    madrasasida  uqiydi.  Uqimishli      yosh  shoir    ayrim  dunyoparastlarga  

yoqmaydi. Uning mashhur  so’zlari  ularni tashvishga soladi. Oqibatda xalqdagi ichi qora odamlar 

Ajiniyozni  {qasd  qilgan}  degan  tuhmat  bilan  ayblaydi.  Bunga  chiday  olmagan  Ajiniyoz  o’z 

yurtidan chiqib ketadi. Shunday voqealarning ta’siri  Ajiniyozning  dunyoga  kuz qarashini, fikrini 

boyitadi.  Insonlarni  odobli    qilib    tarbiyalash          orqali    jamiyatni  yaxshi  tomonga    surish 

mumkinligini  uylaydi. 

Ajiniyoz      xalqning  kelajagiga    ,  bolalar    taqdiriga    o’zgacha  diqqat  qiladi.  Uning  fikricha  

har  bir  ota-ona    farzandini  {kunglimning    quvonchi,  jigarbandim}  deb  qadrlashi  kerak,  deydi. 

Farzand  tug’ilganida  tarbiyaga  muhtoj  bulib  tug’iladi.  Farzandning  aqlli,  hunarli  bo’lishida 

tarbiyaning ta’siri bor. Insonlarning  tarbiyasi  va biologik   rivojlanishi  bir xil bulmaganligi kabi, 

ularning  aqllari,  xulqlari        ham  teng    emas.  Bu  fikrni    bayon    qilish    maqsadida      shoir  {Hamma 

teng bulgan emas} she:rini  yozgan. Shoir bolani qanday tarbiyalasang, shunday  ulg’ayishini aytadi 

va  bolani  avvaldan    odobli  bulishiga    urgatish  kerak,  deydi.  Yoshlikda  berilgan    yomon  tarbiya  



ulgaygach  asosiy  xulqqa  aylanib  ketadi.  Shuning  uchun    ham  Ajiniiyoz  {Kurdim}  she:rida 

yoshlarni  yomon xulqli bulish  oqibatining  dastlabki    choralarini izlashni, insonlarning bir-biriga 

tarbiyaviy  ta’sir qilishi muhimligini  ham  urtaga tashlaydi. Ayniqsa, shu davrda  insonning  yaxshi  

yomon, aqlli aqlsiz bulishi  nasliga bog’liq, deydi. Buning uchun yoshlarning birinchi tarbiyachisi-

oilaning    yaxshi,  totuv  bulishini  talab    qiladi.  {Yigitlar}  she:rida  oiladagi  ota-onalarning  o’zlari 

odobsiz, bir-birini hurmat  qilmasa bu  ulg’ayib  kelayotgan yosh farzandigan  ta’siri kuchli  ekanini 

aytadi 

Ajiniiyoz  maktab  tashkil  qilish,  xalqni  bilimdon  bulishiga  chaqirib,  ta’lim  mavzusiga 



bog’ishlab bir qancha  she:rlar  yozgan. Kelajakda etuk inson   bulib etishadi va ota-onasining  el-

yurt  oldidagi    obrusi  ortadi.  {Axmoq  bulsa  tug’kan  ug’ling,  umring  zimistonga  aylanar}    deb  

farzandini  aql-farosatli  qilib  tarbiyalash      birinchi  navbatdaa      ota-onaning  javobgarli  ishi      deb 

qaraydi.  Shoir    yoshligidan  aqlli    bulib  tarbiyalangan  inson    kelajakda  har  qanday,  ayniqsa  o’z 

bilimi  orqali  ko’pgina  masalalarni    tug’ri  echadi,  buyuklikka    etishadi  degan  fikrlarni  keltiradi. 

Shuning uchun Ajiniyoz {Yaxshi}  she:rida {Yul bilmasang, yul surangiz bilganlardan} deb ko’pni 

ko’rgan  tajribali  insonlarning    yoshlarga    aql  urgatishda  xizmati  katta  ekanini    e:tirof    qiladi. 

Ajiniyoz maktab madrasaning xizmati bilan vazifasini alohida baholaydi.   O’qish joyini yoshlarni 

ulug’ olim qilib etishtiradigan ustaxona, deb   hisoblaydi. Uning fikricha har bir  ustoz o’zidagi bor 

bilimini  shogirdlariga  urgatishi  lozim.  Agar  ta’lim  beruvchi  odamlar  etishmasa      yoki  maktab 

ta’lim-tarbiya ishini  lib boruvchi mudarissiz qolsa bu eng qiyin hol. Ta’lim olish uchun yoshlarning 

ko’pchilik  vaqtlari  maktabda  utishini,  mashqlar  ishlashi,  erinmasligi,  ta’lim  yulidagi 

qiyinchiliklarga  bardosh  berib  urganganlarini  vaqti-vaqtida  takrorlab,  har  xil  kitoblarni  o’qib, 

tushunchalarini  chuqurlashtirishni  eslatadi.  Turmush  sharoitidan  ayrim  insonlarning  ta’lim  hunar  

urganishdan kura kun kurishi  tirikchilik g’amiga tushib ketishini notug’ri deb   hisoblaydi. 

Har  qanday  sharoitda  ham  ta’lim-tarbiya  olish,  hunar  urganishidan  bosh  tortmaslik  kerak 

deydi. Shoir ta’lim olgan Xivada qizlar  bilan  ug’il bolalar alohida uqitilardi. Ajiniyoz bunday urf-

odatlarga  qarshi  chiqadi  va  o’zi  tashkil  qilgan    maktabida  ularni  aralashtirib  uqitadi.  Shoir 

bolalarning  sovodini  chiqarishniing    qulay  tomonlarini  izlaydi.  Birinchi  navbatda  yoshlarga  arab 

harflarini  oson    o’zlashtirishga  yordam  berishni  uylaydi.    U  yozishga  urgatmay,  faqatgina  yod 

olishni  urgatadigan  maktablarning  bolalarni  savodli  qilolmasligini      anglaydi.    Ajiniyoz  o’qish 

paytida  bolalarning    aniq  tushina  olishi  uchun  ta’limning    kurgazmali  bo’lishini  ma’kullaydi.  U 

bilimning miyada  saqlanib  qolishi uchun   bolalarga urgatilgan ta’limni  te-tez takrorlatib  turish 

tarafdori  buladi.  Uyga  vazifasini  suraganda    yod  olishi    emas,  balki  tushunmaganini  o’z  fikrlari 

bilan    aytib  berishni    talab  qilgan.  Shoir  maktablar    uchun    o’qituvchi    tayyorlashga  ham  katta 

ahamiyat bergan. U kishiga  qiziqishi bor, bilimli  yaxshi o’zlashtirgan ayrim shogirdlariga  tarbiya 

ishlarini  olib borish tajribalarini urgatgan. 

Shoir 


o’quvchilarni 

o’qitish 

tajribalarini 

egallab, 

o’z 

zamonidagi 



ustoz                     

mullolarning  yoshlarni  o’qishni bilmagani uchun  va boshqa sabablarga  kura   durra urishini xato , 

tarbiyani tug’ri   yuzaga olmaslik  deb  hisoblaydi. Farzand odob-axloqli bo’lib tarbiya olmasa, ota-

onani hurmat qilmaydi, ularning  nasihatlariga  quloq solmaydi.  Shu sababli  odob axloqli bo’lishni  

yoshlarga qayta-qayta ta’kidlaydi. 

Ajiniyozning  pedagogika  tarixidagi    fikrlari    hozirgi  zamon    yoshlarni  odob,    insofli  qilib 

tarbiyalashda  katta  ahamiyatga  ega  va  u  pedagogika  tarixini  rivojlantiruvchilardan    biridir.  Uning 

ta’lim-tarbiya  haqidagi    fikrlari    sharq    xalqlarining    boy  dasturiiy  ahamiyatga      ega.  Berdax 

qaroqalpoq    xalq  pedagogikasi  va    sharq  klassik    fikrlari  bilan  chambarchas  bog’liq.  Berdax 

qaroqalpoq  xalqining  madaniy  turmushida    qaroqalpoq  adabiyotining  asoschisi  bulib  hisoblanadi. 

Uning  asarlari  o’ziga    xosligi    bilan  faqat  qaroqalpoq  shoirlari    orasidagina    emas,  balki  O’rta 

Osiyoda      ham    ko’zga  yakkol  kurinadi.  U  haqiqiy      gumanist-demokrat,  xalq  manfaatlarini 

uylaydigan   shoirlardan  biridir. 

Berdax  qiwu  yili  Amudaryoning    Orol  dengizi  atrofida  dekxon  oilasida  dunyoga  kelgan. 

Boshlangich  ta’limning    ahvoli  yaxshi    emasdi,  ko’proq    diniy-gumanitar    fanlar  o’qitilar  edi. 

Berdax   ota-onasidan  bevaqt ajraladi va etimchilikda  hayot kechiradi.  U qiyinchiliklarga bardosh 

berib  maktabni  tugatgandan  keyin  Qaraqum  ishon  madrasasida  ta’lim  oladi.  Bu  erda    diniy 


ta’limotlarni  urganish      bilan  bir  qatorda  arab  madaniyatini,  mifologiyasini,  grek  falsafasini 

urganadi. 

Berdaxning      dunyoga    qarashining  shakllanishida  Firdavsiyning  {Shoxnoma},  {Yusif  va  

Zulayxo}  dastonlarining  ta’siri  katta    bulgan.  Firdavsiy  podsholar  haqida  {Shoxnoma}  dastonini 

yaratgan  bo’lsa  Berdax    shunday    shakldagi  podshohlar    haqidagi  {Axmoq  podsho}  dostanini  

yaratadi.  Shoir    hayoti    davomida  Navoiydan      ham  kup      narsalarni    urganadi    va    o’z  asarlarida 

keltirib o’tadi. 

Berdaxning fikricha insn  o’z aqli  tufayli   har xil narsalarni ishlab o’zini-o’zi ta’minlaydi, 

dunyoni    yanada  kuproq  urganishga  urinadi.  Shu  aql    tufayli      jamiyatdagi    barcha  masalalarni  

echish  mumkin,  deb    yaxshi  jamiyat  aqlning  kuchi  bilan    tiklanadi  deb  uylagan.  Yashab  turgan  

jamiyatni  yaxshilash uchun insnlarni  insofli, yaxshi   xulqli qilib tarbiyalash   lozim degan fikrlarni 

aytadi. 


Shoir  ta’lim-tarbiya  haqidagi  fikrlarining  ichida    tarbiyaning  maqsadi,  vazifalari,  ota-

onaning roli, naslning, jamoatning ta’siri, qayta tarbiyalash, tarbiyadagi jismoniy jazoning  xatoligi, 

ug’il va qizga alohida   tarbiya berish kabi asosiy masalani olga surdi. 

Farzandni  tarbiyalashdan    bosh  maqsad  uning  kelajakda    xalq  uchun    xizmat  qilishdir. 

Buning  uchun  ularning  tarbiyasiga    kata  e:tibor  bilan  qarashni  eslatadi.  {Bolalarim}  she:rida    o’z  

farzandlarini iliq gaplar bilan   yaqshi tarbiyalaganini o’rnak qiladi . Shunday qilgandangina farzand 

ota-onasini  hurmat  qiladi,  butin  vujudi  bilan  ularning  ishlarini  davom  ettiradi    deb  farzand  oldiga 

ham {ota-onangni qadirla, vafot etgancha yaxshi so’zla }  degan katta vazifalarni qo’yadi. 

Shoir  farzandni  yaxshi  tarbiyalashning  daslapki  belgilaridan  biri  yoqimli  ism  qo’yish  dep 

xisoplaydi.  Bu  masalada  qaysi  jinsdan  bo’lsa  ham  maslaxatlashib  qo’yishni,  qo’yilgan  ismning 

ma’nosi bolaning ta’rb:yalanishi ushin yaxshi ta’sir ko’rsatilishini ham xisobga olishni ko’rsatadi. 

Berdaq ta’rbiyada ustozlarining ham vazifasiga katta axamiyat beradi. Ustoz yoshlar oldida 

odob- axloqli, mehribon,i insofli, har tomanlama yaqshi bo’lishi kerak, aks holda o’z shogirdlarigi 

yaxshi  xulqlarni  o’rgata  olmaydi,    deb  shu  davrdagi  ba’zi  bir  mullalarning  yoshlarni  yaxshi  xulqli  

qilip ta’rbiyalay olmayotganini aytadi. 

Bazi  bir  ustozlar  bolalarga  o’rnak  bo’ladigan  ish  qilish  o’rniga,  o’zlari  yomon  ishlar  bilan 

shug’ullanadi,  bu  shu  ustozlardan  ta’rbiya  olayotgan  bolalarga  salbiy  ta’sir    qilishini  va  o’z 

davrining mullalariga ta’lim-tarbiya ishini yaxshilashini katta vazifa  qilib qo’yadi. 

Berdaq ta’lim xalq uchun foydasi ko’pligini aytib, faqat o’z xalqining bilimlarini o’rganish 

bilan  cheklanip  qolmastan  qo’shni  elatlarni  ham  foydali    bilimlarni  o’rganish  kerak,  edi.  U  til 

o’rganish  masalasida  inson  yetti  xalqning    tilini  bilish  kerak.  Til  o’rganish  bilan  insonning  bilim 

darajasin  ortishini va boshqa xalqlarning ilimlarini o’rganish kerak deb ta’kidlaydi. 

Berdaq  o’z  xalqining  tarixini,  boshdan  o’tgan  voqealarini  bilishni,  bular  to’g’risida 

yashlarga tushuntirish kerakligini   o’qtiradi.Bu fikrini {Oqibat}  {O’ylan  shoir o’tgan kunni , ota-

bobo ketgan kunni} deb tasdiqlaydi.    {Shajira}  xalq tarixi haqidagi kitob ekanligini aytadi. 

Berdaq gaplashganda {siz}  {biz} degan jumlalarga etibor qilishini, yashlarni shu xislatlarga 

o’rgatishni  eng  yomoni   inson ustidan kulish, xo’rlash ekanligini aytadi.  Bularning qanday paydo 

bo’lishini  o’ylaydi  va  bular  inson  xotirasidagi  tushinchalardan  paydo  bo’ladi,  xotirada  yaxshi 

fikirlar bo’lmasa hayotdagi xulqlari ham yoqimsiz bo’ladi, degan fikrini olg’a suradi. 

Berdaq    yoshlarning  buyuk  inson  bo’lib  shakillanishi  uchun  zarur  ta’rbiya  turlarini  aqli-

bilimdonlik,  insofli  bo’lishi  va  go’zallikni  sevishga  tarbiyalash,  deb  ta’kidlaydi  va  ta’lim  bilan 

tarbiya  bir-biri  bilan  chambarchas  deb  maqullaydi.  U  yoshlarning  maktabga  borish  vaqtini  u-i 

yoshlar  chamasida  ,  deb  ta’kidlaydi  va  har  bir  inson  bilimdon  bo’lishi  shart,  deydi.  Buning  uchun 

maktablarda o’qib har xil ilm  sirlarini bilish kerak. Insonlar qachalik bilimli tartibli bo’lsa, jamiyat 

ham shu darajada yaxshi bo’lishini aytadi. 

Berdaq yuqoridagi tarbiyaning barcha turlarini bir-biri bilan bog’liq holda olib borishni talab 

qiladi. Uning ta’lim -tarbiya xaqidagi fikirlari XIX asirdagi qaroqalpoqlar o’rtasidagina emas, balki 

O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida ham yoqori bosqichda turadi. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling