O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


VI-VIII asrlarda turk xalqlarining madaniy turmushi va ta’lim-tarbiya


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.07.2017
Hajmi0.82 Mb.
#11431
1   2   3   4   5   6   7   8

VI-VIII asrlarda turk xalqlarining madaniy turmushi va ta’lim-tarbiya. 

 

REJA: 

 

1.Turk xalqlarining madaniy turmushi va ta’:lim-tarbiyaviy   qarashlari. 



2.Yozuvning paydo bo’lishi. 

3.O’rxun-Enisey yozuv yodgorliklarida ta’lim-tarbiyaning ta’riflanishi. 

4. «Irq yozuvlari» («Ta’birnoma»). 

 

TAYANCH TUSHUNCHALAR: 



Qadimgi turk xalqlari, dastlabki tarbiya turlari,  yozuvning paydo bo’lishi, piktografik xat, O’rxun-

Enisey yozuv yodgorliklari, Bilga xoqon, Qultegin, Irq yozuvlari va boshqalar. 

ADABIYOTLAR: 

1.K.Xoshimov. va boshq. Pedagogika tarixi.T-1996y. 

2.A.Zunnunov. va boshq.  O’zbek pedagogikasi tarixi.T-1997y 

3. U.Aleuov. Qq-nda t-tarbiyaliq oylardin, ka’liplesi7i ham rauajlani7i. N-1993j. 

                           

 

1.Turkiy  xalqlarning  yozma  ma’:rifiy  yodgorliklari  o’ziga  xos  xususiyatga  ega  bo’lib,  ular 



yangi  davr  kishisini  tarbiyalashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bular  «O’rxun-Enisey 

yodgorliklari», «Irq yozuvlari» («Ta’:birnoma») kabilardir. 

Eng qadimgi turkiy tilda  yaratilgan va turk-runiy  yozuvida bitilgan O’rxun-Enisey bitiklari 

VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo’lib, ular ta’:lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’:lumotlar beradi. 

Toshga  o’yib  yozilgan  O’rxun-Enisey  yodgorliiklari  dastlab  Enisey  havzasida,  so’ngra, 

Mug’ulistonning  O’rxun  daryosi  bo’yida  topilib,  daniyalik  olim  Vilgelm  Tomson  1893  yilda  bu 

yozuvlarni  birinchi  bo’lib  o’kigan.  Undan  so’ng  yana  bir  qancha  olimlar  ushbu  yozma 

yodgorliklarni  o’rganish  yuzasidan  ilmiy-tadqiqotlar  olib  bordilar.  O’zbekistonda  Oybek, 

O.Sharaffuddinov, N.Mallaev, A.Kayumov, N.Raxmonovlar tadqiqot ishlari olib bordilar va uning 

ta’lim-tarbiyadagi o’rnini yoritib berdilar. 

Ma’lumki,  Ua’  asr  o’rtalariga  kelib,  Oltoy,  Ettisuv  va  Markaziy  Osiyo  xududlarida  turk 

hoqonligi  tashkil  topdi.  Bu  xoqonlik  g’arbda  Vizantiya,  janubda  Eron,  Xindiston,  sharkda  Xitoy 

bilan  chegaradosh  bo’lgan,  Turk  xokonligi  Turkyut  davlati  deb  ham  atalgan.  Xoqonlik  604  yilda 

Sharqiy va «Garbiy xoqonlikka ajralgan. VIII asr o’rtalariga kelib esa Turk xoqonligi tugallandi. 

Turk  xoqonligi  asosan,  3  kishi:  Bilga  xoqon  (Mug’ilyon),  sarkarda  Qultegin  va  vazir 

Tunyukuklar qo’lida markazlashgan edi. 

Bitiktoshlarda  turk  xokonlarining  yurishlari,  bu  yurishlarda  ko’rsatgan  jasoratlari,  ularning 

bilimli, mard,  xalqparvar  alp  yigitlar  ekanligi  bayon  etiladi.  O’z  vatani  mustaqilligi  uchun  kurash, 

xalqni  asoratdan  olib  chikish,  ularning  birligini  ta’:minlash  xoqonlar  Bumin,  Istami,  Eltarish, 

Eltarishning  o’g’illari  Bilga  xoqon  va  lashkarboshi  Kul  tegin,  ma’naviy  otalari  Tunyukuklarning 

zimmasiga  tushgani  hikoya  qilinadi.  Masalan,  Kul  tegin  bitigida  u  xalqparvar,  tadbirkor,  xalq 

kelajagini o’ylaydigan jonkuyar sarkarda, o’z manfaatidan xalq manfaatini yuqori qo’yadigan shaxs 

sifatida  ta’riflanadi.  Kultegin  Eltarish  xoqonning  kichik  o’gli,  u  7qa’  yil,  g’7  fevralda  kirq  etti 

yoshida vafot etadi. Bitigtosh 7qg’ yilda o’rnatilgan. Bu bitik toshda barcha voqealar Kul teginning 

akasi  bilga  xoqon  tilidan  hikoya  qilinadi.  Uning  xaqiqiy  ismi  Mo’g’ilyon  bo’lgan.  Bitik  muallifi 

Kulteginning jiyani Yo’llug’ tegindir. 

Kul tegin bitigida  Bilga  hoqonning og’a-inilariga, qarindosh uruglariga murojaati, ularning 

xatolari  tufayli  turk  elida  ko’p  ko’p  falokatlar  yuz  bergani  ifodalanadi.  Turkiylarning  harbiy 

yurishlari,  ularga  qo’shni  bo’lgan  tobg’achlarning  bosqinchiligi  tufayli  xalq  boshiga  kulfatlar 

tushgani,  ularning  yolg’onchilik,  firibgarlik  qurboni  bo’lganligi  ta’:kidlangan.  «Oltin,  kumush, 

ichkilik,  ipakni  shuncha  hisobsiz  berayotgan  Tabg’ach  xalqi  so’zi  shirin,  ipak  kiyimi  nafis  ekan. 

Shirin so’zi va ipak kiyimi bilan aldab,  yiroq xalqni shu hilda  yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo’shni 

bo’lgandan keyin yovuz ilminiu erda o’rganar ekan.                                  


 

Yaxshi  dono  kishini,  yaxshi  alp  kishini  yo’latmas  ekan,  biror  kishi  adashsa,  urug’i,  xalqi, 

uyi,  yopinchig’iga  qo’ymas  ekan.  Shirin  so’ziga,  nafis  ipagiga  aldanib,  ko’p  turk  xalqi,  o’lding… 

Turk  xalqining  ayrimini  u  erda  yovuz  kishini    shunday  pishiqlar  ekan:  yiroq  bo’lsa.  Yomon  ipak 

beradi, yaqin bo’lsa, yaxshi debo beradi, deb shu hilda pishiqlar ekan. Ilmsiz kishi u so’zga ishonib, 

unga yaqinlashib ko’p kishi o’ldi.a’ 

 

Hoqonning xalqqa murojaatida uning hokimiyatni mustahkamlash, o’zaro urushlargsha chek 



qo’yish,  tinch-totuv  bo’lib  yashashga  undashdek  ezgu  maqsad  ham  yotadi.  Kul  tegin  esa  dono, 

bahodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi. 

 

Kul tegin bitigida Bilga hokon eng muhim insoniy hislatlar, hayotiy zaruriyatlar haqida pand 



nasixatlar  qiladi.  Turk  xalqi  birlashmagani,  bir-biriga  ishonmagani  uchun,  hiyla  va  firib  qurboni 

bo’lib,  tabg’achlar  ularni  qul  va  cho’ri  etgani,  qashshoq,  erksiz  va  mute  bo’lganligini  kuyunib 

so’zlaydi. 

Ikkinchi bitik Bilga hoqon haqida.Bu bitiktosh Eltarish Hoqonning katta o’g’li, Kul teginning akasi 

Bilga  hoqon  sharafiga  uet  yilda  o’rnatilgan.  Bilga  hoqon  uer  yilda  ellik  yoshida  o’z  yaqinlari 

tomonidan zaharlab o’ldirilgan. Bu bitik ham Yo’llug’ tegin tomonidan yozilgan. 

 

Bilga hoqon bitigida usnlik hokimiyatida tinsnlik totuvlik hukmron bo’lgani, uning davlatni  



adolat  bilan  boshqargani,  turkiy  xalqlarni  birlashtirgani,  o’z  yurtini  boy-badavlat  etib,  iqtisodiy 

jihaotdan  mustahkamlagani  mahorat  bilan  tasvirlangan.  Bu  bitikda  xalq  hoqonidan,  vatanidan 

ayrilmasa,    betashvish  hayot  kesnirish  ifodalanadi.  O’z  navbatida,  davlat  boshliqlarining  hatti-

harakatlari,  yurgizgan  siyosatlari  bayon  etiladi.  So’ngra  Bilga  hoqon  yurishlari  haqida  hikoya 

qilinadi. 

 

Bilga  hoqon  turk  eli  o’rtasida  elparvar  hoqon  deb  tanilgan  edi.  (Bilga  so’zining  ma’noisi 



dono  deganni  anglatadi.)  U  turkxalqining  vatani  abadiy  bo’lishi  usnun  kurashadi.Xalqqa  qarata 

shunday  o’git  qilar  edi:  Vatanni  saqlab  qolmoq  faqat  hoqonga  emas,  xalqqa  ham  bog’liq. 

Ajdodlarimizning  xato  va  yutuqlari  buning  dalilidir.  Xalq  hoqonning  yo’l-  yo’riqlarini  amalga 

oshirmasa,  boshiga  ko’p  kulfatlar  tushadi.  Hoqon  o’ta  ishonuvsnan  bo’lmasligi,  boshqalarining 

gapini  o’ylab,  mlohaza  qilib  amalga  oshirishi  lozim.  Samimiy  so’zni  yolg’ondan  ayira  bilishi 

kerak.Qattiqqo’l  hoqon  o’z  xalqiga  yomonlikni  ravo  ko’rmaydi.Ishoonuvsnan  bo’lsa,  yaxshi-

yomonni ajrata olmasa,fojeaga yo’l osniladi, boshboshdoqlik boshlanadi. 

 

Bilga hoqon ana shunday tarqoq halqni birlashtirdi, ayoqqa turg’izdi, u usnun farovon hayot 



yaratdi.Yurtboshining  boylikka  xirs  qo’yishi  xalqning  nosnor  xayot  kesniriga  olib  keladi,  deb 

hisobladi. 

 

Tunyukuk  bitigi  esa  eq0  misradan  iborat  bo’lib,  uqu-uqi  yillarda,    Tunyukuk  hayotligida 



yozilgan.  Bu  bitikda  Tunyukuk  vatanparvar  shaxs  sifatida  nomayon  bo’ladi.  Undagi  insoniy 

fazilatlar,  ezgulik,  insonparvarlik  hislatlari  uning  qo’shni  xalqlar  o’rtasidagi  obro’sini  yanada 

oshirib  yubordi.  Masalan,  uning  asirlarni  o’z  yurtlariga  jo’natib  yuborishi  boshqa  dushmpn 

qabilalarning ham bosh egib kelishiga, bu esa ezgulik bilan yovuzlik, qon to’kishning oldinni olish 

mumkinligini  ko’rsatdi,  ammo  shu  bilan  birga  hoqonlik  qonnunlarini,  manfaatlarini  qattiq  himoya 

qilib, jasorat namunasini ko’rsatdi. 

Yuqoridagi  yozuvlardan  tashqari,  alplarning  jangovarligiga,  axloq-odobi  va  bilimiga  bag’ishlagan 

bitiktoshlar ham ko’plab topilgan. 

 

Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibiki, garsni O’rxun-Enisey  yozma  yodgorliklari bevosita 



ta’lim-tarbiya  masalalariga  bag’ishlanmagan  bo’lsa  ham  ulardan  o’sha  axloqiy  qoida  va  talablari 

yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin. 

 

Eng  qadimgi  ma’rifiy  yodgorliklariizdan  «Irq  bitigi»  (ta’birnoma)  ham  O’rxun-Enisey  



yozuvlari  qatorida  ta’lim-tarbiya  tarixida  o’z  o’rniga  ega.  Mazkur  qo’lyozma  XIX  asr  oxirida 

Sharqiy  Turkistonning  Dunxuan  degan  joyidan  topi.  Biz  hozirgasna  «Irq  bitigi»  haqida  batafsil 

ma’lumotga  ega  emasmiz.  Shu  sababli  N.Rahmonov  tomonidan  tuzilgan  «Qadimiy  hikmatlar» 

kitobida  keltirilganlgan  ma’lumotlar  asosida  mulohaza  yuritamiz.Yodnoma  qadimgi  turk  davriga 

oid  yayagona  yozma  yodgorlik  hisoblanadi.Asar  yuz  betdan  iborat  bo’lib,  moniy  jamoasidagi  Isig 

sangun  va  Ite  snuq  ismli  ikki  bola  usnun  bitilgan.  Asar  mazmunini  nima  yaxshi-yu,  nima 

yomonligini  tushinish,  anglab  etish  tashkil  etadi.  Ana  shu  yaxshi  va  yomonning  ta’rifi  zamininida 


axloqiy  talablar  talqin  etiladi.  Mazkur  asarda  turkiy  xalqlarning  turmushi,  axloqiy  munosabatlari 

asosan qushlar va hayvonlar obrazi orqali aks ettiriladi. 

 

«Irq  bitigi»da  eng  qadimgi  ajdodlarmizning  xalq  og’zaki  ijodiga  xos,  mifologik  hamda 



totemistik ifodalar o’z aksini topgan.Ana’naga ko’ra har bir epizodda yaxshilik targ’ib etiladi. 

 

Voqealar tush va uning ta’birlari tarzida bayon etiladi. 



 

Inson  doimo  farovon  hayot  kesnirishni  orzu  qilgan.  Ana  shu  orzuga  etishishda  u 

qiyinsniliklarga  dusn  kelgan.Lekin  inson  bu  qiyinsniliklarni  ilohiy  qudrat-  tangri  yordamida  engib 

o’tgan, o’zi usnun go’zal hayot ta’min etgan. 

 

Ammo yaxshilik bor joyda unga yomonlik ham ro’baro keladi.Tush ta’birida yomon hodisa-



voqealar zamirida yomonlik yotishi ham ifodalanadi: 

             «Men olti boshli ilonman, 

                   Oltin qorin-qursog’imni 

                   Qilisn bilan snopib, 

                   Mening tanamni yol snetiga, 

                   Boshimni uyim yo’liga qo’yishdi»,-deyishdi 

                   Bilib qo’ying: bu-yomon. 

 

Lekin xalq kelajakka, yomonlik ustidan yaxshilik, ezgulik g’olib kelishiga ishongan: 



             Tong ota boshladi, 

                  So’ng uning izidan er yorildi, 

                  So’ng quyosh sniqdi 

                  Hamma er yorug’ bo’ldi, deyishdi, 

                  Bilib qo’ying: bu-yaxshi. 

Ko’rinib turibdiki, «Irq bitigi» (ta’birnoma)ning asosida ham inson, uning qayg’u-quvonsni, 

shodligi, orzu-istaklari yotadi. 

 

Xulosa qilib aytganda, «Irq bitigi»iva boshqa eng qadimgi davrlardan eramizning IX 



asrigasna yaratilgan ma’rifiy yodgorliklrda inson kamolotini kuylash katta o’rin egallayi.Ularda 

ajdodlarimizning xulq-odobga oid dastlabki tasavvurlari, ezgulikkbo’lgan intilishlari ifodalangan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 YIII asrda Islom madaniyati va Markaziy Osiyo (ta’:lim-tarbiyadagi islohotlar) 

Reja: 

1. Arablarning Markaziy Osiyoga istilosi va Islom dinining yoyilishi. 

2. Musulmon maktablarining paydo bo’lishi va unda ta’:lim tarbiyaning mazmuni. 

3. Islom dinining asoschisi va targ’ibotchisi Muhammad ibn Abdullox. «Qur,:on» va «Hadis». 

4. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-Termiziy. 

 

Adabiyotlar: 

1. Abu Muhammad Narshaxiy.Buxoro tarixi. «Fan» a’996y. 

2. Abu Rayhon Beruniy. #adimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. «Fan»a’969y. Toshkent. 

3. Pedagogikatarixi.a’996y.K.Xoshimov,S,Nishonova,M,Inomova,R.Hasanova. 

4. Xoshimov.K.S. Ochil. Uzbek pedagogika antologiyasi.T-a’99o’y. «O’kituvchi». 

5. Axloq- odobga oid hadis namunalari.T-a’990y. «Fan». 

6. Al-adab al-Mufrad (arab durdonalari) .Al-Buxoriy.T-a’990y.  

7. Muhammad payg’ambar qissasi. Hadislar.T-a’99a’y. 

8. Abu Iso Al-Termiziy . Ash-shamol an-Nabaviya.T-a’99g’y. «Nur». 

 

Tayanch iboralar: 

 Arab  xalifaligi,  Kutayba  ibn  Muslim,  Islom,  Kur:oni  karim,  xadis,musulmon,paygambar, 

jixod,Movoraunnaxr,Buxoro. Xorazm. 

 

 



 

q.YII  asr  boshlarida  islom  g’oyasiga  asoslanganArab  xalifaligi  tashkil  etib,  bu  davlat  o’z 

mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt etishni boshladi. Butun Arabiston 

yarim oroli bilan bir qatorda, Eron, Kavkvazorti, Suriya, Shimoliy Afrika, janubiy Ispaniya xalifalik 

tarkibiga kiritildi. 

YII asrdan boshlab arablar Movaraunnahrga ham xujum qilish rejasini  tuza boshladilar. 

Arab istilochilari ilk bor 6o’a’ yilda Ubaydullox ibn Ziyod boshchiligida yurish boshladi, 676 

yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Sug’diyona, Kesh, Nasaf shaharlariga hujum qilindi. 

Arab  istilochilarining  ikkinchi  bor  yurishi  70o’  yilda  Xuroson  hokimi  Kutayba  ibn  Muslim 

tomonidan boshlandi.Dastlab 706 yilda Zarafshon vodiysiga, Poykend, Buxoro, Samarqand, So’g’d, 

Farg’ona  va  boshqa  shaxarlarni  qo’lga  kiritdi.  So’ngra  esa  Xorazmni  zabt  etdi.  Kutaybaning 

istilochigi  Fargonada 7a’o’ yilda arab ko’zg’olonchilari tomondan o’ldirilgandan keyin to’xtatildi. 

Arab  istilochilari    bosib  olingan  erlarni  islom  diniga  kirita  boshladilar.  Tarixchi  At-

Tabariyning  «AT-tabariy tarixi» kitobi orqali, Narshaxiyning  «Buxoro tarixi», Bartol:dning tarihiy 

asarlarida  keltirilishicha,  arab  istilochilarining  Movaraunnahr  xalqini  islom  diniga  kiritish  oson 

kechmaganligi va birnecha yillar cho’zilgani hakida aytib o’tilgan.Chunki Movaraunnahr xalqi arab 

istilochilariga  qadar  ham  ma’:naviy.  Ham  moddiy  taraqqiy  etgan  davlat  bo’lib  uning  aholisi  tezda 

bo’ysinishni  xoxlamadi.Buysunmaganliklarining  birdan-bir  sababi  shunda  ediki  erlik  xalq  bu 

davrda  yillar  mobaynida  tarkib  topgan  boy  ma’:naviy  merosi-sana’ti,  adabiyoti,  yozuvini,  asori 

atiqalarini  paymol  qilishganliklarida  edi.  Shuning  uchun  ham  arab  istilochilari  harbiylar  bilan  bir 

qatorda  islom  dinining  targ’ibotchilaridan  foydalandilar  va  asta  sekin  natijalarga  erisha 

boshladilar.Chunki  erlik  xalq  islomga  qadar  har-xil  xudolarga,  Quyoshga,  ko’k  dinga  (shaman), 

muqaddas narsalarga talpinar edilar, ma’:lum  goyaviy e:,tiqod tarkib topmagan edi.Shuning uchun 

ham  islom dinining yoyilishi va u bilan bir qatorda shariat qonun-qoidalari, aqidalariga rioya etish,  

yagona  Olloxga  sig’inish  va  Olloxning  Rasuli  Muhammad  Alayhissalom  ko’rsatmalariga  amal 

qilish  xalqning  ongiga  ta’:sir  qilib,  ularning  bu  dinni  qabul  etishiga  yordam  berdi  va  islomiy 

qadriyatlarning tarkib topishiga yo’l ochdi. 

Arablar  islom  dinini  yoyishda  turli  usullardan  foydalandilar.  Kim  islom  dinini  qabul  qilsa, 

soliqlardan ozod etildi.  


Tarixchi  Narshaxiyning  hikoya  qilishicha,  har  juma  kuni  aholi  juma  namozini  o’kish  uchun 

jome: masjidiga chaqqirilib, kelib namoz uqiganlarga ikki dirhamdan mukofot berilar edilar. 

Narshaxiy  arab  istilochilarining  aholini  islomlashtirishda  oid  hatti-harakatlarni  quyidagicha 

bayon  etadi:  «Buxoro  aholisi  har  safar(islom  lashkari  kelganda)  musulmon  bo’lar,  arablar  qaytib 

ketganida  esa  ular  yana  dindan  qaytar  edilar.  Kutayba  ibn  Muslim    ularni  uch  marta  musulmon 

qilgan, ular esa dindan qaytib, yana kofir bo’lgan edilar. Bu turtinchi marta kelganida kutayba jang 

kilib,  Buxoro  shahrini  oldi,  ko’p  qiyinchiliklardan  keyin  islom  dinini  yuzaga  chiqardi  va  xar  turli 

yullar  bilan  ularga  qiyinchiliklar  tug’dirib,  dillarga  musulmonlikni  o’rnalashtirdi.  Ular  esa 

musulmonlikni  yuzakigina  qabul  qilib,  haqiqatda  butparastlik  qilar  edilar.Kutayba  arablar 

Buxoroliklar bilan birga turib, ularning hatti-harakatlaridan habardor bo’lib tursalar, ular zaruratdan 

musulmon  bo’ladilar  degan  maqsadda  Buxoro  aholisiga  o’z  uylarining  yarmini  arablarga  berishga 

undab buyruq chiqchqarishni ma’qul topdi va musulmonlikni o’rnatdi shariat hukmlarini bajarishga 

majbur  etdi.  Kutayba  masjidlar  bino  qildi,  butparastlik,  otashparastlik  asarlarini  yoqotdi.  U  ko’p 

jiddu-jaxd  qilib,  kimda  shariat  hukmlarini  bajarishda  kamchilik  sodir  bo’lsa,  uni  jazolar  edi.  U 

masjidi jome: bino qildi va odamlarga juma nomozini uqishga buyruq berdi»a’ 

Shuningdek  arab istilochilari xalqning boy madaniy merosini yoq qilishga kirishdilar. Chunki 

mahalliy  aholi  boy  ma’:naviy  merosi  yillar  davomida  tarkib  topib.  Mahalliy  urf-odatlar  va  diniy 

an:a’nalar  yangi dinni qabul qilishga yol bermas edi. Bu haqda o’zbek xalqining buyuk olimi Abu 

Rayxon Beruniy shunday yozgan edi: «Kutayba esa Xorazm hatini yaxshi biladigan , ularnig xabar 

rivoyatlarini o’rgangan va bilimini boshqalarga o’rgatadigan qishilarni xalok etib, butkul yoq qilib 

yuborgan  edi.  Shuning  uchun  u  islom  davridan  keyin  haqiqatni  bilib  bo’lmaydigan  darajada 

yashirin koldi.» 

«  Keyin,  Kutayba  ibn  Muslim  al-  Voxishiy  xorazmliklarning  kotiblarini  xaloq  qilib  , 

bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o’z extiyojlarida 

yodlash quvvatiga tayanadigan bo’ldilar»g’

Islom dini ana shunday g’oyaviy-siyosiy kurash jarayonida shakllandi va rivojlandi. 

Xalifalar  istilochilik    siyosatini  o’tkazar  ekanlar,  bacha  xalqlar  ustidan  madaniy  ustunlikni 

o’rnatishga harakat qildilar. Chunki, arab xalqi YI asr boshlarida o’ziga  hos madaniyat, adabiy til 

yaratgan  bo’lib,  unda  notiqlik  va  she:,riyat  yuqori  qadrlangan.  Ayniqsa,  Qur,onning  o’zi  ajoyib 

adabiy  fazilatga  ega  bo’lib,  u  o’rta  asr    arab  adabiyotining  eng  nodir  yodgorliklari  orasidan  o’rin 

olgan. IX asrda tarkib topgan «Ming bir kecha» ertaklari esa, jahon madaniyatining durdonalaridan 

sanaladi. 

Arab  tili  ham  o’z  navbatida  yangi  madaniyat  tili  bo’lib  maydonga  chiqdi.  Arablar  yunon 

fanining yutuqlarini hisobga olgan holda, ularning faylasuf, olim yozuvchilarining asarlarini tarjima 

qildilar.  Astronomiya,  tibbiyot  va  kimyoga  oid  barcha  yirik  adabiyotlar  arab  tiliga  tarjima  qilindi. 

Hatto  arab  olimlari  ,  sun,iy  oltin  tayyorlash  vositasida  «falsafa  toshini»  izlaganlari  (oltin 

izlovchilarni «alkimyogarlar» deb atanganlar) 

Yunonlardan  fanni  tasnif  etish  (klassifikatsiya)  olinib,  fanlar  ikki  kismga:  nazariy  va  amaliy 

qismga  ajratildi.  Birinchi  qismda  uch  bo’lim-tabiat  to’g’risidagi  fan,  iloxiyat  to’g’risidagi  fan  va 

matematika  fanlari bo’lib,  ularga aifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kiritilgan.Ikkinchi 

qism  esa,  etika,  iqtisod  va  siyosatga  bo’lingan.  Hind  fani  arab  madaniyatiga,  asosan  arifmetika, 

algebra,  tibbiyotga  ta’:sir  etgan.  Evropaliklar  ham  sonlarning  Hind  nazariyasi  bilan  arablar  orqali 

tanishganlar, aljabr-algebra degan arabcha nomlar abul qilganlar. 

Arablar  ulkan  davlat  barpo  etib,  geografiyaga  katta  ta’:sir  ko’rsatganlar.  Ko’p  xududlarga 

arabcha nomlar beriladi, xususan «Movaraunnaxr» ham arabcha bo’lib daryo orti deganni bildiradi. 

Movaraunnahrda  boshqa  istilo  etilgan  mamlakatlar  qatorida,  islom    dini  bilan  birga,  mazkur 

dinning  muqaddas  kitobi  «Qur:,on»ning  tili,  ya:ni  arab  tilini  o’rganish  joriy  qilindi.  Bu  kitobni 

boshqa tillariga tarjima qilish taqiqlandi. 

Musulmon maktablarida arab tili muxim fan sifatida uqitilardi, bilim shu tilda o’rganilar edi. 

Arabistondagi  kabi  barcha  masjidlar  huzurida  maktablar  ochiladi  va  o’g’il  bolalarga  shu 

maktablarda  Qur,:on  o’qishni  o’rgatishga  farmon  beriladi.Bolalarni  shu  masjidning  imomi  o’qitar 

edi. 


  Islom aqidalarining, uning axloqiy-xuquqy tamoyillarining asosiy manbai «Qur:,on»dir. 

Islomning  sha’:riy  ma’:nosi  -  bu  Ollox    yagona  deb  e,:tikod  bo’lib,  unga  buysunmoqlik  va 

butun  qalb  bilan  unga  ixlos  qilmoqlik  va  Ollox  buyurgan  diniy  e,:tiqodga  imon  keltirmoqlik 

demoqdir. 

Ollohga itoat qilgan va Ollox yuborgan  payg’ambarlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi. 

Iloxiyotda islom dini imon, islom va ehsondan iborat, deb etirof qilingan. Imon talablari va 

Ollohga etiqod, farishtalarga, oxirat kuniga, taqdiri azalga va o’lgandan keyin tirilishga ishonishdir. 

Musulmon ta’:limotiga ko’ra, har bir musulmon ushbu beshta ruknni bajarish zarur: 

q.

 

«La ilaaha illallox va Muxammadu-r-rasulullox» deb shaxodat berish. 



w. Namoz  o’qish. 

e. Zakot berish. 

r.

 

Ramazon oyida ro’za tutish. 



t.

 

Imkoniga ko’ra haj qilish. 



 

Islom dinining asoschisi va targ’ibotchisi Muhammad ibn Abdulloh tu0 yilda Makkada qurayish 

qabilasiga mansub Hochimiylar honadonida tug’iladi. 

   Otalari Shom safariga ketayotib Madina shahrida vafot topdilar, yoshlari q0 yoshga etmagan 

edi.  Payg’ambarimiz  o’  yoshlarida  onalari  Ominadan  ham  ajradilar,  endi  ularni  bobolari  Abdul 

Mutallibziyoda  mehribonchilik  ko’rsatib  o’z  tarbiyalariga  oldilar.  Bu  chog’da  bobosining  yoshlari 

a’00  yoshdan  oshgan  edilar.  Ko’p  o’tmay  ular  ham  bandalikni  bajo  keltirgach,  bobolarining 

vasiyatlariga  ko’ra,  Payg’ambarimiz  Muhammad  alayhissalomni  amakilari  Abu  tolib  o’z 

tarbiyalariga oladilar. 

Oradan  yillar  o’tib  payg’ambarimiz  Muhammad  alayhissalom  609-6a’0  yllardan  yakka 

xudoga e:tikod qilish g’oyasini targ’ib eta boshladilar. Hazrati Xadicha onamiz bir umr  har jihatdan 

maslakdosh, hamro-hamfikr bo’lib kelgan edilar. 

Payg’ambarimiz  Muhammad  alayhissalomning  g’oyaviy  e:tikodlariga  qarshi  kofirlar  va 

Makka  mushriklarining  adovati  kuchayganda  kuchaydi,  birnecha  urushlar  bo’ldi.  Shundan  so’ng 

allohning  izni  bilan  Madinaga  hijrotga  ruhsat  bo’ldi.  Payg’ambarimiz  Muhammad  alayhissalom 

vassallam  6g’g’  yili  sahobalar  va  o’z  tarafdorlari  bilan  Madinaga  qarab  yo’l  oldilar. 

Musulmonlarning hijriy yil hisobi shu yildan boshlanadi. 

6qg’  yili  Muhammad  birinchi  marta  Makkaga  haj  qildi.  Lekin  bu  haj  uning  ohirgi  xaji 

hisoblanadi.  U  uch  oydan  sung,  6qg’  yilda  Madinada  vafot  etadi.  Bu  paytda  musulmon  davlati 

paydo  bo’lib  ulgurgan  bo’lib,  u  Yamandan  Sinay  yarim  oroligacha,  Qizil  dengiz  sohillaridan 

markaziy  Qum  saxrosigacha  bo’lgan  maydonni  o’z  ixtiyoriga  olib,  ancha  mustahkamlanib  olgan 

edi. 


Muhammad  alayhissalom  vafot  etganlaridan  keyin  uning  o’rinbosarlari  –xalifalari  davlvtni 

boshqaradilar.  Chunki  Muhammaddan  o’g’il  voris  kolmagan  edi,  faqat  qizi  Fotima  bo’lib, 

keyinchalik Xalif Aliga turmushga chiqqan va ularning o’g’illari Hasan va Husan tug’ilgan. 

Muhammad  alayhissalomdan  keyin  eng  yaqin  safdoshi  –qaynotasi  Abu  Bakr  (6qg’-6q4); 

so’ngra Umar (6q4-644); Usmon (644-6o’6) va nihoyat Ali (6o’6-66a’) xalifalik qildi. 

Xalifalik  davrida  islom  ta’:limoti  mustahkamlandi,  ular  Muhammad  alayhissalom    asos 

solgan  islom  diniy  ta’:limotining  asoslari  ifodalangan  «Qur,:on»  nni  tartib  berdilar.  Islom  ahli 

uchun  «Qur:,on»  Ollox  yigirma  uch  yil  davomida  Muhammad  payg’ambar  ko’ngliga  solgan  va 

keyinchalik  uning  yaqinlari  tomonlari  tomonidan  yozib  olinib  kitob  holiga  keltirilgan  oyatlardan 

iboratdir. 

Garb va Shark tadqiqotchilari «Qur:onni» jahon madaniyatining eng nodir asarlaridan biri deb 

hisoblaydilar. 

Xat-savodli  bo’lgan  Abu  Bakr,  Umar,  Usmon,  Ali,  Zayd  ibn  Zobit,  Ubay  ibn  Kaab  kabilar 

Qur,:on  so’zlarini  qayd  etib  borganlar.  Kur:on  suzlari  g’q  yil  davomida  yod  olinib  xatga  bitilgan. 

Birinchi  bo’lib  Zayd  ibn  Sobit  kiyik  terisidan  bo’lgan  sahifalarga  ko’chirgan.  Uchinchi  xalifa 

Usmon  uni  6  nusxa  kuchirtirib  markaziy  shaxarlarga  bittadan  yuborib,  Kur:onni  fakat  shu 



nusxasidan foydalanishga buyruq beriladi. Shunday qilib Qur:on musulmonlarning diniy, imjtimoiy 

va siyosiy hayotida doimiy qo’llanma bo’lib qoladi. 

«Quron»  –  jahon  madaniyatining  ulkan  boyligi,  barcha  musulmonlarning  muquddas  kitobi 

bo’lib  arab  tilida  «Qiroat»  ma’nosi  ma’:nosini  anglatadi.  U  a’a’4  suradan  iborat  bo’lib  kishilarni 

tenglikka,  birodarlikka,  tinch-totuv  yashashga,  sahiylikka  undaydi.  Shunga  ko’ra,  u  katta  axloqiy 

qimmatga  ega.  Shuning  uchun  u  mana  necha  asrlardan  beri  insoniyatning  eng  ulug’  qadriyati 

sifatida e:zozlanib kelinmoqda. 

«Qur:on»  komunistik  mafkura  tomonidan  qoralanib  kelindi.  U  insonning  qadr  -qimmatini 

kamsitadi,  bilish  va  yaratuvchanlik  rolini  kamsitadigan,  odamning  istedod:ini  ijtimoiy-foydali 

mehnatdan chalg’itadigan ta’limotni ilgari suradi, deb biryoqlama va teskari tashviqot qilindi. 

Aslini  olganda  islomda,  islom  odamlarni  yaxshilikka  da’vat  etadi,  yomonlikdan 

qaytaradi.Insonparvarlikni  tag’ib  etib,  razolatni  qoralaydi,  odob-axloq,  ruhiy-ma’naviy  poklik  va 

etuklikka,  mehnat  qilishga  hamda  er  yuzini  obod  va  go’zal  etishga  undaydi.U  adolat  ,  tenglik, 

tinchlik,erkni tarannum etadi. 

  

 

 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling